[20]
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi,
turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar
tizimida uziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida
boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirshi vazifasini
to‘g‘ri xal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini
yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish
qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib,
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Dostları ilə paylaş: