159
qarorlarning qisqaligi;
qarorlarning vaqt bo‘yicha
aniqligi;
qarorlarning operativligi.
Qaror asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo‘linadi.
Rejalashtirilgan qarorlar takrorlanuvchi, ilgaritdan aniq vaziyatlarga tegishli
bo‘lib, ularni qabul qilishga muloxazali yondoshish imkoniyati mavjud.
Rejalashtirilmagan qarorlar asosan tashqi muhit ta`siri
natijasida
tashkilotda shakllanuvchi favqulotdagi vaziyatlarni (muammolarni) hal qilish bilan
bog‘liq.
Boshqaruv qarori turkumlanishi
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai
nazaridan qarorlar quyidagi
turlarga bo‘linadi: strategik va operativ.
Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
maqsad va
missiyalarning shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu qarorlar
korxonaning faoliyatidagi
yangicha
yondashuvlar, keskin burilishlarni silliqo’tishini ta`minlaydi.
Strategik
qarorlar korxona, xudud, soha darajasida qarorlar
jamiyatdagi yangi manbaalar
hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni echishga yordam beradi.
Operativ qarorlar bu mohiyati bo‘yicha xo‘jalik boshqaruv qarorlaridir. Ular
boshqariladigan ob`ektni uzluksiz ishlash jarayonini qo‘llab-quvvatlashi uchun joriy
shaxsiy muammolar bo‘yicha qabul qilinadi. YA`ni, uning murakkab mexanizmini
struktura va o‘zaro aloqalarni uzgartirmasdan ushlab turishdir. Bu qarorlarni rahbar
mahsus tayyorgarliksiz etarlicha tez qabul qiladi. Bunday
qarorlarga xodimlarni
ishga olish va bo’shatish, ularning ish xaqlarini o‘zgarishi,
korxonani qishga
tayyorlash xaqidagi va shu kabi xujjatlarni kiritish mumkin.
Xarakat doirasi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini
iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy,
Dostları ilə paylaş: