154
6.
Sizning ishchanlik faoliyatingizga, o‘quvchilar bilan bo‘lajak
muloqot jarayonini qanday tashkil etish va ular haqida o‘yla-
shingiz ta’sir etadimi, nima deb o‘ylaysiz?
7.
O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
oldidan
maktabga kelganingizda siz qanday taassurotni his etasiz?
Batafsil tahlil qiling.
8.
Ma’lumki, tanaffus payti – ta’lim muassasasi hayotida sershovqin
payt. Bu vaqtda sizni qanday his-hayajon qamrab oladi: befarqlik,
asabiylashish holati, charchoq va toliqish, o‘quvchilarni kuzatish
va ayrimlariga tanbeh berish istagi, bu ko‘rinishdan qoniqish
hissi?
9.
Dars oldidan o‘qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo‘lajak
muloqot haqida o‘ylaysizmi, bu o‘y va fikrlar ishchanlik kayfi-
yatingizga qanday ta’sir etadi?
10.
Sinfga kirib kelishingiz, o‘quvchilar bilan salomlashish, umuman
darsning boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta’sir
etadi
(tez harakat qilishga da’vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg‘o-
tadi, tetiklantiradi, ko‘ngillarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi,
umuman ta’sir qilmaydi va hokazo.)?
11.
Dars jarayonida o‘zlashtirmovchi va intizomsiz o‘quvchilarga
nisbatan asabiylashish holatingizni oson bartaraf eta olasizmi?
12.
Siz uchun o‘quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki
o‘zingizni ko‘proq betaraf his qilasizmi?
13.
Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yilmasa, o‘zingizni
qanday his qilasiz: qayg‘urasiz, munosabatni yaxshilashga urina-
siz, befarqsiz, o‘z aytganingizni majburlab bajartirasiz, o‘quv-
chilar fikrini ham ma’qullaysiz?
14.
Dars jarayoni yaxshi o‘tganidan qoniqishni his qilasizmi? Bu
sizning ishchanlik kayfiyatingizga ta’sir etadimi, o‘quvchilar
bilan muloqot qilish zaruriyatini keltirib chiqaradimi?
15.
O‘quvchilaringizni ko‘chada, mahallada ko‘rib
qolgan paytla-
ringizda, ular bilan suhbatlashish istagi paydo bo‘ladimi?
16.
Transportda, ko‘chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o‘quv-
chini kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish istagi paydo
bo‘ladimi?
17.
Sinfda dars o‘tish davomida siz uchun ma’lum bo‘lgan holatni
tahlil qiling: o‘quvchilarni tushunishga intilish, ularning kayfiya-
155
tini va ruhiy kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfi-
yatidan qat’iy nazar belgilangan dars rejasini amalga oshirish.
18.
Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o‘rganish
bo‘yicha turli pedagogik texnologiyalarni
tanlash bilan bir
qatorda, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish variantlarini ham
o‘ylab olasizmi?
19.
O‘quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz
uzoq vaqt davom etadimi?
20.
O‘qituvchilik kasbingizni o‘zgartira olarmidingiz? Agarda
o‘zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?
III.
1.
O‘quvchilar
bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot
usullari sizda shakllanganmi yoki yo‘qmi: uni tahlil qiling?
2.
Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga
qanchalik yordam beradi deb o‘ylaysiz?
3.
Siz o‘zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo‘la-
digan kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega?
4.
Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars
o‘tish davomida o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotni farqlay
olasizmi? Agar farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat?
5.
Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida
odamlar bilan kundalik
muloqotdan farqli nimalar paydo bo‘ladi?
6.
Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba’zan kishilar
bilan odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko‘chirgan
holatlaringiz bo‘ladimi? Tahlil qiling.
O‘tkazilgan o‘z-o‘zini kuzatish asosida, o‘zingiz uchun dilkashlik
xususiyatlarini kasbiy fazilat
sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz
o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy
kamchiliklardan kelib chiqqan holda o‘zingiz uchun
Dostları ilə paylaş: