O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/58
tarix03.06.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124436
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

2. Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi
Kishining tevarak atrofga munosabati, hamkorlikdagi faoliyati va 
ijodiy ish jarayonida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik 
o‘zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi. 
Shaxs faolligining ancha umumiy tarzdagi, birikma holidagi ta’rifi 
uning g‘oyaviy prinsipligida, o‘z nuqtai nazarini izchil himoya qila 
borishida, so‘zi bilan ishining birligida ifodalanadigan faol hayotiy 
pozitsiyasini bildiradi.
Jamiyatda faol hayotiy pozitsiya ijtimoiy burchga nisbatan ongli 
munosabatda bo‘lishni, fuqarolikni, jamoatchilikni, faoliyatga nisba-
tan ijodiy munosabatda bo‘lishni, ilmiy dunyoqarashga tayanadigan 
e’tiqodni, ijtimoiy-axloqiy qoidalarning buzilishiga murosasizlikni ta-
qozo etadi. 
Shaxsning moslashuvchanlikka ham, xulq-atvorning salbiy turiga 
ham zid bo‘lgan jamoa tarzida o‘zini o‘zi belgilashi ham uning faol 
hayotiy pozitsiyasidan dalolat beradi. Yosh yigit va qizlarda faol 
hayotiy pozitsiyani shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim 
vazifalaridan biridir. 
Hozirgi paytda G‘arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tu-
shunish borasida «insonparvarlik psixologiyasi» deb ataladigan psixo-
logiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va qarashlari (shaxs-
ning ekzistensialistik nazariyalari) eng nufuzli yo‘nalishlar bo‘lib 
hisoblanadi. 
Asrimiz boshlaridayoq venalik psixiatr va psixolog Z. Freyd kishi 
shaxsining faolligi manbai – xarakterning o‘zgacha talqinini tavsiya 
qilgan edi. Uning ko‘pchilik izdoshlari tomonidan maqullangan nuq-
37


tai nazarga ko‘ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlardan 
meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo, jinsiy va o‘zini 
himoya qilish instinkti mavjud bo‘lganligi tufayli faol emish. Lekin 
jamiyatda instinktlar o‘zini hayvonot olamida bo‘lgani kabi namoyon 
qila olmaydi, chunki jamiyat kishini ko‘plab cheklashlar turiga o‘rab 
tashlaydi, uning instinktlari va mayllarini «senzura»ga ro‘baro‘ qiladi, 
bu esa kishini ularni cheklashga majbur qiladi. 
Freydning shaxs faolligini butunligicha faqat shahvoniy hirsga 
bog‘liq qilib qo‘yishga intilishi psixologlarning ko‘pchiligida e’tiroz 
tug‘dirdi. Bu xil klassik freydizmning va undan muayyan chekinish-
larning birikuvidan iborat xususiyatga ega bo‘lgan neofreydizm 
(A. Kardiner, E. Fromm, K. Xorni va boshqalar)ning kelib chiqish 
sabablaridan biri bo‘lgan edi. 
Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shahvoniy 
mayllarning ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik 
mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning muhitga bog‘liqligi bi-
rinchi o‘ringa qo‘yiladi. Muhit shaxsga o‘zining eng muhim xusu-
siyatlari aksini singdiradi. 
Psixoanalitiklardan farqli o‘laroq, rivojlanishi K. Rojers, A. Mas-
lou, G. Olport va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
«insonparvarlik psixologiyasi» kelajakda o‘zligini eng ko‘p darajada 
namoyon qilishga (o‘zini faollashtirishga) intilishni shaxs faolligining 
asosiy omili deb hisoblaydi. 
A. Maslou, K. Rojers o‘zini faollashtirishni o‘z mohiyati etibori 
bilan egotsentrik (o‘zini hammadan ustun qo‘yish) jarayonga aylanti-
rib yuborishadi. O‘zini follashtirish, A. Maslouning fikricha, o‘zini va 
faqat o‘zini ro‘yobga chiqarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va 
«xususiy men»ini to‘laqonli namoyon qilish uchun intilish kabi fazi-
latlarga ega bo‘lgan «o‘zini faollashtiruvchi shaxslar»ning o‘ta indivi-
dualligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, butun kuch-g‘ayratlar shaxs yashaydigan va hara-
kat qiladigan muhitni o‘zgartirishga emas, balki shaxsning o‘zini 
o‘zgartirishga safarbar etilgan bo‘ladi. Shaxsning faoliyatini 
yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog‘liq bo‘l-
magan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo‘naltirilganligi 
deb ataladi. 
Shaxsni faoliyatga undovchi ichki turtkiga motiv deyiladi. 
38


Motivlar ikki xil bo‘ladi: 
1) anglanilgan; 
2) anglanilmagan. 
Shaxsning yo‘naltirilganligida anglanilgan motivlar asosiy o‘rin 
tutadi. 
Istiqbolni anglaydigan kishiga xos ta’bi xiralik, kechinmalarga 
qarama-qarshi o‘laroq, ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi. Bu 
kishi maqsadga erishish yo‘lida real tarzda bartaraf etib bo‘lmaydi 
deb hisoblagan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, 
g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. 
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning 
o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi. 
Qiziqish biron-bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar 
bilan tanishishga, voqelikni ancha to‘liq va chuqur aks ettirishga 
yordam beradigan motivdir. E’tiqod – shaxsni o‘z qarashlariga, 
prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga da’vat 
etadigan motivlar tizimidir. 
Psixologiyada shaxsning yo‘l-yo‘riqlari uning u yoki bu ehtiyoji 
qondirilishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan faoliyatga tayyorgar-
ligi va moyilligining o‘zi tomonidan anglanilmaydigan holatini 
belgilaydi. 
«Men»ning siymosi – individning o‘zi haqidagi nisbatan barqaror 
ko‘proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his 
qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o‘zaro 
hamkorlikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi. 
O‘ziga o‘zi baho berish shaxsning o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, 
boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho berishidir. 
O‘ziga o‘zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib, 
tartibga solib turiladi. 
Shaxsning o‘ziga o‘zi beradigan bahoning birmuncha oshirilib 
yuborilishi kutilgan baho ko‘rsatkichlarining kamayishi bilan bog‘liq 
bo‘ladi. 
O‘ziga o‘zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan cham-
barchas bog‘liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‘ziga o‘zi beradigan 
bahoning individ o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari 
darajasida namoyon bo‘ladigan kutilgan darajasidir. 
39


Amerikalik psixolog U. Jeyms o‘zining psixologik nazariyasida 
hali XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim 
tarkibiy qismi – o‘zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqla-
rining kishi da’vogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati 
bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi. U surati 
individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini 
ifoda etadigan formulani: 

 
 
muvaffaqiyat 
O‘zini hurmat qilish = -------------------- 

 
 
 
intilishlar 
taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr 
kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi 
uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini 
hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pincha murakkab 
vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasayti-
rishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erish-
ganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi. 
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish holla-
ridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymo-
sining mavjud bo‘lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf 
etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo‘lgan 
darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‘llaydigan alohida yo‘nal-
tiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga ya-
qin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining 
yetakchisi Z. Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni 
biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai 
nazaridan talqin qilgan edi.
Z. Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) 
ongli «menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzura-
si» bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli o‘zgarishlarga 
uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‘g‘ri 
talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan edi. 
Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‘z maq-
sadiga erishish yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va 
frustratsiyaga tushgan paytda ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan 
iboratdir. 
40


Shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning faolligi va uning ijti-
moiy jihatdan ahamiyatga molik yo‘naltirilganligi masalasi huquqni 
muhofaza qilish organlari xodimlarining diqqat markazida bo‘lishi 
kerak. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin