125
do‘stim hamyonni uyimga eltib bermabdi. Uning oldiga borib
omonatimni so‘radim.
– Men seni ham, hech qanaqa daraxtni ham ko‘rgan
emasman,javob berdi u.
Ulug‘bek Mirzo o‘sha odamni chaqirib keltiribdi.U “men
u daraxtni ham, bu odamni ham ko‘rmaganman”deb so‘zida
qat’iy turib olibdi.
Ulug‘bek Mirzo da’vogarga “o‘sha daraxtdan uch-to‘rt
barg keltirgin, men uning vositasida haqiqatni aniqlayman”,
debdi. Da’vogar yo‘lga tushishi bilan shoh uning sherigiga bir
hikoyatni ayta boshlabdi. Voqeaning eng qiziq joyiga borgan-
da shoh:
– Davogar o‘sha daraxtning oldiga yetib bordimikan? –
deb savol tashlabdi.
Hikoyatni zavq bilan tinglayotib, g‘aflatda qolgan haligi
kishi bexosdan:
– U daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan
bo‘lishi kerak, – debdi.
Ulug‘bek Mirzo “men bu odamni ham, daraxtni ham
ko‘rmaganman” – demabmiding, qanday qilib do‘stingni u
yerga yetib bormaganini bilding, – deb so‘rabdi.
U kishi yolg‘oni fosh bo‘lganidan qattiq o‘sal bo‘libdi va
omonatni egasiga qaytarib beribdi
1
.
Yolg‘onning zararlari:
1. Yolg‘on o‘z easini parchalaydi.
2. Yolg‘on muruvvat, jamol va chiroyni ketkazadi.
3. Yolg‘on aql o‘g‘risidir.
4. Yolg‘on diynu dunyoni buzadi.
5. Yolg‘on pastkashlik alomatidir.
Dostları ilə paylaş: