O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə44/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

2. G‘aznaviylar davlat boshqaruvi.
G„aznaviylar davri boshqaruv tizimi o„zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. U ko„p jihatdan Somoniylar, Qoraxoniylar zamonidagi davlat boshqaruvi tizimlariga yaqin va o„xshash. Bu tabiiy hol. Chunki har qanday boshqaruv tizimi (shakli) mavjud ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy sharoitga bog„liq bo„ladi. Boshqa tomondan esa G„aznaviylar hukmronligi ostida bo„lgan Xuroson, Seyiston, Qobul, G„azna kabi viloyatlar mintaqaning ajralmas tarkibiy qismlari bo„lib kelganliklarini nazarda tutsak, boshqaruvchilik taraqqiyotidagi o„xshashliklar, yaqinliklar sababi ma'lum bo„ladi. Bayhaqiyning G„aznaviylarga oid fikrlari Sultonning buyruqlariga itoat qilib boshqaruvga alohida e‟tibor qaratgan. Bu boshqaruvda aholining asosiy qismini 3 guruhga ajratadi: “xirad-u suxan, nafsi guyanda” – ilm-fan sohasi; “nafs-i xashmi giranda” – himoya qiluvchi qism; 2 “nafs-i arzu” - raiyat qism1 . “Nafsi guyanda” qismini podsho boshqarib, adolat va qattiqqo„llik bilan nazorat qilgan. “Xashm” bu qirolning qo„shini bo„lib, dushmanlarga qarshi o„zini himoya qilishda, dushmanlarni mag„lubiyatga uchratish va “raiyyat” aholini himoya qilish uchun maxsus tuzilgan.Bu qo„shin shunday tayyor bo„lishi kerakki, bu, albatta, podshoning buyruqlarini bajarishi shart bo„lgan. “Nafs-i arzu” bu podshoga qaram bo„lgan aholi bo„lib, shunisi muhimki, ular qiroldan qo„rqishi, uni hurmat qilishi va o„zlarining itoatkorligini namoyon qilishi kerak bo„lgan. Mahmud G„aznaviy va uning o„g„li Mas‟ud hukmronligida G„aznaviylar davlatining siyosiy harakatida hukmdorlarning bir-biriga bo„lgan munosabati muhim sabablarni keltirib chiqarardi. V.V. Bartoldning “Turkestan” (291-293) nomli adabiyotida Sultonlarning boshqaruvi haqida aytib o„tilgan . Unga ko„ra, islom dunyosida vatanparvarlik va mahalliychilik g„oyalari bu davrda yaqqol ko„zga ko„rinadi. Bu paytda ko„pchilik dehqonlarning qishloq joylari yoki hunarmand va savdogarlarning shaharlari o„zlarining doiralarida cheklanib qolgandi. Ular hukumatdan soliq to„lash orqali o„zlarining uy-joylari hamda ozodliklarini saqlab qolish maqsadida tinch yo„lda hal qilishni umid qilishardi. Sultonlarning maqsadiga keladigan bo„lsak, ular hukmronliklarini saqlab qolish uchun mafkuraviy tomondan hamda Abbosiylar xalifaligi bilan do„stona munosabat o„rnatish orqali sunniylik yo„nalishi ostida hududiy boshqaruvni o„rnatishgan. X asrda islom dunyosining ko„pgina hududlarida shialik yo„nalishi g„alabasini ko„rish mumkin: g„arbda Fotimiylar xalifaligi tashkil topishi orqali Arab yarimorolidagi ko„pgina amirliklar Suriya, Iroq hamda Eron hududlari, Buyidlar va Daylamiy sulolalari shialik yo„nalishiga e‟tiqod qilishgan. Buning oqibatida shialik yo„nalishi Eronning barcha hududlariga tarqalib, asosiy diniy e‟tiqodiga aylanayotgan edi. Bu paytda Sabuqtegin va Mahmud G„aznaviy Somoniylar e‟tiqod qilgan sunniylik yo„nalishiga ergashishgan. Somoniy sulolalari Bag„dod bilan yaqindan aloqa o„rnatganliklari bois o„zlarining kuchi yanada oshadi va shundan bilsa bo„ladiki, G„aznaviylar sunniylik yo„nalishini qo„llab quvvatlashgan.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin