O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 180,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü180,79 Kb.
#112394
1   2   3
Курс иши НАМУНА

boshqaruv usullari, olib borgan harbiy yurishlarini tahlil qilish orqali ko’proq xolis 
va haqqoniy ma’lumotlarni yetkazishdir. Qadimiy qadriyatlarga, shonli tarixga, 
mumtoz merosga munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarib, bu borada xolis nuqtayi 
nazarning qaror topishi tufayli keyingi yillarda ilgari turli sabab-bahonalar bilan 
qoralangan, sinfiy va siyosiy tamg‘a bosilgan milliy ma’naviyatimizning ko‘plab 
darg‘alari nomi oqlandi, ularning hayoti va ijodi o‘rganilib, asarlari xalqqa 
yetkazildi. Hukmdor tabaqa vakili sifatida sho‘ro mafkurasining sinfiy qolipiga 
tushmay, qora chiziq orti- da qolganlardan biri yirik davlat arbobi va zabardast 
shoir Abdulgozi Ubaydullo Bahodirxon (Ubaydullaxon) hisoblanadi. O‘zining 
serqirra faoliyati bilan XVI asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayotida katta rol 
o‘ynagan bu ulug‘ zot o‘zbek xalqining buyuk siymolari qatoridan o‘rin olishga har 
1
I.A.Karimov. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Sharq nashriyot-matbaa konserni. Toshkent-1998 y. 9-10- betlar.


33 
jihatdan munosibdir.
2
Muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda,”Biz o’z 
tariximizni yo’qqa chiqara olmaymiz. Bu tariximizda ham qahramonona, ham fojiali 
sahifalar kop bo’ldi. Axir, keksa avlodlarning, ota-bobolarimizning kurashi va 
mehnatini inkor etib bo’ladimi? Ular yarim feodal holidagi qoloq mamlakatni
ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan taraqqiy etgan zamonaviy darajaga ko’tardilar. 
Bu aniq ravshan dalilni hech kim rad qila olmaydi. Ayni vaqtda sotsialistik 
qurilishning kopgina bosqichlarida qo’pol xatolar va buzilishlarga yo’l qo’yilganini 
ham hech kim, hech narsa shubha ostiga qo’ya olmaydi. Biz o’tmishdagi hamma 
buzilishlar, xato va jinoyatlarni qat’iyan qoralaymiz va ulardan keskin voz kechamiz. 
Biz o’tmishimizni va hozirgi hayotimizni haqqoniy, xolisona tanqidiy tahlil etishning 
qat’iy tarafdorimiz. Biz bosmachilik harakati haqida bo’lsin, xonliklarga siyosiy 
bosim o;tkazish davri haqida bo’lsin, repressiyalar, turg’ulik davriga oid buzilishlar 
haqida bo’lsin- “ oq dog’”larning butunlay tugatilish tarafdorimiz. Ammo, albatta 
aniq har bir voqeani, aniq tarixiy sharoitni hisobga olib, bizning tariximiz, undagi 
har bir qadam keksa avlodlarning peshona teri bilan va qoni bilan sug’orilganini 
nazarda tutib shunday qilishimiz kerak. O’tmishimizni boshdan-oyoq qoralash ota-
bobolarimiz xotirasi oldida, farzandlarimiz va nabiralarimizning ma’naviy tarbiyasi 
oldida kechirilmas xato bo’lur edi”.

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ishning maqsadi shundan iboratki
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, 
qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu – 
tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga 
yetgan qishloq, shahar, xullas, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Zero, 
mamlakatimizda 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, 
ma’naviy-ma’rifiy 
va 
boshqa 
yo‘nalishlarda izchil olib borilayotgan islohotlar mustaqillik poydevorini mustahkam 
qurishga asos bo‘lmoqda. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan 
ishlar ibratlidir. Milliy ma’naviyatimizni har tomonlama yuksaltirishda asosiy 
omillardan hisoblangan ma’naviy meros, qadimiy boy qadriyatlarimizga, 
o‘tmishimizga munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarishi, bu borada xolis nuqtai 

Yüklə 180,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin