O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Kuch chidamliligini rivojlantirish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə132/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Kuch chidamliligini rivojlantirish. Kuch chidamliligideb insonning tashqi qarshiliklarga uzoq vaqt bardosh berish yoki unga qarshi turish qobiliyatiga aytiladi. Kuch chidamliligini rivojlantirish murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi majmuali yondashuvning talablariga muvofiq bir mashg‘ulotda ham vegetativ funksiyalarga, ham kuchni takomil-lashtirishga yo‘naltirilgan ta’sir vositalarini qo‘llashda ko‘zga tashlanadi. Ta’sir vositalari va usullari shunday tanlanadiki,ular bir-biriga qarshi bo‘lmasdan, chidamlilikning rivojlanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘mak bermog‘i, mashg‘ulotdan mashg‘ulotga natijalarning yaxshilanishiga olib kelishi kerak. Kuch chidamliligini rivojlantirish uchun takroriy chegaraviy bo‘lmagan urinishlar usuli qo‘llaniladi. Kuch chidamliligini rivojlanti-rishning bir necha yo‘llari mavjud.
1-yo‘l. Vazn-maksimaldan 30-70%. Takrorlashlar miqdori 5 tadan 12-14 tagacha, yangi yondashuv uchun kuch yig‘ilguniga qadar hordiq chiqariladi. YOndashuvlar miqdori shug‘ullanuvchining tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Bu usul harakat faoliyati uchun kuch chidamliligini, kislorod etishmovchiliri sharoitida ta’minlashga ko‘mak beradi.
2-yo‘l. Vazn-60%. O‘rta sur’atda takrorlashlar soni 15 tadan 30 tagacha. Mashg‘ulotda 2-5 yondashuv, oraliqda 4-5 daq. tanaffus.
3-yo‘l. Vazn 20-dan 70% gacha. YOndashuvda takrorlashlar soni «oxirigacha». Mashg‘ulotda yondashuvlar soni 4-5 tadan ortmasligi tavsiya qilinadi. Tanaffus davomiyligini o‘zgartirib turli natijalarga erishish mumkin. Agar hordiq kam bo‘lsa (1-3 daq), mushaklarning ichki anaerob energetik imkoniyatlari faol sarf-lanadi. 5-10 daqiqa tanaffusda mushak apparatining anaerob ishlashi takomillashadi.
Kuch chidamliligini rivojlantirishning ikki asosiy tashkiliy shakli mavjud. Birinchisi- tanlangan mashqlar seriya-sini bajarish. Ikkinchi yo‘l- aylanma mashg‘ulot shakli.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari
1.Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2014
2.Salamov R.S. Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015
3.Курамшин Ю.Ф. Теория и методика физической культуры. Учебник. Москва. – 2010.
4.Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991.
5.Юнусова Ю.М. Теоретические основы физической культуры и спорта. Унебная пособия. T.,-2005
6.Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. Darslik. T.,- 2005.
7.Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. Oʻquv qoʻllanma. T.,- 2005.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin