Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani boʻyicha ma’ruza mashgʻulotlarining qisqacha mazmuni
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti.Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani oʻquv predmeti sifatida. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushunchalariga ta’rif: “Jismoniy madaniyat”, “Jismoniy tarbiya”, “Jismoniy rivojlanish”, “Jismoniy tayyorgarlik”, “Sport”, “Jismoniy madaniyat tizimi”. Jismoniy madaniyatning maqsadi va vazifalari. Jismoniy madaniyat nazariyasining oliy jismoniy ta’lim tizimidagi oʻrni.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani oʻquv predmeti sifatida boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqasi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyaning vazifalari. Aqliy tarbiya vositalari. Aqliy tarbiya uslublari. Axloqiy tarbiya. estetik tarbiya. estetik tarbiyaning mazmuni. Mehnat tarbiyasi. Oʻz-oʻzini tarbiyalash.
Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari Jismoniy tarbiyada milliy qadriyatlarning tutgan oʻrni. Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi umumiy funksiyalari: estetik funksiya, normativ funksiyasi, axborot funksiyasi. Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi maxsus funksiyalari: ta’lim va tarbiya funksiyasi, amaliy funksiya, sport funksiyasi, rekreativ va sogʻlomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi. Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy komponentlari va shakllari. Jismoniy tarbiya bazasi. Sport. Kasb-amaliy jismoniy madaniyati. Sogʻlomlashtirish qayta tiklash jismoniy madaniyati.
Jismoniy tarbiyaning vositalariga tavsif Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi. Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi va mohiyati. Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilaydigan omillar. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Texnika. Texnikaning asosi, zvenolari va detallari. Jismoniy mashqlarning turkumlanishi. Tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlari. Gigiyenik omillar.
Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik uslublari Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik vositalariga tavsif. Ta’limning uslublariga qo‘yilgan umumiy talablar So‘z uslubi. Koʻrgazmalilik uslubi.
Jismoniy tarbiyaning maxsus uslublari Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik vositalariga tavsif. Ta’limning uslublariga qoʻyilgan umumiy talablar Soʻz uslubi. Jismoniy tarbiyaning maxsus uslublariga umumiy tavsif. Oʻyin uslubi. Musobaqa uslubi. Qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi. Harakatlarni oʻrganish jarayonida qismlarga boʻlib bajariladigan mashq uslubi, yaxlit mashq uslubi. Harakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida standart mashq uslubi va oʻzgaruvchan mashq uslubi, kombinatsiyalashtirilgan mashq uslublari, uzluksiz mashq uslubi boʻyicha aylanma mashgʻulot, intervalli mashq uslubi boʻyicha aylanma mashgʻulot.
Jismoniy mashqlarni bajarishda yuklama va dam olishning oʻzaro bogʻliqligi Jismoniy yuklama. Yuklamani me’yorlash. Yuklamaning hajmi, shiddati. Yuklama va dam olishni toʻgʻri navbatlash. Jismoniy tarbiya jarayonida yuklama samarasining miqdor va sifat jihatdan dam olish shart sharoitlarga bogʻliqligi. Faol va sust dam olish. Charchash va qayta tiklanish jarayoni. Topshiriqlarni murakkablashtirish shartlari va yuklamani oshirish shakllari. Yuklamaning toʻgʻri chiziq boʻylab oshib boruvchi, bosqichma-bosqich oshib boruvchi, toʻlqinsimon shakllari.