O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi


Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi, oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari



Yüklə 73,18 Kb.
səhifə6/7
tarix08.06.2023
ölçüsü73,18 Kb.
#126992
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI 2023 (1)

Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi, oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari.

O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillar bilan izohlanadi:
— inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;
— erta nikohdan o‘tish an’anasi;
— ijtimoiy omillar;
— ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.
Hozirgi kungacha, oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘p bolalilikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda. Sababi, muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala hali yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ko‘p bolali oila kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadir. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi, deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha, ko‘p bolali oklada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb qisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, buning uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz.
Ko‘p bolali oklada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko‘p tamonlamaliligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi?
Individual yondashuv uchun, avvalo, psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek, tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o‘tkazish kerak.
Ba’zi tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan, ko‘p bolali uzbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘pchilik uzbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod qilinganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Ba’zan bolalar uy yumushlariga hdpdan ortiq vaqg ajratishadi. Bu qam ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi o‘zbek oilalarida ota-onalar bolaparining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshirikdarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘ladi: televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar mavjud, birok, ular dar doim dam yaxshi jihozlangan bo‘lavermaydi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga edgiyoj sezadilar. Shunday hollarda ota-onalarni bolalarga yordam berishning anidusullari bilan tanishtirish lozim.
O’zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuviga halaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritishimiz mumkin. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi, dozirgi kunda bu an’analarning sakdanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi dodisadir. Bu dodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan dalolat beradi. Bunday salbiy omillarning ta’sirini bartaraf etish oilani shaxe ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabga, balki oilaga ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lmokda. Shu bilan birga, bir qator o‘zbek pedagog-olimlari aynan ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘p bolali oila pedagogic munosabatga kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq qiluvchi to‘rtga kategoriya asosida shakllanadi:
Tinch, baxtli oilalar o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradilar, o‘z bolalarining ehtiyojlariga tez ko‘nikadilar. Muammo paydo bo‘lib qolsa, ularga bir karra yordam ko‘rsatish kifoya.
Xavfi bor oilalarda adaptativ qobiliyatlar birmuncha pastroq. Ularbolatarbiyasini qiyinchilik bilan eplaydilar va ijtimoiy pedagog yordami xdmda nazoratiga exdiyoj sezadilar.
Notinch oilalar xdyotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar. Bundam oilalarning adaptativ imkoniyatlari past bo‘lib, ularda bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib, pedagog ularga pedagogik yoki psixologik yordamlar ko‘rsatadi.
Asotsial oilalar tubdan islohqilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan, albatta, hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ishlaganida huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi zarur.
Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o‘rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o‘rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin, ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog‘, tomorqadagi ishlarga jalb qilish yo‘li bilan hal ish mumkin.
Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng, ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagog tomonidan "oila xaritasi”ni tuzish ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek, oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqdanadi.
"Xarita”ning ilovasida “oilada bolatarbiyasini o‘rganish” deb nomlangan qism ham mavjud bo‘lib, unda ota-onalar bola bilan qancha va qanday vaqt o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratliligi, ota-onalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini anikdash juda muhimdir.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday murojaat qilishi, unga nima yoqish-yoqmasligini anikdashi lozim. Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar mavaffaqiyatsiz oilalar qatoriga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar, o‘qishni hohlamaydigan bolalar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, fohishabozlik, giyoqvandlik, daydi bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi — inqirozli vaziyatlarni hal qilish.
Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda quyidagi asosiy rollarni bajaradi:
Maslahatchi — oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi hakdsa gapirib beradi, bolatarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant — oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi — bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon munosabat) to‘liq degratatsiyaga duch kelganda, bolani himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi asosiy faoliyatini ijtimoiy pedagogik yordam tashkil qilib, bu yordam ta’limiy, psixologik va vositachilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik yordamning tarkibiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishi kiradi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam ko‘rsatish.
Ta’lim olishda yordam ko‘rsatish deganda oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zdatutadi:
— ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologiktayyorgarligi;
— bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvat munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
— bola tarbiyasida shaxsiy namuna va “ota-ona” ijtimoiy maqomining ahamiyati;
— oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;
— oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir qilish usullari, bolalar va katgalar orasida ijobiy munosabatlarning shakllanganligi.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan, avvalo, ota-onalarga maslahat berish, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy vaziyatlar yaratish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab- quvvatlash va korreksiya (to‘g’irlash) qilish.
Ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash oilada qisqa muddatli inqiroz davrida, oila a’zolari turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotganlarida amalga oshiriladi. Buning uchun ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab- quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa, u nihoyatda samarali bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini ta>ushl qilish orqali muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarini nizoga opib keluvchi ruhiy hrlatlarni anikdaydi, psixiatr esa davolash bilan shugullanadi.
Shaxslararo mutchosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyam, asosan, oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llaniladi. Ruqiy zo‘rlik bolaning asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini okdamaslik kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, bunda oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar "Bola huqukdari to‘g‘risidagi Konvensiya" talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farkdi o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch tarkibiy qismdan iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o‘z ichiga xayriya auksionlarini rejalashtirish va o‘tkazishni, oilaviy bayramlar va tanlovlar uyushtirishni, uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha kurslar tashkil qilishni o‘z ichiga oladi.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo‘yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga quyidagilar kiradi:
1) bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish;
2) bolalikka olish;
3) bolani bolalar uyiga joylashtirish12.
Ma’lumot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatsiya shaklida o‘tkaziladi. Malumotlar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqarolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek, oilaviy nizolarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Oilaga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo‘ladi.
Qisqa muddatli ish shakllari ichidan olimlar o‘zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini ajratishgan.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko‘rsatishni ko‘zdatutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o‘zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog‘liqbo‘lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo‘lganidan qat’iy nazar, ijtimoiy pedagogiing vazifasi bevosita emotsional yordam ko‘rsatish orqali stress holatiningta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir. Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning muddati to‘rt oydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan bo‘lib, model markazida yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog yordam ko‘rsatilayotgan shaxslardan o‘z qarakatlarini oiladagi muammssharni yechishga yo‘naltirishlarini talab qiladi. Bu model muayyan holatlarda aksariyat muammolarni oila a’zolarining o‘zlari xal qilishlariga asoslanadi. Bu yerda ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratish. muammoli modelning yetakchi metodi esa yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzishdir. Shartnomaning asosini oilaning oldida turgan maqsad va vazifalarini anikdash tashkil qiladi. Ijtimoiy pedagog maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchuy yetarli bo‘lgan muddatni belgilaydiL
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdikdanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma talablarini ishlab chiqishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishni ta’minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy tue berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan, xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzok, muddatli ish shakllari ijgimoiy-psixologik yondashuvga asoslanadi va to‘rt oydan ortik, vakdni talab qiladi. Ijgimoiy-psixologik yondashuvning asosiy vazifalari: biror bir vazifani bajarishga odatlantirish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish hamda oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni anikdashdan iborat.
Ijtimoiy-pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Patronaj ijtimoiy- pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagog tashxis, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani tabiiy sharoitlarda kuzatishga imkon beradi. Patronajning o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik vaboshqalar. Shuning uchun ham oilani ijtimoiy pedagog tashrifi to‘g‘risida avvaldan xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo‘ladi. Doimiy patronajlar, avvalambor, g‘ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi va vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatda, patronaj bilan bir qatorda, oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan biri konsultativ suhbat o‘tkazishdir. Konsultativ suhbat, asosan, hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan soglom oilalarga mo‘ljallangan. Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda, oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari — treninglar ham o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy-pedagogik trening amaliy psixologiyada jamoaviy psixologik ish olib borishning faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatidata’riflanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy pedagogika va ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega.
Trening bir qancha individual va jamoaviy ish olib borish usullarininguygunlashuvi bo‘lib, ota-onalarning psixologik va pedagogik savodxonligini oshirish muammosini hal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. So‘ngi o‘n yilliklar davomida bu muammo o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa, ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandi bor oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. 13
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashinishlari, savollar berish va guruzda qo‘llab- quvvatlanishlari imkonini beradi. Bundan tashqari, axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish inson faolligini oshiradi. Yuqoridagi usullar konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib, ular ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli shakllarda qo‘llanilishi mumkin.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyattizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina yuqori samarali bo‘lishi mumkin. U demografiya, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiyaviy funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeta), etnografiya, tarix, falsafaga oid ma’lumotlarni o‘rganishni vaulardan foydalanishni ko‘zdatutadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog‘liqni sakdash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmokda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni hal qilishga bog‘liqdir.

XULOSA
Shuni xulosa qilishimiz mumkinki, bolaning ijtimoiylashuvi, uning jamiyatga qo’shilib borishi, bevosita uning atrofidagi insonlar va uning oilasi bilan uziy bog’liqdir. Bolaning shaxs bo’lib yetishishida, uning shakllanib borishida ayniqsa, oilaning ahamiyati katta bo’ladi. Bola tarbiyasida yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan, avvalo, ota-onalarga maslahat berish, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy vaziyatlar yaratish orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda sog’lom avlodni shakllantirish uchun yosh oilalarga oilaning ahamiyati va vazifalari to’g’risida tushunchalar berish, maslahat va turli konferensiyalar tashkil etib turish lozim. Oilada paydo bo’ladigan turli inqiroz davrlarida oila a’zolari o’zlarini qanday tutishlari, vaziyatdan to’g’ri chiqib keta olishlari uchun maslahat beruchi ijtimoiy pedagog oilaning ijtimoiy maqomi, har bit oilaning mintaqaiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko’rishi lozim, deb ta’kidlasak, adashmaymiz.
Oilalarda oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi oila tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirishni taqozo etmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri – bu oilalarga ijtimoiypedagogik yordam ko’rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagoglar tomonidan oilaga tarbiyaviy yordam ko’rsatishda uning qarindoshlikka asoslanib, oila a’zolarini birga yashashlarini ta’minlovchi kichik ijtimoiy guruh yoki oila a’zolarining kundalik hayot kechirishlarini ta’minlovchi ijtimoiy institut sifatidagi rolini kuchaytirishga e’tibor qaratish zarur.

Yüklə 73,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin