Dekorativ panno. Loy ishi. Barelyef «Gullar» . Maqsad: xarakterli shakllarni tasvirlagan xoldatasavvur qilib tanish bo`lgan narsalarni yasaydi, (barglar), yog`och qalam bilan gulning zarur qismlarini chizadi (mayda tomirchalarini). Loy ishida tasvirning jonliligini, gullarga xos bo`lgan burilishlarini ifoda eta oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar:plastilin, yog`och qalamlar, taxtachalar, salfetkalar, bolalarning ishlarini joylashtirish uchun barelyef-taxtachacha.
Faoliyatning borishi: Uylarni bezash uchun gullar tasviri tushirilgan suratlarni ko`rish.
Ish so`nggida tarbiyachi gullarni barelyef-taxtachaga maxkamlaydi va bolalarga tasvir chiroyli chiqishi uchun Qo`shimcha qism elementlar bilan to`ldirishni taklif etadi.
Qo`shimcha qism:uylarni bezash uchun boshqa dekorativ ishlarni ko`rib chiqish.
E`tiborga molik jihati: bolalar tasavvurini boyishi, loy ishida turli xil usullardan foydalana olishi.
MAY 2 XAFTASI «MEBEL» , «MILLIY HUNARMANDCHILIK» Qurish-yasash va matematika markazi «Uyimiz uchun mebel» Maqsad: turli hajmli geometirik figuralardan (kub, silindr, g`isht, plastina, piramida) uy qura oladi, ular nomlarini va belgilarini biladi. Predmetlarni ma`lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera oladi,fazodagi qoidalarga rioya eta oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mebel tasvirlangan suratlar, kubiklardan mebel sxema-rasm. Kurilish materiallari, plastilin, yirik geometrik figuralar.
Faoliyatning borishi: mebel tasvirlangan suratlarni ko`rish, uning qismlarini aytib o`tish, taxlil qilish. Sxemani ko`rib chiqish.
Bolalarning g`oyasiga qarab qurilish ashyolari bilan ishlash.