Psixik holatlar — psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat'iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma'lum darajada barqaror bo'lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Pilotaj tadqiqot — tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o'tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli.
Psixodiagnostika — shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o'lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.
Psixologiya metodlari — psixik xodisalarni va ularning qonu- niyatlarini ilmiy tomondan o'rganishning asosiy yo'1-yo'riq va usullari.
Psixokorreksiya — shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo'llash jarayoni.
Psixologik maslahat — shaxsning turli darajadagi o'z muam- molarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
Polilog — guruh ichidagi munozara bo'lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi.
Perseptiv tomon — shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.
Professiografiya — mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o'zaro munosabati va bog'liqligini o'rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
Professiogramma — kasbning turli ob'ektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma ~ faoliyatning psixologik xarakteristiMarining tasnifi.
Rigid shaxs — shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o'tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.