179
o’tkazgichlar, o’tkazuvchanligiga esa xususiy o’tkazuvchanlik
deyiladi. Ularga germaniy – Ge, selen – Se va ba’zi
kimyoviy
birikmalar kiradi.
OK da boshqa tashqi sabablar bo’lmaganda xususiy yarim
o’tkazgichlar o’zlarini dielektriklardek tutishadi.
n-o’tkazuvchanlik.
Temperatura
ortishi bilan valent
zonasining
yuqori
sathidagi
elektronlar o’tkazish zonasining
quyi sathlariga sakrab o’tadi
(7.3-chizma).
Kristallga elektr
maydoni qo’yilganda esa ular
maydonga qarshi harakatga kelib
elektr toki hosil qiladi.
Xususiy
yarim o’tkazgichlarning elektron
bilan bog’liq o’tkazuvchanligi
elektron o’tkazuvchanlik yoki
(yunoncha negate ve – manfiy so’ziga asosan)
n
– tip o’tkazuvchanlik
deyiladi.
p – tip o’tkazuvchanlik.
Elektronlar sakrab o’tkazish zonasiga
o’tib ketgandan so’ng, valent zonada bo’sh o’rinlar qolib,
ularga
teshiklar deyiladi. Tashqi elektr maydoni ta’sirida elektronning bo’sh
o’rni – teshikni qo’shni sathdagi boshqa electron egallashi mumkin.
Bunda teshik ham ko’chgan elektronning o’rniga o’tadi. Bu jarayon
davom etsa go’yoki teshik elektronlar harakati yo’nalishiga
teskari
yo’nalishida ko’chib yurgandek bo’ladi. Ya’ni go’yoki zaryadi zaryadi
electron zaryadiga teng, ishorasi musbat bo’lgan zaryadning ko’chishi
ro’y beradi. Xususiy yarim o’tkazgichlarning kvazizarralar – teshiklar
harkati bilan bog’liq o’tkazuvchanligi teshikli o’tkazuvchanlik yoki
(yunoncha positive – musbat so’ziga asosan)
p
- tip o’tkazuvchanlik
deyiladi.
Kimyoviy toza yarim o’tkazgichlarda o’tkazish zonasiga o’tgan
elektronlar sonly valent zonasida hosil bo’lgan
teshiklar soniga teng
bo’ladi va ularning har ikkalasi ham elektr toki hosil qilishda ishtirok
etadi. Shu bilan birga elektronlarning harakatchanligi teshiklarnikiga
nisbatan katta bo’lganligi uchun teshikli tok umumiy tokning yarmiga
teng bo’lolmaydi. Shunday bo’lsa-da, yarim o’tkazgichlarning
solishtirma
o’tkazuvchanligi
elektronli
va
teshikli
7.3-chizma:
Temperatura
ortishi
bilan
valent
zonasining
yuqori
sathidagi elektronlar o’tishi
180
o’tkazuvchanliklarning
yig’indisidan
iborat
bo’ladi.
Zaryad
tashuvchilar, ya’ni elektronlar va teshiklar xususiy zaryad tashuvchilar
bo’lganligi uchun ham ular vujudga keltiradigan o’tkazuvchanlikka
xususiy o’tkazuvchanlik deyiladi.
Dostları ilə paylaş: