4.1. barcha jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra tasniflanadi;
4.2. o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarning hech biriga
o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi;
4.3. ayrim huquqshunoslar tergovchilar emas.
5. Oddiy-qat’iy sillogizm va uning tarkibini ta’riflab bering.
6. Keltirilgan sillogizmni to‘liq tahlil qilib bering:
katta va kichik asos, xulosa,
o‘rta, kichik va katta terminlarni ko‘rsating:
6.1. barcha mansabdor shaxslar hokimiyat vakillaridir.
Shahar IIB boshlig‘i mansabdor shaxsdir.
Demak, shahar IIB boshlig‘i hokimiyat vakilidir.
7. Keltirilgan asoslardan sillogistik xulosa chiqaring va figuralarini aniqlab,
chizib ko‘rsating:
7.1. jinoyat jazolanadi.
Yolg‘on guvohlik berish jinoyatdir.
Demak, …..;
7.2. ba’zi mashhur estrada xonandalari xayriya telemarafon ishtirokchilaridir.
Anvar Sanayev estrada xonandasidir.
Demak, …..;
7.3. etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab
chiqaruvchi va muomalaga kirituvchi shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi JKning
186
1
-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladi.
Fuqaro S. etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda
ishlab chiqarishda va muomalaga kiritishda aybdor deb topildi.
Demak, …..;
7.4.
yuzlashtirish vazifalaridan biri so‘roq
qilinayotgan ikki shaxsning
ko‘rsatmalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikning sababini aniqlashdir.
Yuzlashtirish jinoyat protsessidagi surishtiruv harakatidir.
Demak, …..
8. Quyidagi misollarda keltirilgan induktiv xulosaning metodini aniqlang va
formulasini sxema tarzida yozing:
8.1. qotillik sodir etilgan joyda jinoyatni o‘z bo‘yniga olgan N. va S.ning oyoq
kiyimlari izlari aniqlangan. Biroq jinoyat quroli bo‘lgan pichoqda topilgan barmoq
izlari N. va S.ga tegishli emas edi. Shunda qotillikda
yana bir kishi ishtirok etgan, deb
xulosa qilindi. Darhaqiqat, qotil muqaddam sudlangan, o‘ta xavfli jinoyatchi K.
bo‘lib chiqdi.
102