Xulosa
Bizda Notiqlik mahoratinl, uning sirlarini, qonun-qoidalarini
to'liq egallamasdan oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh
mutaxassislaming joylardagi faoliyatida bu kemtiklik sezilmoqda.
Hatto teleko'rsatuvlarda gapirayotganlar nutqida ham «Nima desam
ekan?”, «Nima edi?» degan ortiqcha kirish so'zlarni eshitamiz.
«Nima deyishni bilmasangiz nima uchun so'z oldingiz», deydigan
odam yo'q. Xullas, bu soha bugunning eng dolzarb muammosi eka-
nini anglash vaqti keldi. Ko'pgina bog'cha bolalari va maktab o'quv-
chilarining duduqlanib, o 'z fikrini ravon ayta olmasligi holatlariga
guvoh bo'lam iz. Nega? Chunki oiladan tortib maktab va bog'cha-
larda ham bunga e'tibor berish zarur. Har qanday odamni gapidan,
muomalasidan. ko'z qarashidan, dadil o'zini tutib gapirishidan sezish
mumkin. «Ish bilguncha gap bil», degan ibora bekorga aytilmagan.
Albatta, gap bilgan odam ishni ham biladi. Ishni bilmasa u o 'sha ish
haqida fikr bildirmaydi. Biz qadimdan odamiyiikni, qadr-qimmat va
mehr-oqibatni har qanday zaru oltinlardan, m a'danu boyliklardan
afzal bilgan buyuk xalqning avlodlarimiz. Bulardanda qadrliroq
Alloh bergan bir ne'm at bor - bu so 'z va so'zlash ne'niatidir. Shu
bois buyuk allomalarimiz tomonidan «so'z»ning barcha narsadan
ustun ekanligi ta'kidlab kelingan:
Dostları ilə paylaş: