O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#61816
  1   2
2 5195219263312369573



O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA MAXSUS
ÒA’LIM VAZIRLIGI
O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI
M.N.MAHSUMOV, X.ALIYEV,
M.A.ODILOV, N.A.MUSAYEVA
FARMAKOLOGIYA
ASOSLARI
Òibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
ÒOSHKENT — „ILM ZIYO“ — 2007


2
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
52.81
F25
©
«ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2007-y.
ISBN 978–9943–303–56–0
Ushbu o‘quv qo‘llanmada farmakologiya fanining asosiy qismi
bo‘lgan „Xususiy farmakologiya“ga tegishli mavzular, chunonchi, nerv
tizimiga (neyrotrop), bajaruvchi a’zolarga, modda almashinuviga,
mikroblarga qarshi, immunobiologik sistemaga ta’sir etadigan,
antiblastom va boshqa dori vositalariga oid ma’lumotlar o‘rin olgan.
Qo‘llanma tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, undan tibbiyot va farmatsevtika institutlari talabalari, shifokorlar,
provizorlar va farmatsevtlar ham foydalanishlari mumkin.
O. O. OBIDOV — Òoshkent farmatsevtika instituti
biorganik kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d. prof;
R. U. AHMEDOVA — Oliy toifali o‘qituvchi
Ò a q r i z c h i l a r
:


3
KIRISH
Farmakologiya grekcha so‘z bo‘lib (pharmacon — dori, logos —
ta’limot, ilm), dorilar to‘g‘risidagi fan ma’nosini bildiradi.
Farmakologiya dori moddalari bilan shug‘ullanadigan farmatsiya
sohasidagi boshqa fanlar (farmkimyo, farmakognoziya, dorilar
texnologiyasi va boshqalar)dan o‘z xususiyatlari, maqsad va
vazifalari bilan tubdan farq qiladi.
Farmakologiya tibbiy-biologik fan hisoblanib, farmatsiyadan
farqli o‘laroq o‘zgacha masalalar bilan shug‘ullanadi.
Zamonaviy farmakologiyaning vazifalari quyidagilar:
— turli kimyoviy moddalar, jumladan dori moddalarning
ham, hayvon va odam organizmiga ta’sirini, buning natijasida tana
a’zolari va sistemalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganadi;
— moddalar ta’sirini tahlil qilib, organizmda bo‘ladigan sil-
jishlarning kelib chiqishi yoki dorilar ta’sir mexanizmini ilmiy
va amaliy tomondan aniqlaydi;
— dori moddalarning kimyoviy tuzilishi bilan biologik
ta’siri — faolligi orasidagi qonuniy bog‘lanishlarni o‘rganib, boshqa
yo‘nalishlar — maqsadlar asosida yangi dori vositalarini topish
va ularni tibbiyotda tatbiq etish bilan shug‘ullanadi;
— amaliyotda foydalanishga ruxsat etilgan dori preparatlarining
beriladigan dozasi, salbiy ta’sirlari va boshqa masalalarni hal etadi.
Shunday qilib, farmakologiya ham tibbiy, ham biologiya
fanlariga oid masalalar bilan shug‘ullanadi.
Farmakologiya dori vositalari bilan shug‘ullanadigan boshqa
bir qator fanlar, jumladan f a r m a t s e v t i k k i m y o (dori
moddalarning kimyoviy tuzilishi, xossalari va boshqalar),
t e x n o l o g i y a (dori preparatlarini turli shaklda tayyorlash
qoidalari), f a r m a k o g n o z i y a (dorivor o‘simliklar va qisman
hayvonlar mahsulotini o‘rganadigan fan) bilan uzviy bog‘langan.
Shu bilan bir qatorda tibbiy-biologik fanlar, ya’ni o d a m n i n g
n o r m a l f i z i o l o g i y a s i (odam organizmi, uning a’zolari,
sistemalarida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarni o‘rganadigan
fan), p a t o l o g i k f i z i o l o g i y a (odam organizmida kuzati-
ladigan patologik jarayonlar, kasalliklar to‘g‘risidagi fan), b i o -
k i m y o (organizmdagi biokimyoviy jarayonlarni o‘rganadigan
fan), t o k s i k o l o g i y a (zaharli moddalarning organizmga ta’siri


4
va zaharlanishning oldini olish bilan shug‘ullanadigan fan),
m i k r o b i o l o g i y a (kasalliklarni keltirib chiqaradigan mikroor-
ganizmlarni o‘rganadigan fan), turli sohadagi klinik fanlar bilan
chambarchas bog‘langandir.
Farmakologiyada eksperimental va klinik tekshirishlar uchun
odam organizmi obyekt qilib olinadi, ravshanki, fiziologiya
ma’lumotlariga asoslaniladi. Farmakologiyada bemorlarga davo
ko‘rsatish oxirgi maqsad qilib qo‘yiladi, bunda patologik fiziologiya
tajriba usullaridan keng foydalaniladi; biokimyoviy jarayonlarni
inobatga olgan holda dori vositalarining organizmga qay darajada
ta’sir ko‘rsatishi, ta’sir mexanizmi aniqlanadi.
Dori vositalarining kishi organizmiga naf qilishi to‘g‘risida
so‘nggi va hal etuvchi xulosani klinik tekshirishlar natijalari
ko‘rsatadi. Shu klinikaning tekshirishlar natijalarini olish maqsadida
farmakologik izlanishlar olib boriladi.
Farmatsiya fanlaridan farmkimyo yangi dorilarni kashf etish
va ular biologik faolligining kimyoviy tuzilishi bilan bog‘liq
tomonlarini o‘rganadi, bu farmakologiya uchun zarurdir. Dorivor
o‘simliklardan olingan va tayyorlangan preparatlarni farmakologik
o‘rganishda farmakognoziya ma’lumotlari ahamiyatga ega.
Òexnologiya fani o‘rganilgan dori preparatlarini amalda qo‘llash
uchun ularga tegishli shakl berish bilan shug‘ullanadi.
Farmakologiyaning rivojlanishi, ayniqsa, kimyo, biokimyo
fanlarining yutuqlari bilan bog‘liq. Shu bilan birga, tibbiy
fanlarning rivojlanishi esa farmakologiyaning rivojlanishiga bog‘liq.
Farmakologik moddalar yordamida turli organ va sistemalarning
faoliyatini o‘rganish va boshqarish, patologik jarayonlarning kelib
chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishga erishildi.
Bunga misol tariqasida og‘riq qoldiruvchi vositalarning kashf
etilishi, xirurgiyaning rivojlanishi, antibiotiklarning olinishi,
yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda samarali bo‘lib chiqdi va
hokazo.
Òibbiyot amaliyotida turli-tuman kasalliklarning oldini olish
va davolashda ishlatilayotgan 10.000 dan ortiq dori vositalarining
salmog‘i farmakologiyaga to‘g‘ri keladi. Zero ushbu dorilarni
o‘rganib, ularni amaliyotga tatbiq etish farmakologiyaning asosiy
vazifasi hisoblanadi.


5
XUSUSIY FARMAKOLOGIYA
Darslikning bu bo‘limi farmakologiya fanining asosiy qismi
bo‘lib, unda dori vositalarining guruhlari va ularga kiruvchi
preparatlar, ularning farmakodinamikasi: farmakologik ta’siri,
ta’sir mexanizmi, ishlatilishi, nojo‘ya ta’siri va boshqa ma’lu-
motlar bayon etilgan. Dori preparatlarini izohlashda qabul
qilingan tasnif (sinflarga bo‘lish) asos qilib olingan.
NERV SISTEMASIGA TA’SIR ETADIGAN
(NEYROTROP) VOSITALAR
Ma’lumki, nerv sistemasi odam va hayvon organizmi uchun
zarur va ahamiyati kattadir. Zero, u deyarli hamma to‘qimalar,
a’zolar va butun organizmning turli faoliyatini nazorat qiladi,
boshqaradi va unda qatnashadi.
Umumiy nerv sistemasi asosan: markaziy va periferik
tizimlardan tashkil topgan. Ularga tanlab ta’sir etadigan dori
vositalari neyrotrop dori preparatlari deyiladi va ular tibbiyot
amaliyotida turli kasalliklarni bartaraf etishda va oldini olishda
bemolarga davo ko‘rsatish uchun keng miqyosda ishlatiladi. Chunki
ularning ko‘pchiligi ancha samarali va ishonchli hisoblanib,
tibbiyotning deyarli barcha sohalari (xirurgiya, psixiatriya,
terapiya, nevrologiya va boshqalar)da qo‘llaniladi.
Asosan markaziy nerv sistemasiga (MNS)
ta’sir etadigan dori vositalari
Umumiy anestetiklar (narkoz moddalari)
Organizmga turli yo‘llar bilan yuborilganda MNS faoliyatining
vaqtinchalik tormozlanishi natijasida es-hushning, sezgilar va
reflektor reaksiyasining yo‘qolishi, tana mushaklarining bo‘sha-
shishi va harakatsizlanishini keltirib chiqaradigan kimyoviy
moddalarga narkoz uchun ishlatiladigan umumiy anestetiklar —
umumiy og‘riq qoldiruvchilar deyiladi.
Narkoz uchun qo‘llanadigan moddalarning tarixi kimyogar-
larning yutuqlari bilan bog‘liq.
1772- yilda angliyalik Jozef Pristli azot (I) oksidni toza holda
ajratib olgan va uning narkoz keltirib chiqarishi 1780- yil


6
X. Devi tomonidan o‘rganilgan. Lekin, ta’siri kuchsiz bo‘lgani
uchun jarrohlik amaliyotida foydalanilmagan.
Narkoz moddalari jarrohlikda 1842- yildan K.Long tomonidan
amalda qo‘llanilgan. U efirni narkoz uchun ishlatib, bemorni
og‘riqsiz operatsiya qilgan. V.Mortin esa 1846- yil 16 oktabrda
efirning umumiy og‘riq qoldiruvchi xossasi to‘g‘risida birinchi
bo‘lib matbuotda xabar qilgan. Shu kun tarixda narkozning kashf
etilgan kuni deb qabul qilingan. 1847- yil D.Simpson xloroform-
ning narkoz keltirib chiqaruvchi xossasi to‘g‘risida ma’lumot
bergan. 1956- yil ftor saqlovchi moddalardan ftorotan narkoz
moddasi sifatida jarrohlik amaliyotiga kiritilgan. Rossiyada esa efirni
dastlab F.I.Inozemsev, N.I.Pirogov narkoz vositasi sifatida
ishlatib ko‘rishgan va turli sharoitda jarrohlik operatsiyalarida
qo‘llaganlar.
Farmakologik xossalari. Narkoz moddalarining asosiy
farmakologik xossalari shundan iboratki, ular MNSga (nerv
hujayralarini vaqtinchalik falajlaydi) tanlab ta’sir etib, narkoz
holatini keltirib chiqaradi. Narkoz ayrim moddalar (efir va b.)
ta’sirida bosqichma-bosqich kechib, o‘ziga xos o‘zgarishlar bilan
namoyon bo‘ladi. Narkozning kechishi ko‘p tomondan modda-
ning fizik-kimyoviy tuzilishiga va xossasiga, yuborish yo‘liga,
uning qondagi konsentratsiyasi, organizmning sezuvchanligi va
holatiga bog‘liq. Markaziy nerv sistemasining turli bo‘limlari
narkoz moddalariga nisbatan turli darajada sezgir bo‘lgani sababli,
shu moddalarning ta’siri muayyan tartib bilan namoyon bo‘ladi.
Shu munosabat bilan narkoz moddalarining ta’sirini to‘rt bosqich
va davrga bo‘lish qabul qilingan (1- rasm).
1. Analgeziya davri. Narkoz moddasi qaysi yo‘l orqali
yuborilmasin, qonga o‘tgandan so‘ng ko‘p o‘tmay MNSga ta’sir
qilib, birinchi galda bosh miya po‘stlog‘ining faoliyatini
susaytiradi. Natijada fikrlash buzilib, odam o‘z-o‘zini idora qila
olmay qoladi, asta-sekin hushidan ketadi, og‘riq sezish kamayadi.
Ayni vaqtda ko‘zlar harakatchan bo‘ladi, qorachiqning yorug‘likka
reaksiyasi va shartsiz reaksiyalar saqlanadi, nafas, puls, arterial
bosim o‘zgarmaydi. Bu davr uzoq davom etmaydi, agar narkoz
davom ettirilsa, moddaning konsentratsiyasi qonda osha borib,
keyingi davr boshlanadi.
2. Qo‘zg‘alish davri. Bu davr MNS ayrim faoliyatining
zo‘rayishiga xos bo‘lgan belgilar bilan ta’riflanadi: narkozdagi
odam sergap bo‘lib qichqira boshlaydi, ashula aytadi, kuladi yoki
yig‘lay boshlaydi, harakatlar zo‘rayadi, orqa miya refleksi
kuchayadi, ko‘z qorachig‘i kengayib, yorug‘likka javob bermay


7
qo‘yadi, ammo ko‘zlar harakatchan bo‘lib turaveradi, nafas
notekis bo‘ladi, puls tezlashadi, arterial bosim o‘zgarib turadi.
Qo‘zg‘alish davrining kelib chiqishiga sabab — narkoz
moddasi bosh miya po‘stlog‘ining butun nerv faoliyatini
susaytirishi oqibatida, po‘stloqosti va boshqa markazlarning nazorat
qilib turilishi tormozlanadi. Shu sababli bu davrda odamda
nazoratsiz bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatiladi. Bularning davom etish
muddati yuqorida qayd etilgandek bir qator omillar (moddaning
fizik-kimyoviy xossalari, bemorning yoshi va boshqalar)ga bog‘liq
bo‘lib, o‘rtacha 5—10 daqiqani tashkil etadi. Qo‘zg‘alish davrida
kutilmagan turli noxush holatlar (qayt qilish, nafasning to‘xtab
qolishi va boshqalar) bo‘lgani sababli anesteziolog va xirurglarning
e’tiborli bo‘lishlari talab qilinadi.
3. Xirurgik narkoz davri. Narkoz moddasini organizmga
yuborish davom ettirilsa va qondagi konsentratsiyasi osha borsa
MNSning faoliyati chuqurroq susayadi. Bu holat bosh miya va
orqa miya faoliyatiga taalluqli. Bu davrning to‘rtta darajasi bor:
— b i r i n c h i darajada es-hush yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari
kengayadi, yorug‘likka reaksiya susayadi, shox parda refleksi
saqlanadi va ko‘zlar harakatchan bo‘ladi, orqa miya refleksi
1- rasm. Efir narkozi bosqichlaridagi o‘zgarishlar.
Narkoz bosqichlari
Nafas
Qon
bosimi
Ko‘z
qorachig‘i
Ko‘z
harakati
Halqum
refleksi
Shox parda
refleksi
Skelet mu-
shak tonusi
I
II
III
IV
1
2
3
4
Nafas va tomirlar harakati markazlarining
falajlanishi


8
susayadi, tana mushaklari tonusi bo‘shashadi, nafas bir tekis
bo‘lib turadi, arterial bosim bir oz pasayadi;
— i k k i n c h i darajada es-hush yo‘qolgan, ko‘z qorachiqlari
torayadi, reflekslar keskin pasayadi, tana harakatsizlanadi, nafas
bir tekis, chuqur bo‘lib turadi, arterial bosim yanada pasayadi;
— u c h i n c h i darajada ko‘z qorachiqlari kengaygan, ko‘z
harakati to‘xtaydi, nafas bir oz siyraklashadi, arterial bosim
pasayadi;
— t o ‘ r t i n c h i darajada ko‘z qorachiqlari kengaygan, ko‘z
harakati yo‘qolgan bo‘ladi, nafas siyrak, yuza bo‘lib, diafragmal
tiðga o‘tadi, arterial bosim pasayadi, puls tezlashadi, sezilarli
sianoz (kislorod yetishmasligi belgisi — ko‘karish) paydo bo‘ladi,
sfinkterlar bo‘shashadi, beixtiyor siydik ajralishi mumkin.
Mo‘ljallangan jarrohlik operatsiyalari shu davrda bajariladi.
Chunki bunda odam es-hushi, sezgilari va reflekslarning ko‘p
turi yo‘qolgan, mushaklar bo‘shashgan, shu bilan birga hayot
uchun zarur bo‘lgan ichki a’zolar faoliyati (yurak qon-tomirlar,
nafas) saqlangan bo‘ladi.
Jarrohlik narkoz davri jarrohlik operatsiyasi to‘liq bajarilishi
uchun zarur bo‘lgan vaqtga bog‘liq bo‘lib, bu bir necha shartlar
talab qiladi. Narkoz moddasining qondagi konsentratsiyasi shu
davrga mos ravishda saqlanib turilishi lozim.
Jarrohlik narkoz davrining uchinchi va, ayniqsa, to‘rtinchi
davrida anesteziologdan ehtiyotkorlik talab qilinadi. Chunki narkoz
moddasining qondagi konsentratsiyasi oshib ketsa, narkozning
zaharlanish davri boshlanishi mumkin. Bunda ko‘z qorachig‘i
qisman kengayadi, qon bosimi pasaya boradi. Falajlik davri narkoz
moddasining qondagi yuqori konsentratsiyasi MNSning uzunchoq
miyada joylashgan hayot uchun zarur a’zolar (nafas, qon
tomir)ning markazlanish faoliyatini ham tormozlaydi. Natijada
nafas siyraklashib, yuzaki bo‘lib boradi, sianoz kuchayadi, puls
oldin tezlashadi, keyin esa sekinlashib sezilar-sezilmas bo‘ladi;
qon bosimi pasayib boradi, ko‘z qorachig‘i nihoyatda kengayib
ketadi. Agar o‘z vaqtida tegishli yordam ko‘rsatilmasa, nafas,
keyin esa yurak ham to‘xtaydi.
Jarrohlik operatsiyasi xavfsiz, asoratsiz va samarali o‘tishi
uchun narkoz berish mutaxassis-anesteziolog tomonidan
bajariladi va asoratlarning oldini olish tadbirlari ko‘riladi. Narkoz-
ning uchinchi — xirurgik narkoz davrida mo‘ljallangan operatsiya
tugagach, bemorga narkoz moddasini yuborish to‘xtatiladi va
uyg‘onish davri boshlanadi. Bu davrda uyg‘onish bosqichma-
bosqich, aksincha yo‘nalishda kuzatiladi va turli muddat davom


9
etadi. Qayd etilgan narkozning davrma-davr bo‘lishi mavjud
narkoz moddalari uchun shart emas. Lekin jarrohlik narkoz davri
ularning hammasi uchun xosdir.
Narkoz moddalari MNSdan tashqari organizmning boshqa
a’zo va sistemalari (yurak-tomir sistemasi, moddalar alma-
shinuvi, qon sistemasi, oshqozon-ichak trakti va hokazolar)ga
ta’sir qiladi. Bunday ta’sirlar ikkilamchi hisoblanib, uncha
ahamiyatga ega emas.
Òa’sir mexanizmi. Yuqorida qayd qilinganidek, narkoz
moddalarining farmakologik ta’siri natijasida birinchi galda
MNSning nerv faoliyati, bosh miya po‘stlog‘i faoliyati susayadi
(2- rasm). U yerdagi nazorat bo‘limlari faoliyatining susayishi esa
narkozning ikkinchi bosqichini keltirib chiqaradi. Keyingi uchinchi
bosqichda bosh miya markazlari bilan barobar orqa miya
faoliyatining vaqtincha susayishi kuzatilgan. Bu davrda narkoz
moddasining qondagi konsentratsiyasiga uzunchoq miyaning
sezuvchanligi kam bo‘lgani uchun undagi markazlar (nafas,
tomir, harakat va boshqalar)ning faoliyati saqlanadi.
Narkoz holatining kelib chiqishida bir necha nazariyalar
mavjud. Jumladan, narkoz moddalarining nerv hujayralariga
bunday ta’siri ularning fizik-kimyoviy xususiyatlariga (yog‘da
eruvchanligi va boshqalar) (Overton va Mayer), nerv hujayralari
plazmasining vaqtinchalik koagulatsiyasiga (hujayraning vaqtin-
chalik falajlanishiga) (Bernar va Berkdyurt), hujayra pardasi o‘tka-
zuvchanligining buzilishiga va o‘zgarishiga hamda boshqa jarayon-
2- rasm. Ingalatsion narkoz moddalarning markaziy nerv
sistemasiga ta’siri.
I analgiziya
davri
II qo‘zg‘alish
davri
IV falajlik
davri
III jarrohlik narkoz
davri


10
larga bog‘liq. I.V. Makarovning fikricha, narkoz holati qo‘zg‘alish
impulsi sinapslardan o‘tishining buzilishi sababli yuzaga keladi.
Aloyaning taxmini bo‘yicha, narkoz holati — bu umumiy anes-
tetiklarga xos bo‘lgan katta ahamiyatli neyrofiziologik effekt —
hujayralar ta’sir bo‘sag‘asining oshishidir. Narkoz moddalari
neyronlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan qo‘zg‘atuvchan
faolligini pasaytiradi. Ular akson va sinapslar orqali impulslar
o‘tishini to‘sadi.
Xulosa qilib aytganda, narkoz moddalarining ta’siri natijasida
narkoz holatining kelib chiqish molekular mexanizmi oxirigacha
aniqlanmagan.
Narkoz moddalari organizmga yuborilish yo‘liga qarab ikki
guruhga bo‘linadi: ingalatsion va noingalatsion narkoz moddalari.
(1- jadval).
Ingalatsion narkoz moddalari. Maxsus apparat yordamida
nafas yo‘li orqali yuboriladigan vositalarga ingalatsion narkoz
moddalari deyiladi. Ularga yengil uchuvchan suyuqliklar va
gazsimon narkoz moddalari kiradi.
Ko‘pchilik ingalatsion narkoz moddalarining afzalligi
shundaki, ular yuzaga keltiradigan narkoz holati yuqorida qayd
etilgan davrlardan tashkil topgan bo‘lib, narkozni boshqarib
turish qulay, chunki uning qondagi konsentratsiyasini oshirish
yoki kamaytirish nafas yo‘li orqali kiritilishiga va chiqarilishiga
bog‘liq. Boshqacha aytganda, ingalatsion yo‘l bilan olingan narkoz
oson boshqariladi.
Narkoz moddalari
Ingalatsion
Noingalatsion
Uchuvchan
suyuqliklar:

efir

ftoretan

trixloretinol

xloretil

metoksifluran
Gazsimon
moddalar:
azot (I) oksid
siklopropan
Geksonal tio-
pental natriy
Oksibutirat
natriy
Predion
Ketamin
Propondid
1- jadval.
Narkoz moddalarining tasnifi


11
Yengil uchuvchan suyuq narkoz moddalari. Bularga 1-jadvalda
ko‘rsatilgandek efir, ftoretan, trixloretilen, metoksifluran va
xloretil moddalar kiradi.
Narkoz uchun ishlatiladigan efir modda dietil efir (C
2
H
5
OC
2
H
5
) g‘alati hidli, rangsiz suyuqlik, kuchli narkoz moddasi
hisoblanadi. Shu bilan birga u kam zaharli va narkoz ta’sir doirasi
esa kengroqdir (qondagi miqdori 80—140 mg %).
Narkoz ta’sir doirasi deb, narkoz moddasining narkoz keltirib
chiqaruvchi bo‘sag‘a dozasidan zaharli belgisini beruvchi
dozagacha bo‘lgan masofa (oraliq) tushuniladi.
Efir bug‘lari bilan nafas olinganda, og‘iz va yuqori nafas
yo‘llariga mahalliy qitiqlovchi ta’sir etishi natijasida shilliq parda
qonga to‘ladi (giðeremiya kuzatiladi) — qizaradi, shuningdek so‘lak
va balg‘am ajralishi hamda bronxial bezlarning sekretsiyasi
birmuncha kuchayadi. Efir so‘lak va balg‘am bilan me’daga tushar
ekan, ko‘ngilni aynitib qustirishi mumkin.
Efir narkozi bir qator afzalliklarga ega. Narkozning bu turi
birmuncha bexatar, qulay, oddiy hisoblanadi va uni boshqarib
turish ancha oson. Lekin shu bilan birga yuqorida qayd etilganidek,
nafas yo‘llarini qattiq ta’sirlantiradi va narkoz kuchi yuqori
bo‘lmagani uchun narkoz davrini ancha uzoq davom etadigan
qo‘zg‘alish davridan keyin keltirib chiqaradi.
Efir narkozining narkoz davridagi konsentratsiyasi ichki
a’zolar (yurak, jigar)ga deyarli ta’sir etmaydi. Xloroformga
nisbatan xavfsiz (3-rasm).
Efir narkozining qo‘llanishiga monelik qiladigan kasalliklar:
o‘tkir bronxit, pnevmoniya, silning og‘ir xillari, avjiga chiqqan
o‘pka emfizemasi, shuningdek qon bosimi ko‘tarilib turishi bilan
davom etadigan yurak va qon tomirlar xastaliklari, buyrak va
jigarning og‘ir kasalliklari.
3- rasm. Xloroform (1) va efirning (2) ikkita bir xil konsen-
tratsiyada (1:2500) quyonning ajratib olingan yuragiga ta’siri (

).
1
2


12
Ftoretan (Golotan) bug‘lari bilan nafas olinganda, 4—6
daqiqadan so‘ng narkoz boshlanadi, shu bilan birga qo‘zg‘alish
davri o‘rtacha darajada o‘tadi. Preparat nafas yo‘llarini ta’sir-
lantirmaydi. Ftoretan narkoz keltirib chiqarish kuchi bo‘yicha
dietil efirga qaraganda ikki baravar ustun turadi va ta’sir doirasi
ikki baravar keng.
Ftoretan qon bosimini pasaytiradi va miokardning adrenalinga
bo‘lgan sezuvchanligini orttiradi.
Ftoretan bilan nafas olish to‘xtatilgandan keyin odam tez
(5—15 min dan so‘ng) uyg‘onadi va narkozdan keyingi ta’siri
odatda bilinar-bilinmas darajada namoyon bo‘ladi.
Ftoretan jigar kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Òrixloretilen. Farmakologik ta’siri bo‘yicha o‘ta kuchli narkoz
moddasi bo‘lib, juda tez kor qiladi. Narkozning birinchi davri-
dayoq og‘riqni butunlay qoldiradi. Nafas yo‘li shilliq pardalarini
ta’sirlantirmaydi, ichki a’zolarga ta’siri kam, bachadon qisqarishiga
va homilaga ta’sir etmaydi. Òrixloretilenni organizmga yuborish
to‘xtatilgandan 2—3 daqiqa o‘tgandan so‘ng odam uyg‘onadi.
Preparat asosan qisqa muddatga og‘riqni qoldirish uchun (tug‘ish
jarayonida, absses, flegmona va boshqa yiringli yaralar operatsi-
yasida) ishlatiladi. Òrixloretilen tarkibida xlor bo‘lgani uchun
ftoretan singari miokardning adrenalinga bo‘lgan sezuvchanligini
oshiradi. Shu sababdan trixloretilen narkozida adrenalinni qo‘llash
taqiqlangan. Aks holda yurak faoliyati buzilib, aritmiyaga sabab
bo‘lishi mumkin.
Preparat jigar va buyrak kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Òrixlor-
etilen flakonlarda 100 ml dan ishlab chiqariladi.
Metoksifluran. Farmakologik ta’sir kuchi bo‘yicha efir va
ftoroetildan kuchliroq, yengil uchuvchan suyuqlik. Narkoz sekin-
asta boshlanadi, qo‘zg‘alish davri yaxshigina namoyon bo‘ladi.
Uyg‘onish narkoz berish to‘xtatilgach 15—60 min.dan so‘ng
boshlanadi. Shu sababli metoksifluran yakka holda ishlatilmay,
ko‘pincha ingalatsion (azot (1) oksid) va noingalatsion (tiopental
natriy va boshqalar) narkoz moddalari hamda miorelaksantlar
(ditilin) bilan birga qo‘llanadi. Preparat ftoretanga nisbatan
miokardning adrenalinga sezuvchanligini kamroq oshiradi.
Bachadonga deyarli ta’sir etmasligi va kuchli og‘riq qoldirish
xossasini hisobga olib metoksifluran akusherlik amaliyotida keng
ishlatiladi.
Xloretil. Yengil va tez uchuvchan suyuqlik bo‘lib, bug‘lari
nafas yo‘li orqali yuborilsa, umumiy narkoz holatini keltirib


13
chiqaradi. Bunda ta’siri ancha kuchli namoyon bo‘ladi va og‘riqni
yaxshigina qoldiradi. Narkozning qo‘zg‘alish davri ro‘y-rost
ko‘rinadi. Bundan tashqari xloretilning jarrohlik narkoz ta’sir
doirasi kichik (tor) bo‘lgani uchun zaharlanish davriga o‘tib ketish
xavfi bor. Shu sababdan u jarrohlik narkoz olish uchun
ishlatilmaydi, faqat raush narkozda (narkozning birinchi —
analgeziya davrida) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, mahalliy
og‘riqlar to‘qimani muzlatish yo‘li bilan qoldiriladi, chunki
xloretil +120°C da bug‘lanib ketadi.
Shu sababdan sepilsa, u tez bug‘lanib to‘qimani muzlatadi.
Bundan tashqari, qisqa muddatli jarrohlik muolajalarini bajarishda,
shikastlanish bilan bog‘liq og‘riqlarni qoldirishda tavsiya etiladi.
Preparat maxsus shisha ampulalarda 30 ml dan ishlab chiqariladi.
Gazsimon narkoz moddalari. Bu guruhga kiruvchi narkoz
moddalari uchuvchan suyuqliklarga qaraganda qator ustunliklarga
ega, chunonchi, nafas yo‘llarini ta’sirlamaydi, jarrohlik narkoz
davri qo‘zg‘alish bosqichisiz va tez boshlanadi, narkoz moddasini
yuborish to‘xtatilgandan so‘ng uyg‘onish tezda namoyon bo‘ladi
va asoratlar deyarli kuzatilmaydi (1- jadvalga qarang).
Gazsimon narkoz moddalarining asosiy kamchiligi shundan
iboratki, ular keltirib chiqargan jarrohlik narkoz davri yuzakiroq
bo‘lgani uchun tana mushaklari to‘liq bo‘shashmay, ayrim
reflekslar qisman saqlanib qoladi. Shu sababli ular aksariyat
kuchliroq ta’sirli ingalatsion (efir, ftoretan) va noingalatsion
(tiopental-natriy, ketamin va boshqalar), ayrim hollarda esa
mushaklarni bo‘shashtiruvchi moddalar (miorelaksantlar) bilan
birga jarrohlik operatsiyalarini bajarishda, kuchli og‘riq bilan
kechadigan xastaliklarda (miokard infarkti, o‘tkir pankreatit) va
shikastlanishlarda ishlatiladi.
Gazsimon narkoz moddalariga azot (I) oksid va siklopropan
kiradi.
Azot (I) oksid rangsiz, havodan og‘irroq, suvda eruvchan
gaz, xirurgik narkoz holati qo‘zg‘alish davrisiz boshlanadi. Buning
uchun azot (I) oksid kislorod bilan birga (70—80% azot (I)
oksid, 20—30% kislorod) maxsus narkoz moslamalari yordamida
asosan nafas yo‘li — traxeyaga mutaxassislar (anesteziolog)
tomonidan yuboriladi. Narkoz tez boshlanib, asoratlar deyarli
kuzatilmaydi. Lekin narkoz holati uncha chuqur bo‘lmagani
sababli tana mushaklarining tonusi qisman saqlanadi. Narkoz
tugagach, 10—15 daqiqada azot (I) oksid nafas yo‘llari orqali
chiqib ketadi va uning qondagi konsentratsiyasi kamayib,
uyg‘onish boshlanadi.


14
Azot (I) oksid ko‘pincha, yuqorida aytilganidek, boshqa
narkoz moddalari bilan birga jarrohlik amaliyotida (ginekologiya,
urologiya, travmatologiya va b.) va ayrim kasalliklarda og‘riqni
qoldirish maqsadida qo‘llaniladi.
Siklopropan — rangsiz, o‘ziga xos hidli, tez yonuvchan gaz.
Nafas yo‘llarini ta’sirlamaydi, narkoz qo‘zg‘alish davrisiz tez
boshlanadi. Bu borada siklopropan azot (I) oksiddan kuchliroqdir,
narkoz ancha chuqurroq namoyon bo‘ladi. Narkoz berish to‘xta-
tilgach, uyg‘onish davri tezda yuzaga keladi, asoratlar deyarli
kuzatilmaydi. Siklopropan qator kamchiliklarga ega. Chunonchi,
u tez yonadi, portlovchi xususiyati bor. Bundan tashqari,
miokardning katexolaminlarga (adrenalin, noradrenalin) sezuv-
chanligini oshiradi. Shu sababli narkoz davrida ushbu preparatlarni
qo‘llash taqiqlanadi. Aks holda yurak faoliyati izdan chiqib, arit-
miya (yurakning notekis urishi) holati yuz beradi.
Siklopropan, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni inobatga olgan
holda, jarrohlik amaliyotida juda kam holatlarda juda ehtiyotlik bilan
mutaxassis (anesteziolog) tomonidan qo‘llaniladi.
Siklopropan 1—2 litrli po‘latdan yasalgan ballonlarda 5
atmosfera bosimi ostida suyultirilgan holda ishlab chiqariladi.
Noingalatsion narkoz moddalari yoki nafas yo‘li orqali
yuborilmaydigan moddalar uchmaydigan suyuqliklardir. Ular
venaga va to‘g‘ridan to‘g‘ri ichak orqali yuborishga mo‘ljallangan.
Bu yo‘l bilan yuborish (to‘g‘ri ichakka) ilk bor rus jarrohi
F.I.Pirogov tomonidan taklif etilgan. Bu usulning qator
afzalliklari bor. Chunonchi, narkoz moddasini yuborish ancha
qulay va oson, xirurgik narkoz qo‘zg‘alish davrisiz boshlanadi.
Narkoz moddasi venaga — bevosita qonga yuborilganidan so‘ng
u nafas yo‘li orqali chiqarilmagani uchun narkozning chuqur-
yengilligini boshqarib turishning imkoni yo‘qligi uning kamchiligi
hisoblanadi. Bu moddalar, asosan, jigarda metabolizmga uchrab,
siydik bilan chiqariladi va shunda ularning qondagi miqdori
kamayadi, narkoz holati yo‘qoladi. Shu sababdan ushbu narkoz
usuli dozalantirilgan narkoz deyiladi. Narkoz holati esa uncha
chuqur bo‘lmay, ko‘pincha uzoq davom etmaydi (20—30 min).
Shu sababdan noingalatsion narkoz moddalari asosan qisqa
muddatli jarrohlik operatsiyalarini bajarishda qo‘llaniladi. Uzoq
davom etadigan operatsiyalarni bajarishda esa bazis (asos) narkoz
sifatida ko‘pincha ingalatsion narkoz moddalari (azot (I) oksid,
ftoretan, efir) bilan birga ishlatiladi. Shu maqsadda bemorga oldin
venaga eritmali narkoz moddasi yuboriladi va narkoz holati
boshlangandan keyin ingalatsion narkoz moddasi (efir, azot (I)


15
oksid) qo‘llaniladi. Natijada ingalatsion narkoz moddasi kam
sarflanadi, lekin narkoz ancha chuqur va uzoq davom etadi.
Bundan tashqari, narkoz qo‘zg‘alish davrisiz va asoratsiz kechadi.
Shu bilan birga ingalatsion narkoz moddasini yuborishdan oldin
ko‘pchilik bemorlarda bo‘ladigan turli salbiy holatlar (qo‘rqinch,
hayajonlanish, tushkunlik va boshqalar) kuzatilmaydi.
Noingalatsion narkoz moddalariga turli kimyoviy tuzilishga ega
bo‘lgan preparatlar kiradi. Ularning ta’sir etish muddati: qisqa
—15 min (propanidid, ketamin), o‘rtacha — 20—30 min
(tiopental, predion) va uzoq — 50—60 min (natriy oksibutirat)
bo‘lishi mumkin.
Òiopental-natriy. Kukun holida flakonlarda ishlab chiqariladi.
Venaga mo‘ljallangan eritmasi turg‘un bo‘lmagani uchun
ishlatishdan oldin (ex tempore) tayyorlanadi va asta-sekin tomirga
yuboriladi. Kichik dozalarda uyqu, kattaroq dozalarda narkoz
holatini keltirib chiqaradi. Narkoz holati deyarli chuqur va tana
mushaklari bo‘shashgan bo‘ladi. Narkoz moddasi adashgan nerv
(vagus nervi) faoliyatini oshirgani uchun nafas yo‘llari sekretsi-
yasini kuchaytiradi, yurak ritmini sekinlashtiradi (bradikardiya).
Bularning oldini olish maqsadida atropin yoki metatsin inyeksiya
qilinadi. Narkoz 20—25 min davom etadi. Narkoz moddasi,
asosan, jigarda parchalanib, metabolitlar shaklida buyrak orqali
chiqariladi Narkoz holatidan 10—15 min o‘tgach uyg‘onish davri
boshlanadi.
Òiopental natriy eritmasi to‘g‘ri ichak orqali ham yuborilishi
mumkin. Bu yo‘l ko‘pincha yosh bolalarda qo‘llanadi.
Preparat ingalatsion narkoz moddalari bilan birga bazis narkoz
sifatida ham beriladi. Ayrim holatlarda miorelaksantlar (tana
mushaklarini bo‘shashtiruvchi preparatlar — tubokorarin va
boshqalar)dan ham foydalaniladi.
Òiopental natriy 20 ml hajmli flakonlarda quruq kukun holida
0,5 —1 g dan ishlab chiqariladi. 2—2,5% li eritmasi yuborishdan
oldin inyeksiya uchun mo‘ljallangan sterillangan suvda tayyorlanadi.
5% iliq eritmasi to‘g‘ri ichakka yuborish uchun qo‘llaniladi.
Viadril flakonlarda kukun holida ishlab chiqariladi. Eritmasi
venaga yuborishdan oldin 5% li glukoza yoki osh tuzining izotonik
(0,9%) yoki 0,25% li novokain eritmasida tayyorlanadi. Preparat
ta’siri 3—5 daqiqa o‘tgach boshlanadi, tana mushaklari yaxshigina
bo‘shashadi, nafas va yurak-tomir tizimiga ta’sir etmaydi. Viadril
boshlang‘ich davrda, ingalatsion narkoz moddalari bilan birgalikda
bazis narkoz ham miorelaksantlar yuborib qo‘llanilishi mumkin.


16
Preparat to‘qimalarga mahalliy ta’sir etgani uchun teri ostiga
yuborish taqiqlanadi. Venaga yuborilganida tomir bo‘ylab og‘riq
sezilishi mumkin. Shu sababli preparat yuborilgandan so‘ng shu
shpris orqali 0,25% li novokain eritmasi (10—20 ml) yuborish
tavsiya etiladi. Òromboflebitlarda (qon ivishi yuqori bo‘lib tromblar
yig‘ilishi) viadril ishlatilmaydi.
Preparat 20 ml hajmli flakonlarda 0,5 g dan ishlab chiqariladi.
Eritmasi venaga yuborishdan oldin tayyorlanadi.
Natriy oksibutirat. Kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri
bo‘yicha 8-oksimoy kislota (GOMK) va 8-aminomoy kislota
(GAMK)ga yaqindir. GAMK biogen modda bo‘lib, markaziy nerv
sistemasida neyromediator vazifasini bajaradi va metabolik
jarayonlarda qatnashib, markaziy tormozlanish jarayonini
ta’minlaydi.
Natriy oksibutirat gematoensefalik to‘siqdan o‘tib, markaziy
nerv tizimini tinchlantiradi (sedativ ta’sir), mushaklarni bo‘-
shashtiradi, katta dozalarda esa uyqu va narkoz keltirib chiqaradi.
Og‘riq qoldiruvchi ta’siri uncha bilinmaydi. Preparat nootrop
ta’sir ko‘rsatgani sababli u antigiðoksant hisoblanadi. Organizm-
ning, jumladan, miya to‘qimasining, yurak, ko‘z to‘r pardasining
kislorod tanqisligiga bo‘lgan chidamliligini oshiradi.
Natriy oksibutirat anesteziologiyada noingalatsion modda
sifatida yengil, uzoq davom etmaydigan jarrohlik amaliyotida hamda
narkozning boshlang‘ich davrida bazis narkoz sifatida akusherlik,
ginekologiya, bolalar va qariyalarda jarrohlik muolajalarini
bajarishda ishlatiladi. Preparat venaga, mushaklar orasiga va og‘iz
orqali yuborilishi mumkin.
Preparat venaga tez yuborilsa, turli kutilmagan o‘zgarishlarni
(harakatlar qo‘zg‘alishi, nafasning zaiflashishi, qon bosimining
pasayishi va boshqalar) keltirib chiqarishi mumkin.
Oksibutirat natriy giðokaliyemiyada (qonda kaliyning kama-
yishi), homiladorlik davri toksikozlarida ehtiyotlik bilan yuboriladi.
Propanidid. Yog‘simon suyuqlik bo‘lib, suvda erimaydigan,
maxsus detergentlarda eriydigan modda. Venaga sekin-asta
yuboriladi. O‘ta qisqa ta’sirli narkoz moddasi hisoblanadi. Narkoz
holati tezda (20—40 sek) boshlanadi va 3—5 min davom etadi.
Qo‘zg‘alish davri bo‘lmaydi. Narkoz davri tugagach, 2—3 min
dan so‘ng bemor hushiga keladi.
Preparat qisqa muddatli muolajalarda, jarrohlikda (yopishib
qolgan balg‘amlarni olib tashlash, tishni sug‘urish, yiringli
yaralarni tozalash va boshqalar) hamda tashxis qo‘yishda
(kateterizatsiya, bronxoskopiya va boshqalar) qo‘llanadi.


17
Preparat 5%li eritma shaklida ampulalarda 10 ml dan ishlab
chiqariladi.
Ketamin. Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq rangli kukun,
og‘riqni yaxshigina qoldiradi. Mushaklar orasiga yuborilganida og‘riq
qoldiruvchi ta’siri sekin-asta yuzaga chiqib (6—8 min. davomida),
uzoq davom etadi (2 soatgacha). Venaga yuborilganida esa ta’siri
1 min mobaynida boshlanadi va 5—15 min davom etadi. Bunda
nafas olish va chiqarish o‘zgarmaydi. Preparat jigarda metabolizmga
uchrab, jigar o‘ti va siydik bilan chiqib ketadi.
Ketamin narkozning boshlang‘ich davrini ta’minlash, bazis
narkoz, kombinatsiyalangan narkoz uchun ishlatilishi mumkin.
Ketaminning bir o‘zi qisqa muddatli jarrohlik amaliyotida, og‘riqli
muolajalarni bajarishda, shikastlangan bemorni transportda olib
yurish uchun ishlatiladi. Narkoz susayishi mumkin.
Preparat miyada qon aylanishi buzilganda, giðertoniyada,
stenokardiyada, yurakning og‘ir kasalliklarida, tutqanoq xastali-
gida berilmaydi.
Preparatlar.
Narkoz uchun ishlatiladigan e f i r (Ather pronarcosi) — o‘ziga
xos hidli, oson alangalanadi, 100 va 150 ml li to‘q sariq rangli
shisha idishlarda ishlab chiqariladi. Idish operatsiya oldidan ochilib
ishlatiladi. Maxsus maska va narkoz apparatlari orqali yuboriladi.
F t o r o t a n (Phthorothanum) — yoqimli hidli, chuchmal va
achchiq mazali, tiniq uchuvchan suyuqlik; yonmaydi va
alangalanmaydi, og‘zi germetik berkitilgan 50 ml li to‘q sariq
rang shisha idishlarda ishlab chiqariladi. Maxsus narkoz apparatlari
yordamida yuboriladi.
Ò r i x l o r e t i l e n (Trichloraethylenum pro narcosi) — o‘ziga
xos hidli, rangsiz, tiniq uchuvchan suyuqlik. Ishlatiladigan
konsentratsiyada alangalanmaydi va portlamaydi. 100 ml dan shisha
idishlarda ishlab chiqariladi.
M e t o k s i f l u r a n (Methoxyfluranum) — rangsiz, tiniq,
meva hidli, uchuvchan suyuqlik, 10—20 mldan shisha idishlarda
ishlab chiqariladi.
X l o r e t i l (Aethiylii chloridum) — tiniq, rangsiz, yengil
uchuvchan, o‘ziga xos hidli suyuqlik, 30 ml dan ampulalarda
ishlab chiqariladi.
A z o t (I ) o k s i d (Nitrouz axyde) N
2
O o‘ziga xos hidli,
rangsiz, havodan og‘irroq gaz, alangalanmaydi. Sig‘imi 10 l li
metall ballonlarda, yuqori atmosfera bosimi ostida suyultirilgan


18
holda ishlab chiqariladi. Maxsus moslamalar vositasida kislorod
bilan (70—80% azot (I) oksid, 30—20% kislorod) intratraxeal
yuboriladi.
S i k l o p r o p a n (Cyclopropane) C
3
H
6
o‘ziga xos hidli,
rangsiz, yonuvchan gaz. 1—2 ml li po‘lat ballonchalarda suyuq
holda 5 atmosfera bosimi ostida ishlab chiqariladi. Maxsus
moslamalar yordamida yuboriladi.
Ò i o p e n t a l n a t r i y (Thiopentalumnatrium) o‘ziga xos
hidli, quruq, sarg‘ish yoki sarg‘ish yashil tusli gigroskopik g‘ovak
massa yoki kukun, 20 ml sig‘imli flakonlarda 0,5—1 g dan ishlab
chiqariladi. 1—2% li eritmalari yuborishdan oldin sterillangan suvda
tayyorlanadi va venaga asta-sekin yuboriladi.
P r e d i o n i n y e k s i y a u c h u n (Predionum pro injectioni-
bus).
V i a d r i l . Oq yoki oqish-sarg‘ish tusdagi g‘ovak massa yoki
kukun. Sig‘imi 20 ml li germetik yopiq flakonlarda yoki ampulalarda
0,5 g dan ishlab chiqariladi. 2,5—5% eritmalari 5% li glukoza,
osh tuzining izotonik (0,9%) yoki 0,25% li novokain eritmasida
yuborishdan oldin tayyorlanadi. Venaga yuboriladi.
O k s i b u t i r a t n a t r i y (Natrii oxybutyras). Oq yoki oq-
sarg‘ish tusli kristall kukun. Kukunning 20% li eritmasi 10 ml
dan ampulada, 5% li qiyomi 400 ml li idishlarda; 66,7% li
eritmasi 37,5 ml li flakonlarda ishlab chiqariladi. Venaga sekin-asta
yuboriladi.
P r o p a n i d i d (Propanidide) sarg‘ish tusli yog‘simon
suyuqlik. 5% li eritmasi 10 ml li ampulada chiqariladi. Venaga
sekin-asta yuboriladi.
K e t a m i n g i d r o x l o r i d i (Ketamini hydruchloridum) oq
yoki oqish tusli, o‘ziga xos hidli kukun; 5% li eritmasi 2 va
10 ml dan ampulalarda ishlab chiqariladi. Ayrim davlatlarda 1%
li eritmasi 20 ml dan, 5% li eritmasi esa 10 ml dan flakonlarda
ishlab chiqariladi.
Rp.: Aetheris pro narcos 150 ml
D.t.d. N. 5
S.Operatsiya xonasiga
#
Rp.: Aethylii chloridi 30 ml
D.t.d. N. 5 in ampullis
S.Operatsiya xonasiga


19
#
Rp.: Sol. Proponididi 5%—10 ml
D.t.d. N. 5
S.Operatsiya xonasiga (venaga sekin-asta yuborish uchun)
Etil spirti
Etil spirti (etanol) jamiyat va kishi sog‘ligi uchun zararli va
xavfli modda. Hayotda sodir bo‘ladigan ko‘pchilik ko‘ngilsiz
hodisalar (o‘g‘rilik, birovning joniga qasd qilish, oilaning
buzilishi, transport avariyalari, ish qobiliyatining pasayishi, ruhiy
kasalliklar va boshqalar)ning sababchilaridan biri spirtli
ichimliklarga ruju qo‘yishdir.
Etanol turli yo‘llar (mevalar sharbatini aynitish, sintez)
bilan olinadi va ayrim ichimliklar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari
u kimyo-farmatsevtika sanoatida konservant, erituvchi, ajratib
oluvchi modda sifatida, dorilar (nastoyka — tindirma, suyuq
ekstrakt) tayyorlashda ishlatiladi.
Etil spirtining farmakologik ta’siri uning ishlatilish usuli va
maqsadiga, konsentratsiyasi va miqdoriga bog‘liq. Shunga ko‘ra
uning ikki xil ta’siri tafovut etiladi; mahalliy va umumiy
(rezorbtiv) ta’sir.
Mahalliy ta’siri. Etil spirtining to‘qimalar va turli mikroblarga
ko‘rsatadigan bevosita ta’siri. Etanolning bunday ta’siri uning
konsentratsiyasiga qarab turlicha namoyon bo‘ladi. Amaliyotda etil
spirtining 96, 70 va 40° li eritmalaridan foydalaniladi. 96 darajali
eritmasi to‘qima va mikroblar hujayrasidan suvni o‘ziga tortib olib,
uni burishtirib, denaturatsiyalaydi. Natijada mikroblar o‘ladi
(bakteriotsid ta’sir), to‘qima yuzasida esa yupqa denaturatsiya parda
chuqurida (ter va yog‘ning chiqish yo‘llarida) joylashgan mikrob-
larni spirt ta’siridan xoli qiladi. Shu sababdan etanol (96°)
antiseptik (terida, shilliq qavatda, bo‘shliqlarda joylashgan
mikroblarga qarshi) preparat sifatida ishlatilmaydi. Lekin
dezinfeksiyalovchi (tana sathidan tashqarida joylashgan mikroor-
ganizmlarga qarshi) modda sifatida, asosan, xirurgik asboblarni
(pinset, qaychi, igna, shpris va boshqalar) mikroblardan xoli
qilishda keng qo‘llaniladi. Etil spirti (96°) kuchli dezinfeksiyalovchi
modda hisoblanadi.
Etil spirtining 70° li eritmasi ham ko‘pchilik mikroblarga qarshi
ta’sir etadi (bakteriotsid). Òo‘qimalarni esa kam o‘zgartiradi.
Denaturatsiya pardasi deyarli hosil bo‘lmagani uchun teri, shilliq


20
parda chuqurida joylashgan mikroblarni ham o‘ldiradi. Shu
sababdan etanolning 70° li eritmasi antiseptik sifatida xirurgiya va
boshqa sohalarda keng ishlatiladi (jarrohlik operatsiyalaridan oldin
qo‘llarga, operatsiya joylariga surtish va boshqalar uchun).
Etil spirtining 40° li eritmasi esa teriga qitiqlovchi ta’sir etib,
qon tomirlarini kengaytiradi, to‘qimaning qon bilan ta’min-
lanishini yaxshilaydi. Shu sababdan to‘qimalarning yallig‘lanishida
(miozit, angina va boshqalar) u bilan kompress qilinadi va teriga
surtiladi.
Etil spirti ichilganida qonga so‘rilishidan oldin me’da-ichak
shilliq pardasiga mahalliy ta’sir etib, turli o‘zgarishlarga sabab
bo‘ladi. Chunonchi, 10° li eritmasi me’da sekretsiyasini kuchay-
tiradi, lekin pepsin fermenti faolligini o‘zgartirmaydi; 20° dan
yuqori eritmasi esa me’da sekretsiyasi va pepsin faolligini
kamaytiradi. Spirtning 40° dan yuqori konsentratsiyasi me’da-ichak
shilliq pardasiga mahalliy ta’sir etib, yuqorida qayd etilgan
morfologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan
spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan kishilarda me’da-ichak kasalliklari
(gastrit, yara, eroziya, rak va boshqalar) ko‘p uchraydi.
Umumiy (rezorbtiv) ta’siri. Etil spirtining me’da-ichak
yo‘lidan qonga so‘rilishi uning konsentratsiyasi, miqdori,
bo‘shliqdagi ovqat massasi va uning tarkibiga bog‘liq. U nahorga
qabul qilinsa, qondagi maksimal konsentratsiyasi 30 min da yuzaga
chiqadi, me’da-ichakda ovqatning bo‘lishi bu jarayonni
sekinlashtiradi (1—6 soatgacha). Ayniqsa, kartoshka, go‘shtli va
yog‘li taomlar spirt so‘rilishini sekinlashtiradi. So‘rilgandan so‘ng
uning miqdori to‘qimalarda va qonda deyarli bir xil bo‘ladi. Biologik
to‘siqlardan (gematoensefalik, yo‘ldosh va b.) oson o‘tadi va
umumiy farmakologik ta’sirini ko‘rsatadi. Etanolning asosiy
farmakologik rezorbtiv ta’siri markaziy nerv sistemasiga (MNS)
qaratilgan. Bu ta’sir ko‘p tomondan narkoz moddalarining ta’sirini
eslatadi. Jumladan, MNSga tanlab ta’sir etishi, uning faoliyati
bosqichma-bosqich tormozlanishi (qo‘zg‘alish, narkoz davrlari),
narkoz holatining namoyon bo‘lishi, nihoyat, spirtning katta
miqdorda organizmni zaharlashi bunga misol bo‘la oladi.
Etil spirtining MNSga ta’siri ham 3 davrdan tashkil topadi:
qo‘zg‘alish, narkoz va falajlik. Lekin, ushbu davrlarning davom
etish muddati narkoz moddalarinikidan o‘zgacha. Chunonchi,
spirtning qo‘zg‘alish davri ancha uzoq (2—3 soat), narkoz davri
esa qisqa bo‘lib, tezda falajlik davriga o‘tib ketadi (4- rasm).
MNSning spirtga bo‘lgan sezuvchanligi turlicha. Bosh miya
po‘stloq qismining sezuvchanligi yuqori bo‘lgani uchun spirtning


21
ta’siri natijasida tormozlanish jarayoni susayadi. Bu esa o‘z
navbatida ruhan va harakat qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi, boshqacha
aytganda, qo‘zg‘alish davri namoyon bo‘ladi. Bunda umumiy
qo‘zg‘alishdan tashqari kayf (gifopiya) holati kuzatiladi.
Odamning kayfi chog‘ bo‘lib, sergap, ezma, so‘zlari tushunarsiz,
poyma-poy, ma’nosiz bo‘ladi. Spirt sezgilarni pasaytirib, diqqat-
e’tibor, xotira, his etish qobiliyatini izdan chiqaradi. Bundan
tashqari, odamning fikr yuritishi buziladi, xayoli chalg‘ib, turgan
joyini, o‘zini bilmay qolishi mumkin. Shu bilan birga odam o‘z
qobiliyatlariga ortiqcha baho berib, o‘zining xatti-harakati va
atrofda ro‘y berayotgan hodisalarni tahlil qila olmaydi. Odamning
harakati noaniq va nomuvofiq bo‘lib, muvozanatni to‘g‘ri saqlash
reflekslari (vestibular apparat faoliyati) buziladi, orqa miya
reflekslari ham zaiflashib boradi. Og‘riqni sezish kamayadi, uyqu
hissi kuchayadi; bu davrda es-hush saqlanadi.
Etanol ta’siridagi bu keltirilgan o‘zgarishlar mastlik holatiga
tegishli bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi va kechishi spirtning
qondagi konsentratsiyasiga bog‘liq. Uning konsentratsiyasi 1—
1,5 g/l ga yetganda chuqur mastlik holati kuzatiladi. Uning miqdori
oshgan sari bosh va orqa miya faoliyati tormozlanib, es-hush,
sezgilar, harakat butunlay yo‘qoladi, ko‘pchilik reflekslar ham
yo‘qoladi. Bu xirurgik narkoz davri hisoblanadi. Lekin u uzoq davom
etmay, keyingi davr — falajlik davriga o‘tib ketadi. Spirtning
qondagi konsentratsiyasi 3—4 g/l ga yetganda narkoz davri, 4—
6 g/l ga etganda esa falajlik — zaharlanish davri boshlanadi. Bunda
qon bosimi tushib ketadi, nafas zaiflashadi, qorachiq refleksi
yo‘qoladi. Òibbiy yordam ko‘rsatilmasa, nafas va yurak faoliyati
to‘xtaydi. Bu xavfli holatlar spirtning katta miqdorda uzunchoq
miyada joylashgan nafas, tomir-harakat va boshqa markazlar
faoliyatining falajlanishi bilan tushuntiriladi. Etil spirtining MNSga
ta’sir mexanizmi bo‘yicha turlicha fikrlar, nazariyalar mavjud.
4- rasm. Efir va etil spirtini ta’sir muddatlari bo‘yicha
taqqoslash: I — qo‘zg‘alish davri; II— jarrohlik narkoz davri;
III— falajlik davri.
I
II
III
I
II
III
efir
etil spirti


22
Umuman olganda, uning asosiy ta’sir etish joyi — nuqtasi nerv
hujayralarining pardasi (devori) va miya to‘qimasida joylashgan
turli fermentlar deb qaraladi. Alkogolning bunday ta’siri uning
o‘rtacha miqdorini bir marta qabul etilganda sodir bo‘ladi va ta’sir
natijasida kelib chiqqan o‘zgarishlar vaqtinchalik bo‘lib, vaqt
o‘tishi bilan asta-sekin yo‘qolib boradi (5- rasmga qarang).
Qabul qilingan alkogolning ko‘p qismi asosan jigarda
alkogoldegidrogenaza fermenti ta’sirida metabolizmga uchrashi
natijasida ma’lum darajada issiqlik ajratadi. 1g spirt oksidlanishi
natijasida 7 kkal (1g oqsil va 1 g uglevodda 4,1 kkal, yog‘da
9,3 kkal) issiqlik hosil bo‘ladi. Agar 100 ml spirt qabul qilinsa,
u 700 kkal issiqlik beradi, bu esa moddalar almashinuvining
uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Hosil bo‘lgan issiqlikning
organizmdan chiqib ketishi teri qon tomirlarining kengayishi va
ter ajrashi hisobiga bo‘ladi. Shu sababdan kishi mast bo‘lganida
issiqlikning tashqariga chiqib ketishi ortadi. Past havo haroratida
alkogoldan mast bo‘lganlarning hushyorlardan ko‘ra tezroq
sovqotib qolishi shu bilan bog‘liq. Òana haroratining o‘zgarishi
spirtning termoregulatsiya markaziga ta’siri bilan tushuntiriladi.
O‘tkir zaharlanish. Bunday zaharlanish spirtli ichimliklarni
ko‘p miqdorda (ilk bor kichik miqdorda qabul qilinsa ham) qabul
qilganda yuz beradi va behushlik, rang-ro‘yning oqarishi, oyoq-
qo‘l sovushi, nafas susayishi, lablar ko‘karib, tomir urishi tez
va zaiflashgan bo‘lib, qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Zahar-
lanishning boshlanishida qayta-qayta qusish mumkin. Qusuq
massasidan va og‘izdan alkogol hidi kelib turadi. Bunday
o‘zgarishlar asosan alkogolning markaziy nerv sistemasiga ta’siridan
kelib chiqadi. Zaharlangan odamga yordam ko‘rsatishda eng avval
nafasni yaxshilash tadbirlari ko‘riladi. Chunonchi, og‘iz bo‘shlig‘i
so‘lak va boshqa massalardan tozalanadi. So‘lak va shilimshiq
ajralishini kamaytirish maqsadida atropindan inyeksiya qilinadi.
Nafas juda susaygan bo‘lsa, sun’iy nafas oldiriladi, kislorod beriladi.
Nafas markazi faoliyatini tiklash maqsadida analeptiklar (kofein,
kordiamin yoki lobelin) yuboriladi. Venaga glukoza bilan insulin
yuborish yaxshi natija beradi. Zond bilan me’da chayiladi.
5- rasm. Baqaning ajratib olingan yuragiga
etil spirtining ta’siri.


23
Zaharlangan odam issiq xonaga o‘tkaziladi, oyoqlariga grelka
qo‘yiladi. Es-hushi o‘ziga kelgach, issiq achchiq choy yoki kofe
beriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, alkogol ayniqsa yosh bolalarda
va o‘smirlarda juda xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi.
Surunkali zaharlanish (alkogolizm). Alkogolning zararli
xususiyatlaridan biri u odamni sekin-asta o‘ziga qaram qilib
qo‘yadi va muntazam ichkilik ichib turishga majbur qiladi. Natijada
surunkali zaharlanish — alkogolizm ro‘yobga chiqadi. Alkogolizm-
ning alomatlaridan biri xumor qilishdir. Bu abstinensiya holati
deyiladi. Xumor natijasida odam turli qing‘ir ishlar (o‘g‘rilik,
tilanchilik va b.)ga qo‘l urishga majbur bo‘ladi. Abstinensiyaning
yengil shaklida harakat qo‘zg‘alishi, qaltirash, xavotirlanish,
vahimaga tushish, uyqusizlik holati kuzatiladi. Alkogolizmga
duchor bo‘lganlarda markaziy nerv sistemasi faoliyatining izdan
chiqishi asta-sekin zo‘rayib boradi, intellektning aynishiga,
degradatsiyaga (odam qiyofasining buzilishiga) olib keladi. Ichki
a’zolar va tizimlarda ham noxush holatlar kuzatiladi. Yurak-
tomir, hazm va endokrin tizimlar, ayniqsa jigar faoliyati tubdan
izdan chiqa boshlaydi. Bundan tashqari, yurakning yog‘ bosishi,
miokardiodistrofiya, miokard infarkti, barvaqt ateroskleroz, gi-
ðertoniya, gastrit, yara kasalligi va jigar kasalliklari avj olishi
mumkin. Shu bilan birga organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi
kurashish qobiliyatining pasayishi natijasida ular turli yuqumli
kasalliklarga chalinadigan bo‘lib qolib, umri ancha qisqaradi.
Alkogolga ruju qo‘yganlarda endokrin bezlar, jumladan jinsiy
bezlar faoliyati susayadi, ulardan tug‘iladigan bolalar ko‘pincha
nogiron, nimjon, kasalvand bo‘ladi. Alkogolizmni davolash ikki
yo‘nalishda olib boriladi. B i r i n c h i s i — abstinensiya holatiga
qarshi choralar. Bu maqsadda trankvilizatorlar: benzidiazepin
unumlari (xlordiazepoksid, diazepam va b.), vitaminlar (tiamin)
ishlatiladi. Bu dori vositalari abstinensiyaning kechishini
yengillashtirsa ham, uning qaytalanishining oldini olmaydi.
I k k i n c h i s i — alkogolga intilishni kamaytirish maqsadida
asosan teturam (antabus, disulfiram) preparati qo‘llaniladi. Bu
preparat spirtli ichimlik ichmaydigan odamlarda hech qanday
o‘zgarish bermaydi, lekin u qabul qilingandan keyin ichkilik
iste’mol qilinsa, turli noxush holatlarni (bezovtalik, boshning
lo‘qillab og‘rishi, yuzning qizarishi, ko‘ngil aynishi, qusish,
terlash, giðotenziya, es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lishi, nafasning
qiyinlashishi va boshqa o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Òeturamning
bunday ta’siri, uning spirtni parchalaydigan alkogoldegidrogenaza


24
fermenti ta’sirida hosil bo‘ladigan atsetaldegid parchalanishining
to‘xtashiga bog‘liq. Organizm uchun zaharli bo‘lgan bu modda
yig‘ilib boradi. Chunki teturam qabul qilingandan keyin oz
miqdorda alkogol ichilsa, natijada noxush holatlarning avj olishi
odamda ichimlik ta’mi va hidiga nisbatan salbiy shartli refleks hosil
qiladi. Pirovardida odam spirtli ichimliklarni ko‘tara olmaydigan,
undan jirkanish va ko‘ngil tortmaslik hislari paydo bo‘ladi. Òeturam
tabletka shaklida radoter nomi bilan chiqariladi. Bu preparat
mushaklar orasiga qo‘yish (implantatsiya) uchun mo‘ljallangan.
Bundan asosiy maqsad dori ta’sirini uzaytirishdir. O‘zbekiston
davlat reyestriga va asosiy preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Siamid
preparati tarkibida kalsiy sianamid va limon kislota saqlaydi. Òa’sir
mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha teturamga yaqin.
Alkogolni iste’mol qilishga qarshi preparatlar.
Ò e t u r a m (Teturamum) tabletkada 0,15 va 0,25 g dan ishlab
chiqariladi.
R a d o t e r tabletkasi (Tabulettae Radoteri) — sterillangan
tabletkalar 0,1 g dan flakonda 10 donadan ishlab chiqariladi.
S i a m i d (Cyamidum) tabletka shaklida 0,1 g dan ishlab
chiqariladi.
Alkogol abstinensiyasida beriladigan preparatlar.
D i a z e p a m (Diazepam) tabletka shaklida 0,005 g dan va
0,5%li eritma holida 2 ml li ampulada inyeksiya uchun ishlab
chiqariladi.
Ò i a m i n (Thiaminum), B
1
v i t a m i n i (Vitamin B
1
). Òiamin
xlorid tabletka holida 0,002 g, 0,005 g, 0,01 g dan; 2,5 — 5% li
eritmasi ampulada 1 ml dan ishlab chiqariladi. Òiamin bromid
tabletkada 0,00258g; 0,00645g; 0,0129 g; 3 — 6% li eritmasi 1 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi.
Rp.: Tabl.Teturami 0,15
D.t.d.N.30
S. sxema bo‘yicha shifokor tayinlaydi.
Uxlatadigan dori vositalari
Uyqu odam uchun zarur fiziologik jarayon bo‘lib, organizmda
sodir bo‘ladigan biologik ritmning ko‘rinishidir. Bunda oliy nerv
faoliyati, umuman markaziy nerv sistemasiga tegishli ayrim
faoliyatlar susayadi (es-hush, axborotlar qabul qilish yo‘qoladi,
tana mushaklari bo‘shashadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati
pasayadi, yurak urishi sekinlashib, qon bosimi tushishi mumkin).


25
Agar odam 5—7 kun davomida uyqudan mahrum bo‘lsa, har xil
ruhiy va boshqa kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkin. Bularning kelib
chiqishida evolutsiya davrida qaror topgan bioritmning buzilishi
ma’lum darajada ahamiyatlidir. Uyqu davrida markaziy nerv tizimi
hujayralarining faollik chog‘ida sarflangan energiya manbayi tiklanadi.
Uyquning kelib chiqishi, uning mexanizmi ancha murakkab
bo‘lgani uchun hozirgacha bu borada aniq bir fikr yo‘q.
Uxlatadigan vositalar deb, ma’lum sharoitda tabiiy uyquga
yaqin uyqu holatini keltirib chiqaradigan farmakologik moddalarga
aytiladi.
Zamonaviy tushuncha bo‘yicha uyqu faol jarayon bo‘lib,
almashinib turadigan ikki davr (faza)dan tashkil topishi ma’lum.
1. „Sustkash, sekin yoki sinxronlangan“ uyqu. Bunda ichki
a’zolar faoliyati susayadi. Masalan, yurak urishi sekinlashadi, qon
bosimi pasayadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati pasayadi,
moddalar almashinuvi sekinlashadi va boshqalar. Bir so‘z bilan
aytganda, uyqu chuqur va bir tekis bo‘lib, tush ko‘rish
kuzatilmaydi. Uyquning bu fazasi butun uyqu davrining 75% ini
tashkil etadi va ikkinchi fazasi bilan almashinib turadi.
2. „Jadal, tezkor yoki desinxronlangan“ uyqu fazasi. Bunda
simpatik nervning faoliyati kuchayishi sababli yurak urishi
tezlashadi, qon bosimi ko‘tarilib turadi, gapirish holatlari bo‘lishi
mumkin, moddalar almashinuvi tezlashadi, har xil tushlar
ko‘rib, bezovtalik alomatlari bo‘ladi.
Uyquning birinchi fazasi yuqorida qayd etilganidek, nerv
hujayralarining faollik davrida sarflangan energiyani to‘plash va
faolligini tiklash uchun zarur. Ikkinchi fazada esa, taxmin
qilinishicha, markaziy nerv tizimining faol davrda olingan
axborotlarini (ma’lumotlarni) tahlil va taqsim qilish jarayonlari
bajariladi. Bir so‘z bilan aytganda, ikkinchi faza faol bo‘lib,
organizm uchun zarurligi inkor etilmaydi. Uyqusizlik hozirgi paytda
odamlar orasida juda keng tarqalgan xastalikdir. Bu odamning his-
hayajonlariga zo‘r keladigan holatlarning ko‘payishi, turmush
tarzining har xil bo‘lishi, hayot maromining tezlashishi, ruhiy
kasalliklar, og‘riq bo‘lishi va ayrim endokrin xastaliklar va
boshqalar (tireotoksikoz, giðertoniya, nevrasteniya va b.) uyqusiz-
likka sabab bo‘ladi.
Uyquning buzilishi yuqorida qayd etilgan fazalarning, uyqu
strukturasining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Uyqusizlik,
asosan, quyidagi uch ko‘rinishda bo‘ladi: zarur sharoit yaratilga-
niga qaramasdan (yorug‘lik va tovushlarning bartaraf etilishi va b.)


26
uyquning kelishi uzoq vaqt cho‘ziladi, uyqu muddati qisqaradi
(3—4 soat), uyqu yengil o‘tib, tez-tez uyg‘onib turiladi. Bular
har xil holatlar, kasalliklar (haddan tashqari charchash, haya-
jonlanish, bezovtalik, nevroz, nevrasteniya, og‘riq sezish va b.) da
kuzatiladi. Uyqu kelishining qiyinlashishi emotsional holatlarda,
aksariyat yoshlarda, qisqa muddatli uyqu esa qariyalarda uchrab
turadi.
Uyqusizlik yuqorida aytilganidek, ayrim xastaliklarning belgisi
bo‘lib, ushbu va boshqa kasalliklarning kechishini og‘irlashtirib,
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Uyqusizlikni bartaraf etish
uchun uyqu keltiradigan dorilar beriladi. Bu dori vositalarini
ishlatishdan oldin uyqusizlikning sabablari aniqlanishi darkor.
Birinchi galda ushbu sabablarni yo‘qotish tadbirlari ko‘riladi
(og‘riq qoldirish, asosiy kasallikni davolash va boshqalar).
Uxlatadigan dori vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
uyquning kechishi, tuzilishi va muddati tabiiy uyquga yaqin
bo‘lishi; tanada yig‘ilib qolmasligi; uyqudan keyin noxush holatlar
bo‘lmasligi; qaramlik chaqirmasligi; allergik va shunga o‘xshash
salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Afsuski, mavjud dori vositalari
bularga to‘liq javob bera olmaydi.
Uxlatadigan dori vositalari tasnifi
A. Narkotik ta’sirga ega preparatlar:
— geterosiklik birikmalar — barbituratlar (fenobarbital, ben-
zonal, benzobamil, geksamidin);
— alifatik birikmalar (xloralgidrat, bromizoval).
B. Òrankvilizatorlar g u r u h i g a k i r u v c h i p r e -
p a r a t l a r — benzodiazepinlar (klonazepam, nitrozepam, sibazon).
Barbituratlar asosiy uyqu preparatlari hisoblangan. Lekin
keyingi vaqtlarda ular o‘z mavqeyini yo‘qota boshladi. Chunki
barbituratlar keltirib chiqaradigan uyqu kechishi bo‘yicha tabiiy
uyqudan farqlanadi. Uyquning kelishini yengillashtiradi, lekin
uning tuzilishiga, fazalariga ta’sir etib, ko‘pincha uyqu chuqur
bo‘lmasdan uyg‘onib turish, uyqudan keyingi uyg‘onish davrida
noxush holatlar (umumiy bo‘shashish, lanjlik, mudrash va
boshqalar) kuzatiladi. Barbituratlar qayta-qayta berilganida
kumulatsiya (tanada yig‘ilishi), qaramlik va tolerantlik holatlarini
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan ularning bir necha
preparatlari (barbamil, siklobarbital hamda barbital, barbital
natriy, etaminal natriy tabletkalari) Rossiya davlat reyestridan


27
chiqarilgan, O‘zbekiston davlat reyestriga kiritilmagan. Ulardan
fenobarbital va etaminal-natriy preparatlari O‘zbekiston davlat
reyestriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida ishlatiladi.
Barbituratlarning farmakologik ta’siri yuborilayotgan dozasiga
bog‘liq. Ular markaziy nerv tizimiga tanlab ta’sir etib, kichik
dozada tinchlantiradi, o‘rtacha dozada uxlatadi va katta dozalarda
esa narkoz holatini yuzaga keltiradi. Bunday ta’sir ular og‘iz orqali
yuborilganda ham kuzatiladi. Chunki barbituratlar kuchsiz
kislotalilik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun oshqozon va ingichka
ichakda yaxshi so‘riladi, organizmda qon bilan tarqalib, liðofil
(yog‘da eruvchan) bo‘lgani sababli gematoensefalik to‘siqdan
o‘tadi va markaziy nerv tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ularning
bir qismi qondagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Erkin holdagilari
(fenobarbitaldan tashqari) jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida
oksidlanib, metabolizmga uchraydi. Organizmdan suvda eruvchan
metabolitlar shaklida (asosan, buyraklar orqali) chiqib ketadi.
Fenobarbital esa o‘zgarmagan holda sekinlik bilan chiqariladi.
Chunki oqsillar bilan ko‘proq bog‘langani uchun uning yarim
chiqib ketish vaqti (t
1
/
2
) bir necha kunni tashkil qiladi. Shuning
uchun ham fenobarbital uzoq muddat qabul qilinsa, kumulatsiya
holatini yuzaga keltiradi va zaharlanish kuzatiladi. Preparat
uxlatadigan ta’sirdan tashqari tutqanoqqa qarshi va biotransfor-
matsiyada qatnashadigan mikrosomal fermentlar faolligini oshira-
digan induktorlik ta’sirga ham ega. Shu sababdan fenobarbital
tutqanoqlarda ishlatiladigan preparatlar guruhiga o‘tkazilgan
(M.D.Mashkovskiy). Etaminal natriy preparatining eritmasi venaga
yuborish yo‘li bilan qisqa muddatli narkoz olish uchun ishlatiladi
(noingalatsion narkoz moddalariga qarang).
Benzodiazepin guruhiga kiruvchi preparatlar trankvilizatorlar
hisoblanadi va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, uyqu kelishini
tezlashtiradi. Bulardan nitrozepam va boshqalar samarali hi-
soblanadi.
Ushbu dori vositalari — benzodiazepinlar past ishqoriy
xususiyatli bo‘lgani uchun, asosan, o‘n ikki barmoqli ichakda
so‘riladi; organizmda qon bilan tarqaladi, 60—95% qondagi
oqsillar bilan bog‘lanadi. Faqat erkin holdagilari gematoensefalik
to‘siqdan o‘tadi va markaziy nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Asosan, jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida oksidlanadi va o‘t
bilan chiqib ketadi. Ular, chunonchi, uyqu tuzilishiga ta’sir
etmaydi, ya’ni tabiiy uyquga o‘xshash uyqu chaqiradi, kumulatsiya


28
va noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Mikrosomal fermentlarga
ta’sir etmaydi.
Shunday qilib, benzodiazepinlar (nitrozepam, tazepal, fena-
zepam va boshqalar) asosiy uxlatuvchi preparatlar hisoblanib,
amalda uyqusizlikning hamma turlarida keng qo‘llaniladi. Ular
ayniqsa asabning buzilishi, bezovtalik va boshqa emotsional
holatlar bilan bog‘liq uyqusizlikda qo‘l keladi. Nitrozepam
O‘zbekiston davlat reyestriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida keng
ishlatiladi. Uning uxlatadigan ta’sir muddati fenobarbitalga
o‘xshash 30—40 daqiqadan keyin boshlanib, 6—8 soat davom
etadi. Preparat kattaroq dozada tutqanoqqa qarshi ta’sir
ko‘rsatgani uchun ushbu xastalikda ham qo‘llaniladi. Nitrozepam
homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. U kattaroq dozalarda nojo‘ya
holatlarga (umumiy holsizlik, ataksiya, bosh og‘rig‘i va
boshqalar) sabab bo‘lishi mumkin. Bular preparat dozasini
kamaytirish bilan bartaraf etiladi.
Preparatlar.
F e n o b a r b i t a l (Phenobarbitalum) 0,05—0,1 g dan kukun
va tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan yotishdan 30—
60 min oldin uxlatuvchi; 0,01—0,05 g dan tinchlantiruvchi sifatida
beriladi.
B a r b i t a l (Barbitalum). 0,25—0,5 g li kukun holida uxlashdan
1 soat oldin 1 stakan choy bilan ichiladi.
B a r b i t a l n a t r i y (Barbitalum-natrium). Kukuni 0,3—0,5—
0,75 g dan uyqudan 1 soat oldin choy bilan ichiladi. 10% li
eritmasi teri ostiga va mushaklar orasiga 5 ml dan yuboriladi.
E t a m i n a l n a t r i y (Aethaminalum natrium). Òabletka holida
ishlab chiqarilmaydi. Kukuni 0,1—0,2 g dan qabul qilinadi; 5%
li eritmasi 5—10 ml dan venaga yuboriladi (tabletkasi reyestrdan
chiqarilgan).
M e t a k v a l o n (Methaqualone) 0,2 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. Uyqudan 30 min oldin ichiladi.
N i t r o z e p a m (Nitrozepam) 0,005 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan uyqudan 30 min oldin ichiladi.
N o z e p a m (Nozepamum) 0,01 g dan tabletkalar ko‘rinishida
ishlab chiqariladi. 0,005—0,01 g dan 2—3 marta qabul qilinadi.
Uyqusizlikda kechqurun uyqudan 30 min oldin ichiladi.
F l u n i t r a z e p a m (Flunitrazepam). 0,002 g dan tabletka
holida, ampulada 2 mg kukun holida, 1 ml sterillangan suv
saqlagan qo‘shimcha ampula bilan birga ishlab chiqariladi. Eritmasi
mushaklar orasiga, venaga yuborishdan oldin tayyorlanadi.


29
Rp.: Tabl. Nitrozepami 0,005
D.t.d.N.20
S. uyqusizlikda 1 tabletkadan uyqudan 0,5 soat oldin ichiladi.
Òalvasaga va titroqqa qarshi dori vositalari
Bu guruhga harakat markazlarini tormozlovchi, tutqanoq va
parkinsonizmda ishlatiladigan dori preparatlari kiradi.
Bosh miya harakat markazining turli sabablarga ko‘ra
(tutqanoq, qoqshol, eklampsiya, jarohatlanish, yallig‘lanish,
zaharlanish va boshqalar) faoliyatining oshishi va talvasa (epilepsiya)
tutishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda ko‘pincha markaziy
nerv sistemasi faoliyatini pasaytiradigan (narkoz va uxlatadigan
moddalar) va tana mushaklarini bo‘shashtiradigan (miorelaksant)
vositalardan foydalaniladi. Lekin tutqanoq kasalligida bunday dori
vositalarini qo‘llab bo‘lmaydi.
Òutqanoqqa qarshi preparatlar
Òutqanoq (epilepsiya) va parkinsonizmga qarshi dori prepa-
ratlari amalda bemorlarni davolash maqsadida keng qo‘llaniladi.
Òutqanoq kasalligi quyidagi 3 ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1. Katta tutqanoq xuruji (grand mal), 2. Kichik tutqanoq xuruji
(petit mal), 3. Psixomotor ekvivalent holati.
K a t t a t u t q a n o q xuruji birdan boshlanib, bemor
hushidan ketadi va turgan holda yiqiladi, tana mushaklari tartibsiz
qisqarib (tonik qisqarish), tutqanoq tutadi; og‘zidan ko‘pik ajrashi
bir necha daqiqa davom etadi; talvasa tugagach kasal uyquga ketadi.
Òutqanoqning tez-tez qaytarilishi (epileptik status) og‘ir holat-
larni keltirib chiqaradi.
K i c h i k t u t q a n o q xurujida esa bemor bir-ikki sek
davomida hushini yo‘qotib, bir nuqtaga tikilib qoladi, lekin yiqilib
tushmaydi, savollarga javob qaytarmaydi. Ko‘pincha, yuz mimik
mushaklarini titrashi kuzatiladi. Bemor atrofidagi odamlar
ko‘pincha bunday xurujni sezmay ham qoladilar.
P s i x o m o t o r ekvivalent holatida tutqanoq tutmaydi. Lekin,
ma’lum vaqtlarda bo‘ladigan xayolparishonlik xurujida (ayniqsa,
tunlari) bemorning harakati, yurish-turishi to‘g‘ri bajarilishi
mumkin (masalan, transportga tushib aylanib kelishi, o‘ylamay-
netmay xatti-harakatlar qilaverishi va boshqalar). Xuruj tugagach
bemor hech narsani bilmaydi va eslay olmaydi.


30
Òutqanoq va titroqqa qarshi ta’sir ko‘rsatadigan dori vositalari
kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri, qo‘llanilishi bo‘yicha
turlicha.
Òutqanoqqa qarshi qo‘llaniladigan asosiy preparatlar
guruhlari:

barbituratlar (fenobarbital, benzonal);

gidantoin unumlari (difenin);

oksazolidindion unumlari (trimetin);

suksinimidlar (etosuksimid, pufemid);

iminostilbenlar (karbamazepin);

benzodiazepinlar (klonazepam);

GAMKergik jarayonlarning stimulatorlari (atsediðrol,
vigabatrin);

neyromediator aminokislotalarining ingibitorlari (lamo-
tridjin);

turli tuzilishga ega preparatlar (xlorakon, metindion).
Qator uxlatadigan — tinchlantiradigan dori vositalari. Ular,
asosan, bosh miya po‘stloq qismidagi harakat markazining
qo‘zg‘aluvchanligini zaiflashtiradi, shu bilan birga talvasaga sabab
bo‘lgan patologik o‘choqdan impulslar tarqalishini (irradiatsi-
yasini) susaytiradi. Umuman olganda, ularning ta’siri turlicha
bo‘lib, neyrofiziologik va neyrokimyoviy jarayonlarga qaratilgan.
Jumladan, bu dori vositalari ta’siri bosh miyadagi tormozlovchi
mediator hisoblangan gamma aminomoy kislotasining (GAMK)
ortishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, ularning ta’siri
nervlar oxiridagi adenozinuchfosfatazaga qaratilgan bo‘lib, me-
diator ajralishini buzadi, degan fikr ham bor. Òutqanoqqa qarshi
ishlatiladigan dori vositalarining davo ko‘rsatish mexanizmi ular
ta’sirida neyronlararo qo‘zg‘alishning kamayishi, neyronlar
qo‘zg‘alishining zaiflashishi, tormozlanishning kuchayishi va
tormozlovchi neyronlarning qo‘zg‘alishi bilan tushuntiriladi.
Qayd etilgan dori vositalari tutqanoqning barcha ko‘rinishida
kasallik xurujining oldini olish va davo qilish maqsadida
qo‘llaniladi.


31
2 - j a d v a l .
Òutqanoqqa qarshi dori vositalarining davo
ko‘rsatish samarasi
-
t
a
r
a
p
e
r
P
r
a
l
a
tt
a
K
q
o
n
a
q
t
u
t
k
i
h
c
i
K
q
o
n
a
q
t
u
t
r
o
t
o
m
o
x
i
s
P
it
a
l
o
h
t
n
e
l
a
v
i
v
k
e
l
a
ti
b
r
a
b
o
n
e
F
n
i
n
e
fi
D
l
a
n
o
z
n
e
B
n
i
d
i
m
a
s
k
e
G
n
o
k
a
r
o
l
X
n
it
e
m
i
r
T
n
i
p
e
z
a
m
a
b
r
a
K
n
ij
d
i
r
t
o
m
a
L
a
t
o
l
s
i
k
t
a
o
r
p
l
a
V
r
a
l
d
i
m
o
r
B
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
0
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
0
+
+
+
+
—
+
+
+
+
+
+
+
—
+
0
„+“ belgisi ta’sir kuchini ko‘rsatadi
„—“ belgisi ta’siri yo‘qligini bildiradi
„0“ belgisi og‘irlashtiradigan ta’sirni ko‘rsatadi
Davo ko‘rsatishda tutqanoq xurujining nechog‘lik tez yoki kam
qayd qilib turishi, davom etish vaqti, uning turi, bemorning
yoshiga qarab bitta preparat yoki tarkibida bir necha dori
vositalarini saqlagan (piraminal, difenin, gluferol va boshqa)
preparatlardan foydalanish samarali hisoblanadi.
Òalvasaga qarshi qo‘llaniladigan mavjud dori vositalari
bemorni darddan butunlay forig‘ qilib yubormay, kasallik xurujini
ancha kamaytiradi, uning kechishini yengillashtiradi, davom
etishini qisqartiradi, xolos. Preparatlar uzoq vaqt (bir necha oy)
beriladi. 1—1,5 oylik tanaffusdan keyin davolash qaytariladi.
O‘zbekiston davlat reyestriga kiritilgan va asosiy preparatlar
ro‘yxatida qayd etilgan tutqanoqqa qarshi dori vositalari 2-
jadvalda berilgan.
Fenobarbital — uxlatadigan ta’sirga ega bo‘lgani uchun katta
tutqanoq turiga davo qilishda uning kichikroq dozasidan (0,05 g)
foydalaniladi va u samarali hisoblanadi. Preparat bilan uzoq
muddat davo qilishda uning kumulatsiyaga va qaramlikka sabab
bo‘lishini nazarda tutish lozim. Davo davrida bemorda uyquchanlik
holati kuzatilishi mumkin.
Difenin — fenobarbital singari preparat bo‘lib (1958- y),
uxlatuvchi ta’siri bo‘lmasligi bilan boshqa dorilardan farqlanadi.


32
Bosh miyaning harakat markaziga bo‘lgan ta’siri kuchliroq.
Òutqanoqning katta xurujlarida keng ishlatiladi va ancha samarali
hisoblanadi. Uning ta’siri natriy, kaliy va kalsiy ionlariga, hujayra
parda potensialiga, aminokislotalar va neyromediatorlarga (no-
radrenalin, atsetilxolin, GAMK) qaratilgan. Difenin bromidlar,
fenobarbital va trankvilizatorlar (nozepam) bilan birga qo‘shib
berilishi mumkin. Difenin jigar va buyrakning og‘ir kasalliklarida,
yurak faoliyatining yetishmovchiligida berilmaydi.
Benzonal — fenobarbitalga o‘xshab tutqanoqqa qarshi ta’sir
etadi, lekin uning uxlatuvchi-tinchlantiruvchi ta’siri kuchsizroq.
Katta tutqanoqning hurujlarida boshqa preparatlar (geksamidin,
karbamazepin, difenin) bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Barbituratlar (fenobarbital, benzonal), ayniqsa, benzonal
jigar mikrosomal fermentlari faolligini oshiradi; ular induktorlar
hisoblanadi. Shuning uchun ularni boshqa preparatlar bilan tavsiya
etganda buni nazarda tutish kerak. Aks holda qo‘shib ishlatilayotgan
dorilar metabolizmga ko‘proq uchragani sababli ularning samarasi
bo‘lmasligi mumkin.
Geksamidin — ta’siri bo‘yicha fenobarbitalga o‘xshab ketadi,
lekin unga qarama-qarshi o‘laroq, uxlatuvchi-tinchlantiruvchi
xususiyati deyarli yo‘q va kumulatsiya keltirib chiqarmaydi. U,
asosan, katta tutqanoq xurujida tavsiya etiladi.
Karbamazepin — tutqanoqqa qarshi ta’siri bo‘yicha yuqori
samarali preparat. Bundan tashqari antidepressiv va qisman og‘riq
qoldiruvchi xossaga ega. Preparat psixomotor qo‘zg‘alishda (asosan
katta xurujli tutqanoqda) qo‘llaniladi. Kichik tutqanoqda ham
samarali; yosh bolalarga ham tavsiya etiladi.
Natriy valproat preparati — tutqanoqning katta va ko‘proq
kichik shakllarida ishlatiladi. Uning bunday ta’sir etishi
tormozlanish mediatori hisoblangan gammaaminomoykislotasining
(GAMK) metabolizmini ta’minlaydigan GAMK — transferaza
(GAMK Ò)ning faolliligini kamaytirish bilan tushuntiriladi.
Natijada GAMK yig‘ila borib, preparat va postsinaptik qutblanish
va postsinaptik parda qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi.
Natriy valproat keng ishlatiladigan asosiy preparatlardan
hisoblanadi. Keyingi paytda shunga yaqin GAMKergik preparatlar:
vigobatrin, gavapentin va boshqalar olingan.
Xlorakon — yuqorida keltirilgan preparatlarga nisbatan ancha
xavfsiz, nojo‘ya ta’siri deyarli bilinmaydi, terapevtik ta’sir doirasi
keng. Bemorlar xlorakon bilan davolanishni yengil o‘tkazadilar.


33
Preparat asosan katta xurujlarda va psixomotor ekvivalent holatida
beriladi.
Preparatlar.
F e n o b a r b i t a l (Phenobarbitalum) 0,05—0,1 g dan ishlab
chiqariladi. 0,05 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Bemor shifokor
nazorati ostida bo‘lishi zarur.
D i f e n i n (Diðheninum) 0,117 g li tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. Yarim yoki bitta tabletkadan kuniga 1—3 marta
ovqatdan keyin ichiladi.
B e n z o n a l (Benzonalum) 1- benzil, 5- etil, 5- fenilbar-
biturat kislota 0,1 g va 0,05 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Kuniga 3 marta ichiladi.
G e k s a m i d i n (Hexamidinum) 0,125 g va 0,25 g li tabletka
shaklida ishlab chiqariladi; 1 tabletkadan 1 marta ichiladi.
K a r b a m a z e p i n (Carbamazepine) 0,2 g li tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan (0,1 g) kuniga 2—3 marta
beriladi. Keyinchalik dozasi 0,4—1,2 g gacha oshiriladi (kuniga 4—
6 tabletka).
N a t r i y v a l p r o a t (Natrium valproatum) 0,15; 0,2; 0,3;
0,5 g li tabletka; 0,15 va 0,3 g li kapsulada ham ishlab chiqariladi.
1 tabletkadan (0,15 g) kuniga 2—3 marta buyuriladi, keyinchalik
preparat dozasi oshirib boriladi.
X l o r a k o n (Chloraconum). 0,25 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 0,5 g dan (2 tabletkadan) kuniga 3—4 marta ichiladi.
Zaruriyat tug‘ilsa, bir kecha-kunduzda 4 tagacha buyuriladi.
Parkinsonizmga qarshi dori vositalari
Parkinson kasalligi va parkinsonizm (Parkinson kasalligiga
o‘xshash simptomlar — alomatlar bilan kechadigan holat) tana
mushaklari tonusining oshishi, normal harakatlarning qiyinlashib
qolishi (spastik holat), qo‘l-oyoqlar, boshning to‘xtovsiz harakatda
(titrab, tebranib, tremor) turishi, yuz tuzilishining o‘zgarib
(niqoblanib) qolishi va boshqa belgilar bilan kechadi.
Bu kasallikda dofamin mediatorining kamayib ketishi natijasida
tormozlanish ta’sirining zaiflashishi kuzatiladi. Demak, bu
xastalikning davosi uchun ikki tizimning muvozanatini saqlab
turadigan yoki dofaminergik va xolinergik tizimga ta’sir etuvchi
preparatlar ishlatilishi o‘rinlidir. Shu maqsadda quyidagi pre-
paratlar qo‘llanadi:
— dofaminergik retseptorlarni qo‘zg‘atuvchi (dofaminergik)
preparatlar (levodopa, madopar, midantan, gludantan, memantin);


34
— xolinergik tizimni tormozlaydigan (atsetilxolinergik) prepa-
ratlar (siklodol, tropatsin, biðeriden, didiðel.).
Bemorga davo ko‘rsatishda bu dori preparatlari uzoq vaqt
davomida beriladi va ular vaqt-vaqti bilan almashtirib turiladi.
Levodopa. Preparat gematoensefalik to‘siqdan o‘tib, neyron-
larga kira oladigan va dofaminni ko‘paytiradigan dori vositasi
hisoblanadi. Dofaminning oshishi esa kasallik alomatlarini
kamaytiradi. Levodopa harakatsizlanish (akineziya)ga ko‘proq,
mushaklarning tonusi oshishi (rigidlik)ga kamroq, mushaklar
titrashi (tremor)ga yanada kuchsizroq ta’sir etadi. Preparatning
ta’siri sekin-asta namoyon bo‘lib, bir haftadan keyin boshlanadi
va bir oy mobaynida samarasi yuzaga chiqadi. Dori ta’sirida nutq
yaxshilanadi, so‘lak oqishi kamayadi. Levodopa bilan davo qilishda
uning dozasini oshirib turish tavsiya etiladi. Preparat ovqatdan
keyin ichiladi. Ko‘pincha levodopa markaziy va periferik
xolinoblokatorlar bilan birga tavsiya etilmaydi. Uning karbidopa
preparati bilan birga qo‘shilgan preparati (karbidopa-levodopa)
Respublika davlat reyestriga kiritilgan.
Midantan — dofaminergik retseptorlarning sezuvchanligini
oshiradi, neyronal depodan dofaminning ajralishini ko‘paytiradi,
uning qaytadan depoga so‘rilishini kamaytiradi. Preparat ta’sirida
akineziya va rigidlik ancha kamayadi. Òremorga deyarli ta’sir
etmaydi.
Siklodol. Farmakologik ta’siri bo‘yicha markaziy va periferik
ganglioblokator hisoblanadi. Bunda harakatlantiruvchi impuls-
larning neyronlararo o‘tishi to‘siladi. Natijada rigidlik va akineziya
sezilarli darajada kamayadi. Òitroq holatiga esa ta’siri kuchliroq.
Preparat og‘iz orqali qabul qilinganida so‘lak oqishi, terlash
qisman kamayadi. Preparat glaukoma kasalligida, taxiaritmiya va
adenomada qo‘llanilmaydi.
Siklodol O‘zbekiston davlat reyestriga va asosiy dori vositalari
ro‘yxatiga trigeksifenidil nomi bilan kiritilgan.
Preparatlar.
L e v o d o p a (Levodopa) 0,25 va 0,5 g dan kapsulada va
tabletkada ishlab chiqariladi. Boshlang‘ich dozasi 0,25 g dan
kuniga bir marta, keyinchalik har 2—3 kunda 0,25 g ga oshirib
boriladi. Bir kecha-kunduzlik maksimal dozasi 6 g.
M i d a n t a n (Midantanum) 0,1 g dan parda bilan
qoplangan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga
2—4 marta ovqatdan keyin ichiladi. Davo kursi 2—4 oy.
S i k l o d o l (Cyclodolum) 0,001; 0,002; 0,005 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,001—0,002 g dan ichish uchun kuniga


35
2—3 marta beriladi. Bir martalik yuqori dozasi — 0,01 g; kecha-
kunduzlik dozasi ham 0,01g.
Rp.: Tabl.Diðhenini N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin ichish
uchun.
Rp.: Tabl. Midantani 0,1 N. 100
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta.
Og‘riq qoldiruvchi dori vositalari
Insoniyatning evolutsion taraqqiyoti davomida paydo bo‘lgan
og‘riqni sezishni idrok etishi (analgetiklar) fiziologik jarayondir.
Bu hisning asosiy zaruriyati odam organizmiga xavf solayotgan
ta’sirot to‘g‘risida darak berish, shu bilan birga bunga qarshi tadbir
ko‘rish va bo‘lajak ko‘ngilsiz asoratlarning oldini olish
imkoniyatlarini ishga solishdir. Boshqacha aytganda, og‘riqning
bo‘lishi organizmni xavfli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgan.
Shu bilan birga, og‘riq sezgisi jarrohlik yo‘li bilan bemorlarga
davo ko‘rsatishda katta to‘siq hisoblanadi. Haddan tashqari og‘riq
bo‘lishi uyquning buzilishiga, notinchlikka, ish qobiliyati, hara-
katning pasayishiga, ayniqsa, og‘riqning zo‘rayib ketishi ancha
xavfli bo‘lgan karaxtlik holatiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan,
miokard infarkti, o‘tkir pankreatit, buyrak tosh kasalligining
xuruji, suyaklarning sinishi, xavfli o‘smalar, katta jarohatlanishlar
va shikastlanishlarda shu holatlar kuzatilishi mumkin.
Og‘riq sezgisi alohida sezuvchi nervlarning retseptorlari —
notsitseptorlar orqali amalga oshiriladi. Bular organizmning deyarli
hamma to‘qimalarida joylashgan sezuvchi nervlar (afferent nervlar
yoki markazga intiluvchi nervlar) tolalarining oxirida bo‘lib,
mexanik, fizikaviy, kimyoviy va boshqa ta’sirlar natijasida ularda
hosil bo‘lgan impulslar nerv tolalari orqali orqa miyaga o‘tib,
ko‘tariluvchi afferent yo‘l bilan retikular formatsiyaga, talamus,
giðotalamus, bazal gangliyalar, limbik tizim va, nihoyat, bosh
miya po‘stlog‘idagi sezish markaziga boradi, shundagina og‘riq
seziladi. Og‘riq sezgisi retseptorlarini endogen moddalar ham
ta’sirlab, og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin (masalan, gistamin,
bradikinin va boshqalar). Og‘riq sezish faqat jarrohatlanish, lat
yeyishda bo‘lib qolmasdan, to‘qimalarning yallig‘lanishi, shishlar,
ezilish, yaralar, qon yetishmagan to‘qimalarda ham paydo bo‘lishi
mumkin.
O‘tgan asrning 70-yillarida hayvonlarning miya to‘qimasida
og‘riq qoldiradigan moddalar topilgan (Djo Xyuz, Xao Li). Ular


36
neyropeptidlar bo‘lib, o‘z tarkibida turli aminokislotalar qoldi-
g‘ini saqlaydi (endorfin, enkefalin, dinorfinlar). Ushbu neyropep-
tidlar og‘riq impulslarini o‘tkazishda qatnashadigan opiat retsep-
torlarini bloklab, og‘riqni qoldiradi. Bu borada narkotik anal-
getiklarning o‘rnini bosadigan og‘riqsizlantiruvchi neyropeptid
moddalarni topish to‘g‘risida ishlar olib borilgan.
Òibbiyot amaliyotida, ayniqsa, anesteziologiyada ishlatiladigan
og‘riq qoldiruvchi dori vositalari farmakodinamikasi va ishlatilishi
bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: narkoz moddalari (umumiy
anestetiklar), narkotik analgetiklar, nonarkotik analgetiklar va
mahalliy anestetiklar.
Narkotik analgetiklar
Opiy (qora dori) ko‘knoridan olinadi. Bu guruhga markaziy
nerv tizimiga ta’sir etib, og‘riqni qoldiradigan dori preparatlari,
oftob ta’sirida qurib, qotib qoladigan o‘simlik shirasi kiradi. Uning
tarkibida 20 ga yaqin alkaloidlar mavjud. Bular orasida ko‘proq
uchraydigani morfin hisoblanadi. Ushbu alkaloidlar o‘zining
kimyoviy tuzilishi bo‘yicha 2 sinfga: fenantren va benzilizoxinolin
unumlariga bo‘linadi. Fenantren unumlariga morfin, kodein, dionin
va boshqalar, izoxinolin unumlariga esa papaverin va boshqalar
kiradi.
Ò a v s i f i :
A. Narkotik analgetiklar:
— morfin guruhiga mansub preparatlar: morfin, morfilong,
omnopon, kodein, etilmorfin gidroxlorid, nalorfin, pentazolin,
buprenorfin;
— feninpiðeridin va boshqa opioid sintetik analgetiklar:
promedol, prosidol, fentanil, remifentalin, loperamid, tramadol.
B. Opiat retseptorlar antagonistlari — nalokson, naltrekson.
Morfin gidroxlorid ikki yo‘nalishda: markaziy nerv tizimi va
mushaklarga farmakologik ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy nerv tizimiga ta’siri ahamiyatli hisoblanib, u turlicha
namoyon bo‘ladi. Uning ta’sirida bir qator bosh miya markaz-
larining faoliyati susayadi, ayrimlari esa aksincha zo‘rayadi (6-
rasm).
Morfinning markaziy nerv tizimi (sistemasi)ga susaytiruvchi-
tormozlovchi ta’siri quyidagilardan iborat:
Og‘riqsizlantiruvchi ta’siri. Morfinning bu ta’siri asosiy
farmakologik xossasi hisoblanib, tibbiyot amaliyotida aynan shu
maqsadda qo‘llaniladi. Og‘riqni qoldiruvchi ta’siri boshqa


37
analgetiklarga nisbatan ancha kuchliroq namoyon bo‘lib, surunkali
va kuchli og‘riqlarni bartaraf etadi. Keng tarqalgan tushuncha
bo‘yicha alkaloidning og‘riqsizlantiradigan ta’siri uning afferent
yo‘lining markaziy qismida impulslarning neyronlararo o‘tishini
susaytirishga hamda subyektiv emotsional og‘riq va bunga javoban
yuzaga keladigan reaksiyaning o‘zgarishiga bog‘liq deb qaraladi.
Bunday ta’sir natijasida kuchli og‘riq impulslarining bosh miya
talamus qismidagi afferent yo‘llaridan o‘tishi kamayadi. Morfin-
ning zikr etilgan ushbu effekti opiat retseptorlari orqali amalga
oshadi.
Òinchlantiruvchi ta’siri. Morfinning bunday samarasi
odamning ruhiy va jismoniy jihatdan tinchlantirishi bilan namoyon
bo‘ladi. Alkaloidning ko‘proq retikular formatsiyaga, shu bilan
birga giðotalamus va limbik tizimlarga bo‘lgan ta’siridan kelib chiqsa
kerak, degan fikrlar bor. Bunday ta’sir emotsional holatning
o‘zgarishiga va uyquga olib keladi.
Eyforiya holati. Morfinning ta’siri natijasida odamning
kayfiyati ko‘tariladi, ruhiy osoyishtalik seziladi, salbiy emotsional
kechinmalar, ko‘ngilsiz his-tuyg‘ular yo‘qola boradi. Ko‘ngli chog‘
bo‘ladi, tetiklik va yoqimli his-tuyg‘ular hukmronlik qiladi. Eyforiya
holatida og‘riqsizlantirishdan tashqari lohaslik, qo‘rquv, xavotir-
lanish, ochlik, chanqoqlik hislari yo‘qoladi. Atrof-muhitda yuz
berayotgan turli hodisalarga ijobiy baho beriladi. Eyforiya (kayf)
holati morfin takror qabul qilingach tez yuzaga chiqadi.
Odamning morfinga qaram bo‘lib qolishi — narkomaniya (bangilik,
giyohvandlik) holati eyforiya bilan tushuntiriladi.
6- rasm. Morfinning markaziy nerv sistemasiga ta’siri.
susaytiradi
bosh miya
po‘stlog‘i
og‘riq
markazi
nafas markazi
yo‘tal markazi
qusish markazi
tomir harakati
markazi
ko‘z harakati nerv
markazi
adashgan
nerv markazi
orqa miya neyroni
qo‘zg‘atadi


38
Uxlatuvchi ta’siri. Morfin o‘rtacha terapevtik dozada odamda
mudroq holatini keltirib chiqaradi, ayrim hollarda rosmana uyqu
bo‘ladi. Uyqu yengil va yuzaki bo‘lib, aniq tushlar ko‘rish bilan
davom etadi, tez-tez bo‘linib turadi. Uyquning bunday o‘ziga
xos yengil bo‘lishi morfin ta’sirida bir vaqtda markaziy nerv tizimi
ayrim markazlarining qo‘zg‘aluvchanligi oshishi bilan izohlanadi.
Nafas markaziga ta’siri. Morfin o‘rtacha terapevtik dozada
qisman, kattaroq dozada esa kuchliroq ta’sir etib, nafas
markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Natijada o‘pka
ventilatsiyasi kamayadi, nafas olish susayadi, tanada kislorod
yetishmasligi bilan bog‘liq o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Bu ta’sir
yosh bolalarda va qariyalarda ko‘proq seziladi.
Yo‘tal markaziga ta’siri. Morfinning susaytiruvchi ta’siri
natijasida yo‘tal refleksi ancha kamayadi. Shuning uchun ham
morfinning yo‘talga qarshi ta’siri yaqqol ko‘riladi.
Qusish markaziga ta’siri. Ko‘pchilik hollarda morfin qayt qilish
markazining qo‘zg‘alishini susaytiradi. Lekin ayrim hollarda va
ayniqsa itlarda bu markaz qo‘zg‘alib, qayt qilish kuzatiladi.
Bunday ta’sir bosh miyaning IV qorinchasi ostida joylashgan
„trigger zonasi“dagi xemoretseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan
tushuntiriladi.
Morfinning markaziy nerv tizimiga qo‘zg‘atuvchi ta’siri.
Morfin yuqorida qayd etilganlardan tashqari, bosh miyaning
ayrim markazlari faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
1. Ko‘z harakat nervi markazi qo‘zg‘alishi natijasida ko‘z
rangdor pardasidagi aylanma silliq mushaklarning qisqarishi
hisobiga ko‘z qorachig‘i torayadi. Yorug‘likka bo‘lgan refleks
saqlanadi.
2. Adashgan nerv markazining qo‘zg‘alishi natijasida yurak
urishi sekinlashadi (bradikardiya), nafas yo‘llari torayadi, nafas
olish qiyinlashadi, so‘lak oqishi ayrim hollarda kuzatiladi, qayt
qilish shu nerv faoliyatiga bog‘liq deb qaraladi.
Demak, morfinning markaziy nerv tizimiga bo‘lgan asosiy
ta’siri ancha murakkab va turlichadir. Ular orasida tibbiyot uchun
eng muhimi uning og‘riqsizlantiruvchi ta’siri hisoblanadi. Chunki
u mavjud analgetiklar orasida og‘riqni qoldirish xossasi bo‘yicha
yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Afsuski, uning qator kam-
chiliklari va nojo‘ya ta’sirlari ham mavjud.
Morfinning periferik ta’siri silliq mushakli a’zolarga qaratilgan.
U opiat retseptorlari bo‘lgan ko‘pchilik silliq mushaklarga bevosita
ta’sir etib, ularning tonusini oshiradi va qisqartiradi (6- rasmga
qarang). Ayniqsa, me’da-ichak yo‘li silliq mushaklari, sfinkterlar


39
qisqaradi, ichak peristaltikasi susayadi, ovqat massasining ichakdan
yurishi sekinlashadi. Natijada qabziyat kuzatiladi. Peshob
ajralishining qiyinlashishi qovuq sfinkterlarining qisqarib
qolishidan kelib chiqadi.
Morfinning ishlatilishi. Òibbiyot amaliyotida morfin gidro-
xloridi dori vositasi sifatida ko‘proq jarrohlik amaliyotidan oldin
va keyin kuchli og‘riq bilan kechadigan shikastlanish, kuyish
jarohatlarida, buyrak va o‘t tosh kasalliklari xurujida, miokard
infarktida, o‘tkir pankreatitda, endoarteritda (qorason), xavfli
o‘smalar va boshqa kasalliklarda tavsiya etilishi mumkin. Bunday
holatlarda morfinning qaramlik keltirib chiqarishini yodda tutib,
uning oldini olish tadbirlari ko‘riladi.
Qo‘llashga moneliklar. Morfin 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
va 60 yoshdan oshgan bemorlarga, tug‘ruqni og‘riqsizlantirish
maqsadida tavsiya etilmaydi. Chunki ularda morfin ta’sirida nafas
markazi tormozlanadi va nafas olish qiyinlashib, turli asoratlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, homiladorlikda, bronxial astmada, insult,
bosh miya jarohatlanishida, nafas yetishmovchiligi, yurak
faoliyatining o‘tkir va surunkali yetishmovchiligi va umuman
nimjonlikda berilmaydi.
Morfin bilan zaharlanish. Zaharlanish o‘tkir va surunkali
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘tkir zaharlanish morfin katta
dozalarda yuborilganda yuz beradi. Bunda alkaloidning farmakologik
ta’sirlariga xos bo‘lgan o‘zgarishlar chuqurroq shaklda namoyon
bo‘ladi. Chunonchi, komatoz holat — chuqur uyqu, es-hushning
kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi, nafasning susayishi, rang-ro‘yning
oqarishi, lablarning ko‘karishi, tana haroratining pasayishi, oyoq-
qo‘llarning muzlashi, ko‘z qorachig‘ining torayishi, yurak
urishining sekinlashishi, so‘lak ajralishining kuchayishi va boshqalar
shular jumlasidandir. Ayni vaqtda nafas harakatlari noto‘g‘ri,
notekis bo‘lib, siyraklashib, vaqt-vaqti bilan to‘xtab qoladi va
sekin-asta chuqurlasha boradi va bu holat takrorlanib turadi (7-
rasm). Ko‘pincha bunday zaharlanish qaramlik natijasida sodir
bo‘ladi. Chunki bunda morfinning katta dozalaridan foydalanishga
to‘g‘ri keladi.
Zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda
opiat retseptorlarning antagonisti bo‘lgan nalokson gidroxloridi
yuboriladi (8-rasm). Bu dori vositasi morfin keltirib chiqargan
nojo‘ya holatlarni (nafasning susayishi, komatoz holati va
boshqalarni) sekin-asta bartaraf etadi. Morfinni organizmdan
chiqarib yuborish maqsadida me’da kaliy permanganat


40
(1:2000—1:4000) eritmasi bilan qayta-qayta yuviladi (chunki
morfinning qondagi bir qismi me’da-ichak bo‘shlig‘iga chiqarib
turiladi). Undan keyin shimib oluvchi preparatlar (adsorbentlar
—faollashtirilgan ko‘mir), tuzli surgilar beriladi. Bemor issiqroq
xonaga o‘tkaziladi, oyoq-qo‘llariga isitgich qo‘yiladi. Nafas
susayishini bartaraf etish uchun analeptiklar (lobelin, sititon,
kofein) yuboriladi.
Surunkali zaharlanish (morfinizm). Morfin yoki uni saqlagan
qoradori qayta-qayta qabul qilinsa, qaramlik yuzaga chiqib, asta-
sekin kuchaya boradi va natijada surunkali zaharlanish — bangilik
(morfinizm) kelib chiqadi. Bunda odamda turli o‘zgarishlar
(odamlardan yakkalanish — odamovilik, atrofdagi hodisalarga
befarqlik, oila va tanishlarga e’tiborsizlik va boshqalar) kuzatiladi.
Morfinizmning asosiy belgisi abstinensiya — xumorlikdir. Bunda
jismoniy (tana mushaklarining tirishib qolishi, titrash, og‘riq
sezish va boshqa jismoniy belgilar), ruhiy qo‘zg‘alish (tajovuzkor-
lik, hayajonlanish, notinchlik, dovdirash va boshqalar) ham
namoyon bo‘ladi. Keyinchalik bangilik holati kuchaya borib,
degradatsiya (odamga xos bo‘lgan xususiyatlar — aql-idrok, iroda,
sezgirlik, farosat va boshqalarning yo‘qola borishi) yuz beradi.
Ularda ovqatga bo‘lgan talab, hodisalarga qiziqish, intilish pasaya
boradi. Odam o‘z qiyofasidan chiqa boshlaydi va ruhiy o‘zgarishlar
zo‘rayadi. Ko‘pchilik morfinistlar turli yuqumli va boshqa
kasalliklardan nobud bo‘ladi. Chunki ularning kasalliklarga qarshi
kurashish qobiliyati zaiflashgan bo‘ladi. Morfinistlarni davolash
maxsus kasalxonalarda (psixiatriya) uzoq vaqt va turli usullar
(psixoterapiya va boshqalar) bilan olib boriladi.
Asosiy preparatlarning tavsifi.
Morfin gidroxloridi (yuqorida keltirilgan ma’lumotlar morfin
preparatiga tegishli).
7- rasm. Morfin bilan o‘tkir zaharlanishda kuzatiladigan
Cheyn-Stoka nafasi.
8- rasm. Nalorfinning (2) morfinga (1) nisbatan
nafasga zid ta’siri (

).


2
1


41
Omnopon. Òarkibida fenantren va benzil izoxinolin unumlari
bo‘lgan alkaloidlarni saqlaydi. Shu sababdan uning farmakologik
ta’siri asosan morfin va papaveringa bog‘liq. Og‘riq qoldiruvchi
ta’siri kuchsizroq, silliq mushaklar spazmini bo‘shashtiradi. Shu
sababli omnopon asosan buyrak va o‘t yo‘llari tosh kasalligida,
ichak sanchiqlarida ishlatilishi mumkin.
Promedol. Morfinning o‘rnini bosadigan sintetik preparat
hisoblanadi. Og‘riqni qoldirish ta’siri bo‘yicha morfindan
kuchsizroq. Nafas markaziga salbiy ta’siri bilinar-bilinmas. Qusish
va adashgan nerv markaziga ta’siri ham kuchsiz. Eyforiya va
qaramlik holati kamroq bilinadi. Shu sababdan promedol tibbiyot
amaliyotida analgetik dori vositasi sifatida keng ishlatiladi. Bolalar
va qariyalarga ham tavsiya qilish mumkin.
Òramadol. Sintez yo‘li bilan olingan analgetik. Òurli sabablarga
ko‘ra kelib chiqqan kuchli va o‘rtacha og‘riqlarni qoldiradi. Òa’siri
15—30 min.dan keyin boshlanib, 3—5 soat davom etadi. Sedativ
ta’sir etadi. Òerapevtik dozada nafas markazini susaytirmaydi.
Eyforiya va qaramlik deyarli bilinmaydi.
3 - j a d v a l
Morfin guruhiga oid preparatlarni farmakologik ta’siri
bo‘yicha taqqoslash
r
a
lt
a
r
a
p
e
r
P
q
i
r
‘
g
O
-
i
d
l
o
q
i
h
c
v
u
r
i
r
i
s
’
a
t
s
a
f
a
N
-
r
a
m
a
g
i
z
a
k
i
r
i
s
’
a
t
l
a

o
Y
-
r
a
m
a
g
i
z
a
k
i
r
i
s
’
a
t
-
a
d
e
S
v
it
i
r
i
s
’
a
t
-
o
f
y
E
a
y
i
r
it
a
l
o
h
r
i
s
’
a
T
-
d
u
m
it
a
d
-
m
a
r
a
Q
k
il
it
a
l
o
h
n
if
r
o
M
n
o
p
o
n
m
O
l
o
d
e
m
o
r
P
l
o
d
a
m
a
r
T
li
n
a
t
n
e
P
n
i
e
d
o
K
n
if
r
o
m
li
t
E
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
„+“ belgisining son qiymati preparatning ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
Jadvalda keltirilgan dori vositalari O‘zbekiston davlat reyestriga
va asosiy preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Fentanil. Sintetik preparat bo‘lib, og‘riqsizlantiruvchi ta’siri
bo‘yicha morfinga nisbatan bir necha o‘n marta kuchli, ta’siri
tez boshlanadi, lekin ta’sir muddati qisqa (15—30 min). Eyforiya
kuzatiladi, nafas markazini susaytiradi. Bradikardiya beradi,


42
qaramlikka sabab bo‘lishi mumkin. Fentanilning analgetik ta’sirini
kuchaytirish va uzaytirish maqsadida u neyroleptik guruhga taalluqli
droperidol preparati bilan birga yoki ketma-ket yuboriladi.
Boshqacha aytganda neyroleptanalgeziya sifatida qo‘llaniladi. Asosan
kuchli og‘riqlar bilan kechadigan holatlarda (miokard infarkti,
xavfli o‘simtalar, og‘ir jarohatlanish, tananing kuyishi, shikast-
lanishi va boshqalar), shokning oldini olish, uni bartaraf etish
va boshqa maqsadlarda anesteziologiyada, travmatologiyada va
boshqa tibbiyot yo‘nalishlarida ishlatiladi (1—2 ml 0,25% li drope-
ridol, 1—2 ml 0,005% li fentanil mushaklar orasiga yuboriladi).
Fentanilning nojo‘ya ta’siri — so‘lakning ajralishi, bronxlarning
torayishi va bradikardiyani bartaraf etish maqsadida 0,1% atropin-
ning 1 ml eritmasi yuboriladi.
Nalokson gidroxlorid. Farmakologik ta’siri opiat retseptorlariga
qaratilgan bo‘lib, morfin keltirib chiqargan o‘zgarishlarni, ayniqsa
nafas susayishini bartaraf etadi. Boshqacha aytganda, morfinning
spetsifik antagonisti hisoblanadi. Preparat, asosan, narkotik
analgetiklar bilan o‘tkir zaharlanishda tavsiya etiladi. Inyeksiya
qilinganda ta’siri tez (1—3 min) boshlanib, 3—4 soatgacha davom
etadi. Nalokson kimyoviy tuzilishi bo‘yicha morfinga yaqin bo‘lgani
uchun morfinga nisbatan raqobat ta’sir etadi.
Kodein. Farmakologik ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha morfindan
farq qiladi. Uning og‘riqsizlantirish, eyforiya, uxlatuvchi, nafasni
susaytiruvchi ta’siri ancha kam. Lekin uning yo‘tal markaziga
susaytiruvchi ta’siri yaqqol seziladi. Shu sababdan kodein tibbiyot
amaliyotida yo‘talga qarshi dori vositasi sifatida keng ishlatiladi.
Bu borada kodein yo‘talga qarshi qo‘llaniladigan boshqa
preparatlar (glautsin, libeksin, tusupreks va boshqalar) orasida
eng samaralisi hisoblanadi.
Preparatlar.
M o r f i n g i d r o x l o r i d i (Morphini hydrocloridum). Kukun,
1% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Yuqori dozasi:
1 marta ichish va inyeksiya uchun — 0,02 g, bir kunlik dozasi
0,05 g buyuriladi.
O m n o p o n (Omnoponum) neogalen preparat. Bir necha
opiy alkaloidlarini saqlaydi. Kukun holida, 1—2% li eritmasi 1
ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Yuqori dozasi: 1 martalik
ichish va inyeksiya uchun 0,03 g, bir sutkalik dozasi 0,1g
buyuriladi.
P r o m e d o l (Promedolum) 0,02 g dan kukun va tabletka
shaklida, 1—2% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Yuqori dozasi: bir marta ichish uchun — 0,05 g, bir sutkalik


43
dozasi 0,2 g; teri ostiga bir marta 0,04 g, sutkaligi 0,16 g
buyuriladi.
F e n t a n i l (Phentanilum) 0,005% li eritmasi 2—10 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. 0,005% li eritmasi 1—2 ml dan venaga
yuboriladi.
Ò r a m a d o l (Tramadol hydrochloridum) 0,05 g dan
kapsulada; flakonda va ampulada (1 ml, 50 ml); 1 ml dan va
2 ml (100 mg); shamchalarda (100 mg) ishlab chiqariladi.
K o d e i n (Codeinum). Kukun holida 0,01—0,02 g dan
ovqatdan oldin ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi bir marta
0,05 g, bir sutkada 0,2 g buyuriladi.
K o d e i n f o s f a t (Codeini phosphatum) Kukun, 0,01—0,02 g
dan 1 marta ichish uchun; tomchi va mikstura shaklida ham
ovqatdan oldin ichiladi. Yuqori dozasi bir marta ichish uchun
0,1 g, bir sutkada 0,3 g buyuriladi.
E t i l m o r f i n g i d r o x l o r i d (Ethylmorphini hydroch-
loridum) 0,015 g dan kukun va tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Kuniga 2—3 marta ichish uchun, 1—10% li etirmasi 1—2
tomchidan ko‘zga tomiziladi, bir marta ichish uchun 0,03 g,
sutkalik dozasi 0,1 g.
N a l o k s o n (Naloxane hydrochloridi) ampulada 1 ml (0,4
mg) dan ishlab chiqariladi. Chaqaloqlar uchun 1 ml (0,02 mg)
dan ishlab chiqariladi.
Nonarkotik analgetiklar
Nonarkotik analgetiklar sintetik dori vositalari bo‘lib, og‘riq
qoldiradigan, isitma tushiradigan va yallig‘lanishga qarshi ta’sir
ko‘rsatadi. Ular kimyoviy tuzilishi, olinishi, farmakodinamikasi,
qo‘llanilishi bo‘yicha narkotik analgetiklardan tubdan farq qiladi:
uyqu chaqirmaydi, nafas va yo‘tal markazlariga ta’sir etmaydi,
eyforiya, qaramlik bermaydi. Shu bilan birga turli farmakologik
ta’sir ko‘rsatadi va tibbiyot amaliyotida ko‘p yillar mobaynida
keng qo‘llaniladi. Bu guruhga taalluqli ko‘pchilik preparatlarga xos
bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi ta’siri asosiy bo‘lgani uchun ularni
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar deb ham yuritiladi.
Nonarkotik analgetiklar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha 4 sinf
moddalarga taalluqli: anilin unumlari, pirazolon unumlari, salitsil
kislota unumlari va boshqa kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan
preparatlar.
Nonarkotik analgetiklarning ta’siri asosan 3 xil: og‘riq
qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir
ko‘rsatadi (4- jadval).


44
4 - j a d v a l
Nonarkotik analgetiklarning farmakologik ta’siri
r
a
l
h
u
r
u
G
q
i
r
‘
g
O
i
h
c
v
u
r
i
d
l
o
q
a
m
ti
s
I
i
h
c
v
u
r
i
h
s
u
t
a
g
h
s
i
n
a

g
il
l
a
Y
i
r
i
s
’
a
t
i
h
s
r
a
q
,
n
it
e
s
a
n
e
f
(
i
r
a
l
m
u
n
u
n
il
i
n
A
)
l
o
m
a
t
e
s
a
r
a
p
i
r
a
l
m
u
n
u
n
o
l
o
z
a
r
i
P
,
n
i
r
i
p
o
d
i
m
a
,
n
i
r
i
p
it
n
a
(
)
n
i
g
l
a
n
a
li
s
ti
l
a
s
li
t
e
s
t
a
(
r
a
lt
a
li
s
ti
l
a
S
,t
a
li
s
ti
l
a
s
y
i
r
t
a
n
,
a
t
o
l
s
i
k
)
d
i
m
a
li
s
ti
l
a
s
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
+
+
+
+
+
+
„+“ belgisining son qiymati preparatning ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
Og‘riq qoldiruvchi ta’siri. Nonarkotik analgetiklarning bunday
ta’siri narkotik analgetiklarga nisbatan kuchsiz. Bular jarohatlanish,
shikastlanish va boshqa sabablarga aloqador kuchli og‘riqlarga ta’sir
etmaydi. Asosan, yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
og‘riqlarni, nevrologik og‘riqlarni qoldiradi. Masalan, miozit
(muskullarning yallig‘lanishi), pleksit (nerv tugunlarining yallig‘la-
nishi), nevrit (nervning yallig‘lanishi), pulpit (tish pulpasining
yallig‘lanishi), artrit, poliartritlar (bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi),
bosh og‘rig‘i va hokazolarga aloqador og‘riqlarni kamaytiradi.
Preparatlarning ta’sir mexanizmi zamon tushunchalariga ko‘ra,
nonarkotik analgetiklar prostaglandinlar sintezini kamaytirib,
nositseptorlar ta’siriga sezuvchanligini susaytiradi. Bundan
tashqari, bu preparatlarning og‘riq qoldiruvchi ta’siri ularning
yallig‘lanish jarayonini kamaytirishiga ham bog‘liq deb hisoblanadi.
Isitma tushiruvchi ta’siri. Issiqqonli hayvonlar va odam
organizmining harorati normal sharoitda bir me’yorda — o‘zgar-
magan holda turadi.
Nonarkotik analgetiklarning isitmani tushirishi tana harorati
ko‘tarilganda — isitma chiqqanda yaxshi namoyon bo‘ladi. Bunda
preparatlar ta’sirida prostaglandin sintezining susayishi hisobiga
uning issiqlikni idora etuvchi markazga ko‘rsatadigan pirogen (isitma
ko‘taruvchi) ta’siri ham susayadi. Bu o‘z navbatida issiqlikni idora
etuvchi markazning qo‘zg‘aluvchanligi pasayishiga va shu sababli
teri qon tomirlari kengayishi va ter chiqishi hisobiga tanadan
issiqlik chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa isitmani tushirishga sabab
bo‘ladi (9- rasm).


45
Yallig‘lanishga qarshi ta’siri. Ma’lumki, tanada bo‘ladigan
ko‘pchilik kasalliklar yallig‘lanish jarayoni bilan birga davom etadi.
Yallig‘lanishga xos bo‘lgan o‘zgarishlar — to‘qimaning qizarishi,
shishishi, haroratning ko‘tarilishi, og‘riq va shu to‘qimaga taalluqli
a’zolar faoliyatining buzilishi nonarkotik analgetiklarning ta’sirida
kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Preparatlarning yallig‘lanishga
qarshi bunday ta’siri, ayniqsa, revmatizm kasalligida ro‘y-rost
namoyon bo‘ladi.
Anilin unumlariga fenatsetin va parasetamol preparatlari kiradi.
Ular asosan og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega.
Shuning uchun ham ular ko‘pincha bosh, tish og‘rig‘ida va uncha
kuchli bo‘lmagan boshqa xil og‘riqlarda tavsiya etiladi. Bu
preparatlar farmakologik xossalari, ishlatilishi jihatidan bir xil.
Me’da-ichakdan tez so‘riladi va konyugatsiyalanib, kimyoviy
tuzilishi o‘zgarib buyraklardan chiqib ketadi. Òerapevtik dozalarda
anilin unumlari deyarli nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi, ko‘ngilsiz
asoratlar bermaydi. Lekin uzoq vaqt davomida berilsa, ayniqsa,
fenatsetin dozasi oshirib yuborilsa, qonda metgemoglobin va
sulfgemoglobin hosil bo‘lib, gemolitik kamqonlik vujudga kelishi
mumkin. Bunday hollarda dorilarni berish to‘xtatiladi. Simptomatik
davo qilinadi (1% li metil ko‘ki venaga yuboriladi, qon quyiladi
va boshqalar).
Pirazolon unumlariga analgin, amidopirin, butadion, antiðirin
kiradi. Bularning asosiy farmakologik xossalari: og‘riq qoldiruvchi,
isitma tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Og‘riqsizlantiruvchi ta’siri bo‘yicha pirazolon unumlari nonarkotik
analgetiklar orasida ancha samaralidir. Ular yallig‘lanishga aloqador
va nevrologik og‘riqlar (tish og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, miozit, nevrit,
9- rasm. Natriy salitsilatning issiqlik ishlab chiqarishga (oq ustun)
va issiqlik ajralib chiqishiga (qora ustun) ta’siri.
20
40
60
80
36,6°C
39,4°C
37°C
1 soatda k/kaloriya miqdori


46
artrit va poliartritlar, pleksit va boshqalar)ni yaxshi qoldiradi.
Analgin hattoki buyrak toshi, o‘t toshiga aloqador kuchli og‘riq-
larda ham qo‘llaniladi. Uni narkotik analgetiklar, neyroleptiklar,
xolinoblokatorlar, spazmolitiklar va boshqalar (tempalgin, baral-
gin va boshqalar) bilan birga qo‘llash yaxshi samara beradi.
Pirazolon unumlari isitma tushirish va yallig‘lanishga qarshi
ta’siri bo‘yicha salitsilatlarga yaqinlashadi. Shu sababli bu guruh
preparatlar revmatizm kasalligida ham tavsiya etilishi mumkin.
Butadion o‘zining farmakologik xossasi bo‘yicha yallig‘lanishga
qarshi ancha samarali preparat hisoblanadi. Shu bilan birga
pirazolon unumlari nojo‘ya ta’sirga ham ega. Masalan, amidopirin
va analginni uzoq vaqt yoki katta dozalarda iste’mol qilinsa,
ko‘pincha oq qon tanachalari kamayib, agranulositoz yoki leyko-
peniya boshlanadi. Bu holat bemor organizmi uchun ancha xavfli
hisoblanadi. Chunki organizmning kasallikka nisbatan qarshiligi
pasayadi va ko‘pincha organizm har xil yuqumli kasalliklarga
chalinadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun bu preparatlarni
ishlatish davomida qondagi leykositlar soni nazorat qilib turiladi.
Butadion tibbiyotda, asosan, revmatizm va podagra kasalliklarida
buyuriladi. U pirazolon unumlari ichida asorati va salbiy ta’siri
ko‘proq bo‘lgan preparatlardan hisoblanadi, ayni vaqtda u
mahalliy ta’sir ham ko‘rsatadi. Shuning uchun ham butadion och
qoringa, nahorga berilmaydi. Aks holda preparat qorin og‘rig‘i,
ko‘ngil aynishi, qusish, me’dadan qon ketishi va boshqalarga sabab
bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda butadion shish kelishi, allergik
reaksiyalar boshlanishi, agranulositoz va aplastik kamqonlik keltirib
chiqaradi. Shuning uchun kamqonlikda, me’da-ichak kasalliklari,
yurak faoliyatining yetishmovchiligi va jigar kasalliklarida butadion
berilmaydi.
Salitsilatlarga — salitsil kislota, metil salitsilat, natriy
salitsilat, salitsilamid, atsetilsalitsil kislota kiradi. Ularning
farmakologik xususiyatida yallig‘lanishga qarshi ta’siri birinchi
o‘rinda turadi, ikkinchi o‘rinda esa isitma tushiruvchi va oxirgi
o‘rinni og‘riqni qoldiruvchi ta’siri egallaydi. Salitsilat, salitsilamid,
atsetilsalitsil kislota revmatizm kasalligining oldini olish va unga
davo qilish uchun ayniqsa ko‘p ishlatiladigan preparatlardan. Bu
preparatlarga yana boshqa ta’sirlar xosdir. Masalan, atsetilsalitsil
kislota trombotsitlar agregatsiyasini (bir-biriga yopishishi) kamay-
tirib, tromblar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi (antiagregant ta’sir).
Salitsilatlar katta dozalarda ishlatilganda giðofizdan AKÒG
gormoni chiqishini ko‘paytiradi. Natijada buyrakusti bezlari po‘st-
log‘idan glukokortikoidlar ishlanib chiqishi kuchayadi. Salitsilatlar


47
diabet kasalligida uglevodlar almashinuviga ta’sir etib, qondagi
qand miqdorini kamaytiradi.
Salitsilatlarning nojo‘ya ta’siri ko‘pincha me’da-ichak tizimidagi
dispeptik o‘zgarishlar ko‘rinishida (ko‘ngil aynishi, qusish, ich
ketishi, qorin og‘rig‘i va boshqalar) namoyon bo‘ladi. Ayniqsa,
aspirin och qoringa uzoq vaqt ichib yuriladigan bo‘lsa, bu
asoratlar me’dada yara hosil qiladi va qon ketishi mumkin. Shu
sababli ham aspirinni yosh bolalarga buyurish xavflidir, chunki
ular me’dasining shilliq pardasi ancha nozik bo‘lib, tezda
shikastlanadi. Bundan tashqari, salitsilatlarni doimiy ravishda qabul
qilish quloq og‘ir tortib qolishiga va allergik reaksiyalarga sabab
bo‘lishi mumkin. Bu asoratlar yuz bersa, preparatlarni berish
to‘xtatiladi. Ularga qarshi simtomatik davo qilinadi (allergiyaga
qarshi, siydik haydovchi dorilar, dezintoksikatsion suyuqliklar va
boshqalar buyuriladi).
Farmakologik ta’siri bo‘yicha salitsilatlarga yaqin turadigan,
lekin ta’siri ancha kuchli — kor qiladigan preparatlar ma’lum.
Ular asosan revmatizmga qarshi keng ishlatiladi. Indometatsin,
brufen, naproksen, diklofenak natriy va boshqalar shular jum-
lasidandir.
Indometatsin — indol sirka kislota unumi bo‘lib, yallig‘lanishga
qarshi ta’siri bo‘yicha ancha samarali (salitsilat va butadiondan
kuchli) preparat hisoblanadi. U ham og‘riq qoldiradi, ham isitma
tushiradi. Indometatsin revmatizm va unga o‘xshash bo‘g‘im
kasalliklari (artrit, poliartritlar), podagrada keng qo‘llaniladi. Pre-
parat nojo‘ya ta’sirga ham ega. Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh
og‘rig‘i, bosh aylanishi, ayrim hollarda esa agranulositoz va aplastik
kamqonlikka sabab bo‘lishi mumkin. Umuman indometatsin ancha
naf beradigan dori preparati bo‘lishi bilan birga, bir qadar
zararli hamdir. Indometatsin ham, aspirin singari, me’da, o‘n
ikki barmoqli ichak yara kasalligida berilmaydi.
Diklofenak (ortofen) yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi
va isitma tushiruvchi ta’sirga ega. Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq
qoldiruvchi ta’siri bo‘yicha aspirin, butadion va ibuprofendan
kuchli. Revmatizmga qarshi samarasi bo‘yicha prednizolon va
indometatsindan qolishmaydi.
Brufen (ibuprofen) fenilpropionat kislota unumi bo‘lib,
yallig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha butadionga yaqinlashadi, lekin
salitsilatlardan kuchli. Brufen indometatsinga nisbatan xavfsiz.
Nojo‘ya ta’siri va beradigan asoratlari kamroq, asosan me’da-ichak
tizimi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bemorlarga bu preparat ko‘proq yoqadi.


48
Naproksen — naftil propionat kislotasi unumi. Yallig‘lanishga
qarshi va og‘riqni qoldiruvchi preparat. Òa’siri uzoqroq
cho‘ziladigan bo‘lgani uchun bir kecha-kunduzda faqat ikki marta
buyuriladi. Og‘riq qoldiradigan ta’siri ancha sezilarli.
Preparatlar.
F e n a t s e t i n (Phenacetinum) 0,25 g dan kukun, tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,25—0,5 g dan kuniga 2—3 marta ichish
uchun tavsiya etiladi.
P a r a s e t a m o l (Paracetamolum) 0,2 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 0,2—0,4 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun
beriladi.
A n a l g i n (Analginum) 0,5 g dan kukun va tabletka shaklida,
25—50% li eritmasi ampulada 1 ml dan ishlab chiqariladi. Yuqori
dozasi: bir martalik ichish uchun 1 g, sutkalik dozasi 3 g.
B a r a l g i n (Baralgin). Òarkibida analgin, pitofenon gidro-
xlorid (spazmolitik, xolinolitik), feniverin bromid (spazmolitik,
ganglioblokator) saqlaydi. Òabletka va ampulada (5 ml) ishlab
chiqariladi.
A m i d o p i r i n (Amidopyrinum) 0,25 g dan kukun, tabletka
shaklida, 4% li eritmasi ampulada 5 ml dan ishlab chiqariladi.
0,25 g dan 2—3 marta ichish uchun buyuriladi, mushaklar orasiga
inyeksiya qilinadi.
B u t a d i o n (Butadionum) 0,5—0,15 g dan kukun, tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,1—0,15 g dan 4—6 marta ovqatdan
keyin ichish uchun buyuriladi.
A ts e t i l s a l i ts i l k i s l o t a (Acidum acettylsalicylicum)
0,25—0,5 g dan kukun, tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,25—
0,5 g dan kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin ichish uchun
buyuriladi.
N a t r i y s a l i t s i l a t (Natrii salicylas). 0,5—1 g dan kukun
va tabletka shaklida, 10% li eritmasi 5 ml li ampulada ishlab
chiqariladi.
S a l i t s i l a m i d (Salicylamidum) 0,25—0,5 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,25—0,5 g dan kuniga 2—3 marta ichish
uchun beriladi.
I n d o m e t a t s i n (Indometacinum) 0,025 g dan kapsula,
draje, suppozitoriy shaklida 0,005 g dan ishlab chiqariladi. 0,025—
0,05 g dan 2—4 marta ovqatdan keyin ichish uchun buyuriladi;
0,05 g dan to‘g‘ri ichakka yuboriladi.
I b u p r o f e n (Ibuprofenum) 0,2 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. 0,2—0,4 g dan kuniga 3 marta ichish uchun, birinchi
tabletka nahorga, qolganlari esa ovqatdan so‘ng beriladi.


49
N a p r o k s e n (Naproxenum) 0,025 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi; 0,025 g dan kuniga 2 marta ichish uchun
beriladi.
D i k l o f e n a k (Diclofenac) 0,025 g (kattalar uchun) va
0,015 g (bolalar uchun) tabletka; 2,5% li eritmasi 3 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi.
Rp.: Sol. Promedoli 2%—1 ml
D.t.d. N. 5
S. 1 ampuladan teri ostiga yuborish uchun.
#
Rp.: Tabl. Codeini purii 0,01
D.t.d. N. 5
S. 1 tabletkadan yo‘talni kamaytirish uchun ichiladi.
#
Rp.: Tabl. Analgini 0,5
D.t.d. N. 10
S. 1 tabletkadan bosh og‘rig‘iga ichiladi.
#
Rp.: Tabl. Ibuprofeni 0,2
D.t.d. N. 20
S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin ichiladi.
Psixotrop dori vositalari
Bu guruh dori vositalar odamning oliy nerv faoliyatiga tanlab
ta’sir etib, ruhiy-emotsional, kayfiyat va boshqa holatlarni
o‘zgartiradigan preparatlarni o‘z ichiga oladi. Ular ta’sir turi,
mexanizmi, ishlatilishi va boshqa ko‘rsatkichlari jihatidan har xil
farmakologik guruhga mansub bo‘lib, turli kimyoviy sinflarga kiradi.
Ular farmakologik ta’siri, ta’sir mexanizmi, kimyoviy tuzi-
lishi va ishlatilishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Òa’sirning xiliga
qarab ular ikki guruhga — psixosedativ va psixostimulator vosita-
larga bo‘linadi.
Psixosedativ vositalar
Psixosedativ vositalar deb, ruhiy emotsional qo‘zg‘alishni
tinchlantiruvchi dori vositalariga aytiladi. Preparatlarning bunday
ta’siri asosan ruhiy va emotsional tizim faoliyatining buzilishi
natijasida kelib chiqadigan o‘zgarishlarda yaxshi namoyon bo‘lib,
ta’siri ko‘proq bilinadi. Ruhiy holat, vajohatlanish, hayajonlanish,
harakatning qo‘zg‘alishi tinchlanadi. Bular odamning es-hushiga
ta’sir qilmaydi, uyquga sabab bo‘lmaydi.


50
Psixosedativ vositalar farmakologik ta’siri bo‘yicha neyrolep-
tiklar, trankvilizatorlar va sedativ vositalarga bo‘linadi.
Neyroleptiklar
Neyroleptiklarning kimyoviy tuzilishi bo‘yicha tasnifi:

fenotiazin unumlari (aminazin, propazin, levomepromazin,
alimemazin, meterazin, etaperazin, triftazin, ftorfenazin,
tioproperazin);

tioksanten unumlari (xlorprotiksen, zuklopentiksol);

butirofenon hosilalari (galoperidol, trifluperidol, drope-
ridol, benpiridol);

difenilbutilpiðeridin hosilalari (flushpirilen, pimozid,
penfluridol);

dibenzodiazepin hosilalari (azaleptin, olanzapin);

indol unumlari (karbidin);

benzamid hosilalari (sulpirid, tiaprid, sultoprid).
Bularning orasida fenotiazin unumlari asosiy neyroleptiklardan
hisoblanadi.
Neyroleptiklarning ta’sir doirasi ancha keng, shunga ko‘ra
ko‘pchilik kasalliklarni davolashda durustgina naf beradigan
preparatlar hisoblanadi (5- jadval).
5 - j a d v a l
Neyroleptiklarni farmakologik ta’siri bo‘yicha taqqoslash
r
a
lt
a
r
a
p
e
r
P
i
r
i
s
’
a
t
k
i
g
o
l
o
k
a
m
r
a
F
-
i
v
k
n
a
r
T
k
il
r
o
t
a
z
il
i
n
z
o
k
r
a
N
h
s
a
ll
a
i
s
n
e
t
o
p
a
g
h
s
i
s
u
Q
i
h
s
r
a
q
v
i
z
n
e
t
o
p
i
G
-
r
e
t
o
p
i
G
k
i
m
n
i
z
a
n
i
m
A
n
i
z
a
r
e
p
a
t
E
n
i
z
a
tf
i
r
T
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
„+“ belgilarning son qiymati preparatning ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
Bu guruhga kiruvchi preparatlarning bir qancha asosiy
farmakologik xossalari quyidagilardan iborat.
Òinchlantiruvchi ta’siri. Neyroleptiklarning bunday ta’siri
asosiy bo‘lib, psixomotor yoki ruhiy, harakat qo‘zg‘alishi holla-
rida yaxshi namoyon bo‘ladi. Xususan, kasalning ruhiyati
buzilishiga aloqador qo‘zg‘alish holati (agressiv holat, harakat
qo‘zg‘alishi, ruhiy qo‘zg‘alish, bezovtalik, vahima va xavotirlanish


51
hislari) kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi (10- rasm); bemor
tinchlanadi.Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi ta’siri antiðsixotik
effekt bilan namoyon bo‘ladi. Ularning bunday ta’siri natijasida
ruhiy kasallikda kuzatiladigan og‘ir kechadigan belgilari — alah-
lash (noto‘g‘ri fikrlash va xulosa chiqarish tafakkurning buzilishi),
gallutsinatsiya (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m sezishning buzilishi,
yo‘q narsalarni ko‘rishi va eshitish) bartaraf etiladi.
Potensiallovchi ta’siri. Ko‘pchilik neyroleptiklar bir qancha
preparatlarning, chunonchi, narkoz vositalari, uxlatuvchi va og‘riq
qoldiruvchi (ayniqsa, narkotik analgetiklar) dorilarning ta’sir kuchi
va muddatini oshiradi. Shu bilan bir qatorda ayrim neyroleptiklar
analgetiklar bilan birga ishlatilganda yangicha farmakologik ta’sir
ham yuzaga chiqadi. Neyroleptiklarning bunday xususiyati tibbiyot
amaliyoti uchun ancha muhimdir. Shuning uchun neyroleptiklar
jarrohlik amaliyotida — anesteziologiyada, bemorni operatsiyaga
tayorlashda neyroleptoanalgeziya uchun ishlatiladi.
Giðotenziv ta’siri. Ayrim neyroleptik preparatlar markaziy
nerv tizimiga tinchlantiruvchi va turlicha ta’sir ko‘rsatib, ko‘pchilik
hollarda qon tomirlarini kengaytiradi va shu yo‘l bilan qon
bosimini asta-sekin pasaytiradi. Preparatlarning bunday giðotenziv
ta’siri qon bosimi ko‘tarilganda — giðertoniyada ancha yaxshi
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham bu guruh preparatlar,
ayniqsa rezerpin, giðertoniya kasalligida ishonchli va samarali
bo‘lib, keng qo‘llaniladi.
Qusishga qarshi ta’siri. Bu guruh ayrim vakillarining
(etaperazin) ta’siri natijasida bosh miyaning IV qorinchasida
joylashgan qusish markazini ishga tushiruvchi tuzilmalar „trigger
zonasi“ning faoliyatini susaytiradi. Boshqacha aytganda,
10- rasm. Kalamushlarning elektr toki ta’sirida tajovuzkorlik
holati (a) va trankvilizatorlar ta’sirida bu holatning
qaytarilmasligi (b).
a
b


52
neyroleptiklarning qusishga qarshi ta’siri ularning qusish markazini
tormozlab qo‘yishiga bog‘liq. Bu preparatlar turli sabablarga ko‘ra
to‘xtovsiz qusish hollarida yaxshi kor qiladi (homiladorlik, miya
o‘smalari, nur kasalligi, zaharlanish).
Giðotermik ta’siri. Neyroleptiklar tarkibiga kiradigan ayrim
preparatlar issiqlikni idora etuvchi markaz qo‘zg‘aluvchanligini
susaytirishi natijasida, tanadan ko‘p issiqlik chiqishi va issiqlik
ishlab chiqarishning kamayishi hisobiga tana haroratini pasaytiradi.
Bunday giðotermiya tashqi muhit harorati pastroq bo‘lganda
aniqroq namoyon bo‘ladi.
Allergiyaga qarshi ta’siri. Bunday ta’sir ko‘proq aminazinga
xosdir. Aminazin gistaminoretseptorlarni to‘sib qo‘yishi sababli
ko‘pchilik allergik holatlarni bartaraf etadi, shu bilan bir qatorda
bu o‘zgarishlarning oldini oladi. Aminazin allergiyaga qarshi dori
sifatida deyarli ishlatilmaydi, chunki uning asosida sintez qilingan,
ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadigan va samarali yangi dori preparatlari
ma’lum (diðrazin).
Òana mushaklarini bo‘shashtiradigan, ya’ni miorelak-
satsiyalovchi ta’siri. Ayrim neyroleptiklar tana mushaklari tonusini
pasaytirib, tana harakati faolligini kamaytiradi. Ularning bunday
ta’siri retikular formatsiyaga kor qilishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Periferik ta’siri. Ko‘pchilik neyroleptiklar vegetativ nerv
tizimiga adrenoblokator, simpatolitik va M-xolinoblokator sifatida
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ular so‘lak, bronxlar va
me’da sekretsiyasini kamaytiradi.
Òa’sir mexanizmi. Neyroleptiklarning asosiy tinchlantiruvchi
ta’siri ularning qisman retikular formatsiyani susaytirishi bilan
ifodalanadi. Natijada, retikular formatsiyada bosh miya markaz-
larining faoliyatini qo‘zg‘atadigan impulslar kuchaymaydi. Mar-
kaziy nerv tizimi faoliyati susayadi, odam ruhiy orom olib,
harakatlari ham tinchlanadi. Bundan tashqari, neyroleptiklar
dofaminergik retseptorlar (D

—retseptorlar)ni to‘sib qo‘yish yo‘li
bilan ham ko‘proq antiðsixotik ta’sir ko‘rsatadi. Neyroleptiklarning
tinchlantiruvchi xossasi ularning limbik tizimiga va giðotalamusga
kor qilishiga bog‘liqligi ham inkor etilmaydi.
Qo‘llanilishi. Neyroleptiklar ko‘proq psixiatriya amaliyotida
qo‘llaniladi. Ayniqsa, psixomotor qo‘zg‘alish, ya’ni ruhiy va hara-
kat reaksiyalarining kuchayishi bilan birga davom etadigan ruhiy,
nevrotik kasallik va holatlarda bu preparatlar ko‘p tavsiya etiladi.
Bu preparatlar shizofreniya, alkogolizm va narkotik moddalar
tufayli bo‘ladigan psixoz holatlarida ham beriladi. Jarrohlik
amaliyotida esa neyroleptanalgeziya uchun, og‘riq qoldiruvchi,


53
narkoz uchun ishlatiladigan preparatlarning kuchini oshirish
(potensiyalash) maqsadida anesteziologiyada qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, qattiq og‘riq bo‘ladigan hamma holat va kasalliklarda
(miokard infarkti, xavfli o‘smalar, buyrak va o‘t toshi kasalligi
xurujida, o‘tkir pankreatit, endoarterit va boshqalar), karaxtlikning
oldini olish va uni davolash uchun neyroleptiklar (droperidol)
narkotik analgetiklar (fentanil, promedol) bilan birga qo‘llanadi.
Neyroleptiklar ko‘pincha giðertoniya krizi paytida, ayniqsa,
giðertenziya (giðertoniya) kasalligida kor qiladigan dorilardandir.
Aminazin, asosan rezerpin va tarkibida rezerpin saqlagan boshqa
preparatlar ana shunday dorilardandir. Neyroleptiklarning ayrimlari
homiladorlik toksikozlarida markaziy nerv tizimi va organizmning
zaharlanishi tufayli to‘xtovsiz qusish hollarida buyuriladi.
Moneliklar. Ko‘pchilik neyroleptiklarni, ayniqsa, fenotiazin
unumlarini jigar, buyrakning og‘ir kasalliklari, umumiy tushkunlik
(depressiya) holati, uyqu, narkoz, og‘riqni qoldiruvchi dorilar
bilan zaharlanish, giðotoniyada qo‘llab bo‘lmaydi.
Zaharlanish. Neyroleptiklar uzoq vaqt va katta dozalarda
ishlatilganida zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunda odamda
umumiy bo‘shashish kuzatiladi, tonus pasayadi va ruhiy
tushkunlikka tushib, uyquchan, kamharakat bo‘lib qoladi, atrof-
muhitdagi voqealarga qiziqmay qo‘yadi, juda beparvo bo‘lib,
hadeb mudrayveradi. Shunday hollarda preparatlarni qabul qilish
to‘xtatilib, ularning antogonistlari, psixostimulatorlardan kofein,
fenamin hamda antidepressantlar tavsiya etiladi.
Bulardan tashqari, neyroleptiklar ekstrapiramidal o‘zgarishlar
berishi mumkin. Masalan, parkinsonizm (qo‘lning titrashi va h.k.),
katatoniya holati (mushaklarning tortishib qolishi), katalepsiya
holati (o‘z xohishicha bajariladigan harakat faoliyatining buzilishi)
va boshqalar. Ayrim hollarda fenatiazin unumlari allergiya holatini
keltirib chiqaradi. Bunday hollarda preparatlar berilishi to‘xtatiladi
va zaruriyat tug‘ilsa, simptomatik davo ko‘rsatiladi.
Aminazin. Neyroleptiklarning yuqorida qayd etilgan farma-
kologik xususiyatlari aminazinga xosdir. Aminazinning antiðsixotik,
tinchlantiruvchi ta’siri ancha kuchli, potensiyalovchi, giðotenziv,
giðotermik va periferik (xolinolitik va adrenolitik) ta’sirlari ham
bir qadar sezilarli. Bundan tashqari, u qusishga qarshi yaxshi
kor qilib, tana mushaklarini sezilarli darajada bo‘shashtiradi. Bu
preparat ko‘pincha ruhiy va harakat qo‘zg‘alishi bilan kechadigan
kasalliklarda — psixoz holatlarida qo‘llanadi.
Aminazinning nojo‘ya ta’sirlaridan biri to‘qimani mahalliy
qitiqlovchi ta’siri hisoblanadi. Natijada aminazin tushgan joyda


54
to‘qimaning qizarishi (giðeremiya), achishishi va qichishi kuzatiladi.
Preparat mushaklar orasiga inyeksiya qilinsa, infiltratlar paydo
bo‘lishi, venaga yuborilganida esa tromboflebitlar boshlanishi
mumkin. Shuning uchun, aminazinning bunday ta’sirini kamaytirish
maqsadida turli choralar ko‘riladi. Chunonchi, aminazinni
muskullar orasiga yuborishdan oldin novokainning 0,5% eritmasi
yoki osh tuzining izotonik eritmasida (0,9%), venaga yuborishdan
oldin esa glukozaning 10% li eritmasida yoki osh tuzining izotonik
eritmasida suyultirish lozim. Aminazin och qoringa ichilsa, turli
o‘zgarishlar (og‘riq, ich qizishi, zarda qilish va boshqalar) kelib
chiqishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida
preparatni ovqatdan keyin qabul qilish buyuriladi.
Ftorfenazin. Kuchli antiðsixotik ta’sirga ega, lekin sedativ va
giðotenziv ta’siri uncha yaxshi bilinmagan. Qusishga qarshi ta’siri
aminazindan kuchliroq. Shuning uchun ham, asosan, psixomotor
qo‘zg‘alishlarda, nevrotik holatlarda va qusishni kamaytirish
maqsadida beriladi.
Òriftazin va ftorfenazin. Bular asosan antiðsixotik va qusishga
qarshi dorilar sifatida qo‘llaniladi. Ularning spazmolitik ta’siri kam,
adrenolitik ta’siri esa sust, qon bosimini o‘zgartirmaydi. Hozir
ftorfenazinning uzoq ta’sir ko‘rsatib turadigan preparati —
ftorfenazindekanoat olingan, u 7—14 kun davomida ta’sir o‘tkazib
turadi.
Galoperidol. Preparat ancha kuchli antiðsixotik ta’sirga ega.
Sedativ ta’siri o‘rtacha, lekin qusishga qarshi yaxshigina kor qiladi.
Giðotenziv, giðotermik, periferik ta’siri deyarli bilinmaydi. Narkoz
moddalari, uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi preparat ta’sirini
kuchaytiradi, adrenolitik va xolinolitik ta’siri sust.
Droperidol. Òa’siri qisqa muddatli bo‘lishi bilan galoperidoldan
ajralib turadi. Droperidol anesteziologiya amaliyotida neyrolepta-
nalgeziya uchun, asosan fentanil bilan birga ishlatiladi. Fentanil
og‘riq qoldirish ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Preparatlar.
A m i n a z i n (Aminazinum) 0,025—0,05—0,1 g dan tablet-
kalar (drajelar) shaklida; 2,5% li eritmasi 1, 2, 5 ml; 0,5% li
eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng
0,025—0,1 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun beriladi. 2,5%
li 1—5 ml eritmasi, 40%li glukozaning 10 ml eritmasi bilan birga
venaga yuboriladi.
F t o r f e n a z i n (Phtorphenazinum). Òabletkada 1; 2,5 va 5 mg;
0,25% eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Davo qilish


55
kichik dozadan (1 mg) boshlanadi va sekin-asta kuniga 10—20
mg gacha ko‘tariladi. Eritmasi mushaklar orasiga yuboriladi (kuniga
10 mg dan).
Ò r i f t a z i n (Triftazinum) 0,001; 0,005 va 0,1 g dan
tabletkalar (drajelar) shaklida, 0,2% li eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi.
D r o p e r i d o l (Droperidolum) 1—3 (paraftorbenzoil) propil-
4 (2- okso 1- benzimidazolinon) — 1, 2, 3, 6- tetragidropiridin.
0,25 % li droperidolning 1—4 eritmasi ampulada ishlab chiqariladi.
0,25 % li droperidolning 1—4 eritmasidan 0,5 ml qo‘shib mushak
orasiga yuboriladi. Bu aralashma bemorni jarrohlik operatsiyasiga
tayyorlash oldidan beriladi.
X l o r p r o t i k s e n (Chlorprotixenum) 0,015—0,05 g dan
tabletkalar (drajelar) shaklida; 2,5% li eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. 0,025—0,05 g dan kuniga 2—4 marta
ichish uchun, 0,25% li eritmasi 1—2 ml dan mushak orasiga
yuboriladi.
R e z e r p i n (Reserpinum) 0,0001—0,00025 g dan kukun va
tabletka shaklida, 0,1%— 0,025% li eritmasi 1 ml dan ampulada
ishlab chiqariladi. 0,0001 g dan kuniga 2—4 marta ovqatdan so‘ng
ichish uchun buyuriladi. Mushak orasiga 0,1% li yoki 0,25% li
eritmasi 0,3—0,5 ml dan yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish
uchun — bir martalik 0,002 g, bir kecha-kunduzlik — 0,01 g.
Òrankvilizatorlar
Òrankvilizator farmakologik xossalari bo‘yicha neyroleptiklarga
yaqin bo‘lib, tibbiyot amaliyotida ko‘p ishlatiladigan preparat-
lardan hisoblanadi. Bu ikkala guruh preparatlari ilgari bir-biriga
yaqin nom bilan, ya’ni neyroleptiklar — katta trankvilizatorlar
deb atalar edi. Òinchlantiruvchi ta’sirining borligi ularning
umumiy xossasidir.
Òrankvilizator so‘zi lotincha bo‘lib, tinchlantiruvchi, osoyish-
talik beruvchi degan ma’noni bildiradi. Ko‘pincha bu guruh
preparatlar ataraktik vositalar deb ham ataladi (ataraxia — oso-
yishitalik, beg‘amlik).
Òrankvilizatorlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha quyidagicha tasnif
qilinadi:

benzodiazepinlar (xlozepid, sibazon, fenazepam, noze-
pam, lorazepam, bromazepam, mezapam, gidazepam, kloba-
zam, alprazolam, tetrazepam, tofizopam);

propandiol almashingan karbamin efirlari (meprotan);

difenilmetan hosilalari (amizil, gidroksizin);


56

har xil guruhga mansub trankvilizatorlar (oksilidin, bus-
piron, mebikar, stressplant).
Òrankvilizatorlar markaziy nerv tizimining oliy nerv faoliya-
tiga o‘ziga xos tarzda tinchlantiruvchi ta’sir qilib, ruhiy holatni
uncha o‘zgartirmagani holda ko‘proq emotsional holatni yaxshi-
laydi, his-hayajonlarning qo‘zg‘alishiga yo‘l qo‘ymaydi. Òajanglik,
agressorlik, besaranjomlik, vahima, xavotirlanish, bezovtalanish,
qo‘rqish va tashvishlanish kabi his-tuyg‘ular yo‘qoladi. Natijada
odam tinchlanadi. Shu sababli ular uyqu kelishini tezlashtiradi.
Bu preparatlarning neyroleptiklardan farqi shundaki, ular psixo-
motor qo‘zg‘alishga kuchli kor qilmaydi. Antiðsixotik ta’sir
etmaydi. Parkinsonizm holatini bermaydi, aksincha trankvilizatorlar
tana muskuli tonusini bo‘shashtiradi. Ularning ayrimlari qisman
uxlatuvchi, narkozga sabab bo‘luvchi va og‘riq qoldiruvchi
moddalar ta’sirini kuchaytiradi. Giðotenziv, giðotermik, qusishga
qarshi ta’sirlar ularning ko‘pchiligida kam namoyon bo‘ladi.
Òrankvilizatorlarning ta’sir mexanizmi shundan iboratki, ular
neyroleptiklar singari retikular formatsiya, giðotalamus va ko‘proq
giðpokamp bo‘limi faoliyatini susaytirib, his-hayajonlarning
kelishini va boshqa shunga o‘xshash hollarni kamaytiradi.
Qo‘llanilishi. Òrankvilizatorlar o‘ziga xos ta’sir etgani sababli
ko‘pchilik patologik holatlar va kasalliklarda tavsiya etiladi.
Giðertoniya kasalligi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi,
uyqusizlikda ko‘p qo‘llaniladi. Ayniqsa, ko‘ngilda tashvish,
vahima, qo‘rquv, hayajonlanish va bezovtalik, shunga o‘xshash
boshqa holatlarda, ayrimlari esa isteriya, tutqanoq kasalliklarida
ham buyuriladi.
Narkozga sabab bo‘ladigan uxlatadigan dori moddalari bilan
zaharlanishda, depressiya holatlarida trankvilizatorlarni buyurish
tavsiya etilmaydi.
Òrioksazin tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Narkotik va uxlatuvchi
dorilar ta’sirini kuchaytiradi, qisman giðotermiya beradi. Ko‘pincha
nevrozda, hayz ko‘rish bilan bog‘liq xavotirlikda qo‘llaniladi.
Sibazon. Farmakologik ta’siri xilma-xil bo‘lib, tinchlantiruvchi
ta’siri ko‘proq bilinadi. Periferik nervlarga (adrenoxolinergik
tizimga) kor qiladi. Òana mushaklari tonusini bo‘shashtiradi.
Ko‘pincha shizofreniya, psixasteniya (qo‘rqish, tashvish, vahima
holatlari bilan davom etadigan hollarda), nevroz va boshqa
holatlarda tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, paranoid va
tutqanoqlarda ham beriladi. Miasteniya (mushaklarning bo‘shashib
qolishi), glaukoma kasalliklarida berilmaydi.
Xolzepid. Farmakologik xossalari bo‘yicha meprotan guruhiga
yaqin turadi. Òa’sirining ayrim tomonlari kuchliroq. Psixomotor


57
qo‘zg‘alishni, qo‘rqish, hayajonlanish va boshqa xil emotsional
holatlarni kamaytiradi. Qisman qon bosimini tushiradi, yallig‘la-
nishga qarshi ta’siri ham sezilarli. Ruhiy kasalliklar (vahima,
qo‘rqish va boshqalar), alkogolizm, tutqanoq, uyqusizlikda
buyuriladi. Shok, glaukoma, allergiya kasalliklarida bu preparatni
berish tavsiya etilmaydi.
Fenazepam. Farmakologik xossalari bo‘yicha sibazonga o‘xshash.
Òinchlantiruvchi, uxlatuvchi va titroqqa qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Òana mushaklarini qisman bo‘shashtiradi. Diazepamga nisbatan kam
zaharli. Ko‘pincha nevrotik, nevrozga o‘xshash va psixopatik
holatlarda (hayajonlanish, qo‘rquv va tashvish hislari bilan davom
etadigan hollarda), uyqusizlik va boshqalarda tavsiya etiladi. Jigar
va buyrak kasalliklarida berilmaydi.
Mebikar. Òinchlantiruvchi ta’sirga ega. Uyqu keltiradi, tana
mushaklarini bo‘shashtiradi. Bezovtalik, qo‘rqish va vahimani
kamaytiradi. Bu preparat emotsional qo‘zg‘alish, vahima bilan
o‘tadigan paranoid holatlarda buyuriladi. Homiladorlikning birinchi
choragida berilmaydi.
Preparatlar.
Ò r i o k s a z i n (Trioxazinum) 0,3 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. 0,3—0,6 g dan kuniga 2—3 marta ovqatdan so‘ng
ichish uchun buyuriladi.
S i b a z o n (Seduksen) (Sibazonum) (Seduxenum) 0,005 g
dan tabletka shaklida; 0,5% li eritmasi 2 ml dan ampulalarda
ishlab chiqariladi. 0,0025—0,005 g dan kuniga 2—3 marta ovqatdan
so‘ng ichish uchun buyuriladi. 0,5% li eritmasi 1—4 ml dan
mushaklar orasiga, ba’zan venaga ham yuboriladi.
X l o z e p i d ( E l e n i u m ) (Chlozepidum) (Elenium). 0,005
g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,005—001 g dan kuniga
3—4 marta ovqatdan keyin ichish uchun beriladi. Kecha-kunduzlik
o‘rtacha dozasi 0,02—0,03 g.
F e n a z e p a m (Phenazepamum) 0,0005—0,001 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,0005—0,001 g dan kuniga 2—3 marta
ichish uchun buyuriladi.
M e b i k a r (Mebicarum) 0,3 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. 1—3 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi.
Sedativ dori vositalari
Sedativ vositalarga oliy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini
pasaytiradigan, kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lgan quyidagi prepa-
ratlar kiradi.


58
1. O‘simlik preparatlari (valeriana ildizi, valokormid, valo-
sedan, korvalol, valokordin, arslonquyruq va passiflora o‘tlari).
2. Bromidlar (natriy va kaliy bromid, bromkamfora).
Sedativ vositalar neyroleptiklar va trankvilizatorlarga nisba-
tan oldinroq kashf etilgan va tibbiyot amaliyotida qadimdan
ishlatib kelinadi. Ular o‘zining farmakologik ta’siri bo‘yicha
trankvilizatorlarga yaqin turadi. Chunki sedativ vositalar ham
tinchlantiruvchi xossaga ega, lekin trankvilizatorlardan farq qilib,
his-hayajonlarga kuchsiz ta’sir etadi. Ruhiy o‘zgarishlarda esa kor
qilmaydi.
O‘ziga xos tinchlantiruvchi farmakologik xossalarga ega bo‘lgan
preparatlarning vakili bromidlar bo‘lib, ular sedativ vositalar
guruhining asosiy preparatlari hisoblanadi.
Bromni Balard kashf etgan va keyinchalik uning tuzlari dori
sifatida ishlatiladigan bo‘ldi. Brom preparatlari avval turli
kasalliklarda (zaxm, sil, yurak kasalliklari) qo‘llanilgan.
Bromidlarning asosiy farmakologik xossasi ularning birinchi
galda miya po‘stlog‘ida ichki tormozlanish jarayonini kuchaytirishi
va to‘planishidan iborat. Bromidlarning bunday ta’siri markaziy
nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligi kuchayganda ko‘proq bilinadi.
Shuning uchun ham bromidlar nevroz va nevrotik holatlarda
tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatilganda ancha samaralidir. Nerv
tizimi zaifroq odamlar bromidlar ta’siriga sezuvchan, nerv tizimi
kuchliroqlar esa, aksincha, kam sezuvchan bo‘ladi. Shuning
uchun ham brom preparatlarini tibbiyot amaliyotida ishlatish
chog‘ida bu e’tiborga olinadi. Bromidlar tutqanoq kasalligida ham
kor qiladi. Bunday ta’siri, kattaroq dozalar buyurilganida aniqroq
seziladi. Bromidlar uyqusizlikning ayrim hollarida uyquni
yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi. Bromidlar, asosan, asab tizimi buzilishi
natijasida kelib chiqadigan holatlar: nevroz, nevrotik holatlarda,
bezovtalik va injiqlik, uyqusizlik, isteriyada tavsiya etiladi. Brom
preparatlari hozirgi vaqtda tutqanoq kasalligida davo uchun
ishlatilmaydi. Chunki u mavjud preparatlarga nisbatan kuchsiz.
Depressiya holatlarida, miksedema kasalligida, uxlatadigan va
neyroleptik preparatlar bilan zaharlanishda, organizm bu prepa-
ratlarni ko‘tara olmaydigan paytlarida ularni tavsiya etib bo‘lmaydi.
Zaharlanish. Bromidlar uzoq muddat davomida qabul qilinsa,
tana to‘qimalarida yig‘ilib, kumulatsiyaga sabab bo‘ladi. Bu holatni
bromizm—surunkali zaharlanish deyiladi. Bromizmning asosiy
belgilari: umumiy tinchlanish, kamharakat bo‘lib qolish, xotira-
ning susayishi, mudroq bosishi, teriga toshma toshishi, burun va


59
ko‘z shilliq pardalarining yallig‘lanishi (rinit, konyunktivit, bron-
xit) va boshqalardir.
Surunkali zaharlanishda brom preparatlarini berish to‘xtatiladi.
Kasalga ko‘proq miqdorda suv ichish, shu bilan birga 20—25 g
osh tuzi eritmasi holida ichish tavsiya etiladi. Og‘ir holatlarda
gemodializ qilinadi.
Natriy bromid. Òinchlantiruvchi dori sifatida ko‘p ishlatila-
digan preparat. Suvda yaxshi erigani uchun Bexterev aralashmasi
tarkibiga kiradi. Preparat ayrim hollarda uyqusizlikda ham tavsiya
etiladi.
Kaliy bromid. Asosan yurak-qon tomirlar kasalliklariga duchor
bo‘lgan bemorlarga tinchlantiruvchi va uxlatuvchi preparat sifatida
beriladi. Bu preparatni venaga yuborish mumkin emas (chunki
kaliy ionlari yurakning o‘tkazuvchi tizimini va miokard qisqa-
ruvchanligini susaytiradi).
Valeriana va passiflora preparatlari ham markaziy nerv
tizimining qo‘zg‘alishida tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu
ta’sir preparatlarning markaziy nerv tizimiga reflektor yo‘l bilan
yoki bevosita tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq. Valeriana
preparatlari silliq mushaklarni bo‘shashtiradi. Demak, ular
tinchlantiruvchi ta’siridan tashqari, qisman spazmolitik va og‘riq
qoldirish xossalariga ham ega. Òinchlantiruvchi ta’siri natijasida
uyquni yaxshilaydi, ko‘ngil aynishini kamaytiradi. Yurak nevrozida,
nevrasteniyada va isteriyada, vasvasada ular ko‘p ishlatiladi.
Arslonquyruq tarkibida ham efir moylari, zaharsiz alkaloidlar
(leonurin) bor. Valerianaga o‘xshash tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
Ayrim ta’sirlari bo‘yicha valerianadan kuchliroq, qon bosimini
pasaytiradi. Ko‘pincha yurak nevrozida, giðertoniyaning boshlan-
g‘ich davrida va uyqusizlikda uning nastoykasi beriladi.
Preparatlar.
N a t r i y b r o m i d (Natrii bromidum) 0,15—0,5 g dan
kukun, tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,15—
0,5 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun beriladi; 5% li eritmasi
5—10 ml dan venaga yuboriladi.
K a l i y b r o m i d (Kalii bromidum) 0,5 g dan kukun va
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,1—1 g dan 2—3 marta
ovqatdan keyin, mikstura va tomchi holida ichish uchun
buyuriladi.
V a l e r i a n a n a s t o y k a s i (Tincturae Valerianae). Òarkibi:
borneol va izovaleriat kislota efiri, valeriana kislotasi, alkaloidlar,
valeriana, xatinin va boshqalar. 10, 15, 20, 25, 30 va 50 ml


60
dan flakonlarda ishlab chiqariladi. 20—30 tomchidan kuniga 3—4
marta ovqatdan keyin ichish uchun beriladi.
V a l e r i a n a i l d i z i (Radix Valerianae). Maydalangan ildiz
7,5 g dan qog‘oz xaltalarda ishlab chiqariladi. 6—20 g 200 ml
suvda damlama sifatida, ovqatdan so‘ng 1 osh qoshiqdan 3 marta
ichishga buyuriladi.
V a l o k a r m i d (Valocarmidum). Òarkibi: valeriana nastoykasi—
10 ml, landish nastoykasi —10 ml, belladonna nastoykasi—5 ml,
natriy bromid—4 g, mentol—0,25 g, suv—30 ml. 30 ml dan
flakonda ishlab chiqariladi. 10—20 tomchidan 2—3 marta ichish
uchun tavsiya etiladi.
K o r v a l o l (Corvalolum). Òarkibi: bromizovalerian kislotaning
etil efiri—2 g, natriy ishqori (1 n.eritma)—7,8 ml. 15—20
tomchidan ichish uchun yoki til ostiga qandga shimdirilib bir
kecha-kunduzda 2—3 marta ovqatdan keyin iste’mol qilish uchun
buyuriladi.
A r s l o n q u y r u q n a s t o y k a s i (Tinctura Leonuri). Òarkibida
alkaloidlar, efir moyi, saponinlarni saqlaydi. 25 ml dan flakonlarda
ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 30—50 tomchidan kuniga 3—4
marta ichish uchun beriladi. O‘simlikning suyuq ekstrakt va briketi
mavjud.
S u y u q p a s s i f l o r a e k s t r a k t i (Extractum Passiflorae
fluidum). Òarkibida alkaloidlar (garman, porgarman), saponin va
boshqalar bor. 25 ml dan flakonda eritma holida ishlab chiqariladi.
20—30 kun davomida 20—30 tomchidan bir kecha-kunduzda 3
marta ichish uchun buyuriladi.
Rp.: Sol. Aminazini 2,5%—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S. 0,5% novokain eritmasiga 1 ml qo‘shib mushaklar orasiga
yuborish uchun.
#
Rp.: Tabl. Phenaziðami 0,5 mg
D.t.d. N. 50
S. 1 tabletkadan 2—3 marta ichish uchun.
#
Rp.: T-rae Valerianae 30 ml
D.S. 20—30 tomchidan kuniga 3 marta ichish uchun.
Antidepressantlar
Antidepressant (depressiyaga qarshi) preparatlar deb, bemor-
ning ruhan tushkunlik holatini, kayfiyatni yaxshilaydigan dori
vositalariga aytiladi. Ma’lumki, ayrim ruhiy holatlar ruhiy tush-


61
kunlik, kamharakatlik, kamhafsalalik va kayfiyatning buzilishi bilan
kechadi. Ruhiy tushkunlikning (depressiya) og‘ir shakllari hayot
uchun xavfli hisoblanadi.
Antidepressantlar ta’sir mexanizmiga ko‘ra quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1. MAO ingibitorlari — qaytmas (nialamid iðrazida) va
qaytar ta’sir ko‘rsatadigan (pirazidol, inkazan, moklobemid)
preparatlar;
2. Neyronal qayta ushlanish ingibitorlari (imiðramin, dezið-
ramin, amitriðtilin, azafen, ftoratsizin).
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari guruhiga kiruvchi
preparatlar monoaminooksidaza fermenti faolligini pasaytiradi.
Natijada katexolamin va serotoninning parchalanishi kamayadi va
shu tariqa ularning ta’sir kuchi oshadi, miya poyasiga nisbatan
qo‘zg‘atuvchi ta’siri yuzaga keladi.
Ushbu guruh preparatlari ichida nialamid ko‘p qo‘llanilib,
terapevtik ta’siri 8—14 kun davomida asta-sekin yuzaga chiqadi.
MAO fermentining to‘silishi 11—12 soat davom etadi. Bemorni
davolash 1—4 oy davom etadi.
Nialamid preparatining MAO fermentiga ta’siri iðraziddan
kuchsiz va zaharliligi ham kamroq. Rezerpin ta’siri bilan bog‘liq
bo‘lgan tushkunlik holatini yo‘qotadi. Nojo‘ya ta’siri ancha kam.
Iprazid MAOning faol ingibitori hisoblanadi va qaytmas ta’sirga
ega, uxlatuvchi analgetik, neyroleptiklar ta’sirini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari guruhiga pirazidol va inkazan preparatlari
ham kiradi.
Pirazidol MAO fermentini to‘sishi bilan birga noradrenalinning
presinaptik parda orqali qaytadan o‘tishini tormozlaydi. Òa’sir
doirasi ancha keng. Ruhiy tushkunlikning har xil shakllarida keng
qo‘llaniladi.
Inkazan ta’siriga ko‘ra pirazidolga yaqin. Rezerpinning
antagonisti bo‘lgan fenamin, d- dofa, 5- oksitriðtofan ta’sirini
kuchaytiradi. Xolinolitik ta’siri yo‘q.
Keyingi guruh boshqacha nom bilan, ya’ni uch siklik anti-
depressantlar ham deyiladi. Bu guruhga kiruvchi preparatlar MAO
fermentiga ta’sir etmay, markaziy nerv tizimida adrenergik
jarayonlarni zo‘raytiradi. Bu guruhga asosan imizin va amitriðtilin
kiradi.
Imizin (imiðramin) preparati — antidepressiv, birmuncha
sedativ va ayrim hollarda esa psixostimullovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Antidepressiv samarasining mexanizmi yuqorida qayd qilingan
adrenergik jarayonlarning zo‘rayishi bilan bog‘liq. Sedativ samara


62
(mexanizmi yuqorida bayon qilingan) esa imizinning markaziy M-
xolinoretseptorlarini to‘suvchi ta’siri bilan ta’riflanadi.
Preparatning psixostimullovchi ta’siri ayrim hollarda bilinar-
bilinmas umumiy qo‘zg‘alish, kayfiyatning yaxshilanishi, uyquning
buzilishiga olib kelishi mumkin. Imizin periferik M-xolinoblokatorlik
xossasiga ham ega. Shuning uchun kasallarni davolashda atropinga
xos bo‘lgan o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi.
Amitriðtilin farmakologik ta’siri bo‘yicha imizinga yaqin. Lekin
amitriðtilinda antidepressiv ta’sir kuchliroq va psixosedativ holat
bilan birga kechadi. Psixostimullovchi ta’siri bilinmaydi. Bundan
tashqari, amitriðtilinning M- xolinoblokatorlik va antigistaminlik
ta’siri imizinnikidan kuchliroq. Amitriðtilinning psixosedativ ta’siri
markaziy M- xolinolitik xossasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak, degan
fikr bor. Bunday xususiyatlarning borligi sababli bemorlarni
davolashda preparat samarasi imizinga nisbatan tezroq yuzaga
chiqadi. Nojo‘ya ta’siri imizinniki kabidir.
Preparatlar.
N i a l a m i d (Nialamidum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,05—0,075 g dan kunning
birinchi yarmida 2—3 marta ichish uchun beriladi, bir kecha-
kunduzlik yuqori dozasi 0,3 g.
P i r a z i d o l (Pyrazidolum) 0,025 va 0,05 g dan tabletkalar
shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,05—0,075 g dan kuniga
2 marta ichiladi. Keyinchalik dozasi oshiriladi (0,025—0,05 g dan
0,15—0,3 g gacha).
I n k a z i n (Incazinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. 1—2 tabletkadan kuniga 1—2 marta (ertalab va
kechqurun) ichish uchun beriladi. Keyinchalik doza 0,025—0,15 g
gacha oshiriladi. Yuqori terapevtik bir martalik dozasi 0,3 g.
S e f e d r i n (Cephedrinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. 0,025 g dan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi.
Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik — 0,2 g, bir kecha-
kunduzlik — 0,5 g.
I m i z i n (Imizinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida (draje),
1,25% li eritmasi 2ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan
keyin 0,025—0,05 g dan boshlanib 0,1—0,15 g gacha ichish uchun
beriladi. 1,25% li eritmasi 2 ml dan kuniga 1—2 marta mushaklar
orasiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik —
0,1 g, bir kecha-kunduzlik — 0,3 g, mushaklar orasiga bir
martalik—0,05 g, bir kecha-kunduzlik—0,2 g.
A m i t r i ð t i l i n (Amitriðtylinum) 0,025 g dan tabletkalar
shaklida,1% li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.


63
Ovqatdan keyin 0,025 g dan bir kunda 3 marta ichish uchun,
keyin dozasi oshiriladi (ertalab va peshinda 0,025 g dan bir kunda
kechqurun va yotishdan oldin 0,05 g dan). 1% li eritmasi 2 ml
dan kuniga 4—6 marta venaga va mushaklar orasiga yuboriladi.
Markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi vositalar
Bu guruhga kimyoviy tuzilishi, olinishi, farmakologik ta’siri,
ta’sir mexanizmi va ishlatilishi jihatidan har xil bo‘lgan ko‘pchilik
dori preparatlari kiradi. Ularning o‘ziga xos umumiy farmakologik
xususiyati ular markaziy nerv tizimining turli nuqtalariga har
xil ta’sir qiladi. Bunday ta’sir markaziy nerv tizimi faoliyatini
rag‘batlantiradi, qo‘zg‘atadi, susaygan markazlarni jonlantiradi va
faoliyatini tiklaydi. Qator xastaliklarni davolashda ushbu dori
preparatlaridan foydalaniladi.
Bu preparatlar har xil bo‘lgani uchun markaziy nerv tizi-
mining ta’sir qiladigan sohasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

asosan bosh miyaga;

asosan uzunchoq miyaga;

asosan orqa miyaga ta’sir etadigan preparatlar (11- rasm).
Asosan bosh miyaga ta’sir etadigan preparatlar o‘z navbatida
psixostimulatorlar va nootrop preparatlarga bo‘linadi.
Psixostimulatorlar
Psixostimulatorlar deb, asosan markaziy nerv tizimining oliy
nerv faoliyatini oshiradigan, qo‘zg‘atadigan va shu tufayli turli
1. A. Psixostimulator:
kofeintfenomin.
2. Antidepressantlar
3. Nootroplar
Analleptik kofein,
labolin, sintiton
Strixnin
B
A
D
11- rasm. Markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi dori
preparatlarining asosiy ta’sir etish joyi.


64
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan dori vositalarga aytiladi. Ularga
ikki guruh preparatlar kiradi:

ksantinlar: kofein, kofein-benzoat, natriy, etimizol,
bemitil;

arilalkilaminlar (fenilalkilaminlar) — fenamin, sidnokarb.
Bu ikkala guruh farmakologik ta’siri jihatidan bir-biriga yaqin
bo‘lsa ham, amaliy jihatdan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
o‘zgacha xususiyatlari mavjud preparatlardir.
Fenilalkilaminlarga kiruvchi asosiy preparatlardan fenaminning
kimyoviy tuzilishi katexolaminlarga (adrenalin, noradrenalin)
yaqin turadi. Fenamin gematoensefalik to‘siqdan miya to‘qimasiga
o‘tadi va katexol-o-metil-transferaza va monoamidoksidaza ferment-
lari ta’sirida parchalanmaydi. Shu sababli fenaminning markaziy
nerv tizimiga ta’siri boshqa psixostimulatorlarnikiga nisbatan
kuchliroq, periferik ta’siri esa kuchsizroqdir.
Farmakologik xossalari. Fenaminning markaziy nerv tizimiga
qo‘zg‘atuvchi ta’sirida oliy nerv faoliyatining zo‘rayishi kuzati-
ladi, aqliy va jismoniy qobiliyat (aql-zakovat, mehnat qilish)
yaxshilanadi; xotira, fikr yuritish, tushunish va har xil murakkab
masalalarni yechish qobiliyati, idrok o‘tkirlashib, kayfiyat
yaxshilanadi. Uyquga talab kamayadi. Kishida bardamlik, tetiklik
va quvvat oshadi, charchash hissi sezilmaydi. Bunday o‘zgarishlar
tana to‘qimalarining va nerv hujayralarining zaxira quvvati hisobiga
bo‘lishini aytib o‘tish darkor. Shu sababdan fenamin va uning
preparatlari tufayli yuzaga keladigan bunday qo‘zg‘alishdan keyin
aksincha holat — nerv faoliyatining susayishi, quvvatsizlik,
bo‘shashish, charchash va shunga o‘xshash oqibatlar kuzatiladi.
Fenamin nafas markazini ham qo‘zg‘atadi. Preparatlarning
bunday ta’siri ayniqsa nafas susaygan holatlarda yaxshi seziladi
(masalan, odam uxlatadigan va narkozga sabab bo‘ladigan
moddalardan zaharlanganda). Boshqacha qilib aytganda, fenaminni
nafas analeptigi deb aytish mumkin. Nafasning bunday qo‘zg‘a-
lishi preparatning bevosita nafas markaziga ta’siri bilan bog‘liq.
Fenamin ishtahani yaxshigina kamaytiradi, moddalar almashi-
nuvini esa kuchaytiradi. Shu sababli preparat qabul qilinsa, odam
bir qadar ozadi. Lekin fenamin markaziy nerv tizimiga, boshqa
a’zo va tizimlarga ta’sir o‘tkazadigan bo‘lgani uchun ozish
maqsadida qo‘llanilmaydi.
Fenaminning periferik nerv tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri
adrenalinga o‘xshash. Yurak urishini tezlashtiradi, yurakning
qisqarish kuchini oshiradi, ko‘pchilik qon tomirlarni toraytirib,
qon bosimini ko‘taradi, qondagi qand miqdorini oshiradi.


65
Fenaminning bunday ta’siri adrenalindan kuchsizroq, ammo
uning ta’siri uzoqroq davom etadi.
Fenaminning periferik samarasi ham qisman adrenalin singari,
simpatik nervning presinaptik pardasidan mediatorlar ajralishini
ko‘paytirishi va shu bilan bir qatorga uning bevosita 
α
va 
β
-
adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atishidan kelib chiqadi.
Qo‘llanilishi. Fenamin ko‘pincha uyqu, narkoz moddalari va
neyroleptik preparatlardan zaharlanishda, narkolepsiyada, depres-
siya holatlarida, alkogolizm va morfinizmda, ayrim holatlarda esa
(aqliy va jismoniy) ish qobiliyatini oshirish uchun beriladi.
Psixomotor qo‘zg‘alishda, giðertoniya kasalligida, kardioskle-
rozda, miokard infarktida, yurak faoliyati zaiflashganda, giðerti-
reozda, yosh bolalarga va qariyalarga fenamin tavsiya etilmaydi.
Fenamin va uning boshqa preparatlari sport musobaqalarida
ishlatilishi man etilgan (doping) dori vositalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bundan tashqari ular va narkotik moddalarni nazorat qilish
O‘zbekiston davlat nazoratiga olingan.
Fenamin takror berilmaydi, chunki odam unga o‘rganib
qoladi. Shu sababdan uni qo‘llash juda cheklangan.
Preparatlar.
F e n a m i n (Phenaminum) 0,01 g dan kukun va tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,005—0,01 g dan 1—2 marta kunning
birinchi yarmida ovqatdan so‘ng ichish uchun beriladi. Yuqori
dozasi — bir martalik 0,01 g, kecha-kunduzlik—0,02 g.
M e r i d i l (Meridilum). Meridilning psixostimulatorlik ta’siri
fenamindagidan kuchsizroq, meridil aqliy va jismoniy qobiliyatni
tiklaydi, kayfiyatni yaxshilaydi. Yurak qon-tomirlar tizimiga va
moddalar almashinuviga deyarli ta’sir etmaydi. Preparatga qaramlik
hollari bo‘lmaydi. Preparat, asosan, depressiya (tushkunlik
holatlarida, ko‘ngilni vahima bosgan, odam charchagan)
holatlarida beriladi. 0,01 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Ovqatdan so‘ng 1—2 tabletkadan ichish uchun beriladi.
S i d n o f e n (Sydnophenum). Psixostimulatorlik ta’siri bo‘yicha
fenaminga yaqin, lekin undan kuchsizroq, ta’siri esa uzoqroq;
qon bosimini kamroq ko‘taradi. Òa’sir mexanizmi — asosan
monoaminooksidaza fermenti faolligini kamaytiradi. 0,005 g dan
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,005 g dan
kunning birinchi yarmida qabul qilinadi, kecha-kunduzi 1—2 marta
beriladi.
S i d n o k a r b (Sydnocarbum) Psixostimulatorlik ta’siri kuchli,
lekin fenaminga nisbatan zaharsizroq, simpatik nervlarga periferik
ta’siri deyarli bilinmaydi. Markaziy nerv tizimiga ta’siri sekin-asta


66
boshlanib, uzoq davom etadi. Òa’siri tugagach, fenaminga xos
nojo‘ya holatlar kuzatilmaydi. 0,005—0,01 g dan tabletkalar
shaklida ishlab chiqariladi. 0,005—0,01 g dan kunning birinchi
yarmida 1—2 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish
uchun bir martalik — 0,075 g, kecha-kunduzlik — 0,15 g.
Ksantinlar (kofein va uning preparatlari)
Kofein choy o‘simligining bargida, kofe va kola urug‘ida
bo‘ladigan alkaloid.
Kofein o‘z kimyoviy tuzilishi jihatidan organizmdagi meta-
bolitlarga — purin unumlariga (trioksiðurin — peshob kislotasiga)
yaqin turadi va shuning uchun ta’sir doirasi ancha keng, ko‘pchilik
a’zo va tizimlarga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy nerv tizimining bosh miya po‘stlog‘iga qo‘zg‘atuvchi
ta’sir etib, uyquni qochiradi. Odamni tetik, bardam qiladi. Ruhiy,
aqliy va jismoniy qobiliyatni sezilarli oshiradi. Kofeinnning bunday
ta’siri bevosita bosh miya hujayralariga qaratilgan.
Kofeinning miyaga ta’siri ko‘p tomondan uning dozasiga va
odamning nerv faoliyatiga bog‘liq. Oliy nerv faoliyati zaif
kishilarga kofein katta dozada yuborilsa, nerv hujayralarining
holdan toyishi va turli nerv-psixik o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Bunday holat tarkibida kofein saqlovchi mahsulotlar (choy, kofe)
iste’mol qilganda ham kuzatilishi mumkin.
Kofein kattaroq dozada uzunchoq miyadagi nafas va tomirlarni
harakatlantiruvchi markazlarni ham qo‘zg‘atadi, ularning funk-
sional faoliyatini oshiradi. Shuning uchun ham kofeinni ko‘pincha
nafas analeptiklari qatoriga qo‘yiladi. Lekin bu jihatdan kofein
boshqa analeptiklarga — korazol, kordiamin va bemegridga
qaraganda kuchsizroq. Nafasni qisman chuqurlashtiradi. O‘pkada
havo almashinuvini (ventilatsiya) oshiradi.
Kofeinni markaziy nerv tizimiga, jumladan, nafas markaziga
ko‘rsatadigan ta’siri, shu markazlar faoliyati susayganda,
masalan, ruhiy va jismoniy charchash hollarida, har xil sabablarga
ko‘ra nafas susayganida namoyon bo‘ladi. Kofein o‘zining psixosti-
mulatorlik va analeptik ta’siri bo‘yicha fenaminga nisbatan kuchsiz.
Yurak-qon tomirlar tizimi kofein ta’sirida ikki xil o‘zgarishga
uchrashi mumkin. Alkaloid adashgan nerv markazini qo‘zg‘atgani
uchun yurak urishi sekinlashishi — bradikardiya bo‘lishi mumkin,
lekin terapevtik dozalarda kofein yurakka bevosita ta’sir qilib, uning
ishini tezlashtiradi, qisqarish kuchini oshiradi. Shu sababdan, kofein
yurak ishini jonlantiradigan stimulator hisoblanadi (12-rasm).


67
Qon tomirlarga ta’siri ham turlicha. Òomirlarni harakatlan-
tiruvchi markazni qo‘zg‘atgani uchun kofein periferik qon
tomirlari tonusini oshiradi, oqibatda qon bosimi ko‘tarilishi
mumkin. Bunday ta’sir qon bosimi pasaygan holatda yaxshi
namoyon bo‘ladi (karaxtlik, kollaps). Shu bilan bir vaqtda qon
tomirlarining silliq mushaklariga bevosita ta’sir etib, ularni
bo‘shashtiradi, qon tomirining tonusini pasaytiradi. Umuman
olganda, kofein ta’sirida qon bosimi normal holatdan qisman
ko‘tarilishi mumkin. Kofein ayrim a’zolar — yurak, buyrak,
skelet, mushaklarning qon tomirlarini kengaytiradi. Miya qon
tomirlarining kofein ta’sirida o‘zgarishi aniq sezilmaydi. Lekin
ko‘pchilikning fikricha, ular sezilarli darajada qisqaradi.
Kofeinning bosh og‘rig‘ida qo‘llanilishi uning ta’sirida miyaning
ichki bosimi pasayib, miya to‘qimasining shishishi kamayishiga
bog‘liq bo‘lsa kerak.
Kofein ta’sirida moddalar almashinuvi kuchayadi. Chunki
buyrakusti bezlarida adrenalin ishlab chiqarilishi ortadi, qonda esa
qand miqdori qisman oshishi mumkin.
Alkaloid ayrim hollarda peshob ajralishini oshiradi. Chunki
buyrak qon tomirlari kengayishi hisobiga birlamchi peshob
filtratsiyasi kuchayadi.
Qo‘llanilishi. Uxlatuvchi, narkoz vositalari bilan zahar-
lanishda, yurak ishi zaiflashganda (kollaps va boshqa holatlarda),
bosh og‘rig‘ida, stenokardiya va hokazolarda, hayotda kofein
choy, kofe ichimliklari sifatida ishlatiladi.
Bu ichimliklar haddan tashqari ko‘p iste’mol etilsa, odamda
qisman qaramlik holati yuz beradi.
Kofein giðotoniya holati, nevralgiya, narkolepsiya, surunkali
yurak yetishmovchiligi, bosh og‘rig‘ida tavsiya etiladi. Giðertoniya
kasalligi, psixomotor qo‘zg‘alish, uyqusizlikda, miokard infarkti,
glaukoma, miokarditda tavsiya etilmaydi.
12- rasm. Xolinergik nervdan impulsning o‘tish sxemasi:
1—baqaning ajratib olingan yuragiga kofeinning (1:100),
2—kofein benzoatning (1:300) ta’siri.
1
2


68
Kofein natriy benzoati. Suvda yaxshi erishi va parenteral yo‘l
bilan yuborilishi sababli tez yordam ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Asosan nafas sustlashganda (uxlatuvchi, narkoz vositalari va
boshqalar bilan zaharlanishda), yurak va qon tomirning o‘tkir
yetishmovchiligida (kollaps, shok holatlari) va boshqa holatlarda
ishlatiladi.
Òeofillin. Choy bargidan olinadigan alkaloid bo‘lib, markaziy
nerv tizimiga kofeinga nisbatan kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi.
Fosfodiesteraza fermentining kuchli ingibitori hisoblanib, kofeinga
nisbatan kuchliroq peshob haydash, tomirlarni kengaytirish, bronx
mushaklarini bo‘shashtirish xususiyatiga ega. Asosan yurak
faoliyatining surunkali yetishmovchiligida, yurak va buyrak kasalligi
tufayli hosil bo‘lgan shishlarda, bronxial astma, emfizema
(o‘pkaning kengayib qolishi) va boshqa hollarda tavsiya etiladi.
Òeobromin. Kakao urug‘idan olinadigan alkaloid. Markaziy
nerv tizimiga ta’siri deyarli bilinmaydi. Koronar qon tomirlarini
kengaytiradi, yurak ishini jonlantiradi, bronx mushaklarini bo‘-
shashtiradi, peshob ajralishini oshiradi. Qo‘llanilishi teofillinga
o‘xshash.
Eufillin. Òarkibida 80% teofillin va 20% etilendiamin saqlaydi.
Etilendiamin spazmolitik ta’sir etadi va erituvchi modda vazifasini
bajaradi. Eufillin markaziy nerv tizimini qisman qo‘zg‘atadi. Qon
tomirlarini, ayniqsa koronar qon tomirlarini kengaytiradi, qon
bosimini tushiradi. Silliq mushaklarga spazmolitik (bo‘shashtiruvchi)
ta’sir ko‘rsatadi. Peshob haydash xossasi ham mavjud.
Eufillin ko‘proq bronxial astma, stenokardiya, yurak faoliya-
tining susayishi sababli paydo bo‘lgan shishlar, giðertoniyada
tavsiya etiladi.
Preparatlar.
K o f e i n (Coffeinum). Kukun, amidopirin, fenatsetin va
atsetilsalitsil kislotasini saqlaydigan tabletkalar shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,01— 0,1 g dan bir kecha-kunduzda
2—3 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun
bir martalik 0,3 g, bir kecha-kunduzlik—1g.
K o f e i n n a t r i y b e n z o a t i (Coffeinum Natrii-benzoas).
Kukun, 0,01— 0,2 g dan tabletka shaklida, 10% li va 20%li
eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng
0,05 — 0,2 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun, 10% — 20%
li eritmasi 2 ml dan teri ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi.
Yuqori dozalari: ichish uchun bir martalik — 0,5 g, bir kecha-
kunduzlik — 1,5 g.


69
Ò e o f i l l i n (Theophillinnum). Kukun, 0,2 g dan shamchalar
shaklida ishlab chiqariladi. 0,1 — 0,2 g dan bir kunda 3—4 marta
ichish uchun 0,2 g dan shamcha holida to‘g‘ri ichakka qo‘yish
uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun, to‘g‘ri ichakka bir
martalik — 0,4 g, bir kecha-kunduzlik — 1,2 g.
Ò e o b r o m i n (Theobrominum) 0,25 g dan kukun, tabletkalar
shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,25 — 0,5 g dan bir
kunda 1 — 2 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish
uchun bir martalik — 1 g, bir kecha-kunduzlik — 3 g.
E u f i l l i n (Euphellinum) 0,15 g dan kukun va tabletkalar
shaklida, ampulada 2,4% li eritmasi 10 ml dan venaga yuboriladi.
Yuqori dozasi: ichish uchun 1,5 g, venaga bir marta yuborish
uchun 0,25 g, bir kecha-kunduzligi—0,5 g.
Rp.: Tabl. Meridili 0,01 ml
D.t.d. N. 20
S. 1—2 tabletkadan ovqatdan so‘ng ichiladi.
#
Rp.: Sol.Coffeini Natrii-benzoas 20%—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S.1 ml dan teri ostiga yuborish uchun
Nootrop vositalar
Nootrop grekcha so‘z bo‘lib, noos — qalb, tafakkur va
tropos — yo‘nalishni anglatadi. Nootrop vositalar deb, oliy nerv
faoliyatiga tanlab ta’sir etib, ruhiy va aqliy qobiliyatni
tiklaydigan dori preparatlarga aytiladi. Bularning ta’siri bosh miya
kasalligi tufayli kelib chiqqan va ruhiy o‘zgarishlarni davolashda
namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar bo‘lmaganda esa nootrop
vositalarning samarasi deyarli kuzatilmaydi. Ularning farmakologik
ta’sirida aqliy va eslab qolish qobiliyatlari asta-sekin tiklanadi,
bosh miyaning har xil tajovuzkorona ta’sirlar (gi poksiya,
zaharli moddalar ta’siri)ga nisbatan chidamliligi oshadi. Nootrop
moddalar ayrim psixotrop vositalarga qarshi o‘laroq narkoz,
sedativ, uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi preparatlarning ta’sirini
kuchaytirmaydi, harakatlanish qobiliyatiga ta’sir etmaydi, qaram-
lik keltirib chiqarmaydi.
Nootrop preparatlardan aminalon va pirasetam tibbiyot
amaliyotida ko‘p ishlatiladi.
Aminalon. Gamma aminoyog‘ kislotasi bo‘lib, yuqorida
aytilganidek, miya mediatori sifatida fikr yurgizish, eslash qobili-


70
yatini sekin-asta tiklaydi, kasallik tufayli o‘zgargan nutq va harakat
yaxshilanadi.
Bundan tashqari, preparat tutqanoqqa qarshi ta’sir ko‘rsatadi,
qon bosimini qisman tushiradi, bradikardiya ro‘y beradi, qondagi
qand miqdorini (agar uning miqdori ko‘tarilgan bo‘lsa) kamaytiradi.
Aminalon miyaga qon quyilishida, xotira pasayganda, nutq-
ning yarim va to‘liq falaj holatlarida, bosh og‘rig‘ida, uyqusizlikda
beriladi.
Preparatlarning davo ta’siri sekin-asta boshlanadi. Davolash
bir necha oy davom ettiriladi.
Pirasetam GAMK unumi hisoblanib, ta’siri bo‘yicha amina-
longa yaqin, eslash, aqliy qobiliyatlarni rag‘batlantiradi. Giðok-
siyaga qarshi ta’siri preparatning miyada qon aylanishining buzilishi
bilan bog‘liq o‘zgarishlarda buyuriladi.
Preparatlar.
A m i n a l o n (Aminalonum) aminoyog‘ kislota; 0,25g dan,
kukun, tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng
0,5—1,25 g dan kuniga 3 marta ichiladi.
P i r a s e t a m (Pyracetamum). 0,4 g dan kukun holida
kapsulada, 20% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Ovqatdan so‘ng 1—2 kapsuladan kuniga 3—4 marta ichiladi.
P i r i d i t o l (Pyriditolum) 0,05—0,1 va 0,3 g dan tabletkalar,
200 ml dan sirop tarzida flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan
so‘ng 0,1—0,3 g dan kuniga 3 marta ichiladi.
F e n i b u t (Phenibutum) tabletkada 0,25 g dan ishlab
chiqariladi, 2—3 hafta davomida kuniga 3 martadan ovqatdan keyin
ichiladi.
ASOSAN UZUNCHOQ MIYAGA TA’SIR ETADIGAN DORI
VOSITALARI
.
ANALEPTIKLAR
Analeptik (analepsis) grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, tiklov-
chi, tiriltiruvchi ma’nosini bildiradi. Analeptiklarning asosiy farma-
kologik xossasi shundan iboratki, ular uzunchoq miyada joylashgan
nafas olish va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyatiga
ta’sir etib, ularning susaygan funksional holatini, nafas olish
va qon tomirlari tonusini tiklaydi yoki normal holatga keltiradi.
Shu sababli bu guruhdagilar tiriltiruvchi preparatlar deb ham
yuritiladi. Preparatlarning ko‘pchiligi uzunchoq miyadan tashqari
markaziy nerv tizimining ko‘pchilik qismiga sezilarli darajada
qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Natijada harakat qo‘zg‘alishi, katta
dozalarda esa umumiy titroq keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik


71
analeptiklar boshqaruvi markaziy tuzilmalarni bu xil qo‘zg‘atishi
sababli moddalar almashinuvi oshadi, tananing, ayniqsa bosh
miyaning kislorodga bo‘lgan talabi ham ortadi.
Analeptiklar ta’sir mexanizmi va ta’sir etish joyiga qarab
ikki guruhga bo‘linadi: b e v o s i t a va b i l v o s i t a ta’sir etuvchilar.
Bevosita ta’sir etuvchi analeptiklar nafas va tomirlarni hara-
katlantiruvchi markazlarni funksional zaiflashgan holatidan chi-
qarib, nafas va qon tomirlari tonusini normallashtiradi, natijada
nafas markazining CO
2
ga nisbatan sezuvchanligi oshadi va nafas
olish me’yorlashadi. Bundan tashqari, refleks yo‘li bilan
xolinoretseptorlar va markaziy nerv tizimining yuqori bo‘limla-
ridan kelayotgan impulslarga javoban qo‘zg‘alish zo‘rayadi. Narkoz
moddalari va uxlatuvchi preparatlar bilan zaharlanganda analeptik-
larning bunday ta’sirini qayd etish uchun kattaroq doza —
umumiy qo‘zg‘atuvchi doza talab qilinadi. Qayta yuborish
zaruriyati bo‘lsa, ularning dozasi kamaytiriladi.
Bu guruhga kiruvchi analeptiklar ta’siri va yuboriladigan
dozasiga ko‘ra ta’siri kichik va katta doirali analeptiklar farqlanadi.
Birinchi guruhga s t r i x n i n , b e m e g r i d l a r mansub
bo‘lib, bu dorilarni yuborishda dozasi to‘g‘ri va aniq bo‘lishi zarur.
Kattaroq dozalarda yuborilsa, nojo‘ya samara berishi mumkin.
Kichikroq dozada esa ta’siri sezilmaydi. Chunki terapevtik ta’sir
doirasi tor.
Strixninning asosiy farmakologik ta’siri orqa miyaga qaratilgan.
Uzunchoq miyadagi nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi
markazlarining faoliyatini qisman rag‘batlantiradi.
Bemegrid, asosan, narkoz keltirib chiqaradigan va uxlatuvchi
preparatlar bilan zaharlanishda kor qiladi. Uni boshqa analeptiklar
va yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir etadigan dorilar bilan
qo‘shib berish mumkin. Bemegrid venaga sekinlik bilan yuboriladi.
Katta ta’sir doirali preparatlarga korazol, kofein va boshqalar
kiradi. Ularni qo‘llash ancha xavfsiz. Korazol shok holatida,
asfiksiyada va narkoz tufayli yurak faoliyati zaiflashib qolganida
tavsiya etiladi. Bunda analeptikning 10% li eritmasi 1 ml dan venaga
sekin-asta yuboriladi. Boshqa hollarda preparat og‘iz orqali qabul
qilinishi mumkin. Kattaroq dozalarda umumiy harakat qo‘z-
g‘alishini (talvasa) beradi. Preparat giðertoniya, yurakning organik
kasalligi tutganda berilmaydi.
Kordiamin nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi mar-
kazni qisman qo‘zg‘atadi. Shu sababli preparat qon aylanishi
zaiflashganda, giðotoniyada 30—40 tomchidan ichiladi yoki


72
1–2 ml (ampula) inyeksiya qilinadi. Ayniqsa, yurak faoliyati
zaiflashib, qon bosimi tushib ketishi natijasida kuzatiladigan qisqa
muddatli behushlik holatlarida qo‘llaniladi.
Kamfora o‘simlikdan olingan modda bo‘lib, uning nurni o‘ngga
va chapga buruvchi izomerlari mavjud. Kamforaning nurni chapga
og‘diradigan izomeri paxta moyidan olinadigan modda. U sintetik
ravishda olingan va nurni o‘ngga og‘diradigan izomeridan
farmakologik ta’siri bo‘yicha kuchliroqdir.
Kamfora mahalliy va rezorbtiv ta’sir etadi. Rezorbtiv ta’siri
asosan markaziy nerv sistemasiga qaratilgan. Uning uzunchoq
miyada joylashgan nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi
markazlarini sezilarli darajada — analeptiklar singari qo‘zg‘atadi.
Bu esa uning bevosita ta’siri va qisman preparat yuborilgan joydan
refleks yo‘li bilan sezuvchi nerv oxiri qitiqlanishi hisobiga bo‘ladi.
Kamfora qadimdan ishlatilib kelinayotgani bois ta’siri ancha
ishonchli, bezarar va samarali preparatdir. U yurak-qon tomir
tizimi faoliyatining o‘tkir va surunkali susayishida, har xil
yuqumli va boshqa xil kasalliklarda, zaharlanish tufayli qon
bosimining pasayishida keng qo‘llaniladi. Kamforaning ta’sirida
miokardning qisqarish kuchi oshib, yurak faoliyati jonlanadi,
tomirlar harakati markazining qo‘zg‘alishi tufayli qon tomirlari-
ning tonusi oshadi va qon bosimi tiklanadi. Kamforaning bunday
ta’siri nafas olishning yaxshilanishi va o‘pkada havo almashi-
nishining tezlashishi bilan bir vaqtda kechadi. Kamfora zaharsiz,
davo qilish doirasi ancha keng bo‘lgan analeptik.
Bundan tashqari, mahalliy, to‘qimani qitiqlaydigan ta’sirga
ega bo‘lgani uchun teriga surtish va ishqalash bilan og‘riq sezgisini
kamaytirishda qo‘llaniladi. Buning uchun kamforaning spirtli
eritmasi va linimenti beriladi. Ularning ta’siri „chalg‘ituvchi
eferent“ga asoslangan bo‘lib, og‘riqni kamaytiradi.
Sulfokamfokain kompleks preparat hisoblanib, sulfakamfor
kislota bilan novokain asosida olingan. Farmakologik ta’siri bo‘yicha
kamforaga o‘xshash analeptik hisoblanadi. Suvda yaxshi erigani
uchun uning 10% li eritmasi yurak va nafas faoliyati yetishmov-
chiligida, yuqumli kasalliklarda, kardiogen karantinda va boshqa-
larda tavsiya etiladi. Preparat inyeksiya (teri ostiga, mushaklar
orasiga yoki tomirga) qilinadi.
Ko‘mir kislotasi (CO
2
) nafas markazining fiziologik qo‘zg‘a-
tuvchisidir. Bunday ta’sir bevosita nafas markaziga nisbatan
qaratilgan va qisman karotid xolinoretseptorlari orqali ham
bajariladi. Bundan tashqari, CO
2
oz miqdorda miya qon tomirlariga
bevosita ta’sir qilib, ularni kengaytiradi, miyada qon aylanishini


73
yaxshilaydi. Nafas olishni rag‘batlantirish uchun CO
2
ning 5—
7% ini saqlagan gaz aralashmasi hidlanadi.
Etimizol S.V.Anichkov rahbarlik qilgan laboratoriyada olingan
va o‘rganilgan sintetik preparat bo‘lib, o‘ziga xos nafas analeptigi
hisoblanadi. Etimizol nafas markaziga tanlab ta’sir ko‘rsatishi bilan
birga trankvilizatorlarga xos farmakologik ta’sirlash xususiyatiga ega
bo‘lib, titrash holatini keltirib chiqarmaydi, uyquni bartaraf
etmaydi, bezovtalik holatini yo‘qotadi.
Bilvosita ta’sir etuvchi analeptiklar — karotid sinusi —
xemoretseptorlarni (N- xolinoretseptorlarni) qo‘zg‘atib, nafas
markazining faoliyatini refleks yo‘li bilan jonlantiradi. Bunday
ta’sir, birinchidan, bu markaz faoliyati qisman sustlashganda
samarali bo‘lsa, ikkinchidan, venaga yuborilgandagina yuzaga
chiqadi, uchinchidan, preparatlar ta’siri birinchi yuborilishida
yaxshi namoyon bo‘ladi, qayta yuborilganida esa uncha sezilmaydi.
Narkoz moddalari va uxlatuvchi dorilar bilan zaharlanganda uncha
samara bermaydi. Bunday paytda ko‘proq nafas markazini bevosita
qo‘zg‘atuvchi analeptiklar (kofein, korazol) naf qiladi. Bilvosita
ta’sir etuvchi analeptiklarga lobelin, sititon va novshadil spirti
kiradi.
Lobelin alkaloid bo‘lib, karotid sinusiga ta’sir etib, reflektor
yo‘l bilan nafasni qo‘zg‘atadi, vegetativ gangliylar va xromafin
to‘qimasi (buyrakusti bezi)ni ham rag‘batlantiradi. Shu bilan birga
adashgan nerv markazini ham qisman qo‘zg‘atishi bradikardiyaga
sabab bo‘ladi. Qon bosimi biroz tushib, keyinchalik ko‘tariladi.
Chunki lobelin simpatik nerv gangliysini ham qo‘zg‘atadi va
adrenalinning ajralishini ko‘paytiradi. Shuning uchun yurak-qon
tomiri kasalliklarida ehtiyotlik bilan yuboriladi.
Sititon sitizinning 0,15% li eritmasidir. Òa’siri lobelinnikiga
o‘xshaydi. Lekin nafas markaziga reflektor ta’siri lobelinnikidan
kuchliroq. Qon tomirlarini ko‘proq qisqartirgani va qon bosimini
ko‘targani uchun shok va kollaps holatlarida ham qo‘llanilishi
mumkin. Ateroskleroz va giðertoniya kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Novshadil spirti hidlanganda yuqori nafas yo‘llaridagi sezuvchi
retseptorlarni qitiqlab, reflektor yo‘l bilan nafas markazini
qo‘zg‘atadi. Shu sababli qisqa muddatga hushdan ketganda, mastlik
holatida beriladi.
Preparatlar.
K o r a z o l (Corasolum) 0,1 g dan kukun, tabletka shaklida,
10% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,1 g dan
kuniga 2—3 marta ichiladi; 0,2 g dan teri ostiga va tomirga bir
marta yuboriladi, bir kecha-kunduzlik dozasi — 0,5 g.


74
K o r d i a m i n (Cordiaminum) Dietilamid nikotin kislota (25%
li ) 1 va 2 ml dan ampulada, 10—30 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. Ovqatdan oldin 20 tomchidan 2—3 marta ichish uchun,
teri ostiga, mushaklar orasiga va tomirga 1—2 ml dan yuboriladi.
Yuqori dozasi: ichish va teri ostiga yuborish uchun bir martalik
dozasi 2 ml (60 tomchi), bir kecha-kunduzligi 6 ml (80 tomchi).
B e m e g r i d (Bemegridum) 2- metil 2- etilglutarmid. 0,5%
li eritmasi 10 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,5% li eritmasi
1—20 ml dan sekin-asta tomirga yuboriladi.
K a m f o r a (Camphorae) 20%li yog‘li eritmasi 1—2 ml dan
ampulada inyeksiya uchun. 0,1—0,2 g dan kapsulalarda 2—3 marta
ichish uchun beriladi; 1—5 ml dan teri ostiga va mushaklar orasiga
yuboriladi.
K a m f o r a s p i r t i tarkibi: kamfora 1g, spirt — 7g, suv—2 g.
40 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Sirtga surish uchun buyuriladi.
S u l f o k a m f o k a i n (Sulfocamphocainum). Òarkibi:
sulfokamfor kislota bilan novokainning kompleks birikmasi. 10 %
li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 2 ml dan teri
ostiga, mushaklar orasiga yoki tomirga kuniga 2—3 marta yuboriladi.
Davo qilish kursi 20—30 kun.
K o ‘m i r k i s l o t a (Acidum carbonicum anhudricum). Ko‘mir
kislota angidridi. Po‘lat ballonlarda gaz holida ishlab chiqariladi.
Kislorod bilan aralashmasi (3—5—7 % li ko‘mir kislota) nafas
olish uchun, ichimliklar bilan birga buyuriladi.
Rp.: Cordiamini 15 ml
D.S. 30—40 tomchidan kuniga 2—3 marta ichish uchun.
#
Rp.: Sol. Camphorae oleosae 20%—2 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S. 2 ml. isitilgan holda teri ostiga yuborish uchun
ASOSAN ORQA MIYAGA TA’SIR ETUVCHI DORI
VOSITALARI
Orqa miyaga ta’sir etadigan vositalarga strixnin va uning
preparatlari kiradi.
Strixnin Filiðpin orollari hamda Avstraliyada o‘sadigan
chilibuxa, kuchala daraxtidan (Strychnos nux vomica) yoki uning
boshqa turlari urug‘idan olinadigan alkaloiddir.
Strixnin farmakologik jihatdan kuchli ta’sir etadigan, ta’sir
kengligi anchagina kichik bo‘lgan alkaloid. Strixnin juda oz


75
miqdorda markaziy nerv tizimiga, birinchi galda va sezilarli
darajada orqa miya segmentlariga ta’sir qilib, qo‘zg‘aluvchanligini
oshiradi. Natijada orqa miya segmentlarida neyronlararo impuls
o‘tishi yengillashadi yoki orqa miyaning reflektorlik funksiyalari
tezlashadi. Shu bilan bir qatorda kelayotgan impulslarning qo‘shni
segmentlarga tarqalishi (irradiatsiya) ham ortadi. Natijada orqa miya
refleks vaqti kamayadi. Unda qatnashadigan segmentlarning soni
ortadi. Boshqacha aytganda, tashqi muhit ta’siriga javob tez va
tarqoq holda namoyon bo‘ladi, chunki, bunda ko‘pchilik
mushaklar qatnashadi.
Strixninning uzunchoq miyaga bo‘lgan ta’siri nafas, tomirlarni
harakatlantiruvchi va adashgan nerv markazlarining qo‘zg‘alishiga
olib keladi, natijada o‘pka ventilatsiyasi yaxshilanadi, qon tomirlari
tonusining oshishi hisobiga qon bosimi qisman ko‘tariladi, yurak
urishi esa siyraklashadi (bradikardiya). Nafas markaziga ta’siri
korazolga nisbatan kuchsiz, kofeindan esa kuchliroq.
Strixnin kattaroq dozalarda qabul qilinsa va aytilgan
markazlarning faoliyati susaygan bo‘lsa, uning farmakologik ta’siri
aniq namoyon bo‘ladi. Strixnin ta’siri bo‘yicha analeptiklar
qatoriga kiradi. Strixnin bosh miyaga ham ta’sir qilib, sezuvchi
organlar faoliyatini kuchaytiradi; natijada eshitish, ko‘rish, ta’m
va hid sezish analizatorlari faoliyati oshadi — eshitish qobiliyati
yaxshilanadi, hid va ta’m bilish sezgilari kuchayadi, taktil sezgi
ham oshadi. Strixninning ko‘zga bo‘lgan ta’siri faqat ko‘rish
markazining qo‘zg‘alishi bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, uning ko‘z
to‘r pardasiga qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan ham bog‘liq. Bunda
ko‘rish aniqroq va ravshanroq bo‘ladi, ko‘ruv doirasi kengayadi,
rang sezish va ajratish ham yaxshilanadi.
Strixnin ta’sir doirasi keng bo‘lmagani uchun tibbiyot amali-
yotida kam ishlatiladi. Asosan, yarim falajlik, umumiy quvvatsizlik
(darmonsizlik), erkaklik qobiliyati pasayganida, giðotoniyada,
intoksikatsiyada tavsiya etiladi. Arsenat natriy bilan birga „Dupleks“
preparati mavjud.
Strixnin bilan zaharlanganda orqa miya kuchli qo‘zg‘alganligi
sababli andak ta’sirot ham (tanaga tegish, elektr lampasini yoqish,
shovqin) tetanik talvasa holatini keltirib chiqaradi. Keyinchalik esa
organizm tayoqqa o‘xshab qotib qoladi. Bunda hamma mushaklar
baravariga qisqaradi. Zaharlanishda, talvasa tutishining oldini olish
maqsadida, uxlatuvchi va gazsimon narkoz moddalaridan foyda-
laniladi. Zahar ichilgan bo‘lsa, 1:1000 nisbatdagi kaliy perman-
ganat eritmasi bilan zond orqali me’da chayiladi, keyinchalik esa
faollangan ko‘mir, tuzli surgi ichtiriladi.


76
Farmakologik ta’siri strixninga yaqin bo‘lgan sekurinin alkaloidi
Uzoq Sharqda o‘sadigan o‘simliklardan (Securnega Suffriticosa pal)
olinadi. Òa’siri strixninnikidan 8—10 marta kuchsizroq va shuncha
zaharsizroq. Quvvatsizlikda, umumiy tonusni, ish qobiliyatini
oshirish maqsadida ishlatiladi.
Preparatlar.
S t r i x n i n n i t r a t (Strychnini nitras). Strixninidin 10-OH
kukun, 0,1 % li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Ovqatdan oldin 0,0005—0,001 g dan pilyulyada 2—3 marta ichiladi;
0,1% li eritmasi 0,5—1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Yuqori
dozasi: ichish uchun va teri ostiga bir martalik — 0,002 g, bir
kecha-kunduzligi —0,005 g.
K u c h a l a n a s t o y k a s i (Tinctura strychni). Òarkibi: quruq
kuchala ekstrakti — 16 g, 70% li spirt — 1 l; 0,25% li alka-
loidlarni (strixnin, brutsin) saqlaydi, flakonlarda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan oldin 3—10 tomchidan 2—3 marta ichish uchun beriladi.
Yuqori dozasi: ichish uchun bir martaligi 15 tomchi, kecha-
kunduzligi — 30 tomchi.
S e k u r i n i n n i t r a t (Securinini nitras) o‘simlikdan olingan
alkaloid. 0,002 g dan tabletka shaklida, 0,2 % li eritmasi 1 ml
dan teri ostiga yuboriladi Yuqori dozasi: ichish uchun bir
martalik — 0,005 g, kecha-kunduzlik dozasi — 0,015 g, teri ostiga
bir martaligi — 0,003 g, kecha-kunduzligi — 0,005 g.
MARKAZIY NERV TIZIMIGA TA’SIR ETADIGAN,
UMUMIY TONUSNI OSHIRADIGAN DORI VOSITALARI
Bunday pereparatlarga turli o‘simliklar va hayvonlarning
organlaridan olinadigan, tarkibiga bir necha xil faol moddalar
aralashgan preparatlar kiradi. Ularning ko‘pchiligi xalq tabobati
usulida tayyorlanib qo‘llaniladigan dori vositalaridir. Ushbu
preparatlar asosiy ta’sir mexanizmiga ko‘ra, markaziy nerv tizimi
faoliyatini qisman qo‘zg‘atib, umumiy tonusni, quvvatni sezilarli
darajada oshiradi, charchashni kamaytiradi, yurak ishini, qon
bosimini sezilarli darajada ko‘taradi, ishtahani, aqliy va jismoniy
qobiliyatni birmuncha yaxshilaydi, organizmning salbiy ta’sirlarga
chidamliligini oshiradi. Dorilarning bunday ta’siri aytilgan a’zo
va tizimlar faoliyati susaygan bo‘lsa, ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Bu pereparatlarni zaharsiz bo‘lgani uchun bemorlar, shu
jumladan qariyalar ham, yengil o‘tkazadilar. Preparatlarning ta’sir
mexanizmi yaxshi o‘rganilmagan. Lekin shuni aytish kerakki, bu
yerda endokrin tizimining faoliyati oshishi katta ahamiyatga ega
bo‘lsa kerak, degan fikrlar bor. Dorilar aqliy va jismoniy


77
charchash, kamquvvatlik, giðotoniya, impotensiya (erkaklik
qobiliyatining sustlashishi)da beriladi.
Giðertoniyada, uyqusizlikda, umumiy qo‘zg‘alish bilan
bog‘liq hollarda va balog‘atga yetmagan yoshlarga tavsiya etilmaydi.
Preparatlar.
J e n s h e n n a s t o y k a s i (Tinctura Gin-sengi) tarkibida
jenshen ildizi bor. 40 va 50 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan oldin 15—25 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi.
L i m o n n i k n a s t o y k a s i (Xitoy sxizandra nastoykasi)
(Tincura schizandrae). Òarkibida sxizandrin, efir moylari,
vitaminlar, organik kislota mavjud. 50 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. Ovqatdan oldin 20—25 tomchidan kuniga 2—3 marta
ichiladi.
S u y u q l e v z e o e k s t r a k t i (Extractum Leuzeae fluidum).
Òarkibida efir moylari, qatronlar bor, organik kislota tuzlari
mavjud. Ovqatdan oldin 20—30 tomchidan kuniga 2—3 marta
ichiladi.
Z a m a n i x a n a s t o y k a s i . (Exinopanaks nastoykasi)
(Extractum Echinopanacis). Òarkibida alkaloidlar, glikozidlar, efir
moyi mavjud. 50 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan
oldin 30—40 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi.
S a p a r a l (Saparalum). Manjuriya aramidisidan olinadi.
Òabletka holida 0,05 g dan ishlab chiqariladi. Kuniga 2—3 martadan
15—30 kun dovomida qabul qilinadi.
P a n t o k r i n (Pantocrinum). Òarkibida kiyik shoxining spirtli-
suvli ekstrakti mavjud. 30—50 ml dan flakonda; 1 ml dan
ampulada; 0,15 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan
30 min oldin 30—40 tomchidan kuniga 2—4 marta ichiladi; 1—
2 ml dan kuniga teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi.
E l e u t e r o k o k k n i n g s u y u q e k s t r a k t i (Extractum
Eleutherococci fluidum). Òarkibida kumarin unumlari mavjud. 50
ml li flakonlarda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 20—40
tomchidan kuniga 3 marta ichiladi.
R o d i o l a n i n g s u y u q e k s t r a k t i (Ext. Rhodiolae
fluidum). O‘simlik ildizi sariq rangda bo‘lgani uchun xalq tabobatida
„Oltin ildiz“ deb yuritiladi. Uning suyuq ekstrakti quvvatni
oshiruvchi, bardamlik beruvchi, charchashni yo‘qotuvchi dori
sifatida 30—40 tomchidan kuniga 2—3 marta ovqatdan oldin
ichiladi. Flakonda 30 mg dan ishlab chiqariladi.
Rp.: T-rae Schizandrae 50 ml
D.S. 20—25 tomchidan ovqatdan oldin ichiladi.


78
PERIFERIK NERV TIZIMIGA TA’SIR ETADIGAN VOSITALAR
Periferik nerv tizimi markaziy nerv sistemasidan tashqarida
joylashgan nervlardan tashkil topib, ular markazdan chiquvchi
impulslarni ichki a’zolar, to‘qimalar va tizimlarga yetkazib beradi.
Boshqacha aytganda, markaziy nerv tizimi shu periferik nervlar
orqali ichki a’zolar va tizimlar faoliyatini boshqaradi. Bular
efferent yoki markazdan qochuvchi nervlar deyiladi. Shu bilan
birga markazga intiluvchi efferent nervlar ham ma’lum. Bular,
asosan, analizatorlardan (eshitish, ko‘rish, hid va ta’m sezish)
va sezuvchi nervlar orqali, to‘qima va a’zolardan impulslarni
markazga yetkazib beradi (sezuvchi nervlar).
Efferent nervlarga ta’sir etadigan vositalar
Efferent nervlarga parasimpatik, simpatik va harakat nervlari
kiradi. Ichki a’zolar funksiyasi parasimpatik va simpatik nervlar
orqali bajariladi. Harakat nervlari esa tana mushaklarining qisqarishi
va harakatini ta’minlaydi (13- rasm).
Simpatik va parasimpatik nervlar faoliyati bo‘yicha bir-biriga
zid — antagonistlardir. Parasimpatik nerv qo‘zg‘alganda ko‘z
qorachig‘ini toraytirsa, ko‘z ichki bosimini paraytirsa, ko‘z
akkomadatsiyasini spazm qilsa, so‘lak ajralishini kuchaytirsa,
bronxlarni toraytirsa bradikardiyaga sabab bo‘ladi va me’da-ichak
sekretsiyasi va harakatini oshiradi, simpatik nerv esa aksincha
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi (ko‘z qorachig‘ini, bronxlarni
kengaytiradi, taxikardiya bo‘ladi, qon bosimini ko‘taradi va
hokazo).
Bu ikkala nerv o‘z yo‘nalishida nerv hujayralaridan tashkil
topgan tuguncha (gangliy) hosil qiladi va shuning hisobiga
preganglionar hamda postganglionar qismdan tashkil topgan.
Parasimpatik nerv tugunlari (gangliysi) innervatsiyalanuvchi
a’zoga yaqin yoki ularning o‘zida joylashgan, simpatik nervniki
esa orqa miyaga yaqin bo‘ladi. Bu degani, parasimpatik nervning
preganglionar qismi uzun bo‘lib, postganglionar tolasi qisqa.
Simpatik nervlarda esa buning aksi (14- rasm).
Sinapslar deb, nerv oksonlarining (tolalar) nerv hujayrasi
va organ to‘qimalari bilan tutashgan joyiga aytiladi. Zamonaviy
tushuncha bo‘yicha nerv tolalarining oxiri presinaptik parda bilan
chegaralanadi. Bu parda esa bo‘shliqda (depo) ishlab chiqariladigan
kimyoviy moddalarni — mediatorlarni saqlaydi. Innervatsiya qilina-
digan a’zoning shu sathida postsinaptik parda bo‘lib, u turli


79
kimyoviy moddalar (mediatorlar, dori moddalari) bilan reaksiyaga
kirishish xususiyatiga ega. Bu postsinaptik parda retseptorlar deb
yuritiladi (15- rasm).
Presinaptik va postsinaptik pardalar orasida bo‘shliq bo‘lib,
u sinaptik bo‘shliq deyiladi. Bu bo‘shliqning asosiy vazifasi nerv
tolasi oxiridan (depodan) chiqadigan kimyoviy moddalar —
mediatorlarni joylashtirishdan iborat.
1921- yilda avstraliyalik farmakolog O. Levi tomonidan oddiy,
lekin ahamiyatga sazovor bo‘lgan tajriba o‘tkazildi. Ikki baqaning
yuragi Shtraube usuli bo‘yicha ajratib olinib, ozuqaviy suyuqlik
(Ringer-Lokk) solingan umumiy kanyulaga o‘rnatiladi va ularning
qisqarishi kimograf tasmasiga yoziladi. Birinchi yurakka kelayotgan
yurakni tormozlovchi adashgan nerv tolasi kuchsiz elektr toki
bilan qo‘zg‘atiladi. Natijada birinchi yurakning qisqarishi zaif-
lashib, asta-sekin to‘xtaydi (14- rasm).
Biroz vaqt o‘tgach ikkinchi yurakning faoliyati ham o‘z-
o‘zidan zaiflashadi va nihoyat, to‘xtaydi. Bu hodisani Levi
13- rasm. Vegetativ innervatsiya sxemasida xolinetik va
adrenergik nervlar.
Bosh miya
Tarako—lyumbal bo‘lim
Sakral bo‘limi
Orqa miya
Ko‘z
So‘lak bezlari
Soch
Ter bezlari
Yuza arteriyalar
Yurak
Jigar
Me’da
Taloq
Ichki organlar
arteriyalari
Ingichka ichak
Buyrakusti bezlari
Yo‘g‘on ichak
To‘g‘ri ichak
Jinsiy bezlar
arteriyalari


80
quyidagicha ta’riflaydi. Birinchi yurakning adashgan nervi qo‘zg‘a-
tilganida uning oxiridan ajraladigan kimyoviy modda oldin birinchi
yurakka ta’sir etganidan so‘ng (yurak to‘xtashi) Ringer eritmasi
orqali ikkinchi yurakka o‘tib, unga ham tormozlovchi ta’sir etadi.
Boshqacha qilib aytganda, adashgan nervning postganglionar
qismi oxiridan impulslarning yurakka o‘tishi kimyoviy modda
ishtirokida bajariladi. Bu kimyoviy modda nerv oxirida ishlab
chiqariladi, ular mediatorlar deb ataladi. Bu nazariya tufayli
ko‘pchilik dorilarning ta’sir mexanizmi aniqlandi. Shu asosda
yangi-yangi shifobaxsh dori moddalari olindi. Shunday media-
torlar vegetativ nervlar tugunchasida va nerv-mushak sinapsida
ham borligi aniqlandi. Keyinchalik esa markaziy nerv tizimidagi
sinapslarda ham mediatorlarning qatnashishi aniqlandi.
Simpatik va parasimpatik nervlarning preganglionar qismidan
gangliyga impuls o‘tishida va postganglionar parasimpatik nervlardan
a’zolarga impuls uzatilishida mediator sifatida atsetilxolin moddasi
qatnashadi, simpatik nervning postganglionar qismidan a’zoga
impuls o‘tishini noradrenalin va adrenalin ta’minlaydi.
Atsetilxolinning postsinaptik pardaga ta’siri uzoq cho‘zilmaydi.
Chunki u xolinesteraza (atsetilxolinesteraza) fermenti ta’sirida
gidrolizlanib, xolinga va sirka kislotasiga parchalanadi. Hosil
bo‘lgan xolinning taxminan 50% i presinaptik parda orqali
qaytadan depoga o‘tib, sitoplazmaga yig‘iladi va atsetilxolin
biosintezida qatnashadi.
14- rasm Î. Lyovining baqaning ajratib olingan yuraklari ustida
o‘tkazgan tajribasi: 1 — Ringer-Lokk eritmasi;
2 — baqa yuraklari; 3 — birinchi baqa yuragiga kelayotgan vagus
nervini kuchsiz elektr toki bilan qo‘zg‘atish; 4 — yuraklar
qisqarishini yozish (kimogramma).
Qo‘zg‘alish
Vagis nervi
1
2
3
4


81
Xolinoretseptorlarga ta’sir etadigan vositalar
Umuman mediator atsetilxolin ta’sir etadigan, qutblangan
postsinaptik parda xolinoretseptor nomi bilan yuritiladi. Atsetilxolin
ta’sirida postsinaptik pardaning qutbi o‘zgarishi natijasida uning
ionlar o‘tkazuvchanligi oshadi. Atsetilxolin qo‘zg‘atuvchi samara
ko‘rsatadigan a’zolarda (silliq mushaklarning qisqarishi, bezlar
sekretsiyasining oshishi va boshqalar) natriy ionlari alohida yo‘llar
bilan hujayra sitoplazmasiga kirib, xolinoretseptorni depolyarizatsiya
(qutbining o‘zgarishi)ga uchratadi. Kaliy ionlari esa hujayra ichidan
tashqari to‘qimaga chiqib, pardani giðerpolyarizatsiyalaydi (15-
rasm). Bu atsetilxolinning a’zolar faoliyatiga tormozlovchi ta’sirini
keltirib chiqaradi. Shuni aytib o‘tish zarurki, natriy va kaliy
ionlarining hujayradagi va uning tashqarisidagi miqdori turlicha.
Shu sababdan membrana tashqi sathiga yig‘ilgan natriy ionlari
o‘ziga anionlarni tortib, parda ichki sathini manfiy qutblantiradi,
tashqi sath esa musbatlangan bo‘ladi. Demak, atsetilxolin yoki
boshqa moddalar ta’sirida postsinaptik pardaning potensiali buziladi.
Oqibatda qutbi buzilgan va buzilmagan parda qismlari o‘rtasida
mahalliy biotok hosil bo‘ladi. Ushbu tok hujayraning butun sathiga
tarqaladi, bunda har xil samaralar kuzatiladi. Keyin esa jarayon
AÒFning energiyasi hisobiga „natriy“ va „kaliy nasosi“ orqali
bajariladi. Shuning bilan xolinoretseptorning tinch holati tiklanadi
(repolyarizatsiya).
Xolinoretseptorlarning kimyoviy sezuvchanligi har xil bo‘li-
shini hisobga olgan holda ular akademik S.V.Anichkovning taklifi
bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi:
— muskaringa sezgir M- xolinoretseptorlar;
— nikotinga sezgir N- xolinoretseptorlar.
15- rasm. Xolinergik sinapsdan impulsning o‘tishi.
impuls
sinoptik
pufakchalar
atsetilxolin
presinaptik
parda
postsinaptik
parda
xolinoretseptor
K+
XE
Na
+


82
M- xolinoretseptorlar parasimpatik nervining postganglionar
tolalari oxiriga yaqin bo‘lgan postsinaptik pardada, N-xolino-
retseptorlar esa vegetativ nervlar tugunlari—gangliyda, MNÒda
va boshqa joylarda joylashgan (harakat nervi oxiri, korotid sinus,
buyrakusti bezi mag‘iz qismida va boshqalar).
A’zolarda joylashgan M-xolinoretseptorlar tuzilishi va kimyoviy
moddalarga sezuvchanligi bo‘yicha har xil bo‘lishi (M
1
—M
2
—M
3
—
M
4
—xolinoretseptorlar) aniqlangan.
Xolinoreseptorlarning mohiyati shundaki, turli dori preparat-
lari tanlab ta’sirlab, ularni qo‘zg‘atishi yoki to‘sishi mumkin.
Bunday dorilar bilan kasallik tufayli a’zolarning o‘zgargan
faoliyatini tiklash yoki kasallikni bartaraf etish mumkin.
Xolinoretseptorlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadigan barcha dori
vositalari (xolinergik vositalar) farmakologik ta’siriga ko‘ra 2 xil
bo‘ladi: xolinomimetik va xolinoblokator vositalar. Xolinomime-
tiklar xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, xolinoblokatorlar esa xoli-
nomimetiklarga qarshi o‘laroq xolinoretseptorlarni to‘sib, impuls
o‘tishini to‘xtatadi.
Bu ikki guruh preparatlar ta’sir etish joyiga qarab bo‘linadi.
M va N- xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilar:

M va N- xolinomimetiklar (atsetilxolin, karbaxolin);

M va N- xolinoblokatorlar (siklodol);
Antixolinesteraz vositalar (fizostigmin, galantamin, prozerin,
piridostigmin bromid, oksazil, xinotilin, distigmin bromid,
aminostigmin, amiridin, takrin, armin, dezoksiðeganin gidro-
xlorid, stafaglabrin sulfat).
M- xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilar:

M- xolinomimetiklar (pilokarpin, aseklidin);

M- xolinoblokatorlar (atropin, skopolamin, gomatropin
gidrobromid, platifillin, beladonna preparatlari, bangidevona va
mingdevona barglari);

sintetik xolinoblokatorlar (spazmolitin, aprofen, arpenal,
metatsin, buskopan).
N- xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilar:

N- xolinomimetiklar (sititon, lobelin gidroxlorid);

N- xolinoblokatorlar (benzogeksoniy, pentamin, dimekolin,
imexin, gigroniy, kvateron, kamfoniy, paxikarpin, pirilen,
temexin);

kuraresimon moddalar (miorelaksantlar) — depolyarizatsiya
qilmaydigan (tubokurarin xlorid, diðlatsin, piðekuroniy bromid,
vikuroniy bromid, atrokuriy, terkuroniy, kvalidil, melliktin) va
depolyarizatsiyalovchilar (ditilin, dioksoniy).


