Passivakustiktizimlar sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2 vattdan) va yaxshi eshitilishli rostlagichga ega bo‘lgan tovush platalariga ulanishi mumkin. Aktivakustiktizimlar kuchaytirgich bilan jixozlangan va tovush platasining chiziqli chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mumkin. Kolonkaga sozlangan kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta’minot bloki bo‘lishi mumkin, ular o‘z navbatida ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. Yaxshi eshitilishli rostlagichdan tashqari, aktiv kolonkalar, odatda, 3 qutbli ekvalayzerga egadir.
Shuni hisobga olish kerakki, tovush platasining chiziqli chiqishiga maishiy audiokompleks kuchaytirgichining chiziqdi kirishi ulanishi mumkin.
Nazorat savollari
Raqamli tovush turlari haqida gapiring
Raqamli formatlari tushunchasini bering
Sound Forge dasturi imkoniyatlari va interfeysi tushunchasi? Sound Forge qanday dastur?
Tovush kartasi nima?
Tovush kartasi qanday qurilmalardan tashkil topgan? PCI tovush kartasi nima?
PCI va PCIe tovush kartalari nima va farqi qanday? Tashqi tovush kartasi nima?
Aktiv akustik tizimlarga nimalar kiradi?
Passiv akustik tizimlar qanday tizimlar hisoblanadi? Akustik tizimlar qanday tizimlar hisoblanadi?
MAVZU: Mobil qurilmalarning ijro etish vositalari.
Reja: Mikrofonlar va uning turlari.
Quloqchinlar va ularning turlari.
Quloqchinlarni sozlash usullari.
Mikrofon vaovozkuchaytirgich Agar biz audioadapter o‘rnatgan bo‘lsak, tabiiyki unga ovoz kuchaytirgichni - kalonkalarini ulash kerak. Ovoz kalonkalarini 2 xil turi mavjud: passiv va faol. Ularning asosiy farqi shundaki , passiv kalonkalarda kuchaytirgich bo‘lmaydi va audioadapterning chiqish kuchlanishi kalonkalar ovoz kuchaytirgichiga modifikatsiyasiz keladi. Ayni holatda ovozni sozlash uchun yoki audioadapterda to‘g’ridan to‘g’ri o‘rnatish uchun dasturiy vosita yordamidan foydalaniladi. Faol kalonkalarda audioadapterdan keluvchi signal ichki o‘z kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi. Passiv kalonkalar uchun ovoz kuchaytirgichlarning quvvati audioadapterning kuchaytirgich quvvati bilan belgilanadi. Audioadapterda ovoz, musiqa yoki shovqin yozish uchun (MPC standarti talabi bo‘yicha) mikrofonni ulash nazarda tutilgan.