I.A.Karimov Oqsaroyda Xalqaro olimpiya qo‗mitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo milliy olimpiya qo‗mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi Prezidenti
Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohlarni qabul qildi.
2015-yil 6-iyul
Hindiston Respublikasining Prezidenti Narendra Modi
rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‗ldi.
2015-yil 9-10-iyul
I.A.Karimov Rossiyaning Ufa shahrida bo‗lib o‗tgan SHHTga a‘zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining
navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
2015-yil 15-iyul
I.A.Karimov Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri
S.Lavrovni qabul qildi.
2015-yil 2-3-sentabr
I.A.Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning
taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Pekin shahrida bo‗ldi.
2015-yil 7-oktabr
Turkmaniston Prezidenti K.Berdimuhamedov
O‗zbekistonda bo‗ldi.
2015-yil
15-16-oktabr
Qozog‗iston poytaxti Ostona shahrida MDH Davlat
rahbarlari kengashining majlisi bo‗lib o‗tdi. Unda I.A.Karimov ishtirok etdi.
2015-yil 24-oktabr
Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe rasmiy tashrif bilan
O‗zbekistonda bo‗ldi.
2015-yil 1-noyabr
I.A.Karimov Samarqand shahridagi Forumlar saroyida
AQSH davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashdi.
2015-yil 17-noyabr
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad
Navoz Sharif O‗zbekistonda bo‗ldi.
2015-yil
11-12-dekabr
I.A.Karimov Turkmaniston betarafligining 20 yilligiga bag‗ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun ushbu
mamlakatda bo‗ldi.
2016-yil 5-mart
I.A.Karimov Oqsaroyda GFR tashqi ishlar vaziri, YEXHTning amaldagi raisi Frank Valter Shtaynmayerni
qabul qildi.
2016-yil 14-aprel
I.A.Karimov SHHTga a‘zo davlatlar Xavfsizlik kengashi rahbarlari, SHHT Bosh kotibi va SHHT Mintaqaviy
aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‗mitasi direktori bilan uchrashdi.
2016-yil 14-15-aprel
I.A.Karimov Qozog‗istonda bo‗ldi.
2016-yil 25-26-aprel
I.A.Karimov Rossiya Federasiyasiga tashrif buyurdi.
2016-yil 18-may
I.A.Karimov Oqsaroyda Bolgariya Bosh vaziri Boyko
Borisovni qabul qildi.
2016-yil 20-may
Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo Ann
O‗zbekistonda bo‗ldi.
2016-yil 24-may
I.A.Karimov Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri
S.Lavrovni qabul qildi.
2016-yil 21-22-iyun
Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Si Szin Pin
O‗zbekistonda bo‗ldi va Angren-Pop temir yo‗li va Qamchiq tunelining ochilish marosimida ishtirok etdi.
2016-yil 21-24-iyun
Toshkentda SHHT davlat rahbarlarining uchrashuvi. Hindiston va Pokiston tashkilotning to‗laqonli a‘zosiga
aylandi.
2016-yil 6-sentabr
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Samarqand
shahriga tashrif buyurdi.
2016-yil 12-sentabr
Qozog‗iston Prezidenti N.Nazarboyev О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
2016-yil 22-sentabr
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi SH.Mirziyoyev Qozog‗iston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‗rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.
2016-yil 6-oktabr
Belarus Prezidenti A.Lukashenko О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Samarqand
shahriga tashrif buyurdi.
2016-yil 18-oktabr
Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar
vazirlari kengashi 43-sessiyasi о‗z ishini boshladi.
2016-yil 18-oktabr
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi SH.Mirziyoyev Quvayt Bosh vazirining birinchi
o‗rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Saboh Xolid al- Hamad as-Saboh bilan uchrashdi.
2016-yil 29-oktabr
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi
SH.Mirziyoyev AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‗yicha o‗rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.
2016-yil 12-noyabr
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi SH.Mirziyoyev XXR tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul
qildi.
2016-yil 17-noyabr
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‗g‗on Samarqand
shahriga tashrif buyurdi.
2016-yil 16-dekabr
SH.Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‗rinbosari
Alan Dunkanni qabul qildi.
SH.Mirziyoyev Amerika-O‗zbekiston savdo palatasi raisi
Kerolin Lemmni qabul qildi.
2017-yil 6-7-mart
SH.Mirziyoyev Turkmanistonda bo‗ldi. Turkmanobod shahrida I.A.Karimov haykali va Turkmanobod-Forob
ko‗prigining ochilishi marosimida ishtirok etdi.
2017-yil 16-mart
SH.Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining
(YETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi.
2017-yil 22-23-mart
SH.Mirziyoyev Qozog‗istonda bo‗ldi.
2017-yil 4-5-aprel
SH.Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir
Putinning taklifiga binoan ushbu mamlakarda bo‗ldi.
2017-yil 26-aprel
SH.Mirziyoyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri
Mevlut Chavusho‗g‗luni qabul qildi.
2017-yil 29-aprel
SH.Mirziyoyev Janubiy Qozog‗iston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozog‗iston Respublikasi Prezidenti Nursulton
Nazarboyev bilan amaliy uchrashuv o‗tkazdi.
2017-yil 10-12-may
Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo‗yicha Oliy komissari delegasiyasi O‗zbekistonda bo‗ldi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar, Adliya, Ichiki ishlar vazirligi, Inson huquqlari milliy markazi, Xotin-qizlar qo‗mitasi rahbariyati, Ombudsman bilan samarali uchrashuvlar
o‗tkazdi.
2017-yil 12-15-may
SH.Mirziyoyev Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyda
bo‗ldi va ―Bir makon, bir yo‗l‖ forumida ishtirok etib nutq
sо‗zladi.
2017-yil 18-may
SH.Mirziyoyev Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‗mitasi raisining o‗rinbosari, bosh kotibi Van Chen
rahbarligidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi.
2017-yil 19-20-may
SH.Mirziyoyev Turkmanistonda bo‗ldi.
2017-yil 21-22-may
SH.Mirziyoyev Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida
bo‗lib o‗tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammitida ishtirok etdi.
2017-yil 24-may
SH.Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid
Al Nahayonni qabul qildi.
2017-yil 8-9-iyun
SH.Mirziyoyev SHHT Ostona sammitida ishtirok etdi.
2017-yil 10-iyun
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev bilan BMT Bosh
kotibi AntoniuGuterrishning uchrashuvi bo‗ldi.
2017-yil 11-iyul
SH.Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‗rinbosari – tashqi ishlar vaziri Rashid
Meredovni qabul qildi.
2017-yil 26-iyul
SH.Mirziyoyev Turkiya Respublikasi milliy mudofaa
vaziri Nurettin Janiklini qabul qildi.
2017-yil 23-avgust
SH.Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining
birinchi o‗rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi.
2017-yil 5-6-sentabr
SH.Mirziyoyev Qirg‗izistonda bo‗ldi.
2017-yil 9-10-sentabr
SH.Mirziyoyev Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‗yicha birinchi sammitida ishtirok etib, Ashraf G‗ani, R.Erdog‘an va
X.Ruxoniylar bilan uchrashdi.
2017-yil
16-17-sentabr
Qozog‗iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev
O‗zbekistonda bo‗ldi.
2017-yil 17-sentabr
SH.Mirziyoyev Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‗tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san‘atlari bo‗yicha V Osiyo o‗yinlarining ochilish marosimida
ishtirok etdi.
2017-yil 18-20-
sentabr
SH.Mirziyoyev AQShda bo‗ldi. BMT bosh kotibi A.Guterrish bilan uchrashdi hamda BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutq sо‗zladi.
2017-yil 25-sentabr
SH.Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasining Tatariston
Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovni qabul qildi.
2017-yil 26-sentabr
SH.Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi
Spikeri Chon Se Gyunni qabul qildi.
2017-yil 27-sentabr
SH.Mirziyoyev Qozog‗iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Qasim-Jomart Toqayev boshchiligidagi
delegatsiyani qabul qildi.
2017-yil 29-sentabr
SH.Mirziyoyev Moskva va butun Rus Patriarxi Kirillni
qabul qildi.
2017-yil 5-6-oktabr
Qirg‗iziston Prezidenti A.Atambayev O‗zbekistonda
bo‗ldi.
2017-yil 11-oktabr
SH.Mirziyoyev MDHning Sochi sammitida ishtirok etdi va
nutq sо‗zladi.
2017-yil 16-oktabr
SH.Mirziyoyev Checheniston Respublikasi rahbari
Ramzan Qodirovni qabul qildi.
2017-yil
25-27-oktabr
SH.Mirziyoyev Turkiyada bo‗ldi.
2017-yil 1-noyabr
SH.Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‗rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish
boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotovni qabul qildi.
2017-yil 2-noyabr
SH.Mirziyoyev MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul
qildi.
2017-yil 9-noyabr
SH.Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Bosh kotibi Tomas Greminger, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‗yicha yordamchisi Miroslav Yencha va Bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‗yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German va AQSH Prezidenti maslahatchisi o‗rinbosari, Milliy xavfsizlik
kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‗yicha katta direktori Liza Kyortislar bulan ushrashdi.
2017-yil 10-noyabr
Samarqand shahrida ―Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‗lidagi hamkorlik‖ mavzusidagi xalqaro konferensiya bо‗lib о‗tdi. Ushbu yirik xalqaro tadbirda 500 dan ortiq ishtirokchi, MDH, BMT, YEI, YEXHT, SHHT, YETTB
kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va O‗zbekistonda akkreditasiyadan o‗tgan diplomatik korpus a‘zolari
qatnashdi.
2017-yil
22-25-noyabr
SH.Mirziyoyev Janubiy Koreyada bo‗ldi va Prezident Mun
Chje In bilan uchrashdi.
2017-yil 2-6-dekabr
Afg‗oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‗ani
O‗zbekistonda, Buxoroda bo‗ldi.
2017-yil
13-14-dekabr
Qirg‗iziston Prezidenti S.Jiyenbekov O‗zbekistonda bo‗ldi.
2017-yil 26-dekabr
SH.Mirziyoyev Moskvada MDH davlat rahbarlari
kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
SH.Mirziyoyev Tojikistonda bo‗ldi. Do‗stlik va yaxshi qo‗shnchilikni mustahkamlash to‗g‗risida qo‗shma bayonot
hamda O‗zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‗g‗risidagi shartnoma imzolandi.
2018-yil 15-16-mart
SH.Mirziyoyev Qozog‗istonda bo‗lib Oq o‗rda qororgohida N.Nazarbayev bilan uchrashdi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahatlashuv
uchrashuvida nutq sо‗zladi.
2018-yil 26-27-mart
Toshkentda Afg‗oniston bo‗yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik”mavzusida xalqaro konferensiya о‗tkazildi. Konferensiyaga jami 25 davlat va yirik xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi. Afg‗onistonda tinchlik o‗rnatish uchun “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilindi.
Prezident SH.Mirziyoyev Afg‗oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‗ani bilan uchrashuv o‗tkazdi.
2018-yil 23-24-aprel
Turkmaniston Prezidenti K.Berdimuhamedov O‗zbekistonda bo‗ldi. O‗zaro aloqalarni izchil rivojlantirishga doir 17 ta hujjat imzolandi. Ikki mamlakat
rahbari Xiva shahrida bo‗lishdi.
2018-yil 30-aprel –
1-may
Turkiya Prezidenti Redjep Toyib Erdog‘an O‗zbekistonda
bo‗ldi.
2018-yil 14-17-may
SH.Mirziyoyev AQShda bo‗lib Prezident D.Tramp bilan uchrashdi. Ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‗rtasida turli sohalarga doir umumiy qiymati 4,7 mlrd.
AQSH dollari miqdorida 20 dan ortiq xujjatlar imzolandi.
2018-yil 22-may
SH.Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri
Sergey Shoyguni qabul qildi.
2018-yil 9-10-iyun
SH.Mirziyoyev XXRning Sindao shahrida bo‗lib o‗tgan SHHTga a‘zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining
18-majlisida ishtirok etdi va nutq so‗zladi.
2018-yil 14-iyun
SH.Mirziyoyev Moskvada bo‗lib Futbol bo‗yicha Jahon
chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi.
2018-yil 22-iyun
Prezident SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik,barqarorlikvaizchiltaraqqiyotnita‟minlash