83
M va N-xolinomimetiklar
Ularga atsetilxolin va karbaxolin preparatlari kiradi.
Atsetilxolin M va N- xolinoretseptorlarga bevosita qo‘zg‘atuvchi
ta’sir etadi. M- xolinomimetik ta’siri ustunroq: bradikardiya,
tomirlarning kengayishi, bronxlar va hazm a’zolari mushaklarining
qisqarishi, bezlar sekretsiyasining oshishi va h.k. M- xolino-
retseptorlar to‘sib qo‘yilganda (atropin bilan) N- xolinomimetik
ta’sirni kuzatish mumkin. Atsetilxolin tibbiyot amaliyotida ta’siri
qisqa muddatli bo‘lgani uchun kam ishlatiladi. Chunki uni
xolinesteraza fermenti parchalaydi. Eksperimental farmakologiya va
fiziologiyada ko‘proq qo‘llaniladi.
Karbaxolin. Xolinesteraza fermenti ta’sirida ancha sekin
parchalanadi. Shuning uchun ta’siri uzoqroq cho‘ziladi. Glaukoma
kasalligida, taxikardiyada, ichak va siydik qopi atoniyasida
(tonusining bo‘shashishi) beriladi. Ateroskleroz, tutqanoq, homi-
ladorlikda, bronxial astmada tavsiya etilmaydi.
Atsetilxolin (Acethylcholinum) gigroskopik kristall oq modda.
Ampulalarda 0,1 va 0,2 g dan quruq holda chiqariladi. Òeri ostiga,
mushaklar orasiga (2—5 ml) yuboriladi.
Preparatlar.
K a r b a x o l i n (Carbacholinum). Kukun, 0,0005—0,01 g dan
2—3 marta ichish uchun beriladi. 0,01%—0,025—1 ml dan teri
ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi. 0,5—1% li eritmasi 2—3
tomchidan 2—6 marta ko‘zga tomiziladi.
Antixolinesteraz dori vositalari
Bularga xolinesteraza fermentining faolligini pasaytirib,
atsetilxolinning sinapsda parchalanishi (gidrolizi)ning oldini
oladigan va uning sinaps bo‘shlig‘ida yig‘ilishiga sabab bo‘ladigan
va shu tufayli xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishini ta’minlaydigan
preparatlar kiradi. Demak, ular ham M va N-xolinomimetiklarga
o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi, lekin bu ta’sir mediator atsetilxolin
orqali amalga oshiriladi.
Ular qo‘llanilishi va ta’sirining davomiyligiga ko‘ra ikki guruhga
bo‘linadi:
— vaqtinchalik ta’sir etuvchi vositalar: fizostigmin, prozerin,
galantamin va boshqalar;
— uzoq muddatli yoki qaytmas ta’sirga ega fosfororganik
birikmalar: xlorofos, tiofos va h.k.
Antixolinesteraz vositalarning bilvosita — M- xolinomimetik
ta’siri bir qator silliq mushaklarning (hazm yo‘llari, bronxlar,


84
o‘t yo‘llari, siydik qopi) qisqaruvchanligi va tonusi oshishi bilan
namoyon bo‘ladi (16- rasm). Òerapevtik dozalarda ular bradikar-
diya, katta dozalarda taxikardiya keltirib chiqaradi. Arterial bosim
pasayadi, bronxlar, hazm yo‘llari, ter bezlari sekretsiyasini ku-
chaytiradi. N- xolinomimetik ta’siri nerv-mushak o‘tkazuv-
chanligida, vegetativ gangliylarda sodir bo‘ladi. Kichik dozalarda
skelet mushaklari va vegetativ gangliylardagi qo‘zg‘alish
impulslarining o‘tishini yengillashtiradi, katta dozalarda esa
susaytiradi. Ular markaziy nerv tizimiga ta’sir qilib, kichik
dozalarda uni qo‘zg‘atadi, katta dozalarda esa susaytiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Ko‘z qorachig‘ini toraytiradi (mioz), bu ko‘z rangdor par-
dasida joylashgan aylanma silliq mushaklarning qisqarishiga bog‘liq.
Ko‘zning ichki bosimi pasayadi, chunki aylanma mushaklarning
qisqarishi ko‘z rangdor pardasining yupqalashishiga olib keladi va
u tortiladi. Natijada rangdor parda asosida joylashgan Fontan
bo‘shlig‘i hamda Shlemm kanali kengroq ochiladi va ko‘zning old
kamerasidagi ichki suyuqlik ko‘proq chiqishi hisobiga ko‘zning
ichki bosimi tushadi. Ko‘zning masofaga moslanishi (akkoma-
datsiyasi) spazmga uchraydi. Ko‘zning kiðriksimon tanasi mushak-
larining qisqarishi Sinn boylamlarining bo‘shashishiga olib keladi,
natijada ko‘z gavhari qalinlashib, yumaloq shaklga kiradi. Oqibatda
ko‘rish nuqtasi yaqinlashadi. Odam yaqinni yaxshi ko‘rib, uzoqni
aniq ko‘rolmaydi.
Antixolinesteraz moddalar ichak va siydik qopi atoniyasida,
glaukomani davolashda qo‘llaniladi. Miasteniyada, kuraresimonlar
ta’sirli preparatlarining antagonisti sifatida ishlatilishi nerv-mushak
sinapsidan impuls o‘tishini yengillatishiga asoslangan. Poliomiye-
litlarning asoratlarini va qator nevrologik buzilishlarni davolashda
ishlatiladi.
Fizostigmin salitsilat. Fizostigmin Afrikada o‘sadigan kalabar
dukkaklaridan olingan alkaloid. Uning tuzli preparati xolinesteraza
faolligini vaqtinchalik yo‘qotadi. Òa’siri 10—15 daqiqadan so‘ng
boshlanib, 2—4 soat davom etadi. Asosan, o‘tkir glaukomada,
pilokarpin naf qilmaganda, nevrologiya amaliyotida tavsiya etiladi.
Prozerin. Sintetik preparat. Antixolinesteraz ta’siri bo‘yicha
16- rasm. Fizostigmin(2)ning
(1:400000) va atropin(1)ning
(1 : 100000) quyonning ajratib
olingan ingichka ichak
peristaltikasiga ta’siri (

).
2
1


85
fizostigmindan kuchsizroq, gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi.
Òa’siri 2—3 soat davom etadi. Prozerin miasteniya, yarim falajlik
va falajlik holatlarida, glaukomada, ichak atoniyasida tug‘uruqni
tezlashtirish uchun tavsiya etiladi. Stenokardiya, bronxial astma,
tutqanoq, homiladorlik, bradikardiyada tavsiya etilmaydi (preparat
Davlat reyestriga kiritilgan).
Galantamin gidrobromid. G‘arbiy Kavkaz ortida uchraydigan
Voronov galantusi alkaloidi. Zaharli ta’siri kam. Miasteniya,
mushaklar distrofiyasi, yarim falajlik va falajlik hollarida, insult,
xolinoblokatorlar (atropin) bilan zaharlanishda va poliomiyelit
kasalliklari asoratida beriladi (Davlat reyestriga kiritilgan).
Galantomin mahalliy ta’sirlovchi bo‘lgani uchun ko‘z kasallik-
larida qo‘llanilmaydi.
Oksazil. Antixolinesteraz ta’siri bo‘yicha prozerindan kuchliroq
va zaharsizroq, ta’sir muddati uzoqroq (5—10 s) preparat. Yuqorida
aytilgan xastaliklarda buyuriladi (prozerin, galantaminga qarang).
Dezoksiðeganin gidroxlorid. O‘zbekiston Fanlar akademiya-
sining o‘simlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan
isiriqdan ajratib olingan alkaloid bo‘lib, uning farmakologiyasi
to‘la o‘rganilgan. Preparatning qaytadigan antixolinesteraz ta’siri
aniqlangan. U yarim falajlik, mushaklarning bo‘shashib qolishida
(miasteniya), poliomiyelit, nevrit, polinevrit kasalliklarida qo‘l-
laniladi.
Uzoq muddat ta’sir etadigan antixolinesteraz preparatlarga
asosan, fosfororganik birikmalar—FOB (xlorofos, dixlofos, butifos
va h.k.)ga kiradi. Ular qishloq xo‘jaligida va uy sharoitida
zararkunandalarga qarshi ishlatilganda zaharlanish holatlari uchrab
turadi. Zaharlanish har xil yo‘llar orqali (teri, me’da-ichak, nafas
yo‘llari) yuz berishi mumkin. FOBlar liðofil bo‘lgani uchun qonga
yaxshi so‘riladi va xolinesteraza fermentini to‘sib, atsetilxolinning
sinapslarda yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ular bilan
zaharlanganda M- xolinomimetiklar bilan zaharlanish natijasida
bo‘ladigan o‘zgarishlar (ko‘z qorachig‘ining torayishi, bradikar-
diya, qusish, ich ketishi va boshqalar) kelib chiqadi.
FOBlar bilan o‘tkir zaharlanishda shoshilinch choralar
ko‘rish darkor. Agar ular teriga yoki shilliq pardaga tushgan
bo‘lsa, natriy bikarbonatning 3—5 % li eritmasi (1 stakan suvga
2 choy qoshiq soda) bilan yaxshilab yuviladi, me’da-ichak orqali
tushgan bo‘lsa (qusish va ich ketish hollari bo‘lmagan taqdirda),
me’da qayta-qayta yuviladi, shimib oluvchi (karbolen) va surgi
dorilar (tuzli surgilar) beriladi. Agar zaharlanish nafas orqali
sodir bo‘lsa, bemorni toza havoga olib chiqish kerak. Qonga


86
so‘rilgan FOBni tanadan chiqarib yuborish maqsadida peshob
haydaydigan preparatlar (laziks), dezintoksikatsiyalovchi suyuq-
liklar (gemodez) va boshqalar yuboriladi. Shu tadbirlar bilan
birga FOBlarning antagonistlari bo‘lgan M- xolinoblokatorlar
(atropin sulfat) va xolinesterazaning reaktivatorlari yuborilishi
tavsiya etiladi.
Òibbiyot (oftalmologiya) amaliyotida FOBlar guruhiga
taalluqli armin preparati kichik konsentratsiyada (0,01%) ko‘z
tomchisi sifatida ishlatiladi.
Diðiroksim. O‘z molekulasida to‘rtlamchi azot saqlaydi.
Shuning uchun gematoensefalik to‘siqdan markaziy nerv tizimiga
o‘ta olmaydi. M- xolinoblokatorlar bilan birga yuborish mumkin.
Og‘ir hollarda kuniga bir necha martadan inyeksiya qilinadi.
Izonitrozin. Òa’siri jihatidan diðiroksimga o‘xshash.
Gematoensefalik to‘siqdan yaxshi o‘tadi. Zarur bo‘lganda preparat
qayta-qayta yuboriladi.
Preparatlar.
F i z o s t i g m i n s a l i t s i l a t (Physostigmini salicylas). Kukun.
Ko‘z tomchisi 0,25—1% li eritma, 1—2 tomchidan kuniga 1—
6 marta tomiziladi. Ko‘pincha pilokarpin bilan birga ishlatiladi.
P r o z e r i n (Proserinum). Kukun, tabletkalari 0,015 g dan,
ampulada 0,05% li eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Ovqatdan
30 min oldin 0,01—0,015 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun
beriladi. 0,05% li eritmasi 2 ml dan bir kecha-kunduzda 1—2
marta teri ostiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir
martaligi — 0,015 g, bir kecha-kunduzligi — 0,05 g.
G a l a n t a m i n g i d r o b r o m i d (Galantamini hydrobro-
midum). 0,25—0,5—1% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. 0,25—0,5% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yoki 1%
li eritmasi 0,25—1 ml dan venaga bir kecha-kunduzda 1—2 marta
yuboriladi. Yuqori dozasi: teri ostiga bir martaligi—0,01 g, bir
kecha-kunduzligi—0,02 g.
A r m i n (Arminum). 0,01% li eritmasi 10 ml dan flakonlarda
ishlab chiqariladi. 1—2 tomchidan kuniga 2—3 marta ko‘zga
tomiziladi.
D e z o k s i ð e g a n i n g i d r o x l o r i d (Desoxypeganini
hydrochloridum). 2,3- trimetilen 3—4- digidroxinazolin gidroxlorid.
Òabletkada 0,05 va 0,1 g dan, 1%li eritmasi 1—2 ml dan ampulada
ishlab chiqariladi. Òabletkasi kuniga 3 marta ichiladi. Bir kecha-
kunduzlik dozasi 0,15—0,3 g.
D i ð i r o k s i m (Diðiroximum). 15% li eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. 15% li eritmasi 1—3 ml, og‘ir hollarda


87
7—10 ml dan teri ostiga xolinoblokatorlar bilan birga inyeksiya
qilinadi.
I z o n i t r o z i n (Isonitrosinum). 40% li eritmasi 3 ml dan
mushaklar orasiga, og‘ir holatlarda venaga yuboriladi. Zarur
bo‘lganda har 40—45 minutda yuboriladi.
M-xolinomimetiklar
Bu guruhga kiruvchi dori vositalari a’zolar to‘qimasida
parasimpatik nervning postganglionar tolasi tutashgan joyida
joylashgan postsinaptik parda hisoblangan xolinoretseptorlarga
tanlab ta’sir etib, ularni qo‘zg‘atadi. Natijada parasimpatik nerv
qo‘zg‘alishida kuzatiladigan a’zolarda bo‘ladigan o‘zgarishlar
namoyon bo‘ladi. Chunonchi, ko‘z qorachig‘i torayadi, so‘lak
oqishi kuchayadi, nafas olish qiyinlashishi mumkin, ko‘ngil
aynish, yurak urishi sekinlashishi va boshqalar kuzatiladi (17-
rasm).
Pilokarpin. Alkaloid, Janubiy Amerikada o‘suvchi Pilocarpus
pinnatifolius Jaborandi o‘simligidan olinadi.
Amalda pilokarpin gidroxlorid preparati ishlatiladi. Uning
ta’sirida hazm a’zolari va bronxial sekretsiyasi faoliyati kuchayadi.
Silliq muskullar spazmini beradi. Ko‘zga bevosita M-xolinomimetik
ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, ko‘z ichki bosimi
tushadi. Bundan tashqari akkomodatsiya spazmini keltirib chiqaradi.
Glaukoma kasalligini davolashda asosiy preparat hisoblanadi. Shu
maqsadda ko‘z tomchisi va surtma holida beriladi. Zaharliligi yuqori
bo‘lgani uchun rezorbtiv ta’siridan foydalanilmaydi (18- rasm).
Aseklidin. Sintetik preparat. Glaukomaning oldini olish, shu
kasallikka duchor bo‘lgan bemorlarni davolash uchun, ichak va
siydik qopi atoniyasida, bachadondan atonik qon ketishida tavsiya
etiladi. Ko‘z tomchisi, surtma holida va inyeksiya holida tavsiya
etiladi.
Rp.: Sol.Pilocarpini hydrochloridi 2%—5 ml
D.S.1—2 tomchidan kuniga 3—4 marta ko‘zga tomiziladi.
#
Rp.: Ung. Aceclidini 3%—10,0
D.S.kechqurun uyqudan oldin ko‘zga surtish uchun.
M- xolinoblokator M- xolinomimetiklardan farqli o‘laroq
M- xolinoretseptorlarni to‘sib qo‘yishi sababli to‘qima va a’zolarga
parasimpatik nervlarning ta’sirini yo‘qotadi. Shu sababli quyidagi
o‘zgarishlar ro‘y beradi.


88
Ko‘zga ta’siri. Ko‘z rangdor pardasining doiraviy silliq
mushaklarini bo‘shashtiradi va radial mushaklarning qisqarishi
hisobiga ko‘z qorachig‘i kengayadi. Ma’lumki, aylanma mushaklar
parasimpatik nerv bo‘lmish ko‘z-harakat nervi bilan innervatsiya
qilinadi. M- xolinoblokatorlar ta’sirida bu nervning innervatsiyasi
to‘xtaydi va shu sababli mushak bo‘shashadi (17- rasm).
Ko‘zning ichki bosimi qisman yoki rosmana ko‘tarilishi
mumkin, chunki ko‘zning qorachig‘i kengayib, rangdor pardasi
qalinlashadi. Bu esa Fontan bo‘shlig‘i va Shlemov kanalining
torayishiga va ko‘z ichki suyuqligi chiqib ketishining qiyinlashishiga
olib keladi. Ko‘z akkomadatsiyasi (uzoq va yaqinni ko‘rishga
moslashish) esa M- xolinoblokator ta’sirida falajlanadi. Bunga
sabab preparatlar ko‘zning kiðriksimon tana mushaklarini
bo‘shashtirishidir. Natijada Sinn boylamlari tortiladi va ko‘z
gavhari yupqalashib qoladi. Oqibatda yaqindan ko‘rish qobiliyati
yomonlashadi, uzoqni ko‘rish esa o‘zgarmay qoladi (18- rasm.)
So‘lak bezlarining faoliyati susayadi, so‘lak ajrashi to‘xtaydi.
Natijada og‘iz qurib, odam suv talab qiladi.
Bronx va bronxiolalar kengayib, nafas olish yengillashadi.
Chunki M- xolinoblokatorlar ta’sirida M- xolinoretseptorlar
to‘silib, bronx silliq mushaklari bo‘shashadi. Bunda odamning
18- rasm. Atropin (I) va pilokarpinning (II) ko‘zga ta’siri:
1—rangdor parda; 2—oldingi kamera; 3—ko‘z gavhari;
4—Sinn bog‘lami; 5—shox parda; 6—kipriksimon tana
17-rasm. Ko‘z qorachig‘iga dorilarning ta’siri: 1—ko‘zning
dastlabki holati; 2—morfinning; 3—
p
ilokarpinning;
4—atropinning ta’siri.
1
5
2
3
4
6
II
I
1
2
3
4


89
ovozi ham o‘zgarib, xirillaydigan bo‘lib qoladi. Yurak urishi
tezlashadi. Òaxikardiya bo‘ladi. Bunga sabab M- xolinoblokator-
larning adashgan nervning yurakka nisbatan tormozlovchi ta’sirini
bartaraf qilishidir. Natijada simpatik nervning yurakka bo‘lgan
qo‘zg‘atuvchi ta’siri ro‘y-rost yuzaga chiqadi (19- rasm).
Qon tomiriga bo‘lgan ta’siri uncha sezilmaydi. Chunki qon
bosimining ko‘tarilishida baroretseptorlar qatnashib, unga yo‘l
qo‘ymaydi.
Me’da-ichak faoliyatining sekretsiyasi va harakati to‘xtaydi,
spazmlar yo‘qoladi. Boshqacha aytganda, M- xolinoblokatorlar
spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi va atoniya holati kuzatiladi. Me’da-
ichakda shira ajralishi to‘xtaydi.
Chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarning (qovuq, bachadon, to‘g‘ri
ichak) tonusi pasayadi, sfinkterlar bo‘shashadi.
Òer ajralishning to‘xtashi natijasida teri quriydi va uning
harorati ko‘tariladi. Chunki ter bezlari parasimpatik nervlar bilan
innervatsiya qilinadi. Ularda ham M- xolinoretseptorlar bo‘lgani
uchun M- xolinoblokatorlar ta’sirida nerv impulslari to‘siladi.
Preparatlar ta’sirida M- xolinoretseptorlarning to‘silishi natija-
sida mediator atsetilxolinning xolinoretseptorlarga ta’sir etishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqacha aytganda, postsinaptik parda
depolyarizatsiya bo‘lmaydi. Natijada nervlarning oxiridan a’zoga
impuls o‘tishi to‘xtaydi, ushbu a’zoning farmakologik dener-
vatsiyasi (nerv ta’siridan xoli bo‘lishi) kuzatiladi.
M- xolinoblokatorlar tibbiyot amaliyotida, masalan oftal-
mologiyada ko‘zning ichki tubini tekshirish maqsadida ko‘z
qorachig‘ini kengaytirish, bundan tashqari ko‘z miopiyasining
(yaqinni ko‘rmaslik kasalligi) darajasini aniqlash va shunga qarab
ko‘zoynak yozib berish uchun ishlatiladi. Preparatlar bronxial
astma kasalligida, bradiaritmiyada, me’da va ichak yaralarida, M-
xolinomimetiklar bilan zaharlanishda, me’da-ichak sanchig‘ida,
buyrak va o‘t qopi toshi kasalligi xurujida, me’da-ichak rentgeno-
skopiyasida ingalatsion narkoz moddalar asorati bronxsekretsiyasi
oshishining oldini olish va boshqa maqsadlarda keng ishlatiladi.
19- ðàñì. Baqaning àjratib olingan yuragiga atropinning
(1:50000; 1:100000) ta’siri (

).
(1:50000)
(1:100000)


90
M- xolinoblokatorlar glaukoma kasalligida, umuman yoshi
o‘tib qolgan bemorlarga, shuningdek yurak-tomir organik va
funksional kasalliklarida ham tavsiya etilmaydi.
Zaharlanish hollarida og‘izning qurishi, ovozning xirillashi,
terining qizarishi va qurib qolib issiq bo‘lishi, chanqash, ko‘z
qorachig‘ining kengayishi, taxikardiya kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ayrim M- xolinoblokatorlar psixomotor qo‘zg‘alishga sabab
bo‘lishi mumkin. Bunda gallyutsinatsiya va titrash holatlari
kuzatiladi, tana harorati ko‘tariladi.
Zaharlanishda antixolinesteraz preparatlardan fizostigmin
salitsilatdan 0,001 g dan (5 ml osh tuzining izotonik eritmasida)
har 5 daqiqa davomida yuborib turiladi (umumiy dozasi 0,006 g).
Prozerin yoki galantamin ham berilishi mumkin. Psixomotor
qo‘zg‘alishda mushaklar orasiga geksenal yoki sibazon yuboriladi.
Kuchli taxikardiyada xinidin sulfat, anaprilin, atenalol yuboriladi.
Zaharlanish og‘iz orqali bo‘lganda me’da faollangan ko‘mir
aralashgan suv bilan yuviladi, tuzli surgilar tavsiya etiladi. Og‘izni
chayib turish, sovuq suvli dush qabul qilish yoki sovuq suv
bilan tanani yuvish, artish talab qilinadi.
Atropin sulfat. Alkaloid beladonna, bangidevona, mingsevana
o‘simliklari tarkibida mavjud.Yuqorida bayon etilgan kabi
farmakologik ta’sirga ega. Ko‘z qorachig‘ini yaxshigina kengaytiradi
(midriaz), ko‘z ichki bosimini ko‘tarib, glaukoma xurujiga sabab
bo‘lishi mumkin, akkomodatsiyani falajlaydi. Spazmolitik ta’siri
va taxikardiya holati ancha sezilarli. Zaharlanganda (dozani oshirib
yuborish, atropin saqlagan o‘simliklar — bangidevona va
boshqalar iste’mol qilinganda) atropinning periferik ta’siriga xos
belgilardan tashqari, uning markaziy nerv tizimiga qo‘zg‘atuvchi
ta’siri ham seziladi, ya’ni ruhiy qo‘zg‘alish, harakatchanlikning
oshishi, gallyutsinatsiya holatlari bo‘lishi mumkin. Atropin
oftalmologiya, jarrohlik, rentgenologiya, terapiyada (bronxial
astma, me’da-ichak yarasida) va boshqa hollarda ko‘p ishlatiladi.
Atropinning bunday ta’siri bir necha kun davom etadi. Odamda
noqulay holatlar (yorug‘da ko‘zi qorong‘ilashadigan, uzoqni
ko‘rmaydigan) bo‘ladi. Buni nazarda tutish lozim.
Skopolamin gidrobromid. Atropin bo‘ladigan o‘simliklardagi
alkaloid. Periferik xolinolitik ta’siri bo‘yicha atropinga o‘xshaydi,
lekin undan markaziy nerv tizimiga tormozlovchi-susaytiruvchi
ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Nafas olishni susaytiradi, ruhiy
tinchlantiradi. Shuning uchun ham u parkinsonizm kasalligida,
psixozga, vestibular apparatning izdan chiqashiga, mozanatning
buzilishida qusishga qarshi (aeron tabletka tarkibida) beriladi.


91
Beladonna ekstrakti va nastoykasi. Òarkibida atropin va boshqa
alkaloid saqlaydi. Ko‘proq me’da og‘rig‘ida, spazm natijasida
og‘riq bo‘lganda yaxshi naf qiladi. Me’da tabletkasi va tomchisi
tarkibiga kiradi. Boshqa preparatlar bilan qo‘shib berilishi mumkin
(besalol, bekarbon, bellalgin, zelenin tomchisi va boshqalar).
Platifillin gidrotartrat. Alkaloid. Kavkaz tag‘larida o‘sadigan
genetsio o‘simligida mavjud. Famokologik xususiyatlaridan ko‘proq
spazmolitik ta’siri samarali, sezilarli tinchlartiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Me’da va ichak yaralari tufayli bo‘lib turadigan sanchiq-
larda qo‘laniladi. Atropinga nisbatan kuchsizroq va zaharsizroq,
tomir harakati markaziga nisbatan tinchlartiruvchi ta’sirga ega
bo‘lgani uchun qon tomirlarini (koronar, bosh miya) kengay-
tiradi. Shuning uchun ham platifillin stenokardiyada, bosh miya
tomirlari spazmida ham qo‘llaniladi. Ko‘z akkomodatsiyasiga ta’siri
kam, ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi.
Metatsin. Sintetik preparat. Farmakologik xossalari bo‘yicha
atropinga yaqin. Lekin bronxlarni kengaytirish samarasi bo‘yicha
atropindan kuchliroq, me’da-ichak tizimiga ta’siri bo‘yicha esa u
bilan barobar, ko‘zga ta’siri bo‘yicha atropindan 10 marta
kuchsizroq. Metatsin, asosan, me’da va ichak yara kasalliklarida
ko‘proq ishlatiladi.
Gastrozepin. Sintetik preparat. Asosiy farmakologik (folinolitik)
ta’siri me’da sekretsiyasi ishlab chiqaradigan hujayralarga qaratil-
gan. Ularning faoliyatini susaytiradi, chunki preparat M
1
- xolino-
retseptorlarni to‘sib qo‘yadi. Ko‘zga, so‘lak bezlariga, bronxlarga
ta’siri ancha kuchsiz. Xlorid kislota va pepsin ishlab chiqarishni
kamaytiradi. Shuning uchun ham gastrozepin kislotalilik oshishi
bilan kelib chiqadigan me’da-ichak yara kasalligida keng qo‘llanadi
(6- jadval).
-
o
k
a
m
r
a
F
i
r
i
s
’
a
t
k
i
g
o
l
n
i
p
o
r
t
A
-
a
l
o
p
o
k
S
n
i
m
n
i
s
t
a
t
e
M
-
e
z
o
r
t
s
a
G
n
i
p
a
g
T
N
M
a
g
z
‘
o
K
k
a
h
c
i
-
n
o
z
a
q
h
s
O
a
g
i
s
a
m
e
t
s
i
s
a
g
it
a
y
il
o
a
f
k
a
r
u
Y
a
g
i
r
a
ll
‘
o
y
s
a
f
a
N
a
g
i
r
a
l
z
e
b
r
e
T
i
h
s
r
a
q
a
g
h
s
i
s
u
Q
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
+
+
+
+
+
+
—
+
6- jadval
« + » belgisi ta’sir kuchini bildiradi.


92
Preparatlar.
A t r o p i n s u l f a t (Atropini sulfas). Òrop kislotaning tropin
efir sulfati. Belladonna, bangidevona va boshqa o‘simliklardan
olingan alkaloid. 0,1% li eritmasi 1 ml dan ampulada, 1% li
eritmasi 5 ml dan flakonda (ko‘z tomchisi); 0,0016 g dan ko‘z
pardasi faolligiga ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30—40 daqiqa oldin
yoki 1 soat keyin 0,00025—0,0005—0,001 g dan kuniga 2—3 marta
(kukun, pilyulya) ichiladi. 0,1% li eritmasi 0,25—0,5—1 ml dan
kuniga 1—2 marta teri ostiga yuboriladi. 1% li eritmasi faqat ko‘zga
(1 tomchi) tomiziladi. Yuqori dozasi: ichish va inyeksiya uchun
bir martalik dozasi—0,001 g, bir kecha-kunduzligi—0,003 g.
B e l l a d o n n a n a s t o y k a s i (Tinctura Belladonnae). Òarkibi:
0,027—0,033% alkaloidlar saqlaydi, 40% spirtda eritilgan. 10 ml
dan flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 30—40 daqiqa oldin 5—10 tomchidan kuniga 2—
3 marta ichiladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik—0,5
ml (23 tomchi), bir kecha-kunduzlik —1,5 ml (70 tomchi).
P l a t i f i l l i n g i d r o t a r t r a t . (Plathyphyllini hydrotartras).
Kukun, 0,005 g dan tabletka shaklida, 0,2% li eritmasi 1 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 0,002—0,005 g
dan kuniga 2—3 marta ichiladi, 0,2% li eritmasi 1—2 ml dan
teri ostiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun va teri ostiga
bir martalik — 0,01 g, bir kecha-kunduzlik — 0,03 g.
G a s t r o z e p i n . (Gastrozepinum). 0,025 g dan tabletka,
ampulada quruq modda 0,01 g dan kukun holida ishlab chiqariladi.
2 tabletkadan kuniga 2 marta ichiladi, venaga 0,01—0,02 g dan
eritma holida har 12 soatda mushaklar orasiga va venaga yuboriladi.
M e t a t s i n (Metacinum). Kukun. 0,002 g dan tabletka
shaklida; 0,1% li eritmasi 1 ml li ampulada ishlab chiqariladi.
0,002—0,003 g dan kuniga 2—3 marta ovqatdan keiyn ichiladi.
0,1% li eritmasi 0,5—2 ml dan teri ostiga, mushaklar orasiga
va venaga yuboriladi.
„ A e r o n “ („ Aeronum“). Òarkibi skopolamin 0,0001 g,
giasseamin 0,0004 g. Tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Samolyotda
uchishdan 30—60 min oldin 1—2 tabletkadan ichiladi. Yuqori
dozasi: bir martalik —2 tabletka, bir kecha-kunduzligi — 4
tabletka.
S k o p o l a m i n g i d r o b r o m i d (Scopolamini hydrobromi-
dum). Kukun. 0,05% li eritmasi 1 ml dan ampulalarda chiqariladi.
Ovqatdan keyin 0,00025—0,0005 g dan kuniga 2—3 marta ichiladi.
0,05% li eritmasi 1—2 ml dan teri ostiga yuboriladi. 0,25% li
eritmasi 2 tomchidan ko‘zga tomiziladi.


93
Rp.: Sol. Atropini sulfatis 0,1%—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S.1 ml. teri ostiga yuborish uchun.
#
Rp.: T-rae Belladonnae 10 ml
D.S. 5—10 tomchidan 2—3 marta ichiladi.
#
Rp.: Gastrozepini 0,025
D.t.d. N. 10 in tabulettis
S. 2 tabletkadan kuniga 2 marta ichish uchun.
#
Rp.: Sol. Platyphyllini hydrotartaratis 0,2%—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S.1 ml dan kuniga 1—2 marta teri ostiga
N-xolinoretseptorlarga ta’sir
etadigan dori vositalari
Yuqorida qayd etilganidek, parasimpatik va simpatik nervlar-
ning tugunchalarida (gangliyda) N- xolinoretseptorlar joylashgan
bo‘lib, ular shu nervlarning preganglionar tolalari oxiridan
impulsning gangliyga o‘tishini ta’minlaydi.
Bunday retseptorlar uyqu arteriyasining bo‘lingan joyidagi
nerv hujayralaridan tashkil topgan karotid koptokcha yoki karotid
sinusida ham harakat nervining tana mushaklari sinapsida joylashgan.
Bunday xolinoretseptor markaziy nerv tizimida va buyrakusti
bezining miya qismida ham bor. Ushbu N-xolinoretseptorlarning
dori va kimyoviy moddalarga nisbatan sezuvchanlik darajasi
turlicha. Ayrim moddalar ko‘proq vegetativ gangliyning N-
xolinoretseptorlariga, boshqalari esa nerv-mushak sinapsi N-
xolinoretseptorlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shuni hisobga olgan holda
ular farmakologik moddalarga nisbatan sezgirligi turlicha bo‘lishi
bilan ikki xil retseptorlarga bo‘linadi. Birinchisiga vegetativ nerv
gangliylari, karotid koptokchalar va buyrakusti bezlari miya qismi
retseptorlari kirsa, ikkinchisiga — nerv-muskul retseptorlari kiradi.
Yuqorida qayd etilganidek, N- xolinoretseptorlarni qo‘zg‘a-
tuvchi vositalar N- xolinomimetiklar yoki gangliomimetiklar,
ularni to‘suvchi vositalar esa N- xolinolitiklar yoki N- xolino-
blokatorlar deb yuritiladi. N- xolinoblokatorlar o‘z navbatida
ta’sir etish joyiga, farmakologik xossasi va ishlatilashiga ko‘ra ikki
guruhga bo‘linadi: ganglioblokatorlar va miorelaksantlar.


94
N- xolinomimetiklar
Asosan parasimpatik va simpatik nervlar gangliysidagi N-
xolinoretseptorlarni (nikotinga sezgir) qo‘zg‘atadigan vositalarga
N- xolinomimetiklar deyiladi. Shu sababli aytilgan nervlar
faoliyatining kuchaytirilishida yuzaga chiqadigan o‘zgarishlar
namoyon bo‘ladi. Bunday farmakologik ta’sir atsetilxolin, nikotin
va boshqa moddalarga xos.
Nikotin tamakidan olinadigan alkaloid bo‘lib, kuchli zaharli
moddadir. Shuning uchun ham u tibbiyot amaliyotida dori
preparati sifatida ishlatilmaydi. Nikotinning N- xolinoretseptorlarga
tanlab ta’sir etish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi
bosqich N- xolinoretseptorlar qo‘zg‘alib, bir qator o‘zgarishlar
kuzatiladi, xususan, periferik qon tomirlari torayadi, qon bosimi
ko‘tariladi, yurak urishi tezlashadi. Me’da-ichak harakati va
sekresiyasi ortadi, bosh aylanishi va nafas olish tezlashishi
mumkin. Bunday o‘zgarishlar yurak qon-tomir tizimining ko‘proq
simpatik nervga, me’da-ichakning esa ko‘proq parasimpatik nervga
sezuvchanligi bilan izohlanadi. Nafas olishning o‘zgarishi esa
karotid koptokcha N- xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan
bog‘liq bo‘lsa kerak. Nikotin ta’sirining ikkinchi bosqichida esa N-
xolinoretseptorlar bloklanadi, bu hol nikotinning kattaroq
dozalarida sodir bo‘ladi, yuqorida keltirilgan o‘zgarishlarning aksi
kuzatiladi.
Nikotinning asosiy farmakologik xossalaridan biri (kichik
dozalarda) markaziy nerv tizimida joylashgan N- xolinoretsep-
torlarni qo‘zg‘atishdir. Bunday ta’sir ruhan yengillikka, fikrning
va ish qobiliyatining qisman yaxshilanishiga olib keladi. Shu bilan
bir qatorda nikotinga qaramlik yuz berishi mumkin. Bu ko‘pincha
tamaki chekuvchilarda — kashandalarda ro‘y beradi.
O‘tkir zaharlanish. Nikotin bilan zaharlanish ko‘pincha
birinchi tamaki chekishda ro‘y berishi mumkin. Bunda qattiq yo‘tal
tutishi, yurak urishining tezlashishi, bosh aylanishi, qayd qilish
hollari kuzatiladi. Katta doza bilan zaharlanishda markaziy nerv
tizimining faoliyati susayib, qon bosimi tushib ketadi, yurak urishi
zaiflashadi. Bunday holatlarda sun’iy nafas oldiriladi, analeptiklar,
ko‘pincha kofein, kordiamin va boshqalar qo‘llaniladi.
Surunkali zaharlanish — nikotinizm tamaki chekuvchilarda
kuzatilib, organizmda har xil o‘zgarishlar bilan kechadi. Nikoti-
nizmning asosiy belgilaridan beri xumor bo‘lishdir. Chekuvchilarda
bronxit, giðeratsid gastrit, me’da-ichak yarasi, qorason (endoar-
trit) kasalligi, o‘pkaning rak kasalligi, giðertoniya, ateroskleroz,


95
yurakning ishimik kasalligi, shu jumladan yurak infarkti ko‘proq
bo‘lishi statistika bo‘yicha aniqlangan. Bu og‘ir kasalliklar tamaki
chekuvchilarda chekmovchilarga qaraganda 5—6 marta ko‘p
uchraydi. Qorason kasalligi (endoartritum) asosan chekuvchilarda
uchraydi. Shuning uchun ham ushbu hayot uchun xavfli xastalik-
larning oldini olishda chekishga qarshi, ayniqsa, yoshlar orasida
tashviqot ishlari olib borish g‘oyat ahamiyatlidir.
Nikotinizmga duchor bo‘lgan chekuvchilarni davolashda
psixoterapiyadan keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda dori
preparatlaridan tabeks, anabazin xlorid, labilin va boshqalar
ishlatiladi. Lebolin („lobesil“ tabletkalar tarkibida), sitizin
(„tabeks“ tabletkalar tarkibida) kimyoviy tuzilishi nikotinga yaqin
bo‘lgani uchun chekishga xumorlikni kamaytiradi. Bu preparatlar
iste’mol qilib turilganda chekilsa, chekuvchilarda yoqimsiz, nojo‘ya
holatlarni keltirib chiqarib, chekishga intilish bartaraf etiladi.
Òibbiyot amaliyotida N- xolinomimetiklardan sititon va lobelin
gidroxlorid ishlatiladi. Chunki ular karotid sinusidagi N-
xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atib, refleks yo‘li bilan nafas markazi-
ning jonlanishiga olib keladi, nafas tezlashadi.
Bunday ta’sir, asosan, nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligi
susaygan holatda samarali bo‘ladi. Masalan, is gazi bilan
zaharlanishda, ayniqsa, chaqaloqlar asfiksiyasida, bo‘g‘ilib
qolishda sititon va lobelin nafas analeptiklari sifatida kor qiladi.
Bu sharoitda sititon va lobelin to‘g‘ridan-to‘g‘ri venaga yuboriladi.
Shunda preparatlarning ta’siri tezroq va kuchliroq seziladi.
Lobelin gidroxlorid. Venaga yuborilganida karotid sinusini
qo‘zg‘atib, refleks yo‘li bilan nafas markazini qo‘zg‘atadi. Shu
bilan bir qatorda vegetativ nervlar gangliysini va buyrakusti
bezining xromafin to‘qimasini ham qo‘zg‘atadi. Lobelin adashgan
nerv markazini qo‘zg‘atgani uchun bradikardiyaga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, lobelin qon bosimini ko‘taradi. Preparatning
ta’siri uzoq vaqtga cho‘zilmaydi. Nafas markaziga bo‘lgan
qo‘zg‘atuvchi ta’siri preparatni teri ostiga yoki mushaklar orasiga
yuborilganda ham kuzatiladi. Lekin bunda preparat dozasini bir
necha bor ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Dozaning oshirilishi
preparatning markaziy nerv tizimiga ta’sirini ham oshiradi. Natijada
har xil ko‘ngilsiz hollar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun
lobelin nafas analeptigi sifatida faqat minimal dozada venaga
yuboriladi.
Lobelin gidroxlorid yurak-tomir tizimining kasalliklarida
(ateroskleroz, giðertoniya va boshqalar) berilmaydi.


96
Sititon. Asosiy farmakologik ta’siri bo‘yicha lobelin gidroxlo-
ridga o‘xshaydi. Nafas markaziga bo‘lgan bilvosita ta’siri asosan
preparatni venaga yuborganda bilinadi. Nafasning qo‘zg‘alishi qisqa
muddatlidir. Sititon ham lobelin singari qon bosimini ko‘taradi.
Shu sababli preparat shok holatida, giðotoniyada, kollapsda ham
ishlatilishi mumkin. Chekuvchilarda bo‘ladigan xumor qilish
holatini kamaytirish uchun ham beriladi.
Anabazin gidroxlorid. Farmakologik ta’siri bo‘yicha nikotinga,
lobelinga va sitizinga yaqin. Preparat kichik dozada chekishga qarshi
ishlatiladigan tabletkalar, plyonka va chaynash uchun mo‘ljallan-
gan „chamibazin“ rezinalar tarkibiga kiradi.
Preparatlar.
L o b e l i n g i d r o x l o r i d (Lobelini hydrochloridum) 1% li
eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Venaga bir martalik
dozasi 0,005 g, bir kecha-kunduzligi — 0,01 g, mushaklar orasiga
bir martaligi — 0,01 g, bir kecha-kunduzligi —0,02 g.
S i t i t o n (Cytitonum). 0,15% li sitizin eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. 0,5—1 ml dan venaga yuboriladi.
L o b e s i l (Tab „Lobesil“). Òabletka holida ishlab chiqariladi.
Har bir tabletka 0,002 g lobelin gidroxloridi saqlaydi. 1
tabletkadan kuniga 3—4 marta ichiladi.
Ò a b e k s (Tabex). Òabletka holida ishlab chiqariladi. Har bir
tabletkada 0,0015 g sitizin bor. 1 tabletkadan kuniga 1—2 tadan
ichiladi.
Rp.: Sol.Lobelini hydrochloridi 1%—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S.2 1 ml mushaklar orasiga yuborish uchun
#
Rp.: Cytitoni—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S. 1 ml. dan venaga yuborish uchun.
N- xolinolitiklar
N- xolinoretseptorlarni to‘sib, nerv impulslari o‘tishini
to‘xtatib qo‘yadigan preparatlarga N- xolinolitiklar deb aytiladi.
Ularga tarkibi, kimyoviy tuzilishi, ta’sir etish joyi, mexanizmi
va ishlatilishi bo‘yicha turlicha bo‘lgan preparatlar kiradi. Shularni
e’tiborga olgan holda N- xolinolitiklar ikki guruhga bo‘linadi:
ganglioblokatorlar va miorelaksantlar.
Ganglioblokatorlar. Ularning farmakologik ta’siri, asosan,
vegetativ nervlar tuguni — gangliysidagi N- xolinoretseptorlarga


97
qaratilgan bo‘lib, ularni to‘sib parasimpatik va simpatik nervlardan
qo‘zg‘alashni — impuls o‘tishini to‘xtatadi. Shu sababli asosan
quyidagi farmakologik o‘zgarishlar kuzatiladi: ko‘pchilik qon
tomirlari kengayadi, qon bosimi pasayadi, me’da-ichak sekretsiyasi
va harakati susayadi.
Ganglioblokatorlar kimyoviy tuzilishi va ta’sir muddati
bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: to‘rtlamchi (benzogeksoniy,
pentamin, dimekolin, gigroniy) va uchlamchi ammoniy
birikmalar (pirilen, paxikardin, timexin). Òo‘rtlamchi ammoniy
birikmali preparatlar oshqozon-ichakdan yomon so‘riladi. Shuning
uchun inyeksiya uchun mo‘ljallangan. Òa’sir muddati bo‘yicha:
uzoq (pirilen, benzogeksoniy, timexin, dimekolin) va qisqa
(gigroniy 10—15 minut) muddat ta’sir qiladiganlarga bo‘linadi.
Shuni qayd qilish kerakki, ganglioblokatorlar ta’sirida qon
bosimi keskin tushadi. Bu hol qon bosimi yuqori darajaga
ko‘tarilgan paytlarda yaxshi ko‘rinadi. Qon bosimining keskin
pasayishi bosh miyaning qon bilan ta’minlanishining kamayishiga
olib keladi. Shu sababli bemorlarda ortostatik kollaps holati ro‘y
berishi mumkin. Bunda bemorning boshi aylanib yiqilishi,
vaqtincha hushini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun gangliobloka-
torlar bemor yotgan holatidagina yuboriladi. Inyeksiyadan so‘ng
1,5—2 soat davomida yotish zarur.
Ganglioblokatorlar, asosan, giðotenziv preparatlar sifatida gi-
ðertoniya kasalligida ishlatiladi. Ular qon bosimini keskin pasay-
tirishi sababli ko‘pincha giðertonik kriz holatlarida (qon bosimining
haddan tashqari ko‘tarilib ketishi) bemor yotgan holida inyeksiya
qilinadi. Jarrohlik amaliyotida esa ganglioblokatorlar boshqariluvchi
giðotoniya hosil qilish uchun yirik qon tomirlarida va yurakda
operatsiyalar bajarishda (kamroq qon ketishi uchun) ishlatiladi.
Qorason kasalligi (endoarteriit), me’da-o‘n ikki barmoqli ichak
yara kasalligi, surunkali spastik kolit kasalligida beriladi. Ayrim
preparatlari (paxikarpin) tug‘ish jarayonini tezlashtirishda
qo‘llaniladi. Ganglioblokatorlar ayrim hollarda o‘pka va miya
to‘qimasi shishida ham beriladi. Bu guruh preparatlar qon bosimi
pasaygan hollarda, yurak faoliyati yetishmasligida, miyaga qon
quyilishida, jigar va buyrak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Ganglioblokatorlar bilan zaharlanishda qon bosimini ko‘tara-
digan dorilar — adrenalin yoki noradrenalin buyuriladi. Noradre-
nalinni venaga tomchilatib yuborish yaxshi samara beradi. Venaga
yuborish uchun sharoit bo‘lmagan taqdirda efedrin yoki mezaton
inyeksiya qilinadi.


98
Benzogeksoniy. Qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini
tushiradi. Vena tomirlari ham kengaygani sababli ularda qon
to‘planadi va yurak faoliyati yengillashadi. Me’da-ichak sekretsiyasi
va harakati susayadi, akkomodatsiyani falajlaydi. Preparatning
ta’siri 4—6 soat davom etadi va qayta-qayta yuborilganida ta’sir
samarasi susayadi. Shuning uchun bu hollarda preparat dozasini
oshirishga to‘g‘ri keladi.
Benzogeksoniy asosan qorason kasalligida, giðertoniyada
(ko‘proq III davrida), me’da-ichak yara kasalligida, neyroxirur-
giyada ishlatiladi.
Paxikarpin gidroyodid. Ichakdan tez so‘rilib, ta’siri yuzaga
chiqadi. N- xolinolitik ta’siridan tashqari bachadon mushaklari
tonusini oshiradi.
Paxikarpin asosan endoarterit, giðertoniya kasalliklari va
tug‘ish jarayonini tezlashtirishda qo‘llaniladi.
Pirilen. Preparat ichakdan yaxshi so‘riladi va farmakologik
ta’siri uzoq muddat (5—8 soat) davom etadi. Kumulativ ta’siri
yo‘q. Ishlatilishi benzogeksoniyga o‘xshaydi.
Gigroniy. Qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘lgan preparat. Gigroniy
2—3 daqiqadan keyin ta’sir ko‘rsatadi va ta’siri 15—20 daqiqa
davom etadi.
Preparat venaga tomchi holida yuboriladi. Asosan, bosh-
qariluvchi giðotoniya hosil qilish uchun yirik qon tomirlari, yurak
va neyroxirurgik operatsiyalarda ishlatiladi.
Preparatlar.
B e n z o g e k s o n i y (Benzohexonium) 0,1 g dan kukun,
tabletka shaklida; 2,5% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. Ovqatdan oldin 0,1—0,25 g dan kuniga 3—6 marta
ichiladi. 2,5% li eritmasi 1—1,5 ml dan bir kecha-kunduzda 1—
2 marta teri ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi. Yuqori dozasi:
ichish uchun bir martalik 0,3 g, bir kecha-kunduzlik 0,9 g,
teri ostiga bir martalik 0,075 g, bir kecha-kunduzlik—0,3g.
P a x i k a r p i n g i d r o y o d i d (Pachycarpini hydroiodidum)
0,1 g dan kukun va tabletkalar shaklida, 3% li eritmasi 2 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,05—0,1 g dan kuniga 2—3 marta
ichiladi; 3% li eritmasi 2—4 ml dan teri ostiga va mushaklar orasiga
yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik—0,2 g, bir
kecha-kunduzligi — 0,45 g.
P i r i l e n (Pirilenum) 0,005 g dan tabletkalar shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,0025—0,005 g dan kuniga 2—3 marta
ichiladi. Yuqori dozasi: ichish uchun-bir martalik—0,01 g, bir
kecha-kunduzligi — 0,03 g.


99
G i g r o n i y (Hygronium). 0,1 g dan 10 ml hajmli flakon
yoki ampulalarda kukun holida ishlab chiqariladi. Osh tuzining
izotonik eritmasida tayyorlangan 0,1% li eritmasi venaga
tomchilatib (1 min.da 70—100 tomchi) yuboriladi.
I m e x i n (Imechinum) 1% li eritmasi 1—2 ml dan
ampulalarda ishlab chiqariladi. 1% li eritma osh tuzi izotonik
eritmasining 100 ml da eritilib, tomchilatib venaga yuboriladi.
Rp.: Sol.Benzohexoni 2,5%—1 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S. 1 ml dan kuniga 1 marta teri ostiga.
#
Rp.: Tab.Dimecolini—0,025
D.t.d. N. 50
S.1 tabletkadan kuniga 2 marta ichiladi.
#
Rp.: Tabl.Pirileni—0,005
D.t.d. N. 10
S.1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichiladi.
Miorelaksantlar (kuraresimon vositalar)
Òana ko‘ndalang targ‘il mushaklarini bo‘shashtiruvchi vosita-
larga miorelaksantlar deb aytiladi (mio—mushak, relaksant—
bo‘shashtiruvchi).
Bu guruhning preparati bo‘lgan kurare nayza zaharidir. Bu
zahar Janubiy Amerikaning o‘simlik turlaridan bo‘lgan Strychnos
va Chondodendronning ekstrakti hisoblanadi. Amerikalik induslar
uni XV asrda yirik hayvonlarni ovlashda ishlatganlar. Kurarening
ta’sir etish mexanizmi esa K.Bernar (1851) va E.V.Pelikan (1857)
tomonidan aniqlangan. Ularning fikricha, kurare harakat nervidan
impulslarning mushaklarga o‘tishini to‘xtatib qo‘yadi yoki nerv-
mushak sinapsini bloklaydi.
Miorelaksantlarning asosiy farmakologik ta’siri nerv-mushak
sinapsidagi N- xolinoretseptorlarga qaratilgan bo‘lib, impulslar
o‘tishini to‘sib, mushaklarni bo‘shashtirishdan iborat.
Mushaklarning bo‘shashishi quyidagi tartibda bo‘ladi: birinchi
galda yuzdagi, kalladagi va bo‘yindagi mushaklar bo‘shashadi,
keyin esa qo‘l mushaklari, so‘ng oyoq, qorin, orqa mushaklari,
ko‘krak, nafas mushaklari va nihoyat, diafragma falajlanadi.
Natijada odam harakatsizlanadi va nafas to‘xtaydi.


100
Miorelaksantlar ta’sir mexanizmi bo‘yicha 2 guruhga
bo‘linadi: antidepolyarizatorlar va depolyarizator miorelaksantlar.
Antidepolyarizatorlar ko‘pincha raqobat tarzida ta’sir etadigan
miorelaksantlar deb yuritiladi. Chunki, ular mediator atsetilxolin
o‘tiradigan mushak sathidagi postsinaptik pardani band qilib,
uning xolinoretseptorlarga ta’sir etishiga to‘sqinlik qiladi. Boshqacha
aytganda, antidepolyarizatorlar atsetilxolin ta’sirida bo‘ladigan
postsinaptik parda qutbsizlanishiga — depolyarizatsiyaga yo‘l
qo‘ymaydi (20- rasm).
Shuning uchun ularni antidepolyarizatorlar (qutbsizlanishga
qarshi moddalar) deb atadi.
Ularning ta’siri natijasida depolyarizatsiya ro‘y bermagani
sababli harakat impuls o‘tishi to‘xtaydi va mushaklar bo‘shashadi.
Mushaklarning bo‘shashishi yuqorida aytilgan tartibda sodir
bo‘ladi.
Antixolinesteraz preparatlar (prozerin, galantamin) anti-
depolyarizatorlik ta’sir etadigan miorelaksantlarning antagonisti
hisoblanadi. Chunki, antixolinesteraz dorilar ta’sirida xolinesteraza
faolligi yo‘qolib, sinapsdagi atsetilxolin parchalanmaydi va uning
miqdori ancha ortadi. Natijada xolinoretseptorlarni egallab olgan
miorelaksant sekin-asta o‘z joyidan ajratiladi va atsetilxolinning
postsinaptik pardaga nisbatan ta’siri tiklanadi, depolyarizatsiya
bo‘lib, impuls o‘ta boshlaydi va mushaklarning qisqarishi tiklanadi
(21- rasm).
Antidepolyarizator guruhiga, asosan, tubokurarin xlorid,
diðlatsin, teruroniy va boshqa preparatlar taalluqli.
Òa’sir mexanizmi boshqacha bo‘lgan depolyarizatorlar o‘z
kimyoviy tuzilishi bo‘yicha atsetilxolinning ikki molekulasidan
tashkil topgan. Shu sababli ular tanaga yuborilganida mushaklarning
xolinoretseptorlariga mediator atsetilxolin singari ta’sir qilib,
postsinaptik pardani qutbsizlantiradi — depolyarizatsiyani keltirib
chiqaradi. Ditsilin ta’sirida depolyarizatsiya turg‘un bo‘lib 3—7
daqiqa davom etadi. Yoki pardada repolyarizatsiya (qutbning qayta
20- rasm. Harakat nerv-mushak sinapsidan impulsning o‘tishi:
Atsetilxolinning depodan sinaptik bo‘shliqqa chiqishi (a);
postsinaptik pardaning qutbsizlanishi (b).
a
b


101
tiklanishi) bo‘lmasdan turadi. Chunki disilinatsetil xolinesteraza
fermenti ta’sirida parchalanmay sekinlik bilan qondagi xolinesteraza
fermenti ta’sirida parchalanadi.
Postsinaptik parda repolyarizatsiya bo‘lmagani uchun mediator
atsetilxolin pardaga ta’sir eta olmaydi. Shu sababli impulsning
o‘tishi to‘xtab, mushaklar bo‘shashadi. Ditilin qondagi xolineste-
raza ta’sirida parchalanganidan so‘ng postsinaptik pardaning qutbi
tiklanadi — repolyarizatsiya sodir bo‘ladi. Atsetilxolin ta’siri
natijasida parda vaqtinchalik depolyarizatsiyalanadi, keyin
repolyarizatsiyalanib, impuls o‘ta boshlaydi va mushaklarning
qisqarishi qaytadan o‘z holiga keladi. Postsinaptik pardaning ditilin
ta’sirida davomli depolyarizatsiya holatida bo‘lishi natriy va kaliy
ionlarining harakatlanishiga olib keladi. Bu ionlar o‘rin almashadi,
so‘ng elektr razryadlar hosil bo‘ladi, mushaklar tartibsiz ravishda
titraydi. Keyinchalik ular bo‘shashadi. Ditilin xolinesteraza ta’sirida
parchalangandan keyin esa xolinoretseptor repolyarizatsiyalanadi,
Na
+
va K
+
ionlari o‘z joyiga qaytadi. Xolinoreseptorning media-
tor atsetilxolinga nisbatan reaksiyasi tiklanadi. Antixolinesteraza
ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar (prozerin, galantamin) depolyari-
zator miorelaksantlarning (ditilin) sinergisti hisoblanadi. Ditilin-
ning farmakologik samarasi prozerin ta’sirida ancha uzayadi va
kuchayadi. Chunki xolinesteraza fermentining faolligi prozerin
ta’sirida pasayadi va ditilinning parchalanishi sekinlashadi.
Shunday qilib, miorelaksantlar guruhiga kiruvchi preparatlar
ikki xil ta’sir etish mexanizmiga ega.
Miorelaksantlar asosan anesteziologiyada, jarrohlik amaliyotida
keng ishlatiladi. Ko‘pincha suyak sinishida, suyakning bo‘g‘indan
chiqishida, intubatsiya uchun va hokazolarda beriladi. Miorelak-
santlarni yuborishdan oldin bemor sun’iy nafas oldiradigan
apparatga ulanadi. Miorelaksantlarning ta’siri tugaguncha bemor
sun’iy ravishda nafas olib turishi kerak. Ayrim miorelaksantlar
(tabletka holida) spastik hollarda ham beriladi.
21-rasm. Òubokurarin (

) va galantaminning (

) tana
mushagiga qisqarishiga ta’siri (
↓↑
).


102
Òa’sir etishi uzoq bo‘lgan (30—60 daqiqa) miorelaksant-
larning dozalari oshirib yuborilsa yoki ular qayta-qayta yuborilsa,
o‘tkir zaharlanish sodir bo‘lib, mushaklarning bo‘shashishi ancha
chuqur va uzoq davom etadi. Bunday hollarda antidepolya-
rizatorlardan tubokurarin xlorid, diðlatsinlarning antagonisti
bo‘lgan prozerin (0,05% li eritma 1 ml dan) va atropin (0,1% li
eritmadan 1 ml) yuboriladi. Agar bunda ham o‘zgarish bo‘lmasa,
preparatlar qayta yuboriladi.
Òubokurarin gidroxlorid. Kuchliroq ta’sir etib, mushaklarni
2—5 min ichida bo‘shashtiradi va samarasi 20—40 daqiqa davom
etadi. Efirning va boshqa narkotik moddalarning ta’sirini
kuchaytiradi. Òerapevtik dozalarda markaziy nerv tizimiga va
vegetativ N-xolinoretseptorlarga deyarli ta’sir etmaydi. Katta
dozalarda esa ganglioblokator sifatida ta’sir qilib, qon bosimini
tushirishi mumkin.
Yurak, o‘pka, nerv tizimi operatsiyalarida, ortopediya va
travmotologiyada, qoqshol kasalligida, shizofreniyada titratish
bilan davo qilishda tavsiya etildi. Preparatni qo‘llashdan oldin
bemorni sun’iy nafas oldirib turish shart. Miasteniyada, jigar va
buyrak xastaliklarida berilmaydi.
Diðlatsin. Òa’siri bo‘yicha tubokuraringa o‘xshash, antide-
polyarizator hisoblanib, venaga yuboriladi. Òa’siri 2—5 min ichida
boshlanib, 40—60 min davom etadi. Markaziy nerv tizimiga va
vegetativ N-xolinoreseptorlarga ta’sir qilmaydi. Òubokuraringa
o‘xshash qo‘llaniladi. Preparatni qo‘llashdan oldin bemor sun’iy
nafas oldirib turiladi.
Òerkuroniy. Òa’sir etish mexanizmi bo‘yicha antidepolyariza-
torlar guruhiga kiradi. Òa’siri venaga yuborilgandan so‘ng 2—5 min
o‘tgach boshlanib, 60—90 min davom etadi. Mushaklarni
bo‘shashtirish kuchi bo‘yicha tubokurarindan ustun turadi.
Qo‘llanilishi tubokuraringa o‘xshash. Preparat yuborilishidan oldin
bemor sun’iy ravishda nafas oldirib turilishi zarur.
Melliktin. Miorelaksatsion ta’sir mexanizmiga ko‘ra diðlatsinga
yaqin. Ichak tizimidan yaxshi so‘riladi va ichish uchun beriladi.
Shu sababli melliktin mushaklarning surunkali kasalligida, spastik
qisqarishida, Parkinson kasalligida tavsiya etiladi.
Ditilin. Òa’sir etish mexanizmi bo‘yicha depolyarizator
hisoblanadi. Òezda gidrolizlanish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun
mushaklarni bo‘shashtiradigan ta’siri 3—7 min davom etadi.
Antixolinesteraz preparatlar (prozerin) ditilin ta’sirini kuchay-
tiradi. Ditilin kumulatsiya bermaydi. Asosan, qisqa muddatli
amaliyotlarda (ezofagoskopiya, bronxoskopiya, gastroskopiya,


103
intubatsiya va boshqalar), ditilinni qayta yuborib uzoq muddatli
operatsiyalar bajarish vaqtida (efir, azot (I) oksidi va boshqa
narkoz moddalari bilan birga) ishlatiladi. Bemor sun’iy ravishda
nafas olib turishi shart.
Ditilin nafas sustlashganda, glaukomada tavsiya etilmaydi.
Dioksoniy. Òa’sir mexanizmi bo‘yicha ikkala guruh tarkibiga
kiradi. Chunki preparat 1-bosqichda depolyarizatsiyalovchi, 2-
bosqichda esa antidepolyarizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta’siri bo‘yicha diðlatsin va
tubokurarindan kuchliroq. Preparat venaga yuborilgandan so‘ng
1,5—3 min ichida ta’siri boshlanib, 20—40 min davom etadi.
Dioksoniy jarrohlik amaliyotlarida va qoqshol kasalligida ishlatiladi.
Preparatlar.
Ò u b o k u r a r i n x l o r i d (Tubocurarini chloridum) 1% li
eritmasi 2—5 ml dan ampulada yoki quruq tubokurarin 0,01 g
li ampulalarda ishlab chiqariladi. Venaga 1% li eritma 1 ml dan,
qayta yuborilganida dozaning 2/3 qismi buyuriladi. Preparatning
umumiy miqdori 0,04 g dan oshmasligi lozim.
D i ð l a t s i n d i x l o r i d (Diðlacini dichloridum) 2% li
eritmasi 5 ml dan ampulada chiqariladi. 2%li eritmasi 8—15 ml
venaga yuboriladi. Òa’siri uzoqroq bo‘lishi uchun boshlang‘ich
dozaning 2/3 qismigacha qayta buyurish mumkin. Efir bilan birga
ishlatilsa, ta’siri kuchayadi. Shuning uchun ularning dozasi kamroq
olinishi talab qilinadi.
M e l l i k t i n (Mellictinum) alkaloid. 0,02 g dan kukun,
tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,02 g li tabletkasi kuniga 1—
5 tagacha ovqatdan 1 soat oldin beriladi.
D i t i l i n . (Dithylinum) 2% li eritmasi 5 ml dan ampulada
yoki 0,1—0,25—0,5 g li sterillangan kukun holida ampulada ishlab
chiqariladi. Venaga 1—2 mg/kg, mushaklarni qisqa muddatga
bo‘shashtirish uchun. Òa’siri uzoqroq bo‘lishi uchun oldin venaga
1%li eritmadan 1—1,5 ml yuboriladi. Bemor sun’iy nafas olish
tartibiga o‘tkaziladi va qaytadan 1% li eritmadan 10—20 ml
yuboriladi.
D i o k s o n i y (Dioxonium) 0,1% li eritmasi 5 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Bemorning har bir kg vazniga
0,00003—0,00005 g, 0,1% li eritmasi 2—4 ml dan venaga
yuboriladi.
Rp.: Sol.Tubocurarini chloridi 1%—1,5 ml
D.t.d. N. in ampullis
S.Operatsiya xonasiga


104
#
Rp.: Tab.Ditilini — 2%—5 ml
D.t.d. N. 5 in ampullis
S. operatsiya xonasiga
#
Rp.: Tabl.Mellictini—0,02 N.10
D.S.1 tabletkada kuniga 1—2 marta ichiladi.
Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi dori vositalari
Simpatik nervning postganglionar tolalari oxiridan ajraladigan
mediator noradrenalin bilan reaksiyaga kirishib, uning ta’sirini
o‘zlashtiradigan, effektor a’zolarda joylashgan postsinaptik pardaga
adrenoretseptor deb aytiladi (22-rasm). Shuning uchun ham
simpatik nervning bu tolalarini adrenergik tolalar deyiladi.
Ushbu adrenergik sinapsdan nerv impulsining o‘tishida
qatnashadigan noradrenalin mediatori fenilalanin va tirozin
aminokislotalaridan hosil bo‘ladi. Bu katexolaminlarning boshlan-
g‘ich sintezi sitoplazmada ro‘y beradi. Undagi granulalar hosil
bo‘lgan dofaminni o‘ziga yutib oladi va u noradrenalinga o‘tadi.
22-rasm. Adrenergik sinapsning tuzilishi va dori moddalarining
ta’sir etish joyi.
Fenilalanin
Tirozin
Tirozin
Dofa
Dofamin
NA
Dofa-dekarboksilaza
Bilvosita
α
,
β
-
adrenomimetiklar
NA
NA
MAO
KOMT
NA
NA
NA
MAO
Mo‘tadil
fraksiya
Labil
fraksiya
Presinaptik
membrana
Presinaptik
membrana
Simpatolitiklar:
α
- metildofa
rezerpin, oktadin
β
- adrenalitiklar
β
- adrenomimetiklar
β
- oksidaza
Sitoplazmadagi
zahiralar
α
1,2
- adrenalitiklar
α
- adrenomimetiklar
α,β
- adrenomimetiklar
A
β
α
Qayta ushlash


105
Bu jarayon simpatik nerv tolalari oxirida va markaziy nerv
tizimidagi nervlar sinapsida sodir bo‘ladi.
Adrenergik (simpatik) nervlarning oxirida (mediatorlar
deposida) noradrenalinning bir qismi alohida granulalarda AÒF
bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Boshqa qismi esa, keladigan impuls
ta’sirida safarbarlik holatida bo‘lgani uchun presinaptik pardadan
o‘tib, sinaptik bo‘shliqqa chiqariladi. Mediatorning 40% lisi esa
sitoplazmada bo‘lib, impuls o‘tishida qatnashadi. Noradrenalin bu
shaklda, asosan, doimiy muvozanatda bo‘ladi. Sarflangan nor-
adrenalin o‘rniga granuladagilardan molekulalar chiqadi. Nor-
adrenalin singari gormon-adrenalin ham mediator rolini bajarishi
mumkin. Chunki u simpatik nerv tolalari oxiridagi depoga kirib
yig‘ilish xususiyatiga ega. Gormon-adrenalin impuls ta’sirida no-
radrenalin bilan bir qatorda presinaptik pardadan o‘tadi va kam
miqdorda (4—5%) sinaptik bo‘shliqqa chiqadi. Ushbu mediator-
larning bir qismi postsinaptik parda—adrenoretseptor bilan
bog‘lanadi va parda depolyarizatsiyaga uchraydi. Natijada kuzatila-
digan parda qutbining o‘zgarishi biotok hosil bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Shu yo‘sinda impuls to‘qimaga, a’zoga o‘tkazib beriladi.
Postsinaptik pardaning mediator ta’sirida depolyarizatsiya
bo‘lishida natriy, kaliy, kalsiy ionlarining harakatlanishi muhim
ahamiyatga ega.
Noradrenalin va adrenalinning bir qismi fermentlar ta’sirida
faolsizlanadi yoki qonga o‘tadi. Shu bilan bir qatorda ko‘proq
qismi qaytadan depoga o‘tadi. Bu jarayon faol tarzda kechib,
presinaptik parda orqali bajariladi.
Mediatorlarning faolsizlantirilishi asosan ikkita ferment:
katexol-0-metiatransferaza (KOMÒ) va monoaminoksidaza (MAO)
yordamida bajariladi. KOMÒ asosan hujayra pardasida joylashgan
bo‘lib, noradrenalinning 80—90% ini, MAO esa hujayralar ichida
joylashgan bo‘lib, mediatorlarning 10—20% ini faolsiz holatga
o‘tkazadi.
Adrenoretseptorlar tuzilishiga, katexolaminlarga nisbatan
reaksiyasi va javobiga qarab har xil bo‘ladi. Zamon tushunchasiga
ko‘ra adrenoretseptorlarning asosan ikki turi ma’lum:
α
- va
β
-
adrenoretseptorlar. Ularning to‘qima, a’zolarda joylashishi va
mediatorlarga, dori preparatlariga javobi turlicha. Masalan, 
α
-
adrenoretseptorlar qo‘zg‘atilganda ular joylashgan silliq
mushaklar qisqaradi, 
β
- adrenoretseptorlar qo‘zg‘atilganida esa
bo‘shashadi (miokarddan tashqari).


106
7- jadval
Adrenoretseptorlarning a’zolarda joylashishi
va ularning samarasi
r
a
l
n
a
g
r
O
-
t
e
r
o
n
e
r
d
A
r
a
l
r
o
t
p
e
s
i
s
a
r
a
m
a
S
:
k
a
r
u
Y
.
1

d
r
a
k
o
i
m
β
1
i
h
s
i
h
s
o
g
n
i
n
i
h
c
u
k
h
s
i
r
a
q
s
i
Q
)
p
o
r
t
o
n
i
y
i
b
o
ji
(

i
n
u
g
u
t
s
u
n
i
s
β
1
i
d
a
r
i
h
s
o
i
n
i
h
s
i
q
i
h
c
s
l
u
p
m
I
)
p
o
t
o
n
o
r
x
y
i
b
o
ji
(

r
a
y
l
u
k
i
r
t
n
e
v
o
i
r
t
a
n
u
g
u
t
β
1
i
d
a
r
it
h
s
a
l
z
e
t
i
n
i
h
s
it
‘
o
s
l
u
p
m
I
q
il
li
s
g
n
i
n
r
a
l
r
i
m
o
T
.
2
:i
r
a
l
k
a
h
s
u
m

a
d
r
a
p
q
il
li
h
s
a
v
i
r
e
t
α
i
d
a
y
a
r
o
t
r
i
m
o
t
,i
d
a
r
a
q
s
i
Q

i
g
a
d

g
il
h
s
‘
o
b
n
i
r
o
q
r
a
l
n
a
g
r
o
α
i
d
a
y
a
r
o
t
r
a
l
r
i
m
o
t
,i
d
a
r
a
q
s
i
Q

i
r
a
l
k
a
h
s
u
m
t
e
l
e
k
s
β
,
α
2
r
a
l
r
i
m
o
t
,i
d
a
h
s
a
h
s
‘
o
B
,i
d
a
r
a
q
s
i
q
,i
d
a
y
a
g
n
e
k
i
d
a
y
a
r
o
t
r
a
l
r
i
m
o
t
i
r
a
l
r
i
m
o
t
a
y
i
M
β
2
,
α
,i
d
a
y
a
g
n
e
k
,i
d
a
h
s
a
h
s
‘
o
B
i
d
a
y
a
r
o
t
,i
d
a
r
a
q
s
i
q
n
o
q
r
a
n
o
r
o
k
k
i
r
i
Y
i
r
a
l
r
i
m
o
t
α
β
,i
d
a
y
a
g
n
e
k
,i
d
a
h
s
a
h
s
‘
o
B
i
d
a
y
a
r
o
t
,i
d
a
r
a
q
s
i
q
n
o
q
r
a
n
o
r
o
k
a
d
y
a
M
i
r
a
l
r
i
m
o
t
β
1
i
d
a
y
a
g
n
e
k
,i
d
a
h
s
a
h
s
‘
o
B
:
r
a
l
k
a
h
s
u
m
q
il
li
S
.
3

r
a
l
x
n
o
r
b

k
a
h
c
i
-
a
d
’
e
m
β
2
β
2
i
d
a
y
a
g
n
e
k
,i
d
a
h
s
a
h
s
‘
o
B
i
d
a
y
a
s
u
s
t
a
k
a
r
a
h
,i
d
a
h
s
a
h
s
‘
o
B
r
o
d
g
n
a
r
z
‘
o
K
.
4
l
a
i
d
a
r
g
n
i
n
i
s
a
d
r
a
p
i
r
a
l
k
a
h
s
u
m
α
q
i
h
c
a
r
o
q
,i
d
a
r
a
q
s
i
Q
i
d
a
y
a
g
n
e
k
i
v
u
n
i
h
s
a
m
l
a
a
d
d
o
M
z
il
o
n
e
g
o
k
il
G
.
5
a
d
r
a
g
ij
β
,
α
2
a
y
i
m
e
k
il
g
r
e
p
i
G
z
il
o
n
e
g
o
k
il
G
a
d
r
a
l
k
a
h
s
u
m
β
2
a
y
i
m
e
d
e
s
t
a
t
k
a
L
g
n
i
n
a
z
a
li
r
o
f
s
o
F
.
6
i
g
il
l
o
a
f
β
2
i
d
a
h
s
O
Demak, 
α
- adrenoretseptorlar silliq mushakdan tashkil topgan
a’zo faoliyatini qo‘zg‘atsa, jonlantirsa,
β
- adrenoretseptorlarni
tormozlaydi, bo‘shashtiradi (yurak faoliyatidan tashqari).


107
Ko‘pchilik organlarda, chamasi, 
α
- adrenoretseptorlar ham,
β
- adrenoretseptorlar ham bo‘lishi mumkin, biroq, odatda,
qanday bo‘lmasin bir turi (
α
yoki 
β
) ko‘proq joylashgan bo‘ladi.
β
- adrenoretseptorning ikki turi: 
β
1
va 
β
2
ma’lum. Ularning
joylashuvi va samarasi 16-jadvalda keltirilgan. Keyingi vaqtda 
α
-
adrenoretseptorlar ham 
α
1

α
2
va 
α

ga tafovut qilinadigan bo‘ldi.
Ushbu adrenoretseptorlarning mohiyati va ahamiyati shundan
iboratki, ularga faqat mediator adrenalin va noradrenalingina
emas, balki bemorlarga yuboriladigan bir qator dori preparatlari
ham tanlab ta’sir etadi. Boshqacha aytganda, turli dori moddalari-
ning davo qilish ta’siri ushbu adrenoretseptorlar orqali amalga
oshiriladi. Adrenoretseptorlarga ta’sir ko‘rsatadigan ushbu preparat-
lar jumlasiga kimyoviy tuzilishi, olinishi va ishlatilishi har xil
bo‘lgan bir qator dori preparatlari kiradi. Ularning farmakologik
ta’siri, ta’sir mexanizmi va buyurilishi bir xil emas. Adrenoretsep-
torlarga ta’sir etadigan preparatlar farmakologik xossasi va kor
qilish joyiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: (8- jadval).
I. Adrenomimetiklar—adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vosi-
talar:
a) 
α 
va 
β−
adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar—
adrenalin, efedrin;
b)
α
-adrenostimulatorlar — noradrenalin, gidrotartrat,
mezaton, fetanol;
d) 
β
- adrenostimulatorlar—izadrin, orsiðrenalin sulfat,
fenoterol, berodual, salbutamol, salmeterol.
II. Adrenoblokator—adrenoretseptorlarni to‘suvchi preparatlar:
a)
α
- adrenoblokator—digidroergotamin, digidroergotoksin,
sinepres, vazobral, fentolamin, tropafen, pirroksan, butiroksan;
α
- adrenoretseptorlarni tanlab to‘suvchi preparatlar—prazo-
zin, terazozin, alfuzozin, doksazozin.
b) 
β
1
va 
β
2
— adrenoblokatorlar—anaprilin, oksprenolol, pin-
dolol, bopindolol, nadolol, timolol.
Kardioselektiv 
β
1
- adrenoblokatorlar—atenolol, metoprolol,
talinolol, bisoprolol, bitoksolol;
d) «Gibrid» (
β
+
α
) adrenoblokatorlar—labetalol, prokso-
dolol, karvedilol.
III. Simpatolitiklar — oktadin, rezerpin, ornid.
Adrenomimetik dori vositalari
Adrenomimetik yoki adrenopozitiv vositalar deb, 
α
va
β
- adrenoretseptorlarni tanlab qo‘zg‘atadigan vositalarga aytiladi.
Shu sababli bular simpatik nerv qo‘zg‘alganida kuzatiladigan


108
deyarli hamma o‘zgarishlarni yuzaga
keltiradi. Ushbu guruhga tibbiyot
amaliyotida ahamiyati katta bo‘lgan
va keng miqyosda davo sifatida
ishlatiladigan, kimyoviy tuzilishi,
olinishi, ta’sir mexanizmi har xil
bo‘lgan preparatlar kiradi.
Adrenalin gidroxlorid—gormonal
preparat hisoblanib, 
α 
va 
β
adreno-
retseptorlarni barobar qo‘zg‘atadi.
Shuning uchun ham adrenalin
simpatik nervning tonusi oshganda,
α 
va 
β
- adrenoretseptorlar qo‘zg‘a-
tilganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Chunonchi:

yurak urishini tezlashtiradi (ijobiy xronotrop) va qisqarish
kuchini oshiradi (musbat inotrop) (23- rasm).
Bu preparat yurak faoliyatini ancha kuchli stimullovchi
qo‘zg‘atuvchi vosita hisoblanadi. Adrenalinning bunday ta’siri
yurakda bo‘lgan 
β
1
-adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan
izohlanadi. Chunki 
β
1
-adrenoretseptorlar tuzilishi bo‘yicha 
α
-
adrenoretseptorlardan farq qiladi va shu sababli yurakning 
β
1
-
adrenoretseptorlari 
α
- adrenoretseptorlar kabi samara beradi. Lekin
yurakda (miokardda) 
α−
adrenoretseptorlar kam miqdorda bo‘ladi,
deyarli bo‘lmaydi;

adrenalin ta’sirida ko‘pchilik qon tomirlari (teri, shilliq
parda, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolar qon tomirlari) torayadi.
Chunki bu tomirlar devoridagi silliq mushaklar 
α
- adrenoretsep-
torlarni saqlaydi. Skelet mushaklari, miya va yirik qon tomirlari
adrenalin ta’sirida avval kengayadi, keyinchalik torayadi. Chunki
ushbu tomirlarning silliq mushaklarida ham 
α
va 
β
2
- adrenoret-
septorlar joylashgasn (jadvalga qarang);

arterial qon bosimi adrenalin ta’sirida qisqa muddatga
ko‘tariladi. Chunki adrenalin ko‘pchilik qon tomirlarini toraytiradi,
ammo u MAO fermenti ta’sirida parchalanadi. Shu sababli ta’siri
uzoq cho‘zilmaydi;

ko‘zning rangdor pardasida joylashgan radial mushaklar
qisqaradi va natijada ko‘z qorachig‘i kengayadi, chunki ular 
α
-
adrenoretseptorlarga ega. Bunda ko‘zning ichki bosimi va ko‘z
akkomodatsiyasi atropin preparatiga qarshi o‘laroq deyarli o‘zgar-
maydi;
23- rasm. Adrenalinning
(1:100000) ajratib olingan
baqa yuragiga ta’siri:
1 — dastlabki holat;
2—adrenalinning ta’siri
.
1
2


109

nafas yo‘llari—bronxlar va bronxiolalarni adrenalin kengay-
tiradi. Sababi, ularning silliq mushaklarida 
β
2
-adrenoretseptor
mavjud. Preparatning bronxlarni kengaytiruvchi (bronxodilyatator)
ta’siri ko‘proq, ular torayib qolgan vaqtida yaxshi bilinadi.
Adrenalinning bu ta’siri uzoq davom etmaydi;

me’da-ichakning silliq mushaklarida 
β
2
-adrenoretseptori
bo‘lgani uchun adrenalin ta’sirida ular qo‘zg‘aladi va natijada
mushaklar bo‘shashadi, peristaltika susayadi;

adrenalinning moddalar almashinuviga nisbatan ta’sirida
jigardagi glikogenning miqdori kamayadi (glikogenoliz ro‘y
beradi), qonda esa qandning miqdori ortadi (giðerglikemiya).
Boshqacha aytganda, adrenalin ushbu ta’siri bo‘yicha insulinga
antagonist hisoblanadi.
Demak, adrenalinning tanaga ta’siri bir xil bo‘lmasdan, uning
ta’siriga uchradan adrenoretseptorlarning turiga bog‘liq ekan.
Adrenalinning bunday farmakologik xossalari tibbiyot amaliyotida
ko‘p qo‘llanadi. Masalan, yurak faoliyatining susayishi—asosan
yurakning birdan to‘xtab qolishida (reflektor va boshqa yo‘l bilan)
uning faoliyatini tiklash maqsadida adrenalin gidroxlorid
to‘rg‘idan-to‘g‘ri yurak bo‘shlig‘iga yuboriladi. Bundan tashqari,
preparat qon bosimi keskin tushib ketganida (shok holatida) venaga
yoki arteriyaga yuboriladi. Bronxial astmaning o‘tkir xurujida,
insulin bilan zaharlanishda (giðoglikemiya) ham tavsiya etiladi.
Jarrohlik amaliyotida ko‘pincha tashqi va ichki a’zolardan qon
ketishida ham mahalliy og‘riq qoldiruvchi (novokain, trimekain)
preparatlari bilan birga qo‘shib (ularning ta’sirini uzaytirish
uchun), oftalmologiyada ayrim ko‘z kasalliklarini davolash
maqsadida ham tavsiya etiladi.
Adrenalin yurak kasalliklarida (miokard infarkti, yurak porogi,
miokardit, distrofiya va boshqalar), miya va yurak-qon tomirlari
sklerozida, homiladorlikda, arterial giðertenziyada, giðertireozda
(qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi) va qandli diabetda
tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, uning tarkibida xlor saqlagan
narkoz moddalari (ftorotan, siklopropan) bo‘lganda qo‘llab
bo‘lmaydi. Chunki miokardning katexolaminlarga bo‘lgan
sezuvchanligi o‘ta oshgan bo‘ladi. Shu sababli adrenalin ta’sirida
yurak faoliyati buzilib, aritmiya kuzatilishi mumkin.
Adrenalin yuqori dozada yuborilsa umumiy besaranjonlik,
vahima bosishi, titrash, bosh og‘rig‘i, yurak urishi va boshqa
o‘zgarishlar kuzatiladi.


110
24-rasm. a — adrenalin (5 mkg/kg) va b — noradrenalinning
(5 mkg/kg) mushuk qon bosimiga ta’siri.
a
b
8- jadval
Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar
t
a
r
a
p
e
r
P
α
r
o
t
p
e
s
t
e
r
o
n
e
r
d
a
-
β
1
-
o
n
e
r
d
a
-
r
o
t
p
e
s
t
e
r
β
2
-
o
n
e
r
d
a
-
r
o
t
p
e
s
t
e
r
n
il
a
n
e
r
d
A
n
il
a
n
e
r
d
a
r
o
N
n
o
t
a
z
e
M
n
i
r
d
e
f
E
n
i
r
d
a
z
I
n
il
i
r
p
a
n
A
l
o
l
a
n
e
t
A
t
e
li
b
e
N
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
—
—
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
—
«+» belgisi ta’sir kuchini bildiradi.
Noradrenalin gidrotartrat kimyoviy tuzulishi bo‘yicha tabiiy
noradrenalinga mos, farmakologik xossasi bo‘yicha esa adrenalindan
boshqacharoq. Noradrenalinning qo‘zg‘atuvchi ta’siri, asosan, 
α
-
adrenoretseptorlarga qaratilgan. Shu sababli u
β
- adrenoretsep-
torlarga ega bo‘lgan a’zolarga (yurak, bronx, me’da-ichak, ayrim
tomirlar) va moddalar almashinuviga deyarli ta’sir qilmay, faqat
va asosan, 
α
-adrenoretseptorlik qon tomirlarni (teri, shilliq parda,
qorin bo‘shlig‘idagi ichki a’zolar va boshqalar) toraytiradi, qon
bosimini keskin ko‘taradi (24-rasm).
Noradrenalinning bunday giðertenziv ta’siri adrenalinnikiga
qaraganda kuchliroq, chunki 
β
2
-adrenoretseptorli mushak qon
tomirlarga ta’sir etmaydi. Shu sababli noradrenalin tibbiyot
amaliyotida, asosan, giðertenziv preparat sifatida, qon bosimi
tushib ketgan hollarda (giðotoniya, shok, kollaps) faqat vena yoki
arteriyaga bevosita, tomchilab (plazmaning o‘rnini bosadigan va
shokka qarshi suyuqliklar bilan birga) yuboriladi. Uni teri ostiga
yoki mushaklar orasiga yuborish man etilgan. Chunki u to‘qima
qon tomirlarini toraytirib, to‘qimani qon bilan ta’minlanishini
bizib shikast yetkazishi mumkin.


111
Efedrin gidroxlorid (Ephedra distaehya)— oddiy qizilchada
(Kuzmichev o‘ti) uchraydigan, alkaloid saqlovchi preparat.
Efedrinning kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri
adrenalinnikiga yaqin bo‘lsa ham ayrim xususiyatlari bo‘yicha undan
farq qiladi. Chunonchi, efedrinning adrenomimetik ta’siri
kuchsizroq, lekin davom etishi uzoqroq (10 barobar), chunki
efedrin MAO fermenti ta’sirida parchalanmaydi va o‘zgarmagan
holda 8—12 soat davomida buyrak orqali chiqib ketadi. Efedrin
adrenalinga qarshi o‘laroq, og‘iz orqali yuborilganida, ancha
chidamli bo‘lgani uchun o‘z ta’sirini saqlaydi. Shuning uchun
ham bu preparat tabletka va kukun holida berilishi mumkin. Bundan
tashqari, efedrin ta’sir mexanizmi bo‘yicha adrenalindan farq
qiladi. Uning kor qilishi bevosita adrenoretseptorga qaratilgan
bo‘lmay, balki mediator deposiga qaratilgan degan fikr mavjud.
Preparat ta’sirida depodagi adrenalinning sinaptik bo‘shliqqa
chiqishi tezlashadi. Uni qaytadan depoga o‘tishi esa kamayadi.
Shuning uchun ham efedrin ko‘pincha simpatomimetik ta’sirga ega
dori preparati deb ham ta’riflanadi. Efedrinning adrenalindan yana
bir farqi shuki, u markaziy nerv tizimini sezilarli darajada
qo‘zg‘atadi. Bunday psixostimulatorlik ta’siri fenaminnikiga nisbatan
ancha kuchsiz, lekin kofein ta’siri bilan tenglashadi. Shuning
uchun ham efedrin ruhiy, ijodiy va jismoniy qobiliyatni qisman
oshiradi, idrok, aql-zakovat va zehnni yaxshilaydi, bardamlikni
qisman ko‘taradi. Shu sababli efedrin «doping»lar (sport
musobaqalarida foydalanishi taqiqlangan preparatlar) ro‘yxatiga
kiritilgan. Efedrinning qolgan farmakologik ta’sirlari (yurak
faoliyatiga, qon tomirlariga, qon bosimiga, bronxlarga, me’da-
ichak, ko‘z qorachig‘i, uglevodlar almashinuviga) adrenalinnikiga
o‘xshaydi, lekin samarasi kuchsizroq. Shuni aytib o‘tish kerakki,
efedrin ko‘ndalang targ‘il mushaklar qisqarishiga samarali, ijobiy
ta’sir qilgani uchun, yarim falajlikda, miasteniyada davo sifatida
foydalaniladi. Bu preparat bot-bot yuborilganida uning ta’siri
zaiflashib boradi. Buni taxifilaksiya holati deyiladi. Shuning uchun
ham efedrin bilan davo qilganda uni boshqa preparatlar bilan
almashtirib turish, zaruriyat bo‘lsa, preparat dozasini qisman
oshirish tavsiya etiladi.
Efedrin tibbiyot amaliyotida adrenalin o‘rnida ishlatiladi. U
bir qadar chidamli, ta’siri uzoqroq bo‘lgani uchun ancha
samarali dori hisoblanadi. U har xil hollarda—qon bosimining
tushib ketishi, kollapsning oldini olish uchun, giðotoniyada
beriladi. Mahalliy tarzda u qon to‘xtatuvchi (burun qonashida va
boshqalar) modda sifatida, shuningdek yallig‘lanishga qarshi


112
(rinit—burun shilliq pardasining yallig‘lanishi) ishlatiladi. Bronxial
astma kasalligiga chalingan bemorlarga efedrinning davo qilish
samarasi sezilarli bo‘lgani uchun u ko‘p ishlatiladi. Bunda
ko‘pincha bronxlarni kengaytiradigan boshqa preparatlar (atropin
bilan birga—efatin) bilan birga qo‘llaniladi. Shuningdek, allergik
kasalliklarda («eshakyem», «pichan isitmasi») ham tavsiya etiladi.
Miasteniya, yarim falajlikda, narkotik moddalar bilan zaharla-
nishda ham buyuriladi.
Efedrin preparati ishlatilganida nojo‘ya holatlarni keltirib
chiqarishi mumkin: uyqusizlik, siydik tutilib qolishi, ishtahaning
pasayishi, asabiy qo‘zg‘alish, yurak o‘ynashi, bosh og‘rig‘i va
boshqalar shular jumlasidandir.
Efedrin tavsiya etilmaydigan holatlar adrenalinnikiga o‘xshash
(giðertoniya, ateroskleroz va boshqalar).
Mezaton. Sintetik modda bo‘lib, kimyoviy tuzilishi va farma-
kologik xossalariga ko‘ra adrenalinga o‘xshash. Noradrenalin kabi,
asosan, 
α
-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi. Òa’sir etish kuchi
sustroq bo‘lsa ham kor qilish muddati uzoqroq. Chunki mezaton
chidamli birikma bo‘lib, me’da fermentlari ta’sirida parchalanmaydi.
Shu sababli uni og‘iz orqali ham yuborish mumkin. Mezatonni,
asosan, giðertenziv preparat sifatida qon bosimi pasaygan
holatlarda venaga, muskullar orasiga, terti ostiga yuborish
mumkin.
Izadrin. Ushbu preparatni yuqorida keltirilgan adrenomi-
metiklardan farqi shuki, uning qo‘zg‘atuvchilik ta’siri faqat 
β
-
adrenoretseptorlarga qaratilgan. 
β
- adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib
yurak faoliyatini kuchaytiradi, yurak muskulli qo‘zg‘aluvchanligini
oshiradi, yurakning o‘tkazuvchi sistemasidan impuls o‘tishini
yengillashtiradi. Shu sababdan atrioventrikular blok holatida (yurak
bo‘lmachalaridan qorinchalarga impulslar o‘tishi izdan chiqishida)
tavsiya etilishi mumkin.
Izadrin bronxlarni ayrim periferik qon tomirlarini kengay-
tiradi, qisman qon bosimini tushiradi. Yurak faoliyatining o‘tkir
buzilishida (travmatik shok, kardiogen kollaps va boshqalar)
izadrinning ta’siri adrenalindan samaraliroq. Chunki u yurak
faoliyatini rag‘batlantirsa ham qon bosimi ko‘tarilmaydi, ya’ni
yurakni ortiqcha zo‘r berib ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Izadrin,
bronxlarni kengaytiruvchi ta’siri kuchli bo‘lgani uchun, bronxial
astma kasalligini davolashda ishlatiladigan samarali dori preparati
hisoblanadi. Ayniqsa, uni aerozol-ingalatsiya sifatida ishlatilishi
yaxshi naf qiladi (9-jadval). Shu bilan birga izadrinning boshqa
organlar (yurak-qon tomir va boshqalar)ga ta’siri uncha bilinmaydi.


113
Yuqorida keltirilgan adrenomimetik dorilardan tashqari tibbiyot
amaliyotida ishlatiladigan bir qator preparatlar: naftizin, galozo-
lin, astmopent, berotek, efatin, novodrin va boshqa dori vositalari
mavjud. Bular farmakologik ta’siri va ishlatilishi jihatidan
izohlangan preparatlarga yaqin turadi.
9- jadval
Adrenomimetiklarning qiyosiy tavsifi
k
i
g
o
l
o
k
a
m
r
a
F
i
r
a
lt
a
y
i
s
u
s
u
x
n
il
a
n
e
r
d
A
-
e
r
d
a
r
o
N
n
il
a
n
n
i
r
d
e
f
E
n
i
r
d
a
z
I
i
r
i
s
’
a
t
a
g
S
N
M
a
g
i
h
s
i
r
u
k
a
r
u
Y
i
r
i
s
’
a
t
-
r
i
m
o
t
n
o
Q
i
r
i
s
’
a
t
a
g
i
r
a
l
a
g
i
m
i
s
o
b
n
o
Q
i
r
i
s
’
a
t
a
g
r
a
l
x
n
o
r
B
i
r
i
s
’
a
t
-
u
l
g
i
g
a
d
n
o
Q
-
q
i
m
a
z
o
k
i
r
i
s
’
a
t
a
g
i
r
o
d
d
o
v
e
l
g
U
a
g
i
v
u
n
i
h
s
a
m
l
a
i
r
i
s
’
a
t
—
-
it
h
s
a
l
z
e
T
i
d
a
r
i
n
i
g
il
i
h
c
p
‘
o
K
i
d
a
r
it
y
a
r
o
t
i
d
a
r
a

o
K
i
d
a
r
it
y
a
g
n
e
K
i
d
a
r
i
h
s
O
-
it
h
s
a
l
z
e
T
i
d
a
r
—
q
‘
o
y
il
r
a
y
e
D
i
d
a
r
it
y
a
r
o
T
q
o
r
p
‘
o
K
i
d
a
r
a

o
k
—
—
—
n
a
m
s
i
Q
i
d
a
t
a
‘
g
z
‘
o
q
-
it
h
s
a
l
z
e
T
i
d
a
r
i
n
i
g
il
i
h
c
p
‘
o
K
i
d
a
r
it
y
a
r
o
t
i
d
a
r
a

o
K
-
it
y
a
g
n
e
K
i
d
a
r
i
d
a
r
i
h
s
O
-
it
h
s
a
l
z
e
T
i
d
a
r
—
-
it
h
s
a
l
z
e
T
i
d
a
r
i
n
i
r
a
l
m
i
r
y
A
i
d
a
r
it
y
a
g
n
e
k
n
a
m
s
i
Q
i
d
a
r
i
h
s
u
t
q
o
r
p
‘
o
K
i
d
a
r
it
y
a
g
n
e
k
i
d
a
r
i
h
s
O
-
it
h
s
a
l
z
e
T
i
d
a
r
Adrenoblokatorlar
Ularning asosiy farmakologik xossasi 
α−
va 
β− 
adrenoretsep-
torlarni to‘sib, simpatik nerv oxiridan imðulslarning to‘qima va
a’zolarga nisbatan simpatik nerv ta’sirini bartaraf etishdan iborat.
Bu guruhga kiruvchi preparatlar adrenomimetiklarning
antagonisti bo‘lgani uchun qarama-qarshi effektlarni keltirib
chiqaradi. Adrenoblokatorlar tanaga yuborilganidan so‘ng adreno-
retseptorlarga o‘tirib olib, mediatorlar (noradrenalin va adre-
nalin)ni adrenoretseptorga kor etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada
postsinaptik pardaning depolyarizatsiyasi—qutbsizlanishi bo‘lmay-
di, nerv impulsining a’zoga o‘tishi esa to‘xtaydi.
Adrenoblokatorlar ta’sir etadigan adrenoretseptorlarning
turiga qarab 
α
va 
β−
adrenoblokatorlarga bo‘linadi 
α
-adrenobloka-


114
torlar tanlab adrenoretseptorlarini to‘sib, organlarga impuls o‘ti-
shini to‘xtatadi. Shu sababli ular 
α
-adrenoretseptorlarli a’zolar
(teri, shilliq parda va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolarning qon
tomirlari, ko‘z rangdor pardasining radial mushagi) faoliyatini
o‘zgartira oladi. 
α
-adrenoblokatorlar noradrenalinga nisbatan
adrenalinning ta’sirini ko‘proq yo‘qotadi. Noradrenalinning
ta’sirini esa adrenoblokatorlarning kattaroq dozasi bartaraf etadi.
Shu sababli, a’zolar qon tomirlarining simpatik nerv mediatori
noradrenalin orqali boshqarilgani uchun adrenoblokatorlarning
farmakologik ta’siri uncha bo‘lmaydi. Lekin qondagi adrenalinning
ushbu qon tomirlarini qisqartiruvchi ta’siri butunlay bartaraf
etiladi.
α
-adrenoblokatorlarga qoramig‘ alkaloidlarining unumlari
(digidroergotoksin va digidroergotamin) hamda sintetik preparatlar:
fentolamin, tropafen, pirroksan kiradi.
Qoramig‘ (Shoxkuya). Asosan javdar bug‘doy boshoqlarida
parazitlik qiluvchi zamburug‘ sklerosiylaridan iborat. Uning asosiy
alkaloidlari (ergotamin, ergotoksin, ergometrin) va ularning
birikmalari bachadon miometriysini tanlab qisqartiradi. Ularning
bunday ta’siri tug‘magan ayol bachadoniga sust, tuqqan ayol
bachadoniga o‘rtacha, homilalik ayol bachadoniga esa kuchli
bo‘ladi. Alkaloidlarning preparatlari, asosan, tug‘ruqdan keyingi
qon ketishida, bachadonning involutsiyasini (qaytadan o‘z shakliga
kelishi) tezlashtirish maqsadida ishlatiladi.
Fentolamin. Venaga yuborilganida qon bosimini qisman
tushiradi. Preparatning bunday samarasi, ayniqsa, adrenalin
ta’sirida qon tomirlarining torayishi hisobiga yuzaga kelgan
giðertoniyada yaxshi bilinadi. Preparat ko‘pincha periferik a’zolarda
qon aylanishi buzilganda (endoarteriit, Reyno kasalligi) tavsiya
etiladi. Fentolamin buyrakusti bezining miya qismi shishlarida keng
ishlatiladi.
Pirroksan gematoensefalik to‘siqdan yaxshi o‘tgani uchun
markaziy nerv tizimiga 
α
-adrenoblokatorlik ta’sir ko‘rsatib,
tinchlantiradi. Shu sababli preparat simpatik nervning tonusi
oshishi bilan bog‘liq hollarda (diensefal kriz, giðertonik kriz) va
ayrim ruhiy kasalliklarda tavsiya etiladi. 
α
-adrenoblokatorlarning
qolgan boshqa preparatlari fentolaminga yaqin. Umuman olganda
α
-adrenolitiklar tibbiyot amaliyotida uncha ko‘p ishlatilmaydi.
Chunki ular giðertoniyada uncha kor qilmaydi.
β−
adrenoblokatorlar deb, 
β
1
va 
β
2
-adrenoretseptorlarni to‘sib
simpatik nervdan a’zoga impuls o‘tishini to‘xtatib qo‘yadigan


115
preparatlarga aytiladi. Bu preparatlar (anaprilin, visken) 
β
-
adrenoretseptorlarga ega a’zolar (yurak, bronxlar, ayrim qon
tomirlari, me’da-ichak va boshqalar) faoliyatini o‘zgartiradi.
Ayniqsa, ularning yurak faoliyatiga bo‘lgan ta’siri ahamiyatga
sazovordir. Chunki 
β
-adrenoblokatorlarning tibbiyotda keng
ishlatilishi shu ta’siri bilan bog‘liq. Ularning ta’sirida yurakning
qisqarish tezligi kamayadi. Bu esa sinus tugunchasidagi 
β
1
-
adrenoretseptorlarning to‘silishi natijasida simpatik nervning va
adrenalinning ta’siri bartaraf etilishi bilan tushuntiriladi. 
β
1
-
adrenoblokatorlarning bunday kor etishi, ayniqsa, kuchli taxikar-
diya (poroksizmal taxikardiya)da yaxshi seziladi. 
β
-adreno-
blokatorlar miokardning qisqarish kuchini va yurak ishini susay-
tiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular adrenalinning antagonisti
bo‘lgani uchun yurakning sistolik va daqiqalik hajmini kamaytiradi.
Bundan tashqari, 
β
1
-adrenoblokatorlar koranar qon tomirlarini
uncha kengaytirmasa ham stenokardiyada kor qiladi. 
β
-adrenoblo-
katorlarning yurakka bo‘lgan yana bir ijobiy farmakologik ta’siri
yurak qo‘zg‘alishini va avtomatizmini susaytirishidir. Ushbu
xususiyatiga ko‘ra ular aritmiyaga qarshi vosita sifatida ancha
samarali qo‘llaniladi.
Demak, 
β
1
-adrenoblokatorlar amaliy ko‘lami jihatidan 
α
-
adrenoblokatorlarga nisbatan ancha ahamiyatliroq.
β
- adrenoblokatorlarning nohush ta’sirlaridan biri shuki, ular
bronxlarning torayib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki
bronxlar 
β
2
-devori silliq mushaklaridagi
β
2
-adrenoretseptorlar
ham bloklanadi va ularning mushaklari tonusi oshishiga olib keladi.
Shu sababdan preparatlar bronxial astmada berilmaydi.
Shuni hisobga olgan holda, keyingi paytlarda yurakning 
β
1
-
adrenoretseptorlari tanlab to‘sadigan, bronxlarning 
β
2
-adrenoret-
septorlariga esa ta’sir etmaydigan preparatlar olindi. Ularni selektiv
β
1
-adrenoblokatorlar yoki 
β
1
-kardioblokatorlar deyiladi. Bularga
misol qilib konkor, kordanum, atenolol (betakard) va boshqalarni
keltirish mumkin. Ushbu preparatlar terapevtik dozada 
β
1
-
adrenoretseptorlarni bloklab, yurak urishini sekinlashtiradi,
miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi, qon bosimini
tushiradi. Lekin kattaroq dozalarda 
β
2
-adrenoretseptorlarni ham
bloklab, bronxlarni toraytirib qo‘yishi mumkin. Keyingi vaqtlarda
bunday salbiy xususiyati bo‘lmagan dori preparati ham olindi. Bu
nebilet dori vositasidir. U superselektiv 
β
1
-adrenoblokator deb
yuritiladi va giðotenziv, antianginal va aritmiyaga qarshi preparat
sifatida ancha samarali hisoblanadi.


116
β
1
va 
β
2
-adrenoblokatorlarni yurak blokadasi, bradiaritmiya,
bronxial astma, allergiya holatlarida tavsiya etilmaydi. Bulardan
atenolol, visken, timolol va boshqalar Respublikamiz davlat
reyestriga kiritilgan.
Ba’zi 
β
- adrenoblokatorlar ichki simpatomimetik ta’sirga ham
ega (trazikor, visken) bo‘lib, ko‘pincha bradikardiya bilan
kechadigan yurak aritmiyasida (ekstrasistoliya va b.) beriladi. Chunki
bu preparatlar yurak urishini sekinlashtirmay ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Bundan tashqari 
α−
va 
β−
adrenoretseptorlarni bloklaydigan-
«gibrid» preparatlar ham olingan (labetalol, proksodolol). Ular
asosan giðotenziv dori vositalari hisoblanadi va giðertoniya
kasalligida yuqori samara beradi.
Anaprilin (inderal, obzidan) tibbiyot amaliyotida ko‘p
ishlatiladigan 
β
- adrenoblokatorlar hisoblanadi. U yurak 
β
1
-
adrenoretseptorlarini to‘sib, bradikardiyani keltirib chiqaradi,
sistolani susaytiradi, sistolik hajm kamayadi. Atrioventrikular
o‘tkazuvchanlikni sekinlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi. 
β
2
-
adrenoretseptorlarni bloklab, bronxlar tonusini oshiradi. Anaprilin
aritmiyaga qarshi ancha samarali dori hisoblanadi va paroksizmal
taxikardiyada, xilpillovchi aritmiyada ko‘p ishlatiladi. Undan
tashqari, anaprilin stenokardiyada, miokard infarktida va glaukoma
xastaligida ham beriladi.
Visken (pindolol). Koronar qon tomirlarini kengaytiradigan,
aritmiyaga qarshi, giðotenziv ta’sir ko‘rsatadigan 
β
1
- va 
β
2
-
adrenoblokator. U ta’sirlari bo‘yicha anaprilindan kuchsizroqdir.
Ichki simpatomimetik ta’sirga ega.
Òrazikor (oksiðrenalol) ning anaprilindan farqi, miokardning
qisqarish kuchini kamroq susaytiradi. Lekin aritmiyaga qarshi
bo‘lgan ta’siri ancha samaralidir. Shu sababli preparat ko‘proq
taxiaritmiyaning deyarli hamma turlarida ishlatiladi. Ayrim hollarda
stenokardiyada ham buyuriladi; 
β
1
va 
β
2
- adrenoretseptorlarni
bloklaydi. Ichki simpatomimetik ta’sir ko‘rsatadi.
Atenolol tanlab 
β
1
- adrenoretseptorlarni bloklaydi. Ichki
simpatomimetik ta’siri yo‘q. Giðotenziv, taxiaritmiyaga qarshi
ta’sir ko‘rsatadi. Stenokardiyada ham beriladi.
Simpatolitiklar
Bu guruhga kiruvchi preparatlar adrenoblokatorlardan far-
makologik ta’sir etish mexanizmi bo‘yicha farq qiladi. Sim-
patolitiklar bevosita adrenoretseptorlarga ta’sir ko‘rsatmay,


117
simpatik nerv tolalari oxiridagi mediatorlar deposiga kor qilib,
ayrim preparatlari noradrenalinning sintezini to‘xtatadi, boshqalari
esa (oktadin, ornid, rezerpin) mediatorning depodan chiqishini
tezlashtiradi, uning qayta so‘rilishini esa kamaytiradi (25-rasm).
Erkin holda qolgan noradrenalin MAO fermenti yordamida
parchalanadi. Natijada depoda mediator kamayib ketadi va
impulsning o‘tishi to‘xtaydi. Demak, simpatolitiklar farmakologik
ta’siri va samarasi bo‘yicha adrenoblokatorlarga o‘xshasa ham
ulardan ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra farqlanadi.
Simpatolitiklar ham adrenoblokatorlar singari ko‘pchilik qon
tomirlari tonusini pasaytiradi, ularni kengaytiradi va qon bosimini
tushiradi. Bu samara qon bosimi ko‘tarilganida ko‘proq namoyon
bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim hollarda simpatolitiklar
ta’sirida qon bosimi pasayishidan oldin qisman ko‘tariladi va
keyinchalik pasayib boradi. Bunday holat preparatlar ta’sirida
depodan noradrenalinning ajralishi va adrenoretseptorlarning
qisman qo‘zg‘alishi natijasida kelib chiqadi.
Simpatolitiklarning giðotenziv ta’siri asosiy hisoblanib,
tibbiyot amaliyotida giðertoniyani davolashda ishlatiladi. Bu guruhga
rezerpin, oktadin, ornid preparatlari kiradi.
Rezerpin va oktadin noradrenalinni depodan chiqarib yuborib,
mediator zaxirasini kamaytiradi, hosil bo‘layotgan yangi
molekulalar KOMÒ va MAO ta’sirida parchalanib turadi. Bundan
tashqari, oktadin noradrenalinning depoga qayta o‘tishini
kamaytiradi. Bu preparatlar yuborilgandan keyin ularning
giðotenziv ta’siri asta-sekin boshlanib, 12—24 soat ichida yuqori
pog‘onaga ko‘tariladi; qon bosimi tushishidan oldin qisman
ko‘tariladi (10—20 min), keyin esa asta-sekin pasaya boradi.
Preparatlar, asosan, giðertoniya kasalligining I va II bosqichida
tavsiya etiladi.
25-rasm. Adreno- va simpatolitiklarning ta’sir etish joyi:
1—simpatik nervning preganglionar tolasi; 2—simpatik nervning
gangliysi; 3—simpatik nervning postganglionar tolasi;
4—simpatolitiklar; 5—adrenolitiklarning ta’sir etish joyi;
6—silliq mushak.
1
2
3
4
5
5
6


118
Simpatolitiklardan rezerpin va oktadin yurak-qon tomir
tizimiga ta’sir etishidan tashqari me’da-ichak harakatini oshiradi,
ko‘z qorachig‘ini toraytiradi. Bu ikki preparat ko‘p jihatdan bir-
biriga yaqin bo‘lsa ham ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi.
Masalan, rezerpin gematoensefalik to‘siqdan yaxshi o‘tgani uchun
markaziy nerv tizimiga neyroleptiklarga xos bo‘lgan ta’sir
ko‘rsatadi. Oktadin esa bunday xossaga ega emas.
Ornid. Farmakologik ta’siri bo‘yicha rezerpin va oktadindan
qisman farq qiladi. U depodan mediator ajralib chiqishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Preparat ayrim nohush ta’sirlarga ega bo‘lgani uchun
tibbiyot amaliyotida kamroq ishlatiladi. Asosan taxiaritmiyada tavsiya
etiladi.
Preparatlar.
A d r e n a l i n g i d r o x l o r i d (Adrenalin hydrochlorodum)
0,1% li eritmasi 10 ml dan flakonda parenteral yo‘l bilan yuborish
uchun ishlab chiqariladi. 0,1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga,
mushaklar orasiga, venaga, ayrim hollarda 0,3—0,75 ml dan yurak
bo‘shlig‘iga yuboriladi; sirtga (oftalmologiya va otolaringologiya
amatiyotida) ishlatiladi. Yuqori dozasi: teri ostiga 0,1% li
eritmadan 1 ml, bir kecha-kunduzda 0,1% li eritmadan 5 ml.
N o r a d r e n a l i n g i d r o t a r t r a t (Noradrenalini hydro-
tartras) 0,2% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
5% li glukozaning 1 litriga 0,2% li noradrenalin eritmasidan
2—4 ml qo‘shib venaga tomchilatib yuboriladi.
E f e d r i n g i d r o x l o r i d (Ephedrini hydrochloridum) 0,025
g dan kukun, tabletkada holida, 5% li eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,025—0,05 g dan
kuniga 2—3 marta teri ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi. Yuqori
dozasi: ichish uchun va teri ostiga bir martalik—0,05 g, kecha-
kunduzlik—0,15 g.
M e z a t o n (Mezatonum) 1% li eritmasi 1 ml dan ampulada
ishlab chiqariladi. 0,01—0,025 g dan kuniga 2—3 marta ichish
uchun, teri ostiga va mushaklar orasiga 0,3—1 ml dan (1% li
eritmasi), 1% li eritmasi 0,1—0,3 ml dan (40% glukoza eritmasi
bilan) venaga; 0,25—0,5% li eritmasi 2—5 tomchidan burunga
va og‘iz bo‘shlig‘iga; ko‘zga 1% li eritmasi 2 tomchidan; 1%
li eritmasidan 0,3—0,5 ml dan mahalliy og‘riq qoldiruvchi
dorilarga qo‘shib ishlatiladi.
I z a d r i n (Isadrinum) 0,005 g li kukun, tabletka holida,
ampulada 0,05% li eritmasi 1 ml dan; 0,5%—1% li eritmasi 25—
100 ml dan flakonda chiqariladi. 0,005 g dan kuniga til ostiga
(shimilgunicha) 2—3 marta; 0,5—1% li eritmasi 0,5—1 ml dan


119
kuniga 2—3 marta ingalatsiya uchun; 0,05% li eritmasidan
0,5—1 ml dan teri ostiga yuboriladi.
O r s i ð r e n a l i n s u l f a t (Orciðrenalini sulfas) (Alupent)
0,05% li eritmasi 1 ml dan ampulada 0,02 g dan va aerozol
ingalatori (400 martalik dozani saqlaydi) shaklida ishlab chiqariladi.
0,05% li eritmasi 1 ml dan venaga sekin (3 min davomida);
0,05% li eritmasi 1—2 ml dan teri ostiga yoki mushaklar orasiga;
0,01—0,02 g dan kuniga 3—4 marta ichish uchun; ingalator
yordamida ingalatsiya qilish uchun buyuriladi.
S a l b u t a m o l (Salbutamolum). Aerozol ingalatori (10 ml
eritmasi 200 martalik dozani saqlaydi). Kuniga 1—2 marta ingalatsiya
uchun (har biri 0,001 g) buyuriladi.
N a f t i z i n (Naphthyzinum) 0,05%—0,1% li eritmasi 1—2
tomchidan burunga tomiziladi.
D i g i d r o e r g o t a m i n (Dihydroergotaminum) 0,2% li
eritmasi 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin
10—20 tomchidan kuniga 3 marta ichiladi.
F e n t o l a m i n (Phentolaminum) 0,025 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,025—0,05—0,1 g dan kuniga
3—5 marta ichiladi.
Ò r o p a f e n (Tropaphenum) 1—2% li eritmasi 1 ml dan
kuniga 1—3 marta teri ostiga, mushaklar orasiga, venaga yuboriladi
(yuborishdan oldin ampuladagi kukun 1 yoki 2 ml distillangan
suvda eritiladi).
A n a p r i l i n (Anaprilinum). 0,01—0,04 g dan tabletka shaklida;
0,1% li eritmasi 1—5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 15 min oldin 0,025 g dan kuniga 2—4 marta ichiladi.
0,1% li eritmasi 2—3 ml dan sekin-asta venaga yuboriladi.
P i n d o l o l (Pindololum, Visken) 0,05 g dan tabletka; 0,02%
li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30
min oldin 0,005 g dan kuniga 3 marta ichiladi; 0,02% li
eritmasidan 2 ml venaga sekin-asta yuboriladi.
A t e n o l o l (Atenolol). Selektiv 
β
1
-adrenoblokator (kardio-
selektiv), ta’sir muddati 6—9 soat. Òabletkada 0,1 g dan ishlab
chiqariladi. 0,5—1 tabletkadan kuniga 1 marta beriladi.
Ò a l i n o l o l (Talinololum). Kardioselektiv. Draje holida ishlab
chiqariladi. 1 drajedan kuniga 2 marta beriladi.
L a b e t a l o l (Labetalol). Bir vaqtda 
β
1
- va 
β
2
- adrenoretsep-
torlarni bloklaydi (gibrid). Òabletkada 0,1—0,2 g dan; 1% eritmasi
5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Òabletkalari (0,1 g) kuniga
2—3 marta ovqat bilan birga qabul qilinadi.


120
O k t a d i n (Octadinum). 0,025 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,01—0,025 g dan kuniga 1—3 marta
ichiladi.
R e z e r p i n (Reserpinum) (Neyroleptiklar guruhiga qarang).
P r a z o z i n (Prazosinum). 
α
- adrenoblokatorlar. Òabletka
holida 0,001 va 0,005 dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga
2—3 marta beriladi.
Rp.: Sol.Adrenalini hydrochloridi 0,1%—1 ml
D.t.d. ¹ 10 in ampullis
S.0,5 ml dan teri ostiga yuborish uchun.
#
Rp.: Sol. Mesatoni — 1%—1 ml
D.t.d. ¹ 5 in ampullis
S. 1 ml dan teri ostiga yuborish uchun.
#
Rp.: Sol. Ephedrini hydrochloridi 3%—10 ml
D.S. Burunga tomizish uchun.
#
Rp.: Sol. Isadrini — 1%—25 ml
D.S. Ingalatsiya uchun.
#
Rp.: Sol. Naphthizini 0,05%—10 ml
D.S. 1—2 tomchidan kuniga 2—3 marta burunga tomizish
uchun.
#
Rp.: Tab.Anaprilini 0,01
D.t.d. ¹ 20
S. 1 tabletkadan kuniga ovqatdan oldin 2—4 marta ichiladi.
#
Rp.: Tab.Atenaloli 0,1
D.S.1/2 tabletkadan kuniga 1 marta ichiladi.
#
Rp.: Tab.Prozosini 0,001 ¹ 50
D.S. 1- kun 1 ta tabletka kechqurin, keyingi kunlardan 1
tabletkadan 2—3 marta beriladi.
Afferent nervlarga ta’sir etuvchi dori vositalari
Afferent nervlar deb, yuqorida qayd qilinganidek, organ va
to‘qimalarda joylashgan nervlar oxiriga ta’sir olib boradigan yoki
markazga intiluvchi nervlarga aytiladi. Ularga ko‘rish, eshitish,


121
maza, hid sezish va og‘riq sezish nervlari kiradi. Og‘riq, harakat
sezish, tuyg‘u retseptorlariga ta’sir etadigan dori vositalari ikki
guruhga bo‘linadi: retseptorlarni to‘suvchilar (bloklovchilar) va
qo‘zg‘atuvchilar.
Dori vositalarining ko‘pchiligi sezuvchi nerv oxiriga kor
qiladi. Shuningdek, ba’zilari, undan tashqari, sezuvchi nerv
tolalaridan o‘tadigan qo‘zg‘alish impulslariga to‘sqinlik qiladi.
Bularga og‘riq qoldiruvchi dori vositalari (anestetiklar) kiradi.
Mahalliy og‘riq qoldiruvchi dori vositalari
(mahalliy anestetiklar)
Òana to‘qimalariga duch kelgan joyda sezuvchi nervlar
retseptorlarini va nerv tolalaridan og‘riq impulsi o‘tishini to‘sa-
digan hamda ularning qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiladigan dori
vositalari mahalliy og‘riq qoldiruvchilar—mahalliy anestetiklar
deyiladi.
Sezuvchi nerv retseptorlarining qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik
qiladigan vositalarga burushtiruvchi, qoplab va shimib oluvchi
moddalar kiradi. Ular og‘riq sezish retseptoriga bevosita ta’sir
ko‘rsatmaydi, lekin ularga ta’sir etadigan turli moddalarning kor
qilishiga to‘sqinlik qiladi.
Bularning ko‘pchiligi kimyoviy tuzilishi bo‘yicha aromatik
kislotalarning murakkab efirlarii yoki amidlari hisoblanadi hamda
xlorid kislota tuzi sifatida ishlab chiqariladi. Ushbu anestetiklar
organizmga yuborilgandan so‘ng gidrolizga uchraydi va asoslar
hosil bo‘ladi. Bu jarayon faqat ishqoriy sharoitda (to‘qimaning
pH muhiti 7,35—7,4 ga teng bo‘lganda) yuz beradi va
preparatning og‘riq qoldiruvchi ta’siri yuzaga chiqadi. Yallig‘lan-
gan to‘qimada esa kislotali muhit bo‘lgani sababli anestetiklar
(anestezindan boshqa) gidrolizga uchramaydi va ularning og‘riq
qoldiruvchi ta’siri namoyon bo‘lmaydi.
Mahalliy anestetiklarning asoslari suvda va nerv tolasini
o‘ragan muhitda erimaydi va shu sababli mikrokristallar shaklida
yopishib qoladi. Mikrokristallar yog‘da yaxshi erigani uchun nerv
tolasining pardasi ularni o‘ziga tortib oladi. Ayniqsa, miyelinsiz
va yupqa miyelin qavatiga ega bo‘lgan nervlarda (sezuvchi va
vegetativ nervlar) shunday jarayon yuz beradi va natijada
mahalliy og‘riq qoldiruvchi preparatlarning asoslari nerv
tolasining pardasida va oxirida yig‘ilib qoladi. Natijada pardaning
ionlarni o‘tkazish faoliyati o‘zgaradi. Anestetiklarning mahalliy
ta’siri ular ionlangan kation shaklida bo‘lganda kuzatiladi va


122
shundagina retseptorlar bilan bog‘lanadi va parda depolyarizatsi-
yalanmaydi. Natijada impulslarning hosil bo‘lishi va nerv tolasidan
o‘tishi buziladi hamda og‘riq sezish kamayadi.
Mahalliy anestetiklarning samarasi va qo‘llanish usuliga ko‘ra
anesteziyaning quyidagi turlari tafovut etiladi (26-rasm):
1. Yuzaki yoki terminal anesteziya. Anestetik to‘qima yuzasiga
(asosan, shilliq pardaga) so‘rilganda yoki tomizilganda, shu yer-
ning o‘zida og‘riq sezish hissi yo‘qoladi. Chunki anestetik shilliq
pardadagi sezuvchi nerv retseptorlari to‘sadi. Ko‘z kasalliklari
amaliyotida, masalan ko‘z shox pardasidan yot jismlarni olib
tashlash, ko‘z kasalliklarini jarrohlik bilan davolashdan oldin
qo‘llaniladi. Bundan tashqari intubatsiya, ezofagoskopiya,
bronxoskopiyadan oldin qayt qilish refleksini yo‘qotish maqsa-
dida, tomoq va halqum shilliq pardasiga anestetik surtiladi. Bundan
asosiy maqsad qayt qilish refleksining oldini olishdir.
Anestetiklarni ishlatganda shilliq parda orqali qisman qonga
so‘rilib umumiy (rezorbtiv) zaharli ta’sir etishi mumkin. Ularning
so‘rilishini kamaytirish va ta’sirini uzaytirish maqsadida qon
tomirlarni toraytiruvchi (adrenalin) preparatlar qo‘shiladi.
2. Infiltratsion yoki qavatma-qavat anesteziya. Mahalliy
og‘riqni bartaraf etishda va oldini olishda anestetik to‘qimaga (teri
26-rasm. Mahalliy anestetiklarning sezuvchi nervga ta’sir
etish joylari.
Anesteziya
xillari
Terminal
(yuzaki)
Infiltratsion
Nerv
poyasi
Orqa miya
Nervlarning tuzilishi
Shilliq parda
Preparatlar
nomi
dozasi
Kokain
Dikain
Kesikain
Anestezin
0,5–2%
0,3
0,25–
0,5%
2%
5%
0,5–1%
Novokain
Sovkain
Novokain
Ksikain
Trimekain
Novokain
Ksikain
Trimekain
Sezuvchi
nerv
Harakat
nervi
Mushak


123
orasiga va ostiga, mushaklarga, ichki organlar va boshqalarga)
qavatma-qavat yuboriladi. Bunda preparatning past konsentratsiyasi
(0,25%—0,5%) katta hajmda (250—500 ml) inyeksiya qilinadi.
Natijada to‘qimalar anestetik eritmasi bilan shimdiriladi (infilt-
ratsiya). Ularda joylashgan sezuvchi nerv retseptorlari va tolalari
to‘siladi va og‘riq sezish yo‘qoladi.
Ko‘pgina jarrohlik operatsiyalarida, jumladan, qorin bo‘shli-
g‘ida joylashgan organlarni (masalan, chuvalchangsimon o‘simta
yallig‘lanishida—appenditsitda va boshqalar) operatsiyasida ham
infiltratsion anesteziyadan keng foydalaniladi.
Odatda anestetiklarni, osh tuzining giðotonik (0,6%) yoki
izotonik (0,9%) eritmasida va ayrim holatlarda adrenalin bilan birga
tayyorlanadi. Bundan asosiy maqsad, yuqorida aytilganidek,
moddaning so‘rilishini kamaytirish va ta’sirini uzaytirishdir.
3. Regional (o‘tkazuvchi) anesteziya. Anestetik preparat
sezuvchi nerv poyasi yoki tolasi oldi to‘qimaga yuboriladi.
Sezuvchi nervdan shu yerida og‘riq impulslari to‘siladi, ushbu
nerv bilan ta’minlangan soha to‘qimada og‘riq sezish yo‘qoladi.
Anesteziyaning bu turi ko‘pincha jarrohlik stomatologiyasida (asosan
tishni olib tashlashda) va jarrohlikda, ayniqsa, barmoqning
yiringli kasalliklarini (panaritsiy) operatsiya qilishda keng ishlatiladi.
Bu yerda ham zaharli anestetiklar (koksin, dikin) ishlatilmaydi,
chunki qonga tez so‘riladi.
4. Orqa miya anesteziyasi. Bunda anestetik eritma orqa miyaning
bel qismidan subaroxnoidal bo‘shlig‘iga yuboriladi. Natijada orqa
miyaga kelayotgan sezuvchi nerv tolalari to‘siladi va shu nervlarga
taalluqli pastki to‘qimalarda sezish hissi yo‘qoladi. Orqa miya
anesteziyasi ko‘proq oyoqni va chanoqda joylashgan (urologik,
ginekologik) a’zolarni operatsiya qilishda ishlatiladi. Ushbu
anesteziyaning peridural va subdural turlari bor.
5. Suyak anesteziyasi. Ushbu xil anesteziyani bajarish uchun
og‘riq qoldiruvchi modda eritmasi suyakning ko‘mik qismiga
yuboriladi. Yuborilgan joydan yuqorida oyoq yoki qo‘lga tasma
bog‘lanadi. Anesteziyaning bu turi travmatologiya va ortopediyada
ko‘proq qo‘llaniladi.
Har bir mahalliy og‘riq qoldiradigan preparatni ishlatishda
uni o‘ziga xos bo‘lgan farmakodinamik va farmakokinetik
xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan, yuzaki anesteziya uchun
shilliq pardadan yaxshi shimiladigan, mahalliy qitiqlovchi ta’siri
kam bo‘lgan yoki bo‘lmagan preparatlar ishlatiladi. Bularga dikain,
promekain, lidokainlar kiradi.


124
10- jadval
Anestetiklarning farmakologik ta’siri bo‘yicha taqqoslanishi
-
a
p
e
r
P
r
a
lt
a
r
-
e
g
l
a
n
A
a
y
i
z
i
h
c
u
k
-
o
r
e
t
n
I
r
-
r
o
t
p
e
s
t
e
i
n
r
a
l
i
h
s
i
s
‘
o
t
v
it
a
t
e
g
e
V
-
r
a
l
y
il
g
n
a
g
i
h
s
i
s
‘
o
t
i
n
-
ti
r
a
it
n
A
k
i
m
i
r
i
s
’
a
t
i
d
a
r
it
y
a
s
u
S
s
a
f
a
n
-
a
k
r
a
m
i
n
i
z
r
i
m
o
t
it
a
k
a
r
a
h
i
n
i
z
a
k
r
a
m
n
i
a
k
o
v
o
N
n
i
a
k
e
m
i
r
T
n
i
a
k
i
s
K
n
i
a
k
i
D
n
i
a
k
v
o
S
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
+
+
+
+
+
+
+
+
—
—
+
+
+
+
+
+
—
—
+
+
+
+
+
+
+
—
—
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
«+» belgisi ta’sir kuchini bildiradi.
Dikain va sovkainning rezorbtiv ta’siri amaliy ahamiyatga ega
emas.
Infiltratsion va suyak anesteziyasini hosil qilish uchun anestetik
modda eritmasidan ko‘p miqdorda yuboriladi. Shuning uchun bu
maqsadda kam zaharli, suvda yaxshi eriydigan anestetiklar
qo‘llaniladi. Bularga novokain, trimekain, ksikain (lidokain) kiradi.
Ushbu preparatlar kattaroq konsentratsiyada regional anesteziya
uchun ham ishlatiladi. Orqa miya anesteziyasini hosil qilish
maqsadida og‘riq qoldiruvchi ta’siri kuchliroq va uzoqroq davom
etadigan preparatlardan novokain, burivaksin qo‘llaniladi. Qon
tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan to‘qimalarga (yuz, og‘iz,
tomok bo‘shlig‘i) anestetik yuborilsa, tezda qonga so‘rilib, ta’siri
qisqa muddatli bo‘ladi va tanaga zaharli ta’sir etishi mumkin.
Bunday hollarda anestetikning qonga sekinroq o‘tishini ta’minlash
uchun uning eritmasiga qon tomirlarini toraytiradigan preparatlar
(adrenalin, mezaton) qo‘shiladi (0,1% li adrenalin gidroxlorid
eritmasining 1 ml 200 ml anestetik eritmasiga qo‘shilishi mumkin).
Mahalliy anestetiklarning rezorbtiv ta’siri har xildir.
Novokainning periferik ta’sirlari natijasida tomir-to‘qima
interoretseptorlarining, vegetativ gangliylarning qisman to‘silishi,
shu sababli spazmolitik va giðotenziv ta’siri vujudga kelishini aytib
o‘tish kerak. Novokain ta’sirida yurakning o‘tkazuvchi tizimidan
impuls o‘tishi sekinlashadi va bradikardiya ro‘y beradi. Preparatni
aritmiyaga qarshi ta’siri shu bilan ta’riflanadi. Novokainamid kabi
dori vositasining aritmiyaga yaxshigina naf etishi bejiz emas (8-
jadval). Novokain tibbiyot amaliyotida, asosan, mahalliy anestetik
sifatida infiltratsion anesteziya (0,25%—0,5% li eritmalari), re-


125
gional anesteziya (1—2% li eritmalari) va orqa miya anesteziyasi
(5%li) uchun ishlatiladi.
Lidokain (ksikain). Kuchli mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta’sirga
ega. Mahalliy og‘riq qoldirishning hamma turlarida (yuzaki,
infiltratsion, regionar, orqa miya anesteziyasi) novokainga
nisbatan ta’siri tezroq, kuchliroq va uzoqroq davom etadi. Bundan
tashqari, lidokain aritmiyaga qarshi ta’sirga ega. U ektopik
impulslar hosil bo‘lishini kamaytiradi. Qorincha taxikardiyasida,
ekstrasistoliyada va boshqalarda ishlatiladi (batafsil ma’lumot uchun
«Aritmiyaga qarshi dorilar» bandiga qarang).
Kokain alkaloidi boshqa mahalliy anestetiklarga qarshi o‘laroq
markaziy nerv tizimiga qo‘zg‘atadigan ta’sir etgani uchun eyforiya
va gallutsinatsiya holatlari kuzatiladi. U qaytadan yuborib turilsa,
organizm o‘rganib (qaram) qolishi mumkin. Bu hol kokainizm
deyiladi. Kokainning markaziy nerv tizimiga (MNÒ) bunday ta’siri
adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi va mediator noradrenalinning
sinaptik bo‘shliqda yig‘ilishi bilan bog‘liq, degan fikr bor. Shu
sababli kokain periferik qon tomirlarini toraytiradi, qon bosimini
qisman ko‘taradi.
Òibbiyot amaliyoti uchun kokainning rezorbtiv ta’siri
ahamiyatsiz. U kokainizm holatiga sabab bo‘lgani uchun qattiq
nazorat ostiga olingan.
Mahalliy anestetiklarni qo‘llash.
1. Yuzaki anesteziya uchun dikain, lidokain va piromekain
ishlatiladi. Dikainning kattalar uchun yuqori dozasi 3% li
eritmaning 3 ml (90 mg)ni tashkil etadi. Preparat ancha zaharli
bo‘lgani uchun uni kichik konsentratsiyada (0,25%—1%) ishlatish
tavsiya etiladi. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dikainni faqat ko‘z
tomchisi sifatida qo‘llash mumkin.
Piromekain oftalmologik (0,5%), otolaringologik (1—2%) va
stomatologiya (1—2%) amaliyotida eritma holida yuzaki
anesteziyada qo‘llaniladi. Shu maqsadda ushbu preparatlar ko‘zga
tomiziladi, shilliq pardaga surtiladi yoki sepiladi.
Lidokain yuzaki anesteziya uchun oftalmologiyada, endosko-
piyadan oldin shilliq pardalarga surtish uchun 2—4% li
eritmasidan foydalaniladi. Anestezin suvda erimaydi. Kukun,
shamchalar, surtmalar aerozol shaklida turli kasalliklarda
(allergiya, gemmoroy, pulpit) davo qilinadi.
2. Infiltratsion anesteziya uchun novokainning va trimekain-
ning 0,25% li va 0,5% li, ksikainning 0,125—0,5% li eritmalari
ishlatiladi. Novokainning og‘riqni qoldiruvchi ta’siri 20—30 min,
trimekain va ksikainniki esa bir soatcha davom etadi.


126
Novokainning boshlang‘ich bir martalik dozasi (operatsiya
boshlanishida) 0,25% li eritmasiniki 500 ml; 0,5% li eritmasiniki
150 ml gacha. Keyinchalik operatsiyaning har bir soatida 0,25%
li eritmasidan 1000 ml; 0,5% li eritmasidan esa 400 ml gacha
yuborish mumkin. Lidokain esa uning 0,5% eritmasidan 600 ml
yuboriladi.
0,25% li trimekain eritmasidan 800 ml gacha; 0,5% li
eritmasidan esa 400 ml gacha ishlatiladi.
3. Regional anesteziya uchun novokain, lidokain va
trimekainning 1% li eritmasidan 100 ml gacha, 2% li eritmasidan
esa 50 ml gacha yuborish mumkin. Keyingi vaqtlarda mahalliy
anestetiklar ta’sirini uzaytirish maqsadida dyurant preparatlar
(masalan, novokainning yog‘dagi eritmasi, ampulada 5 ml dan)
ishlab chiqarila boshlandi. Bunda anesteziya bir necha kungacha
davom etadi. Ko‘pincha bunday preparatlar nevralgiya bilan bog‘liq
og‘riqda buyuriladi.
Lidokain regional anesteziya uchun 1% li eritmasidan 40 ml
gacha 2%li eritmasidan esa 20 ml gacha yuboriladi.
4. Orqa miya anesteziyasi uchun trimekain va novokainning
5% li eritmasidan 2—3 ml qo‘llash mumkin.
Mahalliy anestetiklardan tibbiyot amaliyotida me’da-o‘n ikki
barmoq ichak yara kasalligida, gastritda, qusishda asosan novokain
(0,5% li eritmasidan osh qoshiqda 3—4 marta) yoki anestezin
(0,1—0,2 g kukun holida) ishlatiladi. Proktologiya (to‘g‘ri ichak
jarrohlik kasalliklarida) amaliyotida, ayniqsa, bavosil (gemmoroy),
to‘qimaning shikastlanishida anestezin shamcha shaklida to‘g‘ri
ichakka yuboriladi (0,05—0,2 g). Bundan tashqari, endoarteriit
(qorason), stenokardiya, migren kasalliklarida novokain (0,25% li
eritmasi 25 ml) venaga yuboriladi.
Preparatlar.
N o v o k a i n (Novocainum). 0,5%, 1% va 2% li eritmalari
ampulada 2 ml dan; 0,5%—2% eritmalari 10 ml dan ampulada;
2% li eritmasi 1 ml dan ampulada; 0,25%—0,5% li eritmalari
400 ml dan; 0,1 g novokain saqlagan suppozitoriylar ishlab
chiqariladi va tayyorlanadi.
D i k a i n (Dicainum).Kukun, parda holida ko‘z kasalliklarida
qo‘llash uchun ishlab chiqariladi.
0,3% li eritmasi 10—20 ml dan peridural anesteziya uchun
yuboriladi. Oftalmologiyada 0,25%—0,5%; 1%—2% li eritmasi ko‘z
tomchisi holida, otolaringologiyada 0,5% —1% li eritmalari
qo‘llaniladi.


127
Ò r i m e k a i n (Trimecainum). Kukun, 2—5% li eritmasi 2 ml
dan ampulada, 2% li eritmasi 0,004% li noradrenalin eritmasi
bilan 2 ml dan ampulada chiqariladi. Ifiltratsion va regional
anesteziya hosil qilish uchun yuboriladi.
P i r o m e k a i n (Pyromecainum). 0,5% li, 1% li va 2% li
eritmalari 10 ml dan ampulada, 30 g dan surtma holida ishlab
chiqariladi.
Yuzaki anesteziya uchun oftalmologiya va otolaringologiyada
qo‘llaniladi.
L i d o k a i n g i d r o x l o r i d (Lidocaini hydrochloridum) 1%
eritmasi 10 ml dan; 2% lisi 2 va 10 ml dan; 10% lisi —2
ml dan va 10% eritmasi faqat mushaklar ostiga yuboriladi. Ko‘z
tomchisi sifatida 2% va 4% li eritmasi 5 ml li flakonda 1,5 ml
dan tyubik—tomchi sifatida ishlab chiqariladi. Òerminal va
infiltratsion anesteziya uchun 0,5% eritmasi, regional va peridural
anesteziya uchun 1—2% li eritmasi ishlatiladi.
A n e s t e z i n (Anaaestesinum) 0,05%—0,1 shamchalar
shaklida, 5%—20% li moyli eritmasi shilliq pardalarga so‘riladi.
Kukun, 0,3 g dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. 0,3 g dan
kuniga 3—4 marta ichiladi. 5%—10% li surtma sirtga qo‘llanadi;
0,05—0,1 g shamchilar shaklida, 5%—20% li moyli eritmasi
shilliq pardalarga so‘riladi.
Rp.: Sol.Novocaini 0,25%—500 ml
Sterilisetur!
D.S. Operatsiya xonasiga.
#
Rp.: Sol. Novocaini 0,5%—5 ml
D.t.d. ¹ 10 in ampullis
S. Operatsiya xonasiga.
#
Rp.: Sol. Lidocaini hydrochloridi 2%—5 ml
D.S. Ko‘z uchun tomchilar
#
Rp.: Ung. Anaesthesini — 5%—30,0
D.S. Teriga surtish uchun.
#
Rp.: Suppos. «Anesthesini» ¹ 5
D.S. To‘g‘ri ichakka yuborish uchun.


128
NAZORAÒ SAVOLLARI
1. Nerv tizimi (sistemasi)ga tanlab ta’sir etuvchi dori vosita-
lari qanday nom bilan yuritiladi?
2. Narkoz moddalarining ta’siri natijasida organizmda qanday
holat yuzaga chiqadi?
3. Etil spirti bilan surunkali zaharlanish qanday ibora bilan
yuritiladi?
4. Uxlatuvchi dori vositalarining ta’siri qanday sistemaga
qaratilgan?
5. «Analgetik» iborasi nimani anglatadi?
6. Nonarkotik analgetiklarning asosiy preparatlarini ayting.
7. Nonarkotik analgetiklarga misol keltiring.
8. Morfinizm nima?
9. Psixotrop dori vositalari deb qanday dorilarga aytiladi?
10. «Psixostimulatorlar» iborasi nimani anglatadi?
11. Choy bargi va kofe urug‘ida asosan qanday alkoloid bor?
12. Umumiy tonusni oshiruvchi dori vositalarining preparat-
larini ko‘rsating.
13. «Sedativ dorilar» qanday dorilar?
14. Periferik, vegetativ nervlarga qanday nervlar kiradi?
15. Parasimpatik va simpatik nervlar orqali markazdan kela-
yotgan impulslarning ichki organlarga o‘tishida qanday
kimyoviy moddalar (mediatorlar) qatnashadi?
16. Xolinoretseptorlar qaysi nervlarga tegishli?
17. Xolinomimetik va xolinobloktorlar nima?
18. Atropinning ko‘z qorachig‘iga ta’siri qanday?
19. Pilokarpinning ko‘z qorachig‘iga ta’siri qanday?
20. Adrenoretseptorlar qaysi nervga taalluqli?
21. Adrenomimetik so‘zi nimani anglatadi?
22. Adrenoblokator so‘zi nimani anglatadi?
23. Adrenalinning yurak faoliyatiga ta’siri qanday?
24. Efedrin preparati nima uchun bronxial astma kasalligida
qo‘llaniladi?
25. Mahalliy anestetiklarning sezuvchi nervlarga ta’siri
qanday?
26. Novokain eritmasi (0,5%, 1% va 2% li) nima maqsadda
ishlatiladi?
27. Lidokain preparati yuzaki anesteziya uchun qachon
qo‘llanadi?


129
BAJARUVCHI A’ZOLAR FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR
EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI
NAFAS A’ZOLARIGA TA’SIR KO‘RSATADIGAN
VOSITALAR
Bu guruhga quyidagi vositalar kiradi:

nafas stimulatorlari;

yo‘talga qarshi vositalar;

balg‘am ko‘chiruvchi vositalar;

bronxial astmada qo‘llaniladigan vositalar.
Nafas stimulatorlari
Nafas stimulatorlari deb, uzunchoq miyada joylashgan va
nafas jarayonini idora qiladigan nafas markaziga ta’sir ko‘rsatib,
uning faoliyatini jonlantiradigan preparatlarga aytiladi. Ular ta’sir
mexanizmiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
— nafas markazini bevosita faollashtiruvchi dori vositalari;
— bilvosita ravishda nafasni qo‘zg‘atuvchi dori vositalari;
— aralash ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari.
Nafas markazini bevosita faollashtiradigan dori vositalariga
psixostimulator va analeptik ta’sirga ega kofein, bemegrid, etimizol
preparatlari kiradi. (Analeptiklarga qarang!)
Etimizol — bosh miyaning po‘stloq osti tizimlari va uzunchoq
miya markazlarini faollashtiradi. Analeptiklardan farqli o‘laroq,
etimizol miya po‘stlog‘iga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sababli faqat nafas faoliyatini jonlantirish uchun emas, tinchlan-
tiruvchi vosita sifatida ruhiy kasalliklar amaliyotida ham qo‘llaniladi.
Ichga va parenteral beriladi.
Reflektor ravishda bilvosita ta’sir etuvchi dori vositalariga
sititon va lobelin gidroxloridi kiradi. Ular sinokarotid zona N-
xolinoretseptorlarini qo‘zg‘atadi, natijada hosil bo‘lgan afferent
impulslar uzunchoq miyaga boradi va nafas markazini qitiqlaydi
(nafas analeptiklariga qarang!)
Aralash ta’sirga ega vositalarga kordiamin va uglerod (IV) oksid
misol bo‘la oladi. Ularning ta’siri markazga va karotid koptokcha
xemoretseptorlarini qo‘zg‘atish bilan birga namoyon bo‘ladi.
Nafas stimulatorlari narkotik analgetiklar bilan, is gazi bilan
yengil zaharlanganda, chaqaloqlar asfiksiyasida, narkozdan so‘ng
o‘pka ventilatsiyasini tiklash maqsadida ishlatiladi. Og‘ir hollarda
esa sun’iy nafas oldirishga o‘tiladi. Bilvosita analgetiklar,
uxlatuvchi, narkoz moddalari bilan zaharlanganda qo‘llanilmaydi.


130
Yo‘talga qarshi vositalar
Bu guruhga kiruvchi vositalar ta’sir mexanizmiga ko‘ra ikkiga
bo‘linadi: markaziy va periferik ta’sirga ega preparatlar. Markaziy
ta’sirga ega vositalar — kodein, etilmorfin uzunchoq miyada
joylashgan yo‘tal markazini susaytiradi. (Narkotik analgetiklarga
qarang!) Periferik ta’sirga ega vositalarga libeksin va boshqalar misol
bo‘la oladi.
Libeksin. Uning ta’sir mexanizmi yuqori nafas yo‘llari shilliq
pardasining sezuvchanligini pasaytirishi, shuningdek bronxolitik
xususiyatlari bilan bog‘liq. MNÒga ta’sir etmaydi, shu sababli
qaramlik chaqirmaydi. Yo‘talga qarshi faolligi bo‘yicha kodeinga
yaqinlashadi. Nafas yo‘llari yallig‘lanishi (o‘tkir va surunkali
bronxit)da qo‘llaniladi.
Glautsin gidroxlorid. Alkaloid. Yo‘talga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Kodeindan o‘laroq, nafasga ta’sir qilmaydi, qaramlik keltirib
chiqarmaydi. Qisman adrenolitik ta’siri bo‘yicha qon bosimini
tushirishi mumkin.
Òusupreks (okseladin sitrat). Yo‘tal refleksining markaziy
qismiga ta’sir etib, yo‘talni qoldiradi. Nafas markaziga ta’sir
etmaydi. Qaramlik bermaydi. O‘pka va nafas yo‘llari kasalliklarida
ishlatiladi.
Preparatlar.
L i b e k s i n (Libexin). Òabletkalarda 0,1 g dan ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3—4 marta, og‘ir hollarda 2
tabletkadan 3—4 marta ichiladi.
G l a u t sin gidroxlorid (Glaucini hydrochloridum).
Òabletkalarda 0,05 g dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga
2—3 marta ovqatdan keyin ichiladi.
O k s e l a d i n s i t r a t (Oxeladin citrate). Òusupreks. Parda
bilan qoplangan tabletka shaklida 10 yoki 20 mg dan ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3—4 marta ichiladi.
Rp.: Tab. Glaucini hydrochloridi 0,05 N.20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ovqatdan so‘ng ichilsin
Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar
Òa’sir mexanizmiga ko‘ra ularning quyidagi guruhlari farq-
lanadi:
— balg‘am ko‘chiruvchi vositalar — termopsis o‘ti, gulxayri
ildizi, qizilmiya ildizi, mukaltin, glitsirram, andiz, botqoq
ledumi, katta tog‘jambil, pektussin, terpingidrat, natriy benzoat,
likorin gidroxlorid;


131
— mukolitiklar — atsetilsistein, karbosistein, bromgeksin,
ambroksol, triðsin;
— surfaktantlar — kurosurf, ekzosurf.
Ma’lumki, balg‘amning chiqib ketishi bronxlardagi silliq
mushaklarning sekinlik bilan to‘lqinsimon qisqarib turishiga va
kiðriksimon epiteliyning tomoq tomoniga qarab harakatlanishiga
bog‘liq. Bundan tashqari, bronxlarning shilliq qavatidagi shilimshiq
ishlab chiqaruvchi bezlar faoliyati ham ahamiyatlidir.
Balg‘am ko‘chiradigan dorilarga me’da shilliq qavatining
retseptorlarini ta’sirlab, bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytira-
digan, harakatlanuvchi epiteliy faolligini zo‘raytiradigan va buning
natijasida balg‘amni suyiltirib, chiqib ketishini osonlashtiradigan
preparatlar kiradi. Bunday ta’sir, asosan, qustiruvchi vositalarning
kichik dozasiga xosdir. Ular ko‘pincha bilvosita ta’sir etadigan
preparatlar deb ham yuritiladi. Nafas yo‘llarining yallig‘lanishida
va boshqa xastaliklarda ushbu dori vositalari balg‘am ko‘chishini
yengillashtirib, yo‘talni yumshatadi. Yallig‘lanishni kamaytiradi.
Shu bilan kasallikning kechishiga ijobiy ta’sir qiladi. Balg‘am
ko‘chiradigan bunday vositalarga turli-tuman, ko‘proq o‘simlik-
lardan tayyorlangan preparatlar kiradi.
Bevosita ta’sir etadigan balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarga
triðsin, yod va brom saqlagan preparatlar kiradi. Oshqozonosti
bezining fermenti hisoblangan triðsin oqsil moddalarni parchalaydi.
Balg‘am ko‘chiruvchi sifatida uning eritmalari nafas yo‘li orqali
yuborilganda, balg‘amdagi oqsillarni parchalab, uni yumshatadi.
Ko‘p balg‘am ajralishi bilan kechadigan ayrim kasalliklarda
(bronxoektatik kasallik) triðsinni qo‘llash yaxshi natija beradi.
Bevosita ta’sir etuvchilarga kaliy yodid va natriy yodid hamda
bromgeksin preparatlari kiradi. Ular qabul qilinganidan so‘ng
shilliq pardalar (chunonchi, bronx shilliq pardalaridan ham)
chiqariladi. Ular pardada joylashgan sekret ishlab chiqaradigan
hujayralarda faoliyatini yaxshilaydi va balg‘amning suyuqlik darajasi
oshadi, uning ko‘chishi esa osonlashadi.
Balg‘amni yumshatish xususiyati ishqoriy moddalarda ham bor.
Chunonchi, natriy gidrokarbonat ingalatsiya yo‘li bilan yubo-
rilganda ham balg‘am suyulib, ajralishi yengillashadi.
Bilvosita va bevosita bronxlar sekretsiyasiga ta’sir etib,
balg‘amni reflektor yo‘l bilan hamda bronxlar shilliq pardasi
orqali ajralib balg‘amni suyultiruvchi preparatlarga novshadil —
arpabodiyon tomchilari kiradi.
Preparatlar.
A l t e y i l d i z i (Radix Althaeae). Òarkibida 35%gacha
shilimshiq, asparagin, betain, pentan moddasi va kraxmal saqlaydi.


132
Ekstrakt, kukun, damlama va qiyom ko‘rinishida ishlatiladi.
«Ko‘krak termasi» tarkibiga hamda yo‘talga qarshi, bolalarga
beriladigan quruq mikstura tarkibiga kiradi.
A r p a b o d i y o n m e v a s i (Fructus Anisi Vulgaris). Òarkibida
anetol (80%) saqlovchi efir moylari, oqsil moddalari bor.
Balg‘am ko‘chiradigan vosita sifatida arpabodiyon moyi (2—8
tomchidan) ishlatiladi. Damlama sifatida (1 choy qoshiq mevasini
1 stakan qaynab turgan suvga solib, chorak stakandan kuniga 3—
4 marta) ichni yumshatish uchun beriladi.
B o t q o q l e d u m i o ‘ t i (Herba Ledi palustris). Òarkibida
ledol saqlaydigan efir moylari, arbutin glikozid, oshlovchi
moddalar bor. Damlama shaklida (10—200 ml), bir osh qoshiqdan
balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida beriladi.
A n d i z i l d i z i (Radix Inulae). Òarkibida laktonlar, inulin
va boshqa moddalarni saqlovchi efir moylari bor. Asosan qaynatma
shaklida (10—100 ml) osh qoshiqda balg‘am ko‘chiradigan dori
sifatida beriladi.
Q i z i l m i y a i l d i z i (Radiz Glycirrhizae). Òarkibida
glitsirrizin, flavonoidlar, pektinlar, kraxmal va boshqa moddalar
saqlaydi. Asosan damlama, qiyom shaklida (15—200 ml) balg‘am
ko‘chiruvchi dori sifatida osh qoshiqda kuniga 3—4 marta ichiladi.
Ò e r m o p s i s o ‘ t i (Herba Thermopsidis). Òarkibida termopsis
alkaloidi (1—1,25%), glikozid, oshlovchi moddalar, askorbin
kislota va boshqa moddalar saqlaydi. Balg‘am ko‘chiradigan dori
sifatida damlama shaklida (0,6—180 ml) bir osh qoshiqdan 2—
4 marta beriladi. Quruq ekstrakt shaklida 0,01—0,05 g dan tabletka
holida chiqariladi.
M u k a l t i n (Mucaltinum). Òarkibida dorivor gulxayri o‘tidan
olinadigan polisaxaridlar aralashmasi bor. 0,05 g li tabletkalar
ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
P e r t u s s i n (Pertussinum). Òarkibida sudralib o‘suvchi
tog‘jambul yoki oddiy tog‘jambul ekstrakti, kaliy bromid, etil
spirti, qand qiyomi bor. Osh yoki choy qoshig‘ida kuniga 2—
3 mahal ichiladi.
Yuqorida keltirilgan balg‘am ko‘chiradigan preparatlardan
tashqari, bronxlarning shilimshiq ishlab chiqarvchi hujayralariga
bevosita ta’sir etadigan va ularning faoliyatini zo‘raytirib, suyuq
balg‘am hajmini ko‘paytiradigan har xil dori preparatlari ham
mavjud. Bularni mukolitik vositalar deb ham yuritiladi.
A ts e t i l s i s t e i n (Acethylcysteinum) balg‘amni suyultiradi va
uning ajralishini osonlashtiradi. 20%li eritmasi 2—5 ml dan kuniga


133
3—4 mahal 15—20 daqiqadan hidlanadi (ingalatsiya). 10%li
eritmasidan mushaklar orasiga 2 ml yuboriladi.
B r o m g e k s i n (Bromhexinum). N- siklogeksil — N- metil-
N- (2-amino-3, 5-dinitrobenzil)—ammoniy xlorid. Draje holida
(0,004—0,008 g) kuniga 2—3 mahal ichiladi.
N a t r i y b e n z o a t (Natrii benzoas). Kukun, eritma va
mikstura (aralashma) shaklida balg‘am ko‘chiradigan dori sifatida
buyuriladi.
K a l i y y o d i d (Kalii iodidum). Mukolitik vosita tariqasida,
suvdagi 1—3% li eritmasi qo‘llaniladi. Boshqa kasalliklarda
(qalqonsimon bez va boshqalar) ham buyurilishi mumkin.
Natriy yodid ham shunday ta’sirga ega va ushbu dozada
beriladi.
N o v s h a d i l a r p a b o d i y o n i tomchilari (Liquor Ammonii
anisatus). Òarkibida anis (arpabodiyon) moyi, ammiak (novshadil)
eritmasi bo‘lib, 10—15 tomchidan beriladi. Flakonda 25 ml dan
ishlab chiqariladi.
Rp: Jnf.rad. Althaeae 6,0—180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3—4 marta ichiladi.
#
Rp: Herbae Thermopsidis 0,01
Natrii hydrocarbonatis 0,25
D.t.d. N.10 in tabulettis
S. 1 tabletkadan kuniga 3—4 marta ichiladi.
#
Rp: Pertussini 100 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3—4 marta ichiladi.
#
Rp: Sol Acetylcycteini 20%—10 ml
D.t.d. N. 10 in ampullis
S. Hidlash uchun.
#
Rp: Tab. Bromhexini 0,008 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 3—4 marta ichiladi.
Bronxolitiklar
Bularga bronxlar devoridagi silliq muskullarni bo‘shashtira-
digan, spazmda bronxlarni kengaytiradigan moddalar kiradi va
ular bronxolitiklar deyiladi. Bronxolitiklar bronxial astma


134
kasalligida yaxshigina kor qiladi. Ular bu kasallik xurujining oldini
oladi va uni bartaraf etadi.
Ma’lumki, bronxlar silliq muskullari parasimpatik va simpatik
nervlar orqali boshqariladi. Parasimpatik nervlar mushakda
qisqartiruvchi, simpatik nervlar esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Bosh-
qacha qilib aytganda, parasimpatik nervga tegishli M-
xolinoretseptorlar qo‘zg‘atilsa, bronxlar torayadi, simpatik nervga
tegishli b- adrenoretseptorlar qo‘zg‘atilsa, bronxlar kengayadi.
Shuning uchun bronxial astma xurujida xolinoretseptorlarni
bog‘lab, parasimpatik nerv ta’siri yo‘qotiladi yoki adrenoretsep-
torlarni qo‘zg‘atib simpatik nerv faoliyati oshiriladi, natijada
bronxlar kengayadi va nafas siqilishi yo‘qoladi.
Bronxolitiklarga ta’sir mexanizmi turlicha bo‘lgan, bronxlarni
kengaytiruvchi preparatlar kiradi. Ular, asosan, quyidagi
guruhlardan iborat:
—
β
-adrenomimetiklar;
— M-xolinoblokatlar;
— miotrop ta’sirli preparatlar.
β
-adrenomimetiklarga izadrin, 
α 
- va 
β
- adrenoretseptorlarni
qo‘zg‘atuvchilardan adrenalin, efedrin va boshqalar kiradi.
Izadrin 
β
2
-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib, bronx devoridagi
silliq muskullarni bo‘shashtiradi va bronxlar kengayadi. Bu ta’sir
kasallik tufayli bronxlar torayib qolganda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Izadrin shu bilan birga 
β
1
- adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib yurak
urishini tezlashtiradi. Qon bosimiga deyarli ta’sir etmaydi. Bronxial
astma xurujida izadrinni ingalyator yordamida nafas yo‘li orqali
yuborilganda ancha samarali bo‘ladi va boshqa a’zolarga bo‘lgan
ta’siri uncha bilinmaydi.
Orsiðrenalin sulfat bronxlarni kengaytirish ta’siri bo‘yicha
izadringa o‘xshaydi. Lekin 
β
2
-adrenoretseptorlarga ta’siri ko‘proq
va kor qilishi uzoqroq. Parenteral, enteral va ingalatsiya yo‘llari
bilan qabul qilinadi.
Salbutamol va fenoterol. Bularning qo‘zg‘atuvchi ta’siri
ko‘proq, ta’sir bronx silliq muskullaridagi 
β
2
- adrenoretseptorlarga
qaratilgan. Shuning uchun 
β
1
- adrenoretseptorlari mavjud a’zolarga
ta’siri kamroq. Ular ingalatsiya yo‘li bilan yuboriladi. Òabletkalari
ichish uchun beriladi.
Adrenalin bir vaqtda ham 
α
- ham 
β
- adrenoretseptorlarni
qo‘zg‘atadi. Shuning uchun bronxlarni kengaytiradi, yurak urishini
tezlashtiradi va boshqalar. Lekin uning bunday ta’siri qisqa
muddatli bo‘lgani uchun bronxial astma xurujining og‘ir kechishida
inyeksiya qilinadi.


135
Efedrin. Òa’siri bo‘yicha adrenalinga o‘xshab, 
α
-, 
β
-
drenoretseptorlarni qo‘zg‘atib, bronxlarni kengaytiradi. Lekin
adrenalindan farqli o‘laroq ta’sir muddati uzoq va MNS ni
qo‘zg‘atadi. Shu sababli efedrinning bronxial astma xurujida,
xurujning oldini olish maqsadida turli yo‘llar bilan yuboriladi.
Efedrinning atropin bilan aralashmasi (efaton) ingalatsiya yo‘li
bilan yuboriladi.
Bronxolitiklarga M- xolinoblokatorlardan atropin, metatsin va
boshqa preparatlar kiradi.
Atropin bronx silliq muskullaridagi M-xolinoretseptorlarni
bloklab, parasimpatik nerv ta’sirini cheklaydi. Natijada muskullar
bo‘shashadi va bronxlar kengayadi. Shunga asosan atropin bronxial
astma xurujida inyeksiya qilinadi. Lekin bu ta’sir 
β
-adreno-
mimetiklarnikiga nisbatan kuchsizroq.
Miotrop ta’sir ko‘rsatadigan bronxolitiklardan ko‘proq
eufillindan foydalaniladi. U tarkibida teofillin va etilendiamin
saqlaydi. Preparat boshqa ta’siridan tashqari bronx muskullariga
bevosita ta’sir etib, uni bo‘shashtiradi. Ichki rektal mushaklar
orasiga, venaga yuboriladi.
Yuqorida keltirilgan uch guruh preparatlaridan tashqari
bronxial astma kasalligida balg‘amni suyultiradigan glikozidlar,
antigistamin preparatlar ham qo‘llaniladi.
Preparatlar.
O r s i ð r e n a l i n s u l f a t (Orciðrenalini sulfas). Aerozol-
ingalator 400 ta o‘rtacha doza saqlaydi. 0,05% eritmasi ampulalarda
1 ml dan, tabletkasi 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Bronxial astma
xurujini bartaraf etish va oldini olish uchun ishlatiladi.
Izadrin, salbutamol, adrenalin gidroxlorid to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Adrenomimetiklar guruhida; atropin sulfat M-
xolinoblokatorlar guruhida; Eufillin kofein guruhida berilgan.
Aerozol efatin preparatining 10 ml da 0,05 g atropin sulfat,
0,04 g novokain, 10 ml gacha etil spirti bor. Bronxial astma
xurujida ishlatiladi.
Rp: Sol. Orciðrenalini sulfatis 0,05%—1 ml
D.t.d N. 10 in ampullis
S. no 1 ml muskullar orasiga yuboriladi.
#
Rp: Aerosoli «Ephatin» N. 2
D.S. Bronxial astma xurujida hidlanadi.


136
YURAK-QON ÒOMIR ÒIZIMIGA ÒA’SIR
EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI
Kardiotonik vositalar
Kardiotonik vositalarga quyidagi guruh preparatlar kiradi:
A. Yurak glikozidlari.
Angishvonagul preparatlari — kordigit, digitoksin, digoksin,
medilazid, selanid, lantozid, angishvonagul bargi damlamasi.
Adonis preparatlari — adonizid o‘ti damlamasi.
Marvaridgul preparatlari — marvaridgul nastoykasi, korglikon.
Strofant preparatlari — strofantin K, strofantidin atsetat.
Chitrani preparatlari — kardiovalen.
B. Noglikozid kardiotonik sintetik preparatlar—amrion,
milrinon.
Yurak glikozidlari
Yurakning ayrim kasalliklarida yurak muskullarining faoliyati—
uning qisqarish kuchi sekin-asta yoki birdan zaiflashib qoladi.
Natijada yurakning umumiy faoliyati izdan chiqib, kelayotgan
qonning hammasini katta va kichik qon aylanish doirasiga to‘liq
haydab bora olmaydi va yurak faoliyati yetishmovchiligi namoyon
bo‘ladi. Bunda tana to‘qimasida va organlarda qon yig‘ilib qolib
shishlar paydo bo‘la boshlaydi, kislorod yetishmasligi sababli
organlarning faoliyati izdan chiqishi mumkin. Yurak faoliyati
yetishmasligi ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: surunkali va o‘tkir
yetishmovchilik. Yuqorida keltirilgan hislatlar yurak faoliyatining
surunkali yetishmovchiligiga taalluqli. O‘tkir yetishmovchiligi esa
yurak faoliyatining zaiflashishi bilan birdaniga va keskin ravishda
yuz beradi. Bu holat ko‘pincha qon bosimining haddan tashqari
ko‘tarilib ketishida, yurak urishining haddan tashqari tezlashishi-
da, yurak infrarkti va boshqa kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Bunda
tezda davo choralari ko‘riladi, aks holda yurak urishi to‘xtab
qolishi mumkin. Yurak faoliyatining surunkali va o‘tkir yetish-
movchiligida samarali va ishonchli kor qiladigan dori vositalaridan
hisoblangan yurak glikozidlaridir (29- rasm.)
Yurak glikozidlari o‘simliklardan olinadigan, kimyoviy tuzilishi
bo‘yicha murakkab organik moddalar bo‘lib, yurak faoliyatiga
tanlab rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va yurak yetishmov-
chiligini davolashda kor qiladi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha yurak
glikozidlari azot saqlovchi birikmalar bo‘lib, qandli va qandsiz
qismlardan iborat. Yurak glikozidlarining biologik ta’siri qandsiz


137
qismiga bog‘liq. Qandli qismi esa yurak glikozidlarining so‘rilishini,
pardalardan o‘tishini, to‘qimalarda ushlanishini ta’minlaydi.
Keyingi vaqtlarda yurak glikozidlarini saqlovchi bir qator
o‘simliklar aniqlangan. Bunda Respublikamizning olimlari, ayniq-
sa, O‘simliklar kimyosi institutining xodimlari va farmakolog-
larning hissalari kattadir. Bular orasida angishvonagulning bir necha
turi, marvaridgul, adonis, strofant, sambitgul, chitrang‘i,
chirmovchi gul, nashasimon kendir yurak glikozidlari saqlovchi
asosiy o‘simliklar hisoblanadi.
Ulardan olinadigan yurak glikozidlari o‘zining kimyoviy
tuzilishi bo‘yicha bir-biriga o‘xshaydi, lekin glikon va aglikon
xarakteri bo‘yicha farqlanadi. Bir o‘simlikda bir necha glikozid
bo‘lishi mumkin. Ularning farmakologik ta’sir mexanizmi umuman
olganda deyarli bir xil, lekin farmokinetikasi va farmodinamikasi,
ichak tizimidan so‘rilishi, ta’sir kuchi, tanadan chiqib ketish
muddatiga ko‘ra farqlanadi.
Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik xossalaridan biri,
ular kasallangan yurakka tanlab ta’sir ko‘rsatib, uning susaygan
faoliyatini jonlantiradi. Kasallik tufayli qisqarish qobiliyati
zaiflashib charchagan yurak faoliyatini sekin-asta tiklaydi.
Bunday ta’sir kordiotonik ta’sir deyiladi. Uning zaminida yurak
glikozidlarining ta’sirida yurak mushagining (miokardning)
qisqarish kuchining oshishi (sistolik ta’sir), uning bo‘shashishiga
ketgan vaqtning uzayishi (diastonik ta’sir), yurak o‘tkazuvchi nerv
sistemasidan mushakka kelayotgan impulslarning sekinlashi va yurak
urushining sekinlashishi (bradikardiya) va boshqa ijobiy o‘zga-
rishlar yotadi (27- rasm). Yurak glikozidlarining bunday ta’sir
mexanizmi ularning miokardda sodir bo‘layotgan bioximik
jarayonlarga, elektrolitlar balansiga bo‘lgan samarasi bilan tushun-
tiriladi.
27-rasm. Yurak faoliyatining zaiflashishida glikozidlarning
sistola va diastolaga ta’siri
(

)
.
Sistola
Diastola


138
Yurak glikozidlarining tasnifi. Yurak glikozidlari ta’sir kuchi
davomiyligiga ko‘ra quyidagilarga ajratiladi:
— sekin, uzoq va kuchli ta’sir etuvchi glikozidlar;
— tez, qisqa va kuchli ta’sir etuvchi glikozidlar;
— o‘rtacha kuchli va ma’lum muddatli ta’sir etuvchi
glikozidlar;
Sekin, uzoq va kuchli ta’sir etuvchi yurak glikozidlariga
digitalis preparatlari kiradi. Ular og‘iz orqali yuborilganda
qutblanmagan, liðofil xususiyatli bo‘lgani sababli me’da-ichak
tizimidan sekin-asta so‘riladi. Qonga o‘tgandan so‘ng plazma
oqsillari bilan bog‘lanadi. Òerapevtik samarasi 2—3 soatdan keyin
boshlanib, 8—12 soatdan so‘ng yuqori darajaga yetadi, 2 hafta
ichida asta-sekin kamayib boradi. Bu guruh preparatlar miokardga
kuchli kardiotonik ta’sir ko‘rsatadi. Ular jigarda metabolizmga
uchrab, ko‘pchilik qismi buyraklar orqali sekin chiqib ketadi. Bir
qismi esa to‘qimalarda, miokardda yig‘ilib qoladi. Digitalis
preparatlari shu sababli kumulatsiya holatini beradi. (28- rasm).
Òez, qisqa va kuchli ta’sir etuvchi yurak glikozidlariga stro-
fantin va korglikon preparatlari kiradi. Ular qutblangan bo‘lgani
uchun suvda yaxshi eriydi va bevosita venaga yuborish uchun
mo‘ljallangan. Shuning uchun ham ularning ta’siri tez yuzaga
chiqadi. Yuqori darajadagi ta’siri 1—1,5 soat ichida boshlanadi.
Umumiy ta’siri esa 4—5 soat davom etadi. Ular plazma oqsillari
bilan birikma hosil qilmaydi, jigarda metabolizmga uchrab, buyrak
orqali va ko‘proq safro bilan chiqib ketadi. Kumulatsiya holatini
bermaydi. Lekin bemorga berilgan boshqa glikozidlarning
kumulativ ta’sirini kuchaytirishi va tezlashtirishi mumkin. Bu
28- rasm. Yurak glikozidlarini ta’sir
muddati bo‘yicha taqqoslash.
10
20
30
40
50
60
70
80
90
Ta’siri,
%
Digitoksin
Lantozid
Strofantin
1 2 3 4 5 6 7 8 910 1112 1 2 3 4 5 6 7
kun
soat


139
guruhga kiruvchi preparatlar, ayniqsa, strofantin-K, qadimdan
ishlatib kelinadi, ta’siri bo‘yicha yuqori samarali dori preparati
hisoblanadi. Har xil kasallik sababli yurak faoliyatining o‘tkir va
ayrim surunkali yetishmovchiligida strofantin-K zarur va ishonchli
preparatdir. U tez kor qilib yurak faoliyatini tiklashda samarali
shifobaxsh dori hisoblanadi (29- rasm). Shu maqsadda strofantin-
K va korglikon faqat venaga osh tuzining izotonik eritmasi yoki
glukoza eritmasi tarkibida asta-sekin yuboriladi. Ayrim hollarda
tomchilab infuziya qilinadi.
O‘rtacha kuchli va ma’lum muddatli ta’sir etuvchi
glikozidlarga, asosan, adonis va marvaridgul preparatlari kiradi.
Bularning ko‘pchiligi og‘iz orqali yuboriladi, qonga so‘rilib, ta’siri
30—40 min ichida yuzaga chiqadi. Yuqori darajada kor qilishi 1—
2 soat ichida seziladi, umumiy ta’sir etish muddati 3—4 kunni
tashkil etadi. Bu preparatlar kumulativ ta’sir ko‘rsatmaydi,
yurakka bo‘lgan kardiotonik ta’siri bo‘yicha digitalis va strofant
preparatlariga qaraganda kuchsiz. Bradikardiya holatini deyarli
keltirib chiqarmaydi. Digitalis va strofant glikozidlaridan asosiy
farqi bu o‘simliklar preparatlari markaziy nerv tizimiga tinchlan-
tiruvchi ta’sir etadi. Shu sababli bu preparatlar yurak faoliyati
yetishmasligining yengil shaklida, yurak nevrozida ko‘proq beriladi.
Yurak glikozidlarining salbiy tomonlarini hisobga olgan holda
sintetik ravishda kardiotonik ta’sirli dori vositalarini olishga erishildi.
Ular steroid va adrenergik xususiyatga ega bo‘lmagan preparatlar
bo‘lib, yurak faoliyati yetishmovchiligida kardiotonik ta’sir ko‘r-
satadi.
Bular qatoriga amrinon preparatini kiritish mumkin. U musbat
inotrop ta’sir etishdan tashqari qon tomirlarni kengaytirib, qon
bosimini tushiradi va yurakka bo‘lgan yuklamani kamaytiradi.
Shuning uchun amrinon yurak faoliyatining qon aylanishi susayib
qolishi bilan kechadigan o‘tkir yetishmovchiligida qisqa muddatli
1
2
3
4
5
29-rasm. Strofantinning baqaning ajratib
olingan yuragiga ta’siri: 1 — dastlabki holat;
2, 3, 4, 5 — strofantinning ta’siri.


140
davo ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Preparat ayrim davlatlarda
reyestrga olingan. Amaliyotda ishlatilishi chegaralangan.
Preparatlar.
D i g i t o k s i n (Digitoxinum). Angishvonagul o‘simligining
turlaridan olinadigan glikozid. 0,0001 g dan tabletkalar, 0,00015
dan shamchalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,1 mg dan ichish
uchun beriladi; 0,15 mg dan kuniga 1—2 marta shamcha shaklida
to‘g‘ri ichakka qo‘yiladi. Yuqori dozasi: bir martalik — 0,5 mg,
kecha-kunduzlik — 1 mg.
D i g o k s i n (Digoxinum). Angishvonagulning tukli turidan
olinadigan glikozid. 0,00025 g dan tabletkalarda, 0,0001 g dan
bolalar uchun, 0,025% eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. Ichish uchun birinchi kuni (kecha-kunduzlik dozasi)
1—1,25 mg (4—5 ta tabletka), 2—kuni 3 ta tabletka, 3— kuni
3 ta tabletka ichiladi. Venaga 0,25—0,5 mg 5%, 20%, 40% li
glukoza eritmasining 10 ml bilan birga sekin yuboriladi.
D i g a l e n - n e o (Digalen-neo). Malla angishvonagul bargidan
olinadigan neogalen preparat. 15 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi
kattalar uchun bir martalik — 0,65, kecha-kunduzlik —1,95.
K o r d i g i t (Cordigitum). Qirmizi angishvonagulning quruq
bargidan tayyorlangan ekstrakt. Òarkibida digitoksin va boshqa
glikozidlarni saqlaydi. 0,8 mg dan tabletkalar, 0,0012 g dan
shamchalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,4—0,8 mg dan kuniga
2—4 marta ichish uchun beriladi.
S e l a n i d (Celanidum). Òukli angishvonagulning bargidan
olinadigan glikozid. 0,25 mg dan tabletkalar shaklida; 0,02 %
eritmasi 1 ml dan ampulada; 0,05% eritmasi 10 ml dan flakonda
ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichish uchun
beriladi. 0,02 % eritmasi 1 ml dan ampulada; 0,05% eritmasi
10 mldan flakonda ishlab chiqariladi.
L a n t o z i d (Lantozidum). Novogalen preparat. Òukli
angishvonagulning bargidan tayyorlangan. 15 ml dan flakonda
ishlab chiqariladi. 15—20 tomchidan kuniga 2—3 marta ichish
uchun beriladi.
S t r o f a n t i n -K (Strophanthinum-K). Strofant Kombe
urug‘idan olingan yurak glikozidlari aralashmasi. Òarkibida, asosan,
K-strofantin va K-strofantozid saqlaydi. 0,025 % li va 0,05% li
eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,025% li yoki
0,05 % li eritmasidan 0,5—1 ml dan 5%, 10%, 20%, 40%
li glukoza yoki osh tuzining 10—20 ml izotonik eritmasi bilan
birga venaga sekin-asta, ayrim hollarda tomchilab yuboriladi.


141
M a r v a r i d g u l n a s t o y k a s i (Tincturae Convallariae).
Marvarid o‘tidan 70% li spirt yordamida olingan preparat. 25 ml
dan flakonda, 30 ml dan landish-valeriana tomchilari, 26 ml
dan adonizid va natriy bromid bilan ishlab chiqariladi. 15—20
tomchidan kuniga 2—3 marta beriladi.
K o r g l i k o n (Corglyconum). Marvaridgul va uning turlari
bargidan olingan tozalangan preparat. 0,06% li eritmasi 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. 0,06 % li eritmasi 0,5—1 ml dan
10%, 20%, 40% li glukoza yoki osh tuzining 20 ml izotonik
(0,9% li) eritmasi bilan birga sekin venaga yuboriladi. Yuqori bir
martalik dozasi venaga 1 ml, bir kecha-kunduzligi — 2 ml.
B a h o r g i a d o n i s o ‘ t i (Herba Adonidis vernalis).
Òarkibida K-strofantin, simarin, adonatoksin, flavonli glikozid va
boshqalarni saqlaydi. Qirqilgan o‘ti, quruq ekstrakti damlama
tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
A d o n i s b r o m (Adonis-brom). Plyonka qoplangan
tabletkalar. Òarkibida 72,5% li kaliy bromid, 1 g da 36,5 BÒB
teng bo‘lgan adonis quruq ekstraktidan 0,345 g bor;
tabletkasining massasi 0,6 g gacha. 1 tabletkadan kuniga 3 marta
ichish uchun beriladi.
Rp: Tab. Digoxini 0,25 mg N. 10
D.S. Sxema bo‘yicha qabul qilinadi.
#
Rp: Tab. Celanidi 0,0025 N. 30
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1—2 marta ichiladi.
#
Rp: Sol. Strophanthini K 0,05%—1 ml
D.t.d N. 5 in ampullis
S. 1 ml ni 10% glukozaning 10 ml ga qo‘shib venaga asta-
sekin yuboriladi.
#
Rp: Jnf. Herbaye Adonis vernalis 4,0—200 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3—4 marta ichiladi.
#
Rp: T-rae Convallariae 15 ml.
D.S. 15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi.


142
Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan vositalar
Yurakning ritmik to‘g‘ri, bir tekisda qisqarishining buzilishi
aritmiya deyiladi. Bu holat yurakning o‘zida bo‘ladigan kasalliklar
va undan tashqaridagi har xil patologik o‘zgarishlarda kuzatilishi
mumkin. Yurakning ishemik kasalligida, miokard infarktda,
revmokardit, miokardit, kardioskleroz kasalliklarida va asab tizimi
xastaliklarida, organizm intoksikatsiyasida, elektrolitlar almashinu-
vining buzilishi va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili
kuzatiladi.
Òaxiaritmiya — ritmning tezlashishi bilan kechadigan turi.
Bunga ekstrasitologiya, paroksizmal taxikardiya, titrash alomatlari
bilan kechadigan aritmiyalar misol bo‘ladi. Bulardan havflisi
yurakning titrash alomatlari bilan kechadigan aritmiya hisoblanadi.
Chunki u ayrim hollarda yurakning to‘xtab qolishiga olib keladi.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, oxirgi vaqtlarda aritmiya kasalligi
ko‘p uchrab turadi.
Bradiaritmiya esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom
etadi va ritm juda sekinlashib qolsa, kollaps holatiga olib kelishi
mumkin. Buning asosiy sababi yurak sinus tugunining zaiflashishi
va impuls chiqishining kamayishi yoki Giss bog‘lamlarini
bloklanishi hisoblanadi.
Bu guruhga yurak qo‘zg‘alishi, o‘tkazuvchi tizim va avtoma-
tizmni tormozlaydigan, qo‘shimcha qo‘zg‘alish o‘chog‘ida pato-
logik impulsning paydo bo‘lishini kamaytiradigan preparatlar
kiradi.
Aritmiya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davo qilishda
antiaritmik preparatlardan foydalaniladi.
Ularning asosiy farmakologik ta’siri yurak qo‘zg‘aluvchanligini
pasaytirish, yurak avtomatizmini, o‘tkazuvchi tizimlarini
tormozlash bilan izohlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday
ta’siri ko‘proq miokardning patologik o‘zgargan joylaridan paydo
bo‘ladigan qo‘shimcha impulslarga qaratilgandir. Ular sinus
tuguncha avtomatizmiga ham kor qiladi. Atrioventrikular tuguncha
va Giss bog‘lamiga bo‘lgan ta’siri ancha sezilarli (30-rasm).
Antiaritmik preparatlarning ta’sir etish mexanizmi asosiy
elektrolitlar — kationlarning hujayra pardasidan passiv ravishda
o‘tishini sekinlashtirishdan iborat. Natijada elektrolitlar balansining
mahalliy buzilishi yo‘qoladi. Ma’lumki, elektrolitlar balansining
bunday o‘zgarishi yurak qo‘zg‘aluvchanligi va avtomatizmini
kuchaytiradi. Shunday qilib, antiaritmik preparatlar ta’sirida hujayra


143
membranasining ikki tomonidagi elektrolitlar soni baravarlashadi,
uning elektr qutbi barqarorlashadi.
Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari farmakologik
ta’siri va ta’sir mexanizmi bo‘yicha turli guruhlarga bo‘linadi.
1. Miofibril membranasini barqarorlaydigan dori vositalari.
Ular membranadan natriy va kaliy ionlarining o‘tishini kamay-
tiradi. Bularga xinidin, novokainamid, aymalin va boshqalar kiradi.
2. Hujayra membranasidan kaliy ionlarining o‘tishini
ko‘paytiradigan dori vositalari. Mahalliy anestetiklar — lidokain,
trimekain bunday ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar hisoblanadi.
3. Kalsiy antagonistlari. Kalsiy ionlarining hujayra pardasidan
o‘tadigan yo‘lini to‘sib, ularning hujayraga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Verapamil, nifediðin va boshqalar shular jumlasidandir.
4. Adrenoblokatorlar va simpatolitiklar. Ular simpatik nerv
ta’sirini kamaytirib yurak urishini sekinlashtiradi. Miokard
qo‘zg‘aluvchanligini va o‘tkazuvchanligini susaytiradi. Shu bilan
birga hujayra pardasidan natriy va kaliy ionlarini o‘tishini ham
qiyinlashtiradi. Ularga anapirilin, atenolol, konkor va boshqalar
kiradi.
Xinidin sulfat — hujayra membranasini turg‘unlashtirib, natriy
ionlarining kirishini kamaytiradi. Xinidin miokardning hamma
bo‘limlari va o‘tkazuvchi tizimiga ta’sir etadi. Avtomatizmni
susaytiradi, samarali refrakter davrini uzaytiradi, o‘tkazuvchan-
30- rasm. Yurakning o‘tkazuvchi sistemasi.
Sinus tuguni
A-B tuguni
Chap
bo‘lmacha
Giss tutami
O‘ng qorincha
O‘ng
bo‘lmacha
Chap qorincha


144
likni pasaytiradi. Shu sababli avtomatizm hamda o‘tkazuvchanlik
buzilishi bilan bog‘liq aritmiyalarda qo‘llaniladi.
Xinidin, shuningdek adashgan nervdan yurakka impulslar
o‘tishini va simpatik nerv ta’sirini kamaytiradi. Xinidin miokard
qisqaruvchanligini sezilarli ravishda pasaytiradi. Preparat ichilganda
yaxshi so‘rilib maksimal konsentratsiya 2—3 soatda qonda kuzatiladi.
Jigarda faolsizlanadi va buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo‘ya ta’sirlari: quloqlarning shang‘illashi, bosh og‘rishi,
ko‘rishning buzilishi. Xinidin yurak dekompensatsiyasi, blokadalar
hamda idiosinkraziya (sezuvchanlikning oshishi) holatlarida tavsiya
etilmaydi.
Novokainamid. Farmakologik ta’siri xinidinga o‘xshash, lekin
2—3 marta kuchsizroq. Miokard qisqaruvchanligiga kamroq ta’sir
etadi. Parasimpatik va simpatik ta’sirlarni kamaytirish xususiyatiga
ega. Enteral va parenteral yuboriladi. Hazm yo‘llarida tez so‘riladi.
Buyraklar orqali asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Odatda,
novokainamidni bemorlar yengil o‘tkazadi, lekin o‘tkazuvchanlik
buzilishi, arterial bosimning tushishi, dispepsiyalar, terida
toshmalar bo‘lishi mumkin.
Etmozin. Xinidinga qaraganda miokard qisqaruvchanligi va
o‘tkazuvchanligiga kam ta’sir etadi. Koronar tomirlarni kengay-
tiradi. Hazm yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Ichga va parenteral
buyuriladi. Artimiyaga qarshi ta’siri xinidindan tezroq yuzaga
chiqadi. Ekstrasistolalarning, navbatdan tashqari qisqarishi,
paroksizmal taxikardiyalar, yurakning tez urishi xurujida, xilpil-
lovchi aritmiyalarda naf beradi. Preparat kam zaharli. Ko‘ngil
aynishi va bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aymalin. Rauvolfiya o‘simligidan olingan alkaloid. Yurakka
xinidin kabi ta’sir etadi, ammo miokard qisqaruvchanligini kam
o‘zgartiradi. Koronar qon aylanishini yaxshilaydi. Arterial bosimga
ta’siri kuchsiz. Ekstrasistoliyalar, bo‘lmachalarning xilpillovchi
aritmiyalarida, paroksizmal taxikardiyada ishlatiladi. Kam zaharli,
nojo‘ya ta’sirlaridan dispepsiyalar va holsizlik kuzatilishi mumkin.
Lidokain — yurak avtomatizmini susaytiradi. Bu ta’sir Purkinye
tolalari va qorinchalar mushaklarida ro‘y beradi, sinus-bo‘lmacha
tugunida kuzatilmaydi. Natijada o‘zga impuls o‘choqlar qo‘zg‘a-
luvchanligi susayadi. Lidokain venaga yuborilganida ta’siri tez
rivojlanib qisqa muddatli bo‘ladi. Qorinchalar aritmiyasida tayin-
lanadi. Odatda ta’siri osoyishta o‘tadi, lekin giðotoniya, uyqu-
chanlik, bosh aylanishlar kuzatilishi mumkin.
Meksiletin — lidokain hosilasi bo‘lib, turg‘un birikmadir.
Ichakda yaxshi so‘riladi. Òerapevtik ta’sir doirasi keng emas. Yurak


145
va gemodinamika ko‘rsatkichlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Qorinchalar ekstrasistolasida qo‘llaniladi.
Allapinin — lappokonit alkaloidning gidrobromid tuzi. Pre-
parat yurak bo‘lmachasidan, Gis bog‘lamidan va Purkinye tolala-
ridan qo‘zg‘alishning o‘tishini sekinlashtiradi. Qorincha va qorincha
usti ekstrasistoliyasida, paroksizmal taxikardiya, bo‘lmachaning
xilpillashida va fibrilatsiyasida, titrashida, qorincha va qorincha
usti taxikardiyasida keng qo‘llaniladigan samarali preparat hisob-
lanadi.
Allapinin O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining o‘simlik
moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan yaratilgan va
amaliyotga tadbiq etilgan. Respublika davlat reyestriga va asosiy
preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Amiodaron harakat potensiali davomiyligini va qorinchalar
hamda bo‘lmachalarda samarali refrakter davrini uzaytiradi. Bunda
repolarizatsiya sekinlashadi. Amiodaron sinus-bo‘lmacha va
bo‘lmacha-qorincha tugunlarida avtomatizmni, o‘tkazuvchanlik va
qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Bu artimiyaga qarshi ta’sirni
belgilaydi.
Amiodaron miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamay-
tirib stenokardiya (toj tomirlarining torayishi) xurujlarida ijobiy
ta’sir etadi. Preparat yurakka simpatik ta’sirni kamaytiradi. Yurak
qisqarishlari sonini kamaytiradi va arterial bosimni tushiradi. Yurak
tomirlarining qarshiligini kamaytirib koronar qon aylanishini
yaxshilaydi.
Qorincha usti va qorinchalar aritmiyalarida, stenokardiyada
qo‘llaniladi. Amiodaron yuqori samarali preparat hisoblanadi.
Nojo‘ya ta’sirlari: dispepsiyalar, bradikardiya, bo‘lmacha-
qorincha bloki, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, teri
rangining o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Verapamil — aritmiyaga qarshi ta’sirga ega, shuningdek,
koronar yetishmovchilikda ham samara beradi. U kalsiy ionlarining
hujayraga kirishini susaytiradi. Miokardga kalsiy ionlari kirishining
susayishi, qisqaruvchanlikning kamayishiga, koronar va periferik
tomirlarning kengayishiga olib keladi. Ichaklarda yaxshi so‘riladi.
Eng yuqori ta’siri 1,5—2 soatda rivojlanadi. Peshob va o‘t bilan
o‘zgarmagan va o‘zgargan holda chiqariladi.
Verapamil supraventrikular aritmiyalar va stenokardiyada
ishlatiladi. Ichish va venaga yuborish uchun buyuriladi. Nojo‘ya
ta’sirlari: bradikardiya, giðotenziya, bosh aylanishi, dispepsiyalar,
allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.


146
Yuqorida keltirilgan dori vositalaridan tashqari aritmiyaning
turiga, kelib chiqishiga, ko‘rinishiga va bemorning hol-ahvoliga
qarab, turli guruhlarga mansub preparatlar ham qo‘llanilishi
mumkin. Chunonchi, ayrim yurak glikozidlari, kaliy saqlagan,
tinchlantiruvchi, yurakning adrenergik va xolinergik boshqarilishiga
ta’sir etuvchi preparatlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Yurak glikozidlaridan digitoksin, digoksin, asosan, supraven-
trikular aritmiyada tavsiya etiladi. Kaliy saqlagan preparatlar asosan
giðokaliyemiya bilan bog‘liq aritmiyaning turli shakllarida beriladi.
Kaliy saqlovchi aralashma miokard infraktida kuzatiladigan yurak
ritmini buzilishida buyuriladi. Yurakning simpatik boshqarilishiga
ta’sir etuvchilarga, yuqorida qayd etilganidek, 
β−
adrenob-
lakotorlar, simpatolitiklar kiradi. Ular, asosan, taxikardiyaning
turlarida beriladi. Chunki ular simpatik nerv ta’sirini to‘sib, yurak
urishini sekinlashtiradi. Adrenomimetiklardan adrenalin gidroxlorid,
izodran bradiaritmiyada tavsiya etiladi. Bundan tashqari
bradiartimiyada M- xolinoblakotorlar ham qo‘llanilishi mumkin.
Ular parasimpatik nervni bloklab, yurakka bo‘lgan tormozlovchi
ta’sirini bartaraf etadi. Agar ushbu preparatlar kor qilmasa va
kasallik og‘irlashib yurak urishi haddan tashqari sekinlashaversa,
yurak urishini stimulatsiya etadigan elektrokardiostimulatorlardan
foydalaniladi.
Preparatlar.
X i n i d i n s u l f a t (Chinidini sulfas). Xininning o‘ng tomonga
o‘tuvchi izomeri. Kukun. 0,1 g dan kuniga 4—5 marta ichish uchun
beriladi, zarurat bo‘lganda, dozasi oshiriladi.
N o v o k a i n a m i d (Novocainamidum). 0,25 g dan tabletka
shaklida, 10% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishalb chiqariladi.
0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichish uchun, 10% li eritmasi
5—10 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. 10% li eritmasi 5%
li 2—10 ml glukoza eritmasi bilan birga venaga yuboriladi.
A y m a l i n (Ajmalinum). Alkaloid. 0,05 g li tabletka shaklida;
2,5 % li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,1 g dan
kuniga 4—5 marta ichish uchun, 10 % li eritmasi 5% li 2—
10 ml glukoza eritmasi bilan venaga yuboriladi.
E t m o z i n (Etmozinum). 0,1 g dan tabletka shaklida, 2,5 %li
eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
A n a p r i l i n (Anaprilinum). 0,01—0,04 g dan tabletka shaklida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan 15—30 min oldin 1 tabletkadan
kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. Dozasi asta-sekin oshirib
boriladi.


147
A s p a r k a m (Asparcamum). Pananginga yaqin. Kaliy asparginat
bilan magniy asparginant aralashmasi. Òabletka shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan oldin ichiladi.
D o ‘ l a n a n a s t o y k a s i (T-ra Crategi). 25 ml dan flakonda
ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 20 tomchidan kuniga 3 marta
ichish uchun beriladi.
A l l a p i n i n (Allapininum). Akonit o‘ti alkaloidi lappokoni-
tikning preparati. 0,025 g dan tabletka va 0,5 % eritmasi 2 ml
dan ampulalarda ishlab chiqariladi. Òabletkalari kuniga 2—3 marta
ichiladi.
K o r d a r o n (Cordaronum). Òabletkada 0,2 g dan va 5% li
eritmasi 3 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.
Rp: Sol. Novocainfmid 10%—5 ml
D.t.d. N. 5 in ampullis
S. 5 ml dan muskullar orasiga yuboriladi.
#
Rp: Òab. Allapinini 0,025 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ovqatdan 30 min oldin
ichiladi.
#
Rp: Òab. Cordaroni 0,2 N. 60.
D.S. Sxema bo‘yicha beriladi.
Koronar qon aylanishini oshiruvchi dori vositalari
Yurak tomir tizimi kasalliklari orasida yurak toj tomirining
torayishi bilan kechadigan xastaliklar so‘nggi vaqtda ko‘p
uchramoqda. Bu kasalliklar ko‘pincha yurak faoliyatini ishdan
chiqaradi va bemorlarning hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Chunki
koronar tomirning torayishi miokardning qon bilan, birinchi
navbatda kislorod bilan ta’minlanishini izdan chiqaradi. Bu holatni
yurak ishemik kasalligi (YIK) deyiladi. YIKning sabablari har xil
bo‘lib, bunda ruhiy-emotsional omillar, koronar tomirlarning
ateroskelerozi, umumiy ateroskeleroz, kam harakatchanlik, giðer-
toniya kasalligi va boshqalarning ta’siri kattadir. YIKning ko‘ri-
nishlaridan biri stenokardiya bo‘lib, u vaqti-vaqtida qattiq yurak
og‘rig‘i xuruji bilan kechadi. Stenokardiya yurakning kislorodga
bo‘lgan ehtiyoji va uning ta’minlanishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik
tufayli rivojlanadi. Stenokardiyaning asosiy asoratlaridan biri
miokard infarkti hisoblanadi. Bunda miokard ayrim qismlarining


148
qon bilan ta’minlanishi butunlay to‘xtaydi va natijada to‘qimaning
nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bu kasallikda kuchli va uzoq davom
etadigan og‘riqlar bo‘ladi. Miokard infarkti yurak faoliyatiga har
xil asoratlari bilan ta’sir etadi. Ayrim hollarda esa yurakni butunlay
to‘xtatadi. Shuni aytish kerakki, so‘nggi vaqtda miokard infarktining
bu xil asoratlari ancha kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi
o‘z vaqtida samarali davo qilishni yo‘lga qo‘yilganligidir.
Miokard infarkti koronar qon tomirining trombozi, qonning
ivib qolishi natijasida ham ko‘proq uchrab turadi. Bunga asosiy
sabab toj tomirlarning ateroskelerozidir.
Stenokardiya kasalligini davolashda hozirgi vaqtda quyidagi
guruh antianginal dori vositalari qo‘llaniladi: vazodilatorlar, kalsiy
antagonistlari va 
β
- adrenoblokatorlar.
Vazodilatorlar qon tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar
bo‘lib, ularga organik nitratlar, benzoxinolin, purin unumlari va
boshqalar kiradi.
Vazadilatorlarning asosiy preparatlari quyidagilar:
Nitratlar — nitroglitserin, nitrosorbid, izosorbid mononitrat,
erinit, kordigit, nitrogranulong va boshqalar. Nitratlar hozirgi
vaqtda stenokardiyani davolashda asosiy samarali preparatlar
hisoblanadi. Ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari quyidagilar:
ishlatishga qulay; og‘iz shilliq qavatida yaxshi va tez so‘riladi; qonga
so‘rilgandan so‘ng to‘g‘ri jigarga bormasdan katta qon aylanish
doirasiga o‘tadi, farmakologik ta’sirini tez ro‘yobga chiqaradi.
Nitratlar chunonchi, nitroglitserinning farmakologik ta’siriga
kelsak, ular qon tomir devoridagi silliq mushaklarni tanlab
bo‘shashtiradi, qon tomir devorining qarshiligini kamaytiradi,
qon bosimi pasayadi. Natijada birinchi galda kattaroq vena,
keyinchalik arteriya qon tomirlari, shu bilan bir qatorda koronar
qon tomirlari ham kengayadi. Bunday ta’sir oqibatida ishemiya
holidagi miokardning qon bilan ta’minlanishi oshadi, ikkinchi
tomondan periferik venalarning kengayishi yurakning o‘ng
bo‘lmacha va qorinchaga bo‘lgan yuklamani, arteriyalarning
kengayishi esa chap qorincha keyingi yuklamasini kamaytiradi. Bu
esa o‘z navbatida miokardning qisqarish kuchining pasayishiga va
kislorodga bo‘lgan talabni kamayishiga olib keladi. Natijada
miokardda og‘riq sezilishi yo‘qoladi.
Shunday qilib, nitratlarning stenokardiyaga naf qilishi asosan
miokardning kislorodga bo‘lgan talabini kamaytirishga va qisman
uni qon bilan ta’minlanishini tiklanishiga bog‘liq.
Nitratlarning tomir silliq mushaklarini bo‘shashtiruvchi ta’sir
mexanizmi ularning tanada azot oksidi hosil qilishiga bog‘liq.


149
Nitratlarga xos bo‘lgan qon bosimining pasayishi ham
shunday ta’sir bilan tushuntiriladi. Bunday ta’sir qon tomir
endoteliy hujayralarida ishlab chiqariladigan relaksatsiya faktoriga
o‘xshaydi.
Bundan tashqari nitratlar trombotsitlarning agregatsiyasini
kamaytiradi va tromb hosil bo‘lishining oldini oladi.
Nitratlar stenokardiyada ishlatilishi bo‘yicha og‘riq xurujida va
xurujning oldini olish maqsadida beriladigan, ta’sir davomiyligiga
ko‘ra qisqa va uzoq muddat kor etadigan preparatlarga bo‘linadi.
Birinchi guruhga nitroglitserin va trinitrolong misol bo‘ladi.
Nitroglitserin (tabletkasi yoki 1% spirtli eritmasi, inyeksiya
uchun suyuq dori shakli) xuruj vaqtida beriladi. Òa’siri 2—3 min.da
boshlanib, 10—30 min davom etadi.
Òrinitrolongning ta’siri 2—4 min da boshlanib, 3—4 soat
davom etadi. Shu sababli xurujni bartaraf etish va oldini olish
maqsadida ham qo‘llaniladi.
Ikkinchi guruh nitratlarga ichish uchun mo‘ljallangan quyidagi
preparatlar kiradi: sustak, nitrong, nitrosorbit, erinit va boshqalar.
Ularning ta’siri 30—40 min dan keyin boshlanib, 4—5 soat davom
etadi. Bularning ta’siri birinchi guruhga qaraganda sustroq.
Nitratlarning nojo‘ya ta’sirlari: boshning lo‘qillab og‘rishi, qon
bosimining haddan tashqari tushib ketishi, katta dozalarda
metgemoglobin hosil bo‘lishi. Bundan tashqari nitratlar qayta-
qayta berilsa, ularning ta’siri pasayib boradi. Bunday holat
nitroglitserinning transdermal dori shaklini qo‘llashda va uning
eritmasini sekin-asta infuziya qilishda ro‘y beriladi.
Nitratlar miyaga qon quyilganda, giðotoniya va glaukoma
(ko‘zning ichki bosimi ko‘tarilishi) kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Miotrop ta’sir ko‘rsatadigan boshqa dori vositalariga kimyoviy
tuzilishi har xil bo‘lgan miotrop, qon tomir silliq mushaklariga
ta’sir etuvchi spazmolitik ta’sir ko‘rsatadigan ko‘pgina preparatlar
kiradi. Ular ko‘pchilik qon tomirlarini, jumladan, yurak-qon
tomirini ham kengaytiradi.
Miotrop antianginal preparatlarga quyidagilar kiradi: 1) ben-
zil izoxinolin unumlari; 2) purin unumlari 3) har xil kimyoviy
guruhga kiruvchi vositalar.
Izoxinolin unumlariga papaverin gidroxlorid va no-shpa
preparatlari kiradi. Ushbu preparatlar periferik qon tomirlar bilan
bir qatorda koronar tomirlar torayishini bartaraf qiladi. Bunda
yurakning qisqarishi, miokardning kislorodga bo‘lgan talabi
o‘zgarmaydi.


150
Purin unumlariga teobromin, teofillin va eufillin preparatlari misol
bo‘la oladi. Bular ham ayniqsa, eufillin, miotrop ta’sir ko‘rsatib
koronar qon tomirini kengaytiradi, lekin yurak faoliyatini oshiradi,
umumiy qon bosimiga ta’siri uncha katta emas:
Stenokardiyada yuqorida keltirilgan preparatlardan tashqari
nonaxlazin, karbokromen, kordaron, kurantil preparatlari ham
ishlatiladi. Bu preparatlarning yurakka ijobiy ta’siri va ishlatilishi
bir-biriga o‘xshaydi. Ularning ta’siri natijasida yurakda qon aylanishi
yaxshilanadi, miokardning qon bilan ta’minlanishi oshadi.
Stenokardiya kasalligida kalsiy antagonistlari ham keng
qo‘llaniladi. Bularga verapamil, nifediðin, diltiazem va boshqalar
kiradi. Verapamil koronar qon tomirini kengaytirib, yurakda qon
aylanishini oshiradi, miokardning kislorodga bo‘lgan talabini
kamaytiradi. Bundan tashqari preparat aritmiyaga qarshi va
giðotenziv (qon bosimining pasayishi) ta’sir ko‘rsatib, miokard-
ning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Lekin yurak o‘tkazuvchi
tizimiga ta’siri veramapilga qaraganda kuchsiz, qon bosimini
yaxshigina tushiradi, aritmiyaga qarshi ta’siri bilinar-bilinmas.
Diltiazem o‘z farmakologik ta’siri bo‘yicha verapamilga
yaqinlashadi. Yurak o‘tkazuvchi tizimiga va qon tomirning silliq
mushaklariga ta’siri nisbatan kuchliroqdir.
Ushbu dori vositalari kalsiy antagonistlari guruhining asosiy
preparatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Davlat reyestriga
kiritilgan.
Stenokardiyaga davo ko‘rsatishda 
β
-adrenoblokatorlar pre-
paratlari ham qo‘llaniladi. Bularga anaprilin, pindolol, konkor,
atenolol, kordanum va boshqalar misol bo‘la oladi. Ushbu
preparatlardan anaprilin va pindolol bir vaqtda simpatik nervlarga
tegishli 
β
1
- va 
β
2
- adrenoretseptorlarni to‘sadi, yurak urishini
sekinlashtirishi bilan bir qatorda bronx silliq mushaklarining
tonusini oshirishi, nafasni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun
faqat yurak 
β
1
- adrenoretseptorlarini tanlab to‘suvchi selektiv dori
vositalari qo‘llaniladi. Bular miokard qisqarishini sekinlashtirib,
uning kislorodga bo‘lgan talabini kamaytiradi.
M i o k a r d i n f a r k t i — yurak toj tomirlarining qisqarib
qolishi yoki ko‘proq tromb bilan bekilib qolishi natijasida
miokardning ma’lum qismida hujayralarning nobud bo‘lishi bilan
xarakterlanadigan kasallik. Kasallikning asosiy belgisi yurak sohasida
kuchli og‘riq bo‘lishi va uning tarqalishidir. Miokard infarktida
ayniqsa u kardiogen shok bilan asoratlangan bo‘lsa, bir qator
dori vositalaridan foydalaniladi.


151
Og‘riqni kamaytirish maqsadida narkotik analgetiklar va narkoz
uchun vositalar ishlatiladi. Neyroleptanalgeziyadan foydalanish
ham kuchli og‘riqsizlantirib kor qiladi.
Miokard infarktida odatda yurak ritmining buzilishi bilan
kechgani sababli aritmiyaga qarshi vositalardan keng foydalaniladi.
Gemodinamika buzilishlarini tiklash uchun ayrim hollarda yurak
glikozidlari va boshqa preparatlar tayinlanadi. Arteriolalar spazmi
va to‘qimalarning giðoksiyasini bartaraf etishda 
α
-adrenoblo-
katorlar yaxshi naf beradi. Miokard infarktining kelib chiqishida
qon ivishining kuchayishi muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli
antiagregantlar va fibrinolitiklarni qo‘llash maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Bundan tashqari plazma o‘rnini bosuvchi vositalar
va qonning kislota-ishqor holatini yaxshilovchi vositalar qo‘l-
laniladi.
Umuman olganda, miokard infarktini davolash murakkab
masala bo‘lib, bunda har bir bemorning individual holatidan kelib
chiqqan holda dori vositalari tayinlanadi.
Preparatlar.
N i t r o g l i t s e r i n (Nitroglycerinum). Glitserin uch nitrat.
0,0005 g dan tabletkalar shaklida, 1 % li moyli eritmasi 0,0005
g dan kapsulada ishlab chiqariladi. 0,5—1 tabletkadan til ostiga
qo‘yiladi.
Ò r i n i t r o l o n g (Trinitrolong). 1—2 mg nitroglitserin, polimer
plyonkaga o‘ralgan holda ishlab chiqariladi. Barg rangidagi plyonka
0,001 g, bir tomoni oq, ikkinchi tomoni yashil rangli plyonka
0,002 g nitroglitserin saqlaydi. Og‘iz shilliq qavatiga barmoqlar
yordamida plyonka yopishtirib qo‘yiladi.
N i t r o s o r b i t (Nitrosorbitum). 0,01 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. 0,005—0,01 g dan kuniga 2—3 marta ichish va
til ostiga qo‘yish uchun beriladi.
E r i n i t (Erinitum). 0,01 g dan tabletkalar shaklida ishlab
chiqariladi. 0,01—0,02 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun
beriladi.
S u s t a k (Sustac) — tabletkada 2,6 mg; 6,4 chiqariladi. Kuniga
2 yoki 1 marta ichiladi.
F i n o p t i n (Phinoptinum). 0,04 g dan tabletka shaklida,
0,25% li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1—2
tabletkadan kuniga 3 marta ichish uchun; 0,25 % li eritmasidan
2—4 ml kuniga 1—3 marta venaga sekin-asta yuborish uchun
beriladi.
A t e n o l o l (Atenololum). Òabletkada 0,1 g dan ishlab
chiqariladi. Kuniga 1 tabletkadan qabul qilinadi.


152
B i s p r o l o l (Bisprololum). Òabletkada 2,5—5 mg dan ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 1 martadan ichiladi.
Rp: Tab. Nitroglycerini 0,0005 N. 40
D.S. 1 tabletkadan til ostiga qo‘yiladi.
#
Rp: Tab. Nitrocorbiti 0,01 N. 25
D.S. 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi.
#
Rp: Tab. Cardiketi 0,02 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta ichiladi.
Antigiðertenziv dori vositalari
Ma’lumki, organizmda arterial qon bosimining bir me’yorda
bo‘lishi yurak faoliyati hamda ko‘pchilik qon tomirlar devorining
qarshiligiga, tonusiga bog‘liq bo‘lib, uning vazifasi butun
organizm to‘qima hujayralariga qonni yetkazib berishdir. Boshqacha
aytganda shu qon bosimi tufayli qon tomirlarda qonning harakati
ta’minlanadi.
Òurli sabablar tufayli qon tomiri tonusining boshqarilishi va
yurak faoliyatining izdan chiqishi qon bosimi darajasi o‘zgarib,
giðertoniya yoki giðertenziv holatni keltirib chiqarishi mumkin.
Giðertoniya kasalligi keng tarqalgan xastalik bo‘lib, o‘rta
yoshli va ayniqsa, katta yoshli odamlarda uchraydi. U surunkali
kasallik hisoblanadi.
Arterial giðertenziyaga duchor bo‘lgan bemorlarni davolashda
turli yo‘llar bilan qon bosimini pasaytiradigan giðotenziv
(antigiðertenziv) dori vositalaridan foydalaniladi.
Qon tomirlarni kengaytirib, qon bosimini pasaytiradigan
preparatlarga giðotenziv vositalar deb aytiladi. Bularga kimyoviy
tuzilishi, olinishi, farmakologik ta’siri va ta’sir mexanizmi,
ishlatilishi bo‘yicha har xil preparatlar kiradi. Shu sababli giðo-
tenziv preparatlar ta’sir etish joyiga qarab neyrotrop va miotrop
preparatlarga bo‘linadi. Shuningdek bu guruhga peshob haydovchi,
angiotezin ingibitorlar, kalsiy antagonistlar ham kiradi.
Neyrotrop giðotenziv dori vositalari yurak-tomir sistemasi
boshqaradigan nerv sistemasiga ta’sir etib, qon bosimini pasayti-
radigan preparatlar hisoblanadi. Ular markaziy va periverik
neyrotrop guruhlarga bo‘linadi (31- rasm).


153
Markaziy neyrotrop giðotenziv dori vositalari markaziy nerv
sistemasiga ta’sir etib, qon tomirlarini kengaytiradi va qon
bosimini tushiradi. Ularga rezerpin, klofelin, metildofa, tinch-
lantiruvchi, uxlatuvchi va boshqa dori vositalari kiradi.
Rezerpin Rauvolfiya o‘simligining alkaloidi hisoblanadi. Asosiy
farmakologik ta’siri bo‘yicha neyroleptiklar guruhiga taalluqli
(«neyroleptiklar» guruhiga qarang!)
Markaziy nerv sistemasini tinchlantiradi, tomir harakat
markazidan impulslarni kamaytirib, qon tomirlarni kengaytiradi
va qon bosimini pasaytiradi. Bunday ta’sir sekin-asta boshlanib
uzoq davom etadi. Rezepin giðertoniya kasalligining 1- va 2-
bosqichlarida qo‘llanadi. Boshqa preparatlar bilan qo‘shib beriladi
(adelfan, krissiðin).
Klofelin — farmakologik ta’siri bo‘yicha rezerpinga yaqin
turadi. Giðotenziv ta’siri tez namoyon bo‘ladi. Giðertoniyaning
hamma bosqichlarida tavsiya etiladi.
31-rasm. Qon tomiri shilliq muskullarining neyrogumoral
boshqarilishi.
Miya po‘stlog‘i
Buyrakusti bezi
Simpatik nerv
Adrenoretseptor
Qon tomiri


154
Periferik giðotenziv dori vositalariga ganglioblokatorlar
(benzogeksoniy, pirilon) va adrenoblokatorlar (fentolamin,
prozazin, atenalol) kiradi.
Miotrop giðotenziv dori vositalariga papaverin, dibazol, no-
shpa va boshqalar kiradi. Ular asosan qon tomirlari devoridagi
silliq mushaklarga bevosita ta’sir etib, ularni bo‘shashtiradi va
tomirlarni kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi.
Papaverin ko‘knori o‘simligi saqlagan alkaloid bo‘lib, silliq
mushaklar tonusini bo‘shashtiradi, spazmlarni bartaraf etadi. Qon
tomirlarni kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Giðotenziv
preparati sifatida keng miqyosda sintetik ravishda olingan papaverin
gidroxloridi qo‘llanadi.
Dibazol va No-shpa preparatlari ham o‘z ta’siri va ishlatilishi
bo‘yicha papaveringa yaqin turadi.
Giðotenziv dori vositalari sifatida siydikni haydaydigan
(diuretik) preparatlar ham qo‘llanadi. Ular qon tarkibidagi suvni
siydik bilan chiqarib yuborishi hisobiga umumiy qon hajmini
kamaytiradi. Shuning uchun qon bosimi pasayadi. Ulardan asosan
dixlotiazid, klopamid preparatlari kasallikning 1- va 2- bosqichida
ko‘pincha boshqa giðotenziv preparatlari tarkibida qo‘llanadi
(adelfan, brinerdin).
Qon bosimini pasaytiradigan ta’sirli dori vositalariga kalsiy
antagonetlari ham kiradi. Ular tomir devoridagi silliq mushak
hujayralariga (miofibril) qisqarishi uchun zarur bo‘lgan kalsiya
ionlarining kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli mushaklar
bo‘shashib, tomirlar kengayadi va bosim tushadi.
Nifediðin (adalat), verapamil preparatlari shu maqsadda
qo‘llanadi.
Nihoyat, gipotenziv dori vositalari sifatida renin-angiotenzin
sistemasiga ta’sir etadigan preparatlar keng qo‘llaniladi.
Buyrakning ayrim hujayralaridan ishlab chiqariladigan renin
qondagi oqsil 
β
- globulindan angiotenzinogen, angiotenzin I
hosil qiladi. Bular qon tomilariga ta’sir etmaydi, qon bosimini
tushirmaydi. Lekin qondagi ferment (karboksiðeptidaza va b.)
ta’sirida angiotenzin I faol bo‘lgan angiotenzin II ga o‘tadi.
Angiotenzin II esa qon tomirlarini toraytirib qon bosimini
ko‘taradi. Boshqacha aytganda renin-angiotenzin tizimi ham
giðertoniya kasalligining kelib chiqishida katta rol o‘ynaydi.
Noaktiv angiotenzindan (I) faol angiotenzin (II) hosil
qiluvchi bu fermentni angiotenzin I ni angiotenzin II ga
o‘tkazuvchi ferment (AO‘F) deb ataladi. Bu fermentni bunday
ta’sirini yo‘qotadigan preparatlar (AO‘F ingibitorlari) olingan.


155
Ularga kaptopril, enalapril, ednit va b. kirib, amaliyotda
giðotenziv preparatlar sifatida keng qo‘llanadi. Bulardan tashqari,
angiotenzin II ning tomirlar silliq mushaklariga ta’sir etadigan
retseptorlarini to‘sadigan (angiotenzin II retseptorlar blokatorlari)
preparatlar olingan. Ularga lozartan va boshqalar kiradi.
Renin — angiotenzinogen
Angiotenzin — I
Kaptopril
AO‘F
Angiotenzin — II
Lozartan
Òomirlarning torayishi
Qon bosimining ko‘tarilishi
Preparatlar.
R e z e r p i n (Reserpinum) 0,1—0,25 mg dan tabletkalarda
ishlab chiqariladi. Kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Yuqori dozasi: bir martalik 1 mg, bir kecha-kunduzligi 2 mg.
K l o f e l i n (Clophenilum) 0,075 mg — 0,15 mg dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 0,01% li eritmasi 1 ml dan ampulada,
0,125—0,25—0,5 % li eritmasi (ko‘z tomchisi uchun tubiklarda)
ishlab chiqariladi. Tabletkalari kuniga 2—3 marta ichish uchun;
0,01% li eritmasi 0,5—1,5 ml dan mushaklar orasiga, teri ostiga
yuborish uchun buyuriladi.
M e t i l d o p a (Methyldopa) 0,25 g dan tabletkalar holida
ishlab chiqariladi. Kuniga 2—3 marta ichiladi. Yuqori bir kecha-
kunduzlik dozasi — 3 g.
M a g n i y s u l f a t (Magnesi sulfas) 0,25 % li eritmasi 5—
10 ml dan ampulada mushaklar orasiga yuborish uchun ishlab
chiqariladi.
P a p a v e r i n g i d r o x l o r i d (Papaverin hydrochloridium)
0,04 g dan tabletka shaklida, 2%li eritmasi 2 ml dan ampulada
ishlab chiqariladi. Òabletkasi 0,04—0,06 g dan kuniga 3—5 marta
ichish uchun, 2% eritmasi 1—2 ml dan kuniga 2—4 marta teri
ostiga yuboriladi.






156
E n a l a p r i l (Enalapril) 0,005; 0,01; 0,02 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. Kuniga 1 tabletkadan ichiladi.
L o z a r t a n (Lasartanum) 0,05—0,1 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. 0,05 g li tabletkasi kuniga 2 marta, 0,1 g lisi
kuniga 1 marta qabul qilinadi.
Rp: Tabl. Reserpini 0,25 mg ¹20
D.S. 1 tabletkada kuniga 2—3 marta ovqatdan keyin ichilsin
#
Rp.: Sil.Magnesi sulfatis 25% — 5 ml
D.S.I. ¹10 in ampullis
S. 5 ml dan mushak orasiga yuborish uchun
#
R.p: Sol. Papaverini hydrochloridi 2% — 2ml
D.t.d. ¹10 in ampullis
S 1—2 ml g teri ostiga yuborish uchun
#
Rp: Tab. Enalaprili 0,25 mg ¹20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta ichilsin.
Nazorat savollari
1. Yurak glikozidlari qanday o‘simliklarda mavjud?
2. Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik ta’siri nimadan
iborat?
3. Yurak toj tomirlarini kengaytiruvchi dori vositalari qanday ibora
bilan yuritiladi?
4. «Aritmiya» iborasi nimani anglatadi va unga ta’sir etuvchi
preparatlar qanday nomlanadi?
5. Antigiðertenziv dori vositalari deb qanday preparatlarga
aytiladi?
6. «Giðotenziv ta’sir» iborasi nimani anglatadi?
7. «Diuretiklar» iborasi nimani anglatadi?
8. Qonning ivishini tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi dori
vositalari qanday iboralar bilan yuritiladi?
9. «Antatsid» dorilar deb qanday ta’sirli preparatlarga aytiladi?
10. N
2
- gistaminblokatorlarga qanday preparatlar kiradi?
AÒEROSKLEROZGA QARSHI DORI VOSIÒALARI
Ateroskleroz surunkali kasallik bo‘lib, yog‘lar almashinuvi
buzilishi natijasida qon tomirlar devorida xolesterin moddasining
o‘tirib qolishidan kelib chiqadigan o‘zgarishlar bilan kechadi.


157
Ma’lumki, xolesterin organizmga qabul qilingan oziq-ovqat,
ayniqsa, hayvon yog‘i tarkibida ko‘p bo‘ladi. Shu bilan birga,
u jigarda sintez qilinadi va turli fiziologik jarayonlar (hujayralar
pardalarining tuzilishi, buyrakusti bezi) uchun zarurdir. Òurli
sabablarga ko‘ra xolesterinning qonda ortib ketishi uni qon tomirlar
devorida yig‘ilishiga olib keladi.
Aterosklerozni davolashda qondagi aterogen liðidlarni
kamaytiradigan preparatlar qo‘llaniladi. Ularga giðoliðidemik dori
vositalari deyiladi.
Ateroskleroz kasalligida dori vositalarining ta’siri quyidagi
yo‘nalishda bo‘lishi mumkin:
— xolesterinni ichakda so‘rilishini susaytirish;
— yog‘ to‘qimasidan erkin yog‘ kislotalarining ajralib chiqishi-
ni kamaytirish;
— jigarda liðoproteidlar biosintezini susaytirish;
— xolesterinning parchalanishini jadallashtirish;
Dori vositalarining xarakteristikasi:
A. O‘t kislota sekvestrantlari — xolestiramin, kolestiðol.
B. Fibratlar — klofibrat, bezafibrat, fenofibrat, gemfibrozid.
V. Statinlar — lovastatin, simvastatin, pravastatin, fluvas-
tatin.
G. Probuktol.
D. Nikotin kislota preparatlari — nikotin kislota, enduratsin.
E. Qo‘shimcha preparatlar — linetol, liðostabil, polisponin,
tribusponin.
O‘t kislota sekvestrantlari hazm yo‘llarida so‘rilmaydi. Ichakda
o‘t kislotalari bilan bog‘lanib oladi, hosil bo‘lgan kompleks
ekskrementlar bilan chiqadi. Bunda xolesterinning so‘rilishi
kamayadi. O‘z navbatida plazmadagi xolesterin miqdori ham
kamayadi. Ular umumiy aterosklerozda, bosh miya, yurak
tomirlari aterosklerozida boshqa preparatlar bilan birga ishlatiladi.
Fibratlar — triglitseridlar hosil bo‘lishini kamaytiradi. Juda
kichik zichlikdagi liðoproteidlar miqdorini kamaytiradi. Ularni
parchalaydigan liðoproteid liðaza faolligini oshiradi.
Klofibrat — tanada tez xlorfenoksiyog‘ kislotaga aylanadi, u
ham giðoliðidemik faollikka ega. Preparat yog‘ depolaridan erkin
yog‘ kislotalari ajralishini sekinlashtiradi. Bu lipaza faolligining
susayishi bilan bog‘liq. Natijada qondagi triglitseridlar va xolesterin
miqdori kamayadi, bu 2—5 kunda ro‘y beradi.
Statinlar — jigarda xolesterin hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Preparatlar kechqurun ichishga beriladi. Ular hazm yo‘llarida


158
yaxshi so‘riladi va jigar tomonidan ushlab qolinadi. Jigarda ular
faol moddalarga aylanadi.
Statinlarning giðoxolesterinemik ta’siri 3—14 kunda rivojlanadi.
Maksimal samarasi 4 haftadan so‘ng kuzatiladi. Statinlar kuniga
1 marta, faqat fluvastatin kuniga 2 marta beriladi.
Nojo‘ya ta’siri: gepatotoksiklik, mushaklar zaifligi, dispepsiya-
lar, terida toshmalar bo‘lishi mumkin.
Lovastatin qonga so‘rilgandan so‘ng metabolizmga uchrab,
B-oksikislota hosil qiladi. Bu esa xolesterinning sintezida
qatnashadigan GMG—KoA—reduktaza faolligini pasaytiradi,
qondagi xolesterin va liðidlar miqdorini kamaytiradi. Preparat
giðerxolesterinemiya va triglitseridemiyada ishlatiladi. Nojo‘ya ta’siri
boshqa statinlarnikiga o‘xshaydi.
Probuktol — xolesterin efirlarini hujayralardan olib o‘tuvchi
oqsillar sintezini oshiradi. Preparat antioksidant ta’sirga ega.
Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Hazm yo‘llarida yomon
so‘riladi. Bir necha soatdan so‘ng qonda maksimal konsentratsiyasi
hosil bo‘ladi. Preparat to‘qimalarga yaxshi o‘tadi va 6 oy davomida
qonga ajralib turishi mumkin.
Nikotin kislota preparatlari — plazmadagi triglitseridlar
miqdorini, qisman xolesterin miqdorini kamaytiradi. Yog‘
to‘qimasida liðoliz jarayonini susaytiradi. Bu hujayra ichki
liðazasining susayishi bilan bog‘liq. Aterogen liðidlarni kamaytirib,
antiaterogen liðidlarni ko‘paytiradi.
Hazm yo‘llarida yaxshi so‘riladi, yuqori dozalarda ishlatiladi.
N o j o ‘ y a t a ’ s i r i : teri qizarishi, qichishi, qusish, jigar
disfunksiyasi.
Aterosklerozni davolashda yuqoridagilardan tashqari, to‘yin-
magan yog‘ kislotalari preparatlari (linetol va araxiden), dekstroti-
roksin, antioksidantlar ham ishlatiladi.
Preparatlar.
P o l i s p o n i n (Polysponinum). O‘simlik ildizidan olingan
quruq ekstrakt. Òarkibida saponinlar saqlaydi. 0,1 g li tabletka holida
ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan ovqatdan so‘ng kuniga 2—3 marta
ichiladi.
Ò r i b u s p o n i n (Tribusponinum). O‘simlik o‘tidan olingan,
tarkibida saponinlar saqlaydi. 1 tabletkadan ovqatdan so‘ng kuniga
2—3 marta ichish uchun beriladi.
X o l e s t i r a m i n (Cholestyraminum). Kukun holida 500 g dan
flakonda ishlab chiqariladi. 1 choy qoshiqdan (4 g) kuniga 2 marta
ichiladi.


159
K l o f i b r a t (Clofibratum). 0,25 g dan kapsulada ishlab
chiqariladi. Ovqatdan oldin 2—3 kapsuladan kuniga 3 marta ichiladi.
L o v a s t a t i n (Lovastatin). Òabletkada 0,1; 0,2 va 0,4 g dan
ishlab chiqariladi. Davo boshlanishida 0,04 g dan kuniga 1 marta,
keyin esa (2—3 haftadan so‘ng) kuniga 2 marta qabul qilinadi.
L i n e t o l (Linetholum). Zig‘ir yog‘idan olingan yog‘ kislota,
etil efirlarining aralashmasi. 100 va 180 ml li flakonda ishlab
chiqariladi. 20 ml dan nahorga yoki ovqatlanish vaqtida kuniga
1 marta ichiladi.
A r a x i d e n (Arachidenum). Hayvonlarning me’daosti va
buyrakusti bezlari liðidlaridan olinadi. 25—50 ml dan flakonda
ishlab chiqariladi. 10—20 tomchidan ovqat bilan kuniga 2 marta
ichish uchun beriladi.
P a r m i d i n (Parmidinum). 0,25 g dan tabletka ko‘rinishida
ishlab chiqariladi. Kuniga 3—4 marta ichish uchun 1 tabletkadan
beriladi.
Rp.: Pulv. Cholestyramini 500,0
D.S. 1 choy qoshiqdan kuniga 2 marta ovqat bilan birga ichiladi
#
Rp.: Tab. Lovastatini 0,2 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta kechki ovqat bilan birga
ichiladi
#
Rp.: Tab. Probutoli 0,25 N.60
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2 marta ichiladi
BUYRAK FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR EÒUVCHI DORI
VOSIÒALARI
Diuretiklar
Òanada suv-tuz almashinuviga ta’sir etib, suv va tuzlarning
buyraklar orqali chiqib ketishini oshiradigan preparatlarga
diuretiklar deb aytiladi.
Ma’lumki, peshob ajralishi buyrakda bo‘ladigan quyidagi
jarayonlarga bog‘liq: filtratsiya yo‘li bilan birlamchi peshobning
hosil bo‘lishi, buyrak kanalchalarida birlamchi peshobning
qaytadan qonga so‘rilishi (reabsorbsiya), kanalcha epiteliysidan
ayrim moddalarning ajralishi.
Buyrak koptokchalarida qondagi birlamchi peshobning
filtrlanishi kapillardagi qonning gidrostatik bosimiga, undagi


160
filtrlanmaydigan moddalar (oqsil, glikogen va yuqori molekular
birikmalar) konsentratsiyasi, qon aylanishi, ishlayotgan koptok-
chalar soniga va boshqalarga bog‘liq.
Birlamchi peshobning filtrlanishi passiv jarayon bo‘lib, buyrak
tomonidan quvvat sarflanishi talab qilinmaydi va farmakologik
ta’sirga bo‘ysunmaydi. Bir kecha-kunduzda buyraklardan 150
litrgacha suv, 1200 g natriy va boshqa moddalar (glukoza,
aminokislotalar, mochevina, har xil elektrolitlar va boshqalar)
ajralib chiqadi.
Buyrak kanalchalari epiteliysining sekretsiyasi faol jarayon
bo‘lib, ayrim metabolitlarni (siydik kislota, vodorod ionlari, kaliy
ionlari va h.) va ko‘pchilik dori moddalarining (sulfanilamidlar,
antibiotiklar va boshqalar) kanalchalar bo‘shlig‘iga, ayrim
moddalarning esa qonga qayta so‘rilishini ta’minlaydi. Bu jarayon
epiteliy pardasidagi alohida o‘tkazuvchi tizim orqali bajariladi va
buda ayrim fermentlar qatnashib quvvat sarflanadi. Ushbu tizim
dori moddalari ta’sirida o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin.
Ularning ta’sirida ayrim elektrolitlarning chiqib ketishi tezlashadi,
ayrimlariniki esa kamayadi.
Birlamchi peshobning kanalchalarda qaytadan so‘rilishi
(reabsorbsiya) tanada suv—elektrolit balansini bir meyorda ushlab
turadigan jarayon hisoblanadi. Reabsorbsiya natijasida buyrak
kanalchalarida birlamchi peshobning 99%i so‘riladi va 1200 g
filtrdan o‘tgan natriyning 1195 g qayta so‘riladi. Reabsorbsiya faol
jarayon bo‘lib, quvvat talab qiladi. Bu jarayonning sodir bo‘lishida
fermentlar tizimi qatnashadi (suksindegidrogenaza, karboan-
gidraza). Proksimal kanalchalarda natriy ionlari suksin gidraza
(tarkibida SH guruhi bo‘ladi) ferment yordamida faol ravishda
qaytadan so‘riladi. Kanalchalarning distal qismida esa karboangid-
raza fermenti qatnashadi. Ushbu tizimda reabsorbsiyaning qisman
bo‘lsa ham tormozlanishi peshob ajralishini ko‘paytiradi. Ko‘pchilik
peshob haydovchi dori moddalarining ta’siri aynan shu jarayonga
qaratilgan. Elektrolitlarning va ular bilan birga suvning reabsorb-
siyalanishi kanalchalarning deyarli hamma qismlarida asodir bo‘ladi.
Lekin ayrim elektrolitlar (kaliy, xlor) kanalchalarning proksimal
(boshlang‘ich), ayrimlari (kaliy ionlarining sekretsiyasi, natriy)
distal (oxiri), boshqalari esa nefronning ikkala qismida (natriy,
xlor) qaytadan so‘riladi.
Suvning passiv so‘rilishi (elektrolitlarsiz) kanalchaning distal
qismida bajariladi va bu jarayon giðofiz bezining antidiuretik va
buyrakusti bezining aldosteron gormonlari tomonidan boshqarilib


161
turadi. Shu bilan birga aldosteron natriy ionlarini ushlab, kaliy
ionlar sekretsiyasini jonlantiradi.
Demak, birlamchi peshobning elektrolitlar hisobiga qaytadan
so‘rilishi ancha murakkab jarayon bo‘lib, peshob haydovchi dori
moddalarining ta’sir mexanizmi, asosan, ana shu reabsorbsiyaning
o‘zgarishiga bog‘liq.
Òibbiyot amaliyotida ishlatiladigan diuretiklar kimyoviy
tuzilishi, olinishi, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha turlicha.
Shu sababli ular quyidagi guruhlar bo‘yicha tasniflanadi.
A. Saluretiklar
a) tiazid va tiazidsimon diuretiklar — gidroxlortiazid,
siklometazid, oksodolin;
b) sulfamoilantranil, sulfamoil benzoy va diklofenaksirka
kislotasi hosilalari — furosemid, bufenoks, klopamid, indapamid,
ksiðamid, etakrin kislota, piretanid.
B. Kaliyni saqlab qoluvchi diuretiklar — triamteren, amilo-
rid, spironolakton.
V. Osmodiuretiklar — mannit, mochevina, kaliy atsetat.
G. Òurli xil diuretiklar:
a) kislota hosil qiluvchi diuretiklar — ammoniy xlorid;
b) o‘simliklardan olingan ekstrakt va nastoylar — archa
urug‘i, dala qirqbo‘g‘imi, ko‘k bo‘tako‘z, qayin, lespenefril,
flaronin.
Saluretiklarga, asosan, dixlotiazid va unga yaqin bir qator
preparatlar kiradi. Ular peshob haydaydigan ta’siri bo‘yicha og‘iz
orqali beriladigan preparatlar orasida eng kuchli diuretiklardan
hisoblanadi va tibbiyot amaliyotida keng miqyosda qo‘llanadi.
Bu preparatlar buyrak kanalchalarining proksimal qismiga
ta’sir ko‘rsatib, natriy ionlarining qayta so‘rilishini tormozlaydi.
Shu bilan birga ular kanalchalarning distal qismida natriy
bikarbonat va kaliyning chiqishini oshiradi.
Preparatlarning ta’siri ichilgandan keyin 30—60 min o‘tgach
boshlanadi, 2—3 soat davomida ta’siri kuchayib borib, 8—12 soat
davom etadi. Ular, asosan, yurak qon-tomiri yetishmovchiligi,
jigar va buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘ladigan shishlarda,
giðertoniya, glaukoma, homiladorlik toksikozida buyuriladi.
Saluretiklarning asosiy kamchiligi: ular kaliy ionlarining
chiqishini tezlashtirgani uchun qonda kaliy miqdori kamayadi. Bu
ishtahaning pasayishiga, mushaklar tonusining bo‘shashishiga va
yurak ritmining buzilishiga olib keladi. Bunda yurak glikozidlari
berilayotgan bo‘lsa, ularning zaharli ta’siri kuchayadi. Shu sababli
saluretiklar uzoq muddat davomida berilmaydi. Agar 5—6 kundan


162
ortiq beriladigan bo‘lsa, kaliy saqlaydigan preparatlar (kaliy
xlorid, panangin, asparkam), kartoshka, turshak, sabzi kabi
mahsulotlar beriladi. Saluretiklarning ta’siri natijasida peshob
kislotasining tanada yig‘ilib qolishi podagraga (mayda bo‘g‘imlar-
ning og‘rishi, shishib qolishi) xos bo‘lgan o‘zgarishlarga sabab
bo‘lishi mumkin.
Laziks — antranil kislota unumi bo‘lib, peshob haydovchi
ta’siri tez vujudga keladi (venaga yuborilganda 2—3 min da, ichilsa
20—30 min o‘tgach). Òa’sir muddati, yuborilgan yo‘liga qarab,
2—8 soatgacha davom etadi. Laziksning ijobiy tomonlaridan biri
u boshqa diuretiklar naf qilmaganda ham o‘z ta’sirini saqlaydi.
Bundan tashqari, uni venaga yuborish mumkinligi tez yordam
ko‘rsatish zaruriyatida qo‘l keladi. Laziksning ta’sir mexanizmi
yaxshi aniqlanmagan. U natriy va xlorning qayta so‘rilishini butun
nefron bo‘yicha tormozlaydi, kaliy sekretsiyasini esa oshiradi,
degan fikr bor.
Òriampur-kompozitum o‘z tarkibida triamteren bilan dixlotiazid
saqlaydi. Òriamteren natriy ionlarining peshob bilan chiqarilishini
tezlashtiradi, lekin kaliyning chiqishini o‘zgartirmaydi. Boshqacha
aytganda, dixlotiazid ta’sirida bo‘ladigan giðokaliyemiyaga yo‘l
qo‘ymaydi. Bu preparat ham yurak, buyrak, jigar kasalliklarida
bo‘ladigan shishlarda davo maqsadida ishlatiladi.
Oksodolin preparati, asosan, natriyuretik bo‘lib, uzoq ta’sir
etadigan (ta’siri 2—4 soatda boshlanib, bir kecha-kunduz davom
etadi) diuretik hisoblanadi. Giðotenziv ta’sirga ham ega. Deyarli
giðokaliyemiya bermaydi.
Uregit ta’sir etishi bo‘yicha natriy va kaliy ajratuvchi
diuretiklarga xos preparat. Diuretik ta’siri ancha kuchli va tez
namoyon bo‘ladi (20—40 min).
Karboangidraza ingibitorlariga asosan diakarb preparati kiradi.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha sulfanilamid sinfiga kiradi. Farmakologik
ta’siri natijasida akarboangidraza fermenti to‘siladi. Oqibatda
kanalchalar epiteliyida ko‘mir kislotaning hosil bo‘lishi tormoz-
lanadi, dissotsiatsiyaga uchrab, vodorod ionlari ajraladi. Natriyning
so‘rilishi uchun vodorod almashinuvi sodir bo‘lmaydi. Bikar-
bonatlar birlamchi peshob tarkibida chiqa boshlaydi. Peshob muhiti
ishqoriy bo‘lib qoladi, qonda esa atsidoz holati yuz berishi
mumkin.
Diakarb ham, boshqa diuretiklar singari, kaliy va vodorod
ionlarining ajralishiga olib keladi. Diakarb ichilganidan keyin qonga
tez so‘riladi, 2 soat ichida ta’siri yaxshi bilinadi va 6—8 soat
davom etadi. Preparat qayta qabul qilinganida ta’siri susaya


163
boshlaydi. Shu sababli preparat 2—4 kun berilgandan keyin
shuncha kun tanaffus qilib turiladi.
Diakarb yurak va jigar kasalliklari bilan bog‘liq shishlarga davo
uchun buyuriladi.
Kaliy saqlab qoluvchi diuretiklar. Buyrakusti bezining po‘stloq
qismidan chiqariladigan aldosteron gormoni natriy ionining
hujayralar membranasidan faol o‘tishini ta’minlaydi (bunga
javoban kaliy ionlari chiqadi). Shunday qilib, bu gormon natriy
ionlari va ular bilan suvning kanalchalardan qayta so‘rilishini
boshqaradi. Ushbu gormon ta’sirining yo‘qolishi natriy ionining
reabsorbsiya bo‘lishining kamayishiga olib keladi. Shu maqsadda
aldosteronga antagonist bo‘lgan preparatlar olingan. Bularga
veroshpiron (aldalakton, spironolakton) kiradi. Bu preparat
kimyoviy tuzilishi bo‘yicha aldosteronga o‘xshaydi. Shuning uchun
ham aldosteron bilan raqobat qilib, uni biokimyoviy reaksiyadan
siqib chiqaradi. Bu raqobat to‘qima pardalarida va buyrak
kanalchalarida ro‘y beradi.
Veroshpironning ta’siri natijasida natriy ionining qayta so‘rilishi
kamayadi, kaliy ionlarining ajralishi esa tormozlanadi. Peshob
miqdori ko‘payadi. Shuning uchun ham ushbu preparat kaliyni
saqlab qoladigan diuretik deb ataladi. Preparatning peshob
haydaydigan ta’siri saluretiklarga qaraganda kuchsizroq. Diuretikni
uzoq vaqt davomida berish mumkin. Elektrolit balansini
o‘zgartirmaydi. Veroshpiron ta’siri asta-sekin (1—2 kundan keyin)
boshlanadi. Preparatni berish to‘xtatilgandan keyin ta’siri 2—4 kun
davomida saqlanadi.
Yurak, buyrak, jigar kasalliklarida bo‘ladigan shishlarda
ishlatiladi. Boshqa diuretiklarning samarasi yaxshi bo‘lmaganda
ko‘proq veroshpiron beriladi. Veroshpiron dixlotiazid bilan birga
berilganda giðokaliyemiya kamayadi.
Osmotik diuretiklar deb, shunday kimyoviy moddalarga
aytiladiki, ular tanaga yuborilganda peshob bilan o‘zgarmagan
holda chiqib, peshob miqdorini oshiradi. Ular buyrak kanalcha-
larining proksimal qismida qayta so‘rilmaydi yoki kam so‘riladi.
Kanalchalarda esa shu sababli osmotik bosim ortadi va elektrolitlar
bilan suvning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada peshobning
miqdori ko‘payadi (asosan natriy hisobiga). Osmotik diuretiklarga
mannitol va mochevina misol bo‘ladi. Ular venaga yuborilganda
peshob haydovchi samarasi tez yuzaga chiqadi. Ular yuqori
konsentratsiyada (20—30%) yuborilganda esa qonda osmotik bosimni
oshiradi, to‘qimadagi suvlar qonga o‘tadi va undan keyin buyrak-
lar orqali chiqariladi. Preparatlarning bunday ta’siri, asosan, miya


164
shikastlanganda miya to‘qimasi shishini kamaytirish uchun
(degidratatsion terapiya), o‘pka to‘qimasi shishganida qo‘llaniladi.
Bu preparatlar jarohatlanish va kuyish oqibatida bo‘ladigan
karaxtlik (shok)da, tana zaharlanganda, gemoliz holatlarida keng
qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad tanadagi zaharli va keraksiz
moddalarni chiqarib tashlashdir. Osmotik diuretiklar 5—10% li
eritma holida bir kecha-kunduzda 3—5 l tomchilab venaga
yuboriladi.
Kislota hosil qiladigan diuretiklar. Bularga ammoniy xlorid
kiradi. U mochevina bilan xlorid kislotaga parchalanadi va
bikarbonatdan natriyni chiqarib yuboradi. Hosil bo‘lgan ko‘mir
kislota o‘pka orqali chiqib ketadi.
Ammoniy xloridning peshob haydaydigan samarasi kuchli
emas. Bu samara mochevina va natriy xlorid hisobiga bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan diuretiklardan tashqari, o‘simliklardan
tayyorlