Qonunustuvorliginita‟minlashvasud-huquqtiziminiyanadaislohqilish yо‗nalishi bо‗yicha 2017-yilda Prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bоrasida oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyatining mustaqil organi sifatida Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Oliy sud va Oliy xо‗jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar Xо‗jalik sudlari Iqtisodiysudlar sifatida qayta tashkil etildi.
Sudya lavozimida bо‗lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik va muddatsiz davri belgilandi. Konstitusiyaviy va Oliy sudlarning sudyalari uchun sudyalik lavozimida bо‗lishning eng yuqori yoshi 70 yosh, boshqa sudyalar uchun
65 yosh etib belgilandi. Oliy sudning harbiy hay‘ati tugatilib, Oliy sudning ma‘muriy ishlar bо‗yicha sudlov hay‘ati tashkil etildi. Sayyor sudlar tashkil etildi.
Bosh prokuratura huzurida Majburiyijrobyurosi tashkil etildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurash tо„g„risida”gi Qonun qabul qilinib (2017-yil yanvar), 2017-2018-yillarda Korrupsiyagaqarshikurashbо„yicha davlat dasturi tasdiqlandi.
Fuqarolik-prosessual, Iqtisodiy-prosessual va Ma‘muriy sud ishlarini yuritish tо‗g‗risidagi kodekslar yangi tahrirda qabul qilindi. Jinoiy jazolar tizimidan “qamoq” jazosichiqarilib, majburiy jamoat ishlari jazo turi joriy etildi. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari joriy qilindi.
Jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bо‗yicha “yashil” va “qizil” yо‗lak tizimi joriy etildi. Hokimlarning, prokuratura va Ichki ishlar organlarining aholi va mahalliy Kengashlar deputatlari oldida hisobot berish tizimi joriy etildi.
2018-yilda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash borasida islohotlar davom ettirilib, Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi.
Mazkur yilda 1881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli bо‗lmaganligi uchun tugatildi, 590 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlandi. 5462 nafar shaxsga nisbatan tergov assosiz qо‗yilgan moddalar ayblovdan chiqarilib tashlandi, 2449 nafar shaxs sud zalidan ozod etildi. Qilmishidan chin dildan pushaybon bо‗lgan 993 nafar fuqaro Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qо‗mitalari kafilligi bilan jazodan ozod etildi.
Ekstremistik guruhlarga aloqadar deb nazoratga olingan 20 ming fuqaro
―maxsus hisoblar‖dan chiqarildi.
Ilk bor “Davlat xavfsizlikxizmati tо„g„risida”gi Qonun qabul qilindi. Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etildi. Tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jahozlandi.
Fuqarolarga propiska va viza berishdagi qiyinchiliklar bartaraf etildi. 39 ta mamlakat fuqarolariga elektron viza berish tartibi joriy qilinishi tufayli yurtimizga 4 mln nafar sayyoh tashrif buyurdi. Turizmni rivojlantirish maqsadida yо‗l-patrul postlari qisqartirildi.
Uzoq yillar mamlakatimizda yashab kelayotgan 2528 nafar shaxsga О‗zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
2019-yilda sud islohotlari doirasida sudyalik lavozimiga ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uchun amaldagi yosh senzi qayta kо‗rib chiqilib nomzodning yoshi kamida 35 yosh etib belgilandi. Sudyaning maxsus kiyimi joriy etildi.
Xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta‘minlash maqsadida mahkumlarni rag‗batlantirishning adolatli mezonlari ishlab chiqildi. Qoraqalpog‗iston Respublikasining Jasliq qо‗rg‗onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatildi.
Notarial rasmiylashtirish xujjatlari qisqartirildi, keraksiz talablar soddalashtirildi va olib tashlandi. Xususiy notarial idoralarga ruxsat berildi.
О‗zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi soddalashtirildi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‗lmagan shaxslarga “Fahriy fuqaro” maqomini berish tizimi joriy etildi.