Inkor gap predmetda biror belgining mavjud emasligini yoki biror ish-harakatning
sodir bo'lmaganligini, sodir bo’ lishi mo’ ljallanmaganligini anglatadi. Inkor gap
inkor anglatadigan vositalar yordamida shakllanadi:
Undov gaplarda inkor va tasdiq kuchli emotsiya bilan ifodalanadi. Gap grammatik
jihatdan tasdiq formasida bo'lsa ham, logik jihatdan undov-inkor gap ekanligi
anglashilib turadi:
Nahotki yerimiz chappa aylanib, nahotki daryolar oqar teskari!
So‘ z-gaplar haqida umumiy tushunchalar
So‘ z-gap to‘ plamini ajratish tamoyillari. O‘ zbek tilshunosligida so‘ z-
gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘ llanish
xususiyati
empirik asosda yetarlicha o‘ rganilgan. Substansial yondashuvda gapning eng
kichik qurilish qolipi
WPm sifatida
qayd etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga
ega bo‘ lgan so‘ z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati
paydo bo‘ ldi va har bir gapning o‘ z qolipi mavjud bo‘ lgani kabi, so‘ z-gapning
ham o‘ ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘ lishi shartligi e’ tirof
etildi.
So‘ z-gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‘ zlarning alohida belgilari
mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so‘ zdan, shuningdek, yoxud
qo‘ shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo‘ la olish;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘ lagi bilan sintaktik aloqaga
kirisha olmaslik;
3) o‘ ziga xos g‘ ayrioddiy ma’ noga ega bo‘ lish;
4) bog‘ lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son
shakllariga ega emaslik.
So‘ z-gap sirasiga shu to‘ rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar
kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so‘ z vazifasida ham keladi,
lekin ularning
substansial belgisi – so‘ z-gap bo‘ lib kelish). Quyida ularning har biri alohida-
alohida ko‘ rib o‘ tiladi.
Dostları ilə paylaş: