Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotiningbarcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratinikeskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlartizimidaniborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon berilishi;
kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.
Institutsionalo‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.