221
kamchiliklaridan ham ozod bo’lgan. Masalan, tashqi muhitga negativ
ta’sirining kamayganligi yoki mutloq yo’qligidir.
Kichik GES lar energetika tizimi bilan parallel ishlab, unga elektr
energiya
uzatish bilan bir qatorda, avtonom rejimda ham ishlab, kichik
regionlarning resurslarini ishlatish imkonini ham beradi. Kichik GES
lar daryo suvining sathi elektr energiya ishlab chiqarish uchun etarli
bo’lganda faoliyat ko’rsatadilar. Avtonom rejimda,
agar kichik GES
akkumulyator tizimi bilan ta’minlangan bo’lsa, u holda ishlab
chiqarilgan elektr energiya jamlanishi (akkumulyastiyalanish)
imkoniyati yaratiladi va elektr energiya tanqisligi kamaytiriladi yoki
to’la bartaraf etiladi.
Kichik GES lar rivojlanayotgan davlatlar uchun alohida qiziqish
uyg’otadilar, chunki qimmat baho jihozlarni sotib olish uchun zarurat
bo’lmaydi.
Kichik energetika har bir hududning o’z
resurslarini ishlatish
imkoniyatini beradi. Bugungi kunda jahon bo’ylab birnecha minglab
kichik gidro energetik stanstiyalar ishlab turibdi.
O’zbekistonda elektr uzatish liniyalari etib bormagan aholi
punktlari yo’q deb aytilsa ham, biroq
elektr energiya ishlab
chiqaruvchi stanstiyalar va elektr tarmoqlari jihozlari eskirib
ketganligi sababli, uzoq chekkalardagi aholi punktlarida elektr
energiya tanqisligi seziladi. Ayniqsa, tog’ zonalarida joylashgan, gidro
energiya potenstiali mavjud bo’lgan, uzoq chekkalardagi kichik aholi
punktlarini elektr energiya bilan ta’minlashda kichik daryolarga
o’rnatilishi mumkin bo’lgan kichik energetikadan
katta umid qilish
mumkin.
GES lar qurilishida suv omborlarining ekologik zarari oldi olish,
stanstiyalar qurilishida kichik kapital sarflar bo’lishi va kapital
xarajatlarni tezda (5 yilgacha) qaytarish imkoniyatlari kichik
energetikaning dunyo bo’yicha rivojlanishini keyingi o’n yilliklarda
avj oldirib yubordi.
Shu sababli aynan
kichik GES lardan foydalanib, ularni zarur
bo’lganda avtonom rejimda ishlatib, qolgan vaziyatlarda tarmoqqa
elektr energiya uzatish uchun oson ulanishlar yordamida tarmoq bilan
parallel
ishlatish, oqilona ish hisoblanadi. Bundan tashqari, kichik
gidroenergetika:
-
ishonchli, ekologik toza va muqobil energiya manbaidir;
-
ishlab chiqarishda oddiy;
-
suv havzalari va
atrof-muhitni ifloslantirmaydi;
222
-
maksimal
soddalashtirilgan
konstrukstiyaga
va
minimal
rostlovchi organlariga ega;
-
to’la avtomatlashtirilgan, ya’ni ekspluatastiya jarayonida xizmat
qiluvchi personal mavjud bo’lishi shart emas;
-
ekspluatastiya jarayonida o’rnatish yoki xizmat ko’rsatish uchun
minimal xarajatlar talab etiladi;
-
ishlab chiqarilayotgan elektr energiya barcha parametrlari (tok
chastotasi, kuchlanish) bo’yicha standartga mos bo’lib, ham avtonom
rejimda, ham tarmoq tarkibida bo’lishi mumkin; - stanstiya
ishlashining to’la resursi - 40 yildan kam emas (kapital ta’mirlagunga
qadar kamida 5 yil).
Kichik gidro energetikaning bosh afzalligi – kichik-GES larni
qurish juda katta hududlarni suv ostida qoldirib, juda katta
mablag’lar evaziga suv havzalarini tashkil etishni talab etmaydi.
Dostları ilə paylaş: