101
bo‘ladi. Odatdagi kosmetik ta’mirlash xonadon egalarining kuchi bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Kapital ta’mirlash nisbatan ancha murakkab va qimmatbaho
ta’mirlash turi hisoblanib, unda barcha kommunikatsiya tarmoqlari
almashtirilishi, xona devorlarining konstruksiyalari o‘zgartirilishi asosiy
tadbirlar qatoriga kiradi. Bu kabi ta’mirlash ishlari albatta, tegishli soha
mutaxassislari va ustalarini jalb qilgan holda bajariladi.
Elita usulida ta’mirlash ham kapital ta’mirlashga o‘xshaydi, faqatgina
u zamonaviy qurilish va ishlov berish materiallari, ilg‘or texnologiyalarni
qo‘llagan holda, yuksak malakali mutaxassislar tomonidan amalga
oshiriladi. Shuningdek, bu ta’mirlash turida mutaxassis dizayner
tomonidan xonadonning individual dizayn loyihasi tayyorlanib, maishiy
texnika va bezaklarni o‘rnatishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda uning
o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Alohida aniqlik talab qilmaydigan o‘lchash ishlarida yig‘ma va rulet
metrlardan foydalanish mumkin. O‘lchashda metrning to‘liq ochilganligi,
zarur uzunlikka ega ekanligi hamda tarang tortilganligiga e’tibor qaratish
lozim.
Nisbatan aniqroq o‘lchashlar uchun shtangensirkuldan foydalaniladi.
Xonadonni ta’mirlashda uning yordami bilan bir necha millimetrdan bir
necha detsimetrgacha o‘lchamdagi teshiklar diametri, detallar qalinligini
o‘lchash mumkin. Quvurlar, simlar, yupqa listli metallar qalinligini
o‘lchashda mikrometrdan, tashqi o‘lchamlarni olishda kronsirkuldan,
ichki o‘lchamlarni olishda nutromerdan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: