O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə58/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Rivojlaniw maruza

Metafaza yoki ona yulduz bosqichida xromosomalar hujayra markaziga siljib, duk о‘rtasida metafazali yoki yekvatoriyali bir tekis plastinka hosil qiladi. Metafaza oxirida har bir xromosoma ikkita xromatidga, ya’ni qiz xromosomalarga boiinadi.
Anafaza. Bu davrda gomologik xromatidlar qarama-qarshi qutblarga ajraladi. Ona hujayrada nechta xromosoma bо‘lsa, har bir qutbda shuncha xromosoma jonlanadi. Hujayra tanasida belbog‘ hosil bо‘lib, hujayrani asta-sekin ikkiga bо‘ladi.
Telofaza. Bunda yangi hosil bо‘lgan hujayrada bir butun hujayra shakllana boshlaydi. Axromatin duk yо‘qolib, sentrioladan hujayralar markazi hosil bо‘ladi. Xromosomalarda yig‘ilgan yadro moddasi bir tekis kо‘rinishni egallaydi, yadrocha bilan yadro qobig‘i yuzaga keladi. Sitoplazmada ikkiga ajralib, ikkila yosh mustaqil hujayra hisoblanadi.
Eukariot hujayralar vositali yо‘l bilan bо‘linadi. Hosil bо‘lgan har bir qiz hujayra xromosomalar bilan birga teng miqdorda genetik material oladi. Irsiy omilni ikki hissa oshishi hujayrani irsiy omiliga о‘tadi.

Differensirovka


2n

Preparat katta obyektiv ostiga olinganda yadro chо‘ziq bо‘libgina qolmay, balki о‘rtasining torayganligi kо‘zga tashlanadi. Bu amitozning boshlang‘ich bosqichidir. Keyinchalik yadroning о‘rta qismi yanada ingichkalashib, nihoyat uziladi va yangi ikkita yadro hosil bо‘ladi.


Hujayra sitoplazmasi ham о‘rta qismidan ingichkalasha borib, oxiri bо‘linadi va ikkita qiz hujayra yuzaga keladi. Ba’zan faqat yadro ikkiga bо‘linadi, ammo hujayra sitoplazmasi butun qoladi, natijada ikki yadroli va kо‘p yadroli hujayralar hosil bо‘ladi. Tabiiyki, preparatda bо‘linish bosqichlarini bayon etilgan tarzda kuzatib bо‘lmaydi.

Meyoz hujayralar bо‘linishining muayyan usuli bо‘lib, jinsiy hujayralarga xosdir. Ma’lumki, hayvon va о‘simliklar har bir turining hujayra yadrolarida о‘zgarmas ma’lum sonli xromosomalari mavjud. Odam hujayralarida bu son 46 ga teng. Jinsiy kо‘payishda tuxum va urug‘ hujayralarining qо‘shilishi yuz beradi. Bunday rivojlanadigan pushtda shu tur uchun xos bо‘lgan xromosomalar soni saqlanib qolishi uchun yetilgan jin-siy hujayralarda xromosomalarning soni ikki baravar kam bо‘lishi lozim. Jinsiy hujayralarda xromosomalar sonining ikki baravar kamayishi (reduksiyasi) jinsiy hujayralar rivojlanishining yetilish fazasida yuz beradi.15
Reduksion bо‘linishga tayyorgarlik jinsiy hujayralar rivojlanishining о‘sish fazasidayoq boshlanadi. Bu fazada gomologik xromosomalarning juftlashuvi (konyu-gatsiyasi) yuz berib, ular bir-biriga zich tutashib yotadi. Sо‘ngra konyugatsiyalangan har bir xromosomada uzunasiga yо‘nalgan yoriq paydo bо‘ladi. Natijada xromosoma juftlari tо‘rtta tanachadan iborat bо‘lib qoladi. Bu tetrada (tetra- tо‘rt demakdir) deb ataladi. Har bir tetrada ikkita juftlashgan xromosomalardan iborat bо‘lgani sababli ularning miqdori dastlabki xromosomalar sonidan ikki baravar kamdir. Chunonchi, odamda ularning soni 23 taga yetadi. Tetradalar hosil bо‘lishi bilan spermatositlarning о‘sish davri tugaydi va ular yetilish fazasiga о‘tadi. Bunda spermatotsitlar ketma-ket ikki marta bо‘linadi.

Birinchi bо‘linishda II tartibdagi spermatositlar hosil bо‘lib, har bir tetrada ikkita diadaga bо‘linadi va yangi hosil bо‘lgan II tartibdagi spermatositlar diadalarga yega bо‘ladi. Natijada II tartibdagi spermatositlarda 23 tadan diada tashkil topadi. II tartibdagi spermatasoitlar darhol yana bо‘linadi va hosil bо‘lgan spermatidlar diadalarining boiinishi natijasida vujudga kelgan monadalarga (yakka-yakka xromosomalarga) yega bо‘ladi. Demak, kelgusida shakllanib, spermatozoidlarga aylanuvchi ushbu spermatida-larda 23 tadan xromosoma bо‘lishi mumkin.


Meyoz jarayonida ikki marta mitoz ketma- ket yuzaga keli-shi munosabati bilan mitoz-1 va Meyoz II- tarkib topadi va har ikkalasida mitoz bosqichlari kuzatiladi. Yani profaza- 1 metafazal, anafaza-1, telofaza-1 va profaza- II, metafaza-II, Telofaza-II. Profaza-1 da genetik materiallardan rekombinatsiya jarayonlari, ya’ni gomologik uchastkalar о‘rin almashuvi, ribosoma va informatsion RNK sintezi, yadrocha faollashuvi kо‘rinadi. Bu faza leptonemma, zigonemma, pexinemma, diplonema dikinez kabi besh bosqichdan iborat.



Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin