74
Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining
asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat: - yoʻnaltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi
mutaxassis shaxsining bilish soxasini oʻz ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi,
tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga
intellektual tayyorligini tashkil etadi.
Mutaxassisning
motivatsion
tayyorligining
asoslari
oʻz
kasbi
mutaxassisligini tushuna olishi; oʻzida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi,
oʻzini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti
sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi
talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida oʻzini
rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yoʻnaltirilganligida namoyon
boʻladi. - ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy maxoratni (bilim, malaka,
koʻnikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muhim kasbiy sifatlarning toʻplami,
kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy
tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida oʻzini boshqarishga qodirligi,
operatsional funksiyali tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi.
1.4.2. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi
yadrosini shaxsning kasbiy
yoʻnalganligi va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining
kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega.
Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv
va samarali oʻzaro yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy
oʻzaro munosabatlarga tayyorligi va bunday oʻzaro munosabatlarni oʻrnata
olishga va rivojlantirishga qodirligini koʻzda tutadi. Shaxsning kommunikativ
tayyorligi faqatgina odamning nutqiy madaniyati yetarlicha darajada
rivojlanganligida soʻz va tildan toʻgʻri foydalanishni
bilganidagina mavjud
boʻladi. Shaxsning nutq madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining
koʻrsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy
kamol topishini muhim shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini
rivojlantirish hisoblanadi. Mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda
empatiyani, xushmuomalalikni, doʻstonalilikni, oʻrtoqlik hissini, jamoatchilikni
75
rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan oʻzaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va
qodirligini, oʻzaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni,
yuzaga kelgan qiyinchilikni toʻgʻri xal eta
bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari
bilan munosabatlarda murosaga kelishni koʻzda tutadi. Mutaxassis faoliyati
muvaffakqiyatliligini yana bir muhim sharti uning kasbiy va shaxsiy jihatdan
tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yoʻnalishda uning faolligi darajasi
ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda ham
xodimlar kasbdoshlari bilan
oʻzaro munosabatlarda xam oʻzini toʻla va xar tomonlama koʻrsatishga
intilishdan iborat boʻladi. Mutaxassisning bunday oʻzini tashkil etish koʻp
jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish istagiga va intilishiga bogʻlik boʻladi.
Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bagʻishlangan koʻplab
ishlar mavjud bulib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan
oʻrganilgan. Muvaffaqiyat deganda shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga
erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini xis
etishi ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bogʻlik boʻladi:
xaqiqiy natija va ushbu
vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasidagi natija. Ular odam oʻz faoliyatida
qoʻygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq
muvaffaqiyatga erishishning vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan boʻlib
u quyidagi formula asosida beriladi.
Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning
shaxsiy xususiyatlari muhim rol oʻynadi. Hayotiy
muvaffakiyatga erishish
uchun zarur bulgan koʻplab shaxsiy sifatlar xaqida V.Kroford uzining “Suxbat
va munozara” kitobida Konfutsiyning gʻoyasiga tayanib, doʻstonalik, donolik va
botirlikni kursatadi. Muallif odamga ishida muvaffaqiyatga erishish uchun nima
yetishmaslgini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford
xozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun kursatilgan 3 ta
tushunchadan tashqari kasbiy maxorat xam kerakligini aytib oʻtdi. Xozirgi
zamonaviy tadqiqotlar muvaffakiyatga erishish uchun kuyidagi asosiy shart-
sharoitlarni kursatadi: - mutaxassis oʻziga ishongan boʻlishi kerak; - maqsadga
erishishga
kuchli intilish kerak; - nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak; -
ishga pozitiv yoʻnalganlik; - omad aloxida muvaffaqiyatlarni koʻra bilish va shu
paytda quvonch va baxtni xis etish zarur. Tadqiqotlar natijalariga koʻra
76
odamning hayoti va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat oʻrtasidagi uzviy
bogʻliklik borligini koʻrsatadi. Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarini kasblar
konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan bartaraf etish mumkin.
Ular yangi
kasblarni loyixalashtirish, mexnat mazmunini va maqsadini aniqlash, ma’lumot,
malaka darajasi mexnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: