8
10-BILET
1. Atomning Bor modeli. Bor postulatlari.
2. Elektrodlar orasidagi kuchlanish 50 V bo‘lganda elektr toki 100 kJ ish bajarsa,
elektrokimyoviy ekvivalenti 3,2∙10
-7
kg/C bo‘lgan moddadan qancha ajratib olish
mumkin?
3. Ma’lumotlarga ko'ra, inson axborotning 70% – 90% ini ko'rish orqali qabul
qiladi. Ammo ba’zan, ko'z oldimizda goh ko'payib, goh kamayib turadigan kichik
nuqtalar paydo bo'ladi. Bu qanday fizik hodisa?
11-BILET
1. O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan
xalq xo‘jaligida foydalanish.
2. Kotarish kranining elektr dvigateli 380 V kuchlanishda ishlaydi va 20 A tok
kuchi iste’mol qiladi. Agar kran 1 t bolgan yukni 19 metr balandlikka 50 s da
kotarsa, qurilmaning FIK qanday?
3. Sovuq tunda muz bilan qoplangan deraza oynasidan ko‘cha chiroqlari atrofidagi
kamalak manzarasiga e'tibor bering (yaqinroqdan qaralsa ko'k, uzoqroqdan esa -
to'qsariq, qizil).
Agar kishi toza havoda yorug'lik manbalari atrofida kamalak manzarasini ko‘rsa,
tibbiyotda ko'z kataraktasining boshlanish belgisi deb hisoblashadi. Bu jarayonning
fizikaviy nomi __________ .
|