128
,
bu erda
M
u
– mehnat unumorligi;
Q - mahsulot xajmi qiymat ko‘rinishida;
I
s
- ishchilar soni.
Mehnat sig‘imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib,
sarflangan
mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi mahsulot ishlab
chiqarish qobiliyatidir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi mahsulotning fond sig‘imi va
fond kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi.
Fond qaytimi korxona asosiy
fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatadi. U
mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining
o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
,
bu erda
Q- mahsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan
kapital qo‘yilmalarni anglatadi.
Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig‘imi q anchalik past bo‘lsa, mehnat
qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond
qaytimini
ko‘paytirishning muhim zaxirasi,
asbob-uskunalardan unumli
foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
s
u
I
Q
M
Q
I
T
s
F
Q
f
q
Q
F
f
s
129
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi,
mahsulotlarning material
sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo,
material, yoqilg‘i, energiya va mehnat
predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan
mahsulot xajmiga nisbati
orqali aniqlanadi.
,
bu erda
m- mahsulotlarning material sig‘imi;
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q- mahsulot xajmi, so‘m
Samaradorlikni oshirish omillari quyidagilar: mahsulotning mehnat sig‘imi,
material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond kaytimini oshirish,
tabiiy
resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni
rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak.
Bu yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning
texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish;
ishlab
chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va
xududiy joylashtirish darajasini oshirish;
inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning
ijodiy faolligini va
tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ;
xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan
foydalanish;
ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: