218
kodining qatoridagi “Mydoom” matniga e’tibor berganidan keyin tanladi. U
shunday deb ta’kidladi: “Bu o’sha vaqtda juda ham katta yo’qolishni anglatgan”.
Mydoom bugungi kunga qadar 38 milliard dollardan ortiq zarar keltirgan eng xavfli
kompyuter virusidir.
Kompyuter viruslarining tarqalash usullari.
Internet tarmog’i keng
tarqalmagan vaqtlarda viruslar ko’pincha kompyuterdan kompyuterga yuqtirilgan
disketalar orqali tarqalgan. Masalan, SCA virusi Amiga foydalanuvchilari orasida
noqonuniy dasturiy ta’minotga ega disklar orqali tarqalgan. Bu zararsiz virus
hisoblansada, bir vaqtning o’zida Amiga foydalanuvchilarining 40 foiziga tarqalgan.
Bugungi kunda viruslar Internet orqali tarqalmoqda. Kompyuter viruslari
odatda uchta usuldan biri orqali tarqaladi: olib yuriluvchi ma’lumot saqlovchilar,
Internetdan yuklab olish va elektron pochta orqali.
Dostları ilə paylaş: