Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə53/60
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#206427
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
brend UMK (2)

SPORTDA XALQARO REKLAMA

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan 1 200 nafarga yaqin delegatlar ishtirok etayotgan nufuzli sport anjumanini bir qator taniqli sport mutasaddilari ham kuzatib borishyapti. Bunga Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, Rossiya Federatsiyasi Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov va boshqalarni misol keltirish mumkin.


Bugun Turizm va sport vazirligida faxriy mehmonlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, vazir oʻrinbosari Avazjon Karimov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.
Mehmonlarga Osiyo sambo uyushmasining prezidenti, hamyurtimiz Alamjon Mullayev hamda Oʻzbekiston sambo federatsiyasining raisi Alisher Alimovlar hamrohlik qilishdi.
Uchrashuv avvalida turizm va sport vaziri A.Abduhakimov mehmonlarga nufuzli musobaqa mezbonligini yurtimizga ishonib topshirganligi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston tomoni Jahon chempionatiga kelgan har bir mehmonning Toshkentdan unutilmas xotiralar bilan qaytishi uchun astoydil harakat qilishini taʼkidladi.
Shu bilan birga, Oʻzbekistonda sambo sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib, bugungi kunda mamlakatimiz sambochilari nafaqat mintaqada, balki jahonda yetakchi oʻrinlarni egallab turganligini eʼtirof etdi.
“Albatta, biz erishilgan natijalar bilan toʻxtab qolmoqchi emasmiz va kelgusida bundanda yuqori oʻrinlarga koʻtarilishga harakat qilamiz. Bunda bizga sambo Vatani Rossiya tajribasi qoʻl keladi va bu borada Rossiya sambo federatsiyasi bilan amaliy hamkorlik qilish har ikki tomon uchun ham birdek manfaatlidir”, — dedi uchrashuvda turizm va sport vaziri A.Abduhakimov.
Oʻz navbatida, mehmonlar samimiy qabul uchun tashakkur bildirib, yurtimizda samboni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berishdi. Xususan, soʻnggi yillarda oʻzbekistonlik sambochilarning xalqaro arenalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etishdi.
Uchrashuvda Xalqaro sambo federatsiyasi rahbari Vasiliy Shestakov 2025-yili Toshkent mezbonlik qiladigan IV yoshlar yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga sambo sport turini ham kiritish taklifini ilgari surib, bu ushbu sport turining qitʼamizda yanada rivojlanishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
Ikki tomonlama muloqot yakunida tomonlar oʻzaro sovgʻalar almashishdi.
Shu bilan Rossiya Federatsiyasi Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakovning Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin