ATAMALAR IZOHLI LUG‘ATI
ADAB – hulqni chiroyli qilish, so‘zni va fe’lni soz qilish.
AXLOQ – lotincha “moralis”, “mores” so‘zlaridan olingan bo‘lib,
ma’nosi xulq, odat demakdir. Axloq so‘zi arabcha bo‘lib, xulq so‘zining
ko‘pligidir.
AXLOQIY BAHOLASH – ijtimoiy voqelikning turli hodi salarini
va kishilarning xatti-harakatlarini ular qanday axloqiy ahamiyatga
ega bo‘lishiga qarab ma’qullash yoki qoralash.
AXLOQIY QOIDALAR – bir xildagi ish amallarga joriy qilinadi-
gan umumiy talab va ta’qiqlar vositasi bilan kishilar xatti-harakatini
tartibga soluvchi axloq-odob talablari.
AXLOQIY ONG– ma’naviy faoliyat, bu faoliyatni tartibga soluv-
chi, burchli bo‘lishning, insonga qo‘yiladigan talablar ning turli shak-
llarida yuz beradigan axloqiy munosabatlarni va mazkur munosabat-
larni tegishli tasavvurlar tarzida aks etishi.
AHLI MA’NI - aql va idrok bilan ish ko‘ruvchi yuksak tafakkur
sohiblari.
AHLI SUVRAT – kibrlanish, viqorli bo‘lish, zebu ziynatga beril-
ish, o‘zgalarga zulm o‘tkazishdan huzurlanish.
AXLOQIY FAZILAT – odamni yaxshi ishlarni qilishga va go‘zal xul-
qlar sohibi bo‘lishga da’vat etuvchi ichki (axloqiy) sifatlar.
BARQARORLIK– inson ma’naviy borlig‘ida turli holatlar rat-
sional va garmonik tarzda faoliyat olib borishi.
BAXTU SAODAT– insonning oliy motivatsiyasi va maqsadi, mu-
vozanat va barqarorlik.
BEQARORLIK–inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining doimiy
tarzda o‘sib borishi.
GEDONIZM – gedonizm (yunoncha, nedone- lazzatlanish) laz-
zatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil eti-
shi lozim, degan qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga
intilishni ifodalaydi. Gedonizmni mutlaqlashtirish inson hayotida
moddiy boyliklar rolini oshirib, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni su-
saytirishga olib keladi.
DONOLIK – eng a’lo darajadagi narsalar to‘g‘risidagi eng yuqori
bilim.
IBRAT – arabcha o‘git, pand-nasihat, o‘rnak.
INSON – biosotsial va ruhiy-ma’naviy mavjudod, o‘z-o‘zini
tashkillashtiruvchi tizim.
155
INSON MA’NAVIY BORLIG‘I – murakkab strukturaga, ko‘plab xos-
salarga, atributiv jihatlarga ega bo‘lgan murakkab tizim.
IXLOS – kishining ijtimoiy voqelikdagi hodisa jarayonlarga mu-
nosabati, qiziqishi, ishtiyoqi, ishonchi negizida shakl lanadigan,
imoni, e’tiqodi, diyonati asosida takomillashib borib faoliyatga
yo‘nalish beruvchi botiniy tuyg‘u, intilish, maqsadlar mujassamidir.
ODAT – hamma tan olgan tartib-harakat tarzi, barcha etirof etgan ax-
loqiy ko‘nikmaga aylangan va o‘zlashtirilgan hayot mezonlari.
URF-ODAT – ijtimoiy guruh yoki jamiyat tomonidan qabul qilib
olinadigan xulq-atvorning bir ko‘rinishi, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni boshqarishning manaviy-axloqiy omili.
O‘Z - O‘ZINI NAZORAT QILISH – insonning o‘z hatti harakatla-
rini, emotsiyalarini boshqara olish qobiliyati.
O‘Z-O‘ZINI TANQID QILISH – insonning o‘z harakatlaridagi
hatolarni topa olishi, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik asosida o‘z faoliyatini
tanqidiy baholashi.
O‘Z-O‘ZINI ANGLASH – insonning o‘z mavjudlik mohiyatini an-
glashi, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi.
XULQ (ODOB) – deganda, rasm-taomul, odat-odatlarning bu-
tunligi, odamlar o‘rtasida iqtisodiy tuzum taqozosi bilan, turmush
sharoitning alohida tarzidan, an’analaridan paydo bo‘lgan va lekin
muntazam qarashlar, qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar tizimiga kirmagan mu-
nosabatlarning xususiyati tushuniladi. Xulq (odob) – odamlarning
amaliy xatti-harakati, odamlar o‘rtasidagi amaliy munosabatlardir.
EVDEMONIZM – baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar xayotin-
ing oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish.
ETIKA – yunoncha “ethos” olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat
degan ma’noni bildiradi. Etika axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy
taraqqiyot qonuniyatlarini, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususi-
yatlarini, axloqning ijtimoiy mohiyatini va u orqali ijtimoiy jaray-
onlarni o‘rganadi.
ETIKET – inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi
bo‘lib, yaxshi xulq, jamoat joylarida o‘zini to‘g‘ri tutish, tashqi qi-
yofa va muomila madaniyati tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
ETOSFERA – axloqiy muhit
E’TIQOD – inson shaxsining axloqiy qiyofasi bilan be vosita
bog‘liq bo‘lgan ustuvor g‘oyalari va intilishlari.
|