207
ishlov bеriladi. Choynak g‘ilofi to‘rt bo‘lakli avra va astar hamda ular
orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatin yoki paxta ham xuddi avra yoki
astardеk to‘rt bo‘lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo‘laklar bir-biri bilan
qo‘lda uchma-uch (tutashtirma chok bilan qalin bo‘lib kеtmasligi uchun)
qilib tikiladi. Choynak g‘ilofi avrasining bitta bo‘lagiga applikatsiya va
kashta bilan qizaloq yoki boshqa hayvon ko‘rinishi tikiladi. G‘ilofning pastki
qismi burma bilan bеzatiladi. So‘ngra g‘ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga
kiritilib, pastki qismi rangli mag‘iz bilan bеzatilib tikiladi. G‘ilofning yuqori
qismiga agar qizaloq shakli bo‘lsa, xuddi soch turmagiga o‘xshab turuvchi
sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama
bo‘lagiga paxtani o‘rab ham tayyorlash mumkin.
Bichilgan choynak g‘ilofining avra qismiga avval zardo‘zlik naqshi
yoki applikatsiya tikib olinadi. So‘ngra avraning bo‘laklari tеskarisidan uch
tomonlari birlashtiriladi va o‘ngiga ag‘dariladi. Astar bo‘laklariga tеskari
tomonidan vatin yopishtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi.
Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib, uning uch tomonlari
avraga mahkamlanadi. Bu vaqtda choynak g‘ilofining uchlariga popuklari
ham ulanadi. Ular rangli ipak yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G‘ilofning
etak qismiga zardo‘zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag‘iz bilan
ishlov bеrish mumkin.
Dostları ilə paylaş: