O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan Muxandislik-qurilish instituti


VR (virtual reality, VR, sun’iy reallik) virtual reallik – texnik vositalar yordamida ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaratish



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü33,52 Kb.
#207764
1   2   3   4
raqamli iqtisodiyot (2)

VR (virtual reality, VR, sun’iy reallik) virtual reallik – texnik vositalar yordamida ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaratish,
Endi texnologiyalar sinergiyasi haqida gapirib o'tamiz. Innovatsion raqamli texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llashnafaqat u yoki bu biznes-jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqargan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. Raqamli o‘zgartirishda eng qiziqarlisi ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. Sinergetika nazariyasi atamalarida aytish mumkinki, ijtimoiy tizimdoimiy o‘zgarishda bo‘ladi, institutsional shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuatsiya) - tizim mikrodarajasida tartibsizlik ko‘rsatkichi va hamda uning rivojlanish imkoniyatidir. Ayrim fluktuatsiyalar shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish traektoriyasini belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi.
To‘ldirilgan va virtual reallik yangi dunyoni inson ko‘zigako‘rinadigan qilib qo‘yadi. Robototexnika va 3D-bosma esa ko‘plab muntazam bajariladigan operatsiyalarni to'liq avtomatlashtirishga imkon beradi. Aytish mumkinki, ko‘plab ilg‘or texnologiyalar paydo bo‘lishi odamlar hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, bir qancha eski kasblarni yo‘qotadi va yangi kasblar yuzaga keltiradi va shak- shubhasiz, dunyoni raqamli dunyoga aylantiradi. Dunyoni bunday raqamlashtirish barcha tarmoqlarda katta o‘zgarishlarga olib keladi va, asosiysi, ko‘plab yangi kompaniyalar paydo bo‘ladi, bundaraqamli o‘zgartirish to‘lqinida o‘ziga o‘rin topibgina qolmasdan, uni boshqaradigan kompaniyalar yetakchiga aylanadi. Agar hamma muammolarni hal qilishning uddasidan chiqilsa va raqamli o‘zgartirish bo‘yicha vakolatlar markazi yaratilagn bo‘lsa, tarmoqda yangi texnologiyalar ularni qondirishga imkon beradigan imkoniyatlar va mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilishni boshlash zarur. So‘ngra ichki biznes-jarayonlar va hizmatlarni standartlashtirish istiqbollarini aniqlash va ularni raqamli shaklga o‘tkazish rejasini shakllantirish lozim.Raqamli o‘zgartirish tashabbuslari ko‘pincha aksiyadorlari kompaniya biznesini yangi darajaga olib chiqish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish istagida bo‘lgan o‘rta hajmdagi kompaniyalar tomonidan bildiriladi. Raqamli o‘zgartirish yo‘lidan borayotgan o‘zbek kompaniyalariga misollarni bank sektori, telekommunikatsiyalar, ta'lim, hizmatlar sohasi va axborot texnologiyalari sohasidan keltirish mumkin.


Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin