217
9.3. Kichik GES lar turlari
Kichik GES larning yuqorida keltirilgan afzalliklaridan tashqari
yana bir bir yaxshi xususiyati – ularni ham baza rejimida, ham zahira
rejimida ishlatish mumkin ekanligidir.
Gidro elektr stanstiyalar ishlab chiqarayotgan quvvati miqdoriga
ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
-
quvvatli GES lar - o’rnatilgan quvvati 25 MVt va undan katta;
-
o’rta quvvatli - 25 MVt gacha; - kichik GES lar - 5 MVt gacha.
GES larning quvvatlari suv bosimi va generatorning f.i.k. ga
bevosita bog’liq.
Tabiat qonunlariga muvofiq, yil fasillari o’zgarishi
va boshqa bir qator omillarga ko’ra, suvning sathi doimo o’zgarib
turishi sababli, gidro elektr stanstiya quvvati sifatida quvvatning stiklli
qiymati qabul qilingan. Masalan, gidro elektr stanstiyaning yillik,
oylik, haftalik yoki sutkali ishlash stikllari qabul qilingan.
Hozirgi kunga kelib kichik gidro elektr stanstiyalarning barcha
mamlakatlar uchun mos bo’lgan ta’rifi yo’q. O’zbekistonda
mikroelektr stanstiyalar sirasiga o’rnatilgan quvvati 30 MVt dan kam
bo’lgan GES lari kiradi. Rossiyada kichik GES lar qatoriga quvvati
0,2 MVt dan 5 MVt gacha bo’lgan mini-GES lar va quvvati 0,2 MVt
gacha bo’lgan mikro-GES lar [9] kirsa, bir yilda (1982)
ishlab
chiqargan elektr energiyasining 99% ni [1] GES lar yordamida olgan
Norvegiyada kichik gidroenergetika quyidagi toifalarga bo’linadi:
mikro-GES - 0,1 MVt gacha; mini-GES lar 0,1 -1,0 MVT. Jahon
banki kichik gidro elektr stanstiyalar toifasiga quvvati 10
MVt dan
kam bo’lgan stanstiyalar kiritadi. Bugungi kunda gidro energetikani
quyidagicha toifalashga keng e’tibor berilmoqda: 1,0 MVt gacha
mikro-GES lar; 1,0 MVt dan 10 MVt gacha quvvatga ega bo’lgan
stanstiyalar kichik GES lar [1].
Tog’liklarda joylashgan sharqiy qo’shni davlatlardagidan farqli
ravida, O’zbekiston
hududida, katta daryolar nisbatan tekis erlarda
oqib o’tadi. Shu sababli, ularda katta quvvatli GES lar qurish
imkoniyati kam. Biroq, o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki [1],
davlatimiz hududining gidro energetik potenstiali 4
GVt dan yuqori
ekan. Bu esa bizning hududda na faqat o’rta quvvatli GES larni
qurish, montaj qilish va ishlatish mumkin ekan, balki kichik (mini-) va
mikroGESlardan ham foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud
ekanligini bildiradi. Bunga misol sifatida davlatimizda kelajak ikki yil
mobaynida kichik GES lar qurilishini rejalashtirilishini keltirish
218
mumkin. Davlatimizning bunday katta
gidroenergetik potenstiali
tog’li viloyatlarning kichik daryolarida minglab mini- va mikro-
GESlarni o’rnatish imkoniyatini beradi. O’zbekiston olimlari
tomonidan yaratilgan arzon va amaldagi elektr tarmog’iga ulashning
oson usulini qo’llab ishlatiladigan mini-
va mikro-GESlarni xalq
xo’jaligi va tadbirkorlarning korxonalarida ishlab chiqarilishni va
sotishni yo’lga qo’yish taklif etildi.
Ushbu masalaning mohiyati shundaki, hozirgi kungacha mini- va
mikro-GES lar, aksariyat, avtonom rejimda ishlash uchun
mo’ljallangan bo’lib, taklif etilayotgan qurilmalar esa, zarur bo’lganda
avtonom
rejimda ishlatilishi mumkin, GES egasida elektr energiyaga
bo’lgan ehtiyoj kamayishi bilan uni oson yo’l bilan tarmoqqa ulash
mumkin. Natijada xususiy tadbirkorlar mini- va mikro-GES larni sotib
olib, o’z xususiy korxonalarida o’rnatib, elektr energiyasiga bo’lgan
o’z ehtiyojlarini qondiradilar, qolgan elektr
energiyani esa tarmoqqa
uzatib, elektr energiyani taqsimlovchi korxonalarga sotishni yo’lga
qo’yish ishlari yuqori samara berishi aniq.
Kichik GES lar to’g’onli va tez oqar suvlarda to’g’onsiz usulida
qurilishi (o’rnatilishi) mumkin.
Dostları ilə paylaş: