qilingan. Bundan tashqari, dastlabki Hind mantig‘ida besh, yetti hatto o‘n-
qismli sillogizmlar (Gautama) haqida ta’limotlar ham yaratilgan.
Hind mantig‘ining keyingi bosqichi Nyaya va Vaysheyshika
maktablari bilan bog‘liq bo‘lib, unda mantiq ilmi garchi tizimlashmagan
qisqa aforizmlar shaklida bo‘lsa-da, mustaqil fan sifatida birinchi bor
Nyaya maktabida o‘z ifodasini topadi. Nyaya maktabi qarashlari jihatidan
Vaysheshika falsafiy maktabiga yaqin bo‘lib, Vedalarning mavqeini inkor
etmaydi, lekin hayot haqiqatlarini zabt etishning asosiy sharti va usuli
sifatida mantiq va uning qonun-qoidalarini ko‘rsatadi. Nyaya maktabining
asoschisi Gautama «Nyaya sutra» deb nomlanuvchi besh kitobdan iborat
asarining dastlabki qismlarida bahs olib boruvchi tomonlar uchun amal
qilinishi lozim bo‘lgan bahslashish san’ati qonunlarining muayyan tartib-
qoidalarini ko‘rsatib o‘tadi. Nyaya maktabining «asosiy yodgorligi» deb
hisoblangan mazkur kitobda, asosan, dunyoni bilish vositalari sifatida
kategoriyalar keltiriladi.
Unda dunyoni bilishning dastlabki manbai «sezgi» deb e’tirof etiladi.
Bilishning obyekti bo‘lib hamma narsalar, hatto voqelikda bo‘lmagan
xayoliy narsalar ham xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, Nyaya
mantig‘ida haqiqat va unga erishish yo‘llari sifatida isbotlash, sillogizm,
xulosa hamda haqiqat yo‘lidan chalg‘ituvchi yolg‘onni asoslash, sofistika
kabi masalalar har tomonlama o‘rganiladi. Masalan, xulosa uch turga
bo‘lib o‘rganiladi:
Birinchisi, sababdan oqibatga boruvchi xulosa,
Dostları ilə paylaş: