O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#46740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat p

KIRISH 

 

Mustaqillikning  taraqqiyot  yo’li  mamlakatimizda  fan  rivoji  uchun  keng 

imkoniyatlar  yaratdi.  Fanning  barcha  sohalaridagi  kabi  falsafada  tub  o’zgarishlar 

sodir  bo’ldi.  Zero,  eng  qadimiy  rivojlanish  tarixiga  ega  bo’lgan  falsafa  o’zida  turli 

davrlarning  ijtimoiy-siyosiy  qarashlarini  mujassamlashtirib,  voqea  va  hodisalarning 

mohiyatini  anglashni,  nafaqat  anglash,  balki  ularga  munosabat  bildirishni 

shakllantiradi.  Modomiki  shunday  ekan,  bugungi  kunda  falsafani  yanada 

rivojlantirish,  yosh  avlodni  falsafiy  dunyoqarash,  zamonaviy  fan  yutuqlariga 

asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, 

I.A.  Karimov  aytganlaridek,  “Bugungi  zamonda  mafkura  poligonlari  yadro 

poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”

1



Falsafiy  tafakkurning  ijtimoiy-siyosiy  asoslari  har  qanday  jamiyat  xalqining 

ijtimoiy  ongini  o’zgartirishga,  uning  pirovard  maqsadlariga  xizmat  qilishga 

qaratilgan. 

Darhaqiqat,  dunyo  ta’lim  maydonining  globallashuvi  sharoitida  falsafaning 

roli  va  ahamiyatini  chuqur  anglash  zarur.  SHu  bois  talabalarga  falsafaning  paydo 

bo’lishi, mohiyati, shakllanish bosqichlari, hozirgi holati, insonning hayotdagi o’rni, 

shuningdek globallashuv jarayonida umumiy va xususiy manfaatlar uyg’unligi haqida 

bilim  berish  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero  falsafa  insonda  dunyoqarashning 

shakllanishida alohida rol o’ynaydi. Falsafaning asosiy funksiyasi-insonning tabiat va 

jamiyatga moslashuvidir. Har bir inson hayotining ma’lum bosqichida o’z maqsadini 

aniqlaydi,  o’z  erkinligini  namoyon  qiladi.  Falsafa  insonga  maqsadini  tanlashga 

yordam  beradi.  U  hodisalar  mohiyatini  o’rganish,  baholash  imkoniyatini  beradi. 

O’zining menini anglashda dasturul amal bo’lib xizmat qiladi. 

Dasturning  birinchi  bo’limi  falsafiy  bilimlar  evolyutsiyasining  g’oyalar 

xilma-xilligiga  ta’siri,  ular  asosida  bilish  jarayonining  takomillashuvi,  borliqning 

bilim  ob’ekti  ekanligi,  insonning  o’z-o’zini  va  jamiyatning  umummafkurasini 

anglashida  tushunish  va  tushuntirishning  roli,  axborot  manbai  bo’lmish  olamga 

hozirgi  davr  nuqtai-nazaridan  yondashuvlarning  ahamiyati,  globallashgan  dunyoda 

global  muammolarni  hal  qilishda  tarix  falsafasini  o’rganishning  ahamiyatiga 

bag’ishlangan. 

 Dasturning  ikkinchi  bo’limi  bevosita  mantiqiy  tafakkur  shakllari  va 

qonunlari,  ularning  fikrni  to’g’ri  qurish  va  haqiqatga  erishishning  me’yoriy 

qoidalarini  yoritishni  nazarda  tutib,  ular  bilan  tanishish,  talabalarda  erkin  mustaqil 

fikr  yuritish  ko’nikma  va  malakalarini  rivojlantirishga,  chin  fikrni  xato  fikrdan 

ajratishni o’rganishga yo’naltirilgan.  

Dasturning  uchinchi  va  to’rtinchi  bo’limlari  axloq  va  nafosat  falsafasi 

masalalarining  muhokamasiga  tegishli  bo’lib,  insonning  ma’naviy  kamolotga 

erishisha  axloqiy  normalarning  o’rni,  axloq  va  nafosat  falsafasi  mezoniy 

tushunchalarining mazmunini anglash kabi masalalar bilan tanishtirishga qaratilgan.  

                                                 

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б.113. 




Dasturda ilk marotaba falsafiy fanlar muvofiqlashtirilib, unda azaliy falsafiy 

muammolarga yangicha falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashilgan, nazariya va 

amaliyot uyg’unligiga e’tibor qaratilgan.  


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin