O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanshtirish vazirligi



Yüklə 68,72 Kb.
səhifə2/17
tarix13.12.2023
ölçüsü68,72 Kb.
#175249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi-fayllar.org

MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………….4
I BOB NAZARIY QISM ……………………………………………………..…6
1.1 Delphi visual dasturlash muhiti haqida asosiy tushunchalar………………...6
1.2 Obyektli dasturlash asoslari. Sinflar va obyektlar…………………………...10
1.3 Sinflar va ko’rsatkichlar……………………………………………………...19
II BOB AMALIY QISMI ………………………………………………………21
2.1 Sinflar orasidagi munosabatlar…………………………………………….….21
2.2 Sinflarda vorislik……………………………………………..……………….26
2.3 Vorislikdan foydalanish xususiyatlari. Interfeyslar…………….……………..27
XULOSA .....……………………………………………………………………...30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………..31


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, - deb ta’kidlagan edilar.
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan xodimlarimiz, mutaxassislarimizga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan, yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustaxkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini xayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etib kelinmoqda.
Xozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda asosiy e`tibor foydalanuvchilarga emas, dasturchilarga qaratilmoqda. Shuni hisobga olib, talabalarda dasturlar tuzish ko‘nikmalarini hosil qilish va ularda kerakli amaliy dasturlarni yarata olish imkoniyati shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturida ham yosh avlodni yangi kompyuter texnologiyalarini egallashi, ularning bilimlarini chet el talabalari saviyasiga etkazish dolzarb masala qilib qo‘yilgan.
So‘ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta’minoti rivojlanishi asosiy yo‘nalishlaridan biri bu obyektga yo‘naltirilgan dasturlash sohasi bo‘ldi. Obektga yo‘naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tizimlari ham ommaviylashdi.
Birinchi obyektga yo‘naltirilgan dasturlash elementi Simula-67 (1967 y., Norvegiya) tili bo‘ldi. Turbo PASCAL ning 5,5 versiyasidan boshlab obyektga yo‘naltirilgan dasturlash vositalari paydo bo‘ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo‘ldi. Ushbu tizim yordamida tez va oson murakkab bo‘lgan grafik interfeysni

dasturlash imkoniyati mavjud. 1991- yilda Visual BASIC ning I versiyasidan boshlab bu til to‘laligicha obyektga yo‘naltirildi (1997- yil).


Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan yana biri 1995- yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. Uni ishlab chiqishda maxsus o‘rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad qilingan.
JAVA tili maksimal darajada C ++ tiliga o‘xshash bo‘lishi uchun yaratilgan. JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So‘ngi yillarda Microsoft kompaniyasi tomonidan C++ davomchisi sifatida C # (Ci sharp) tili yaratildi.
1985- yilda Bell Labs (AQSh) laboratoriyasi C++ dasturlash tili yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi Born Straustrupdir.

Yüklə 68,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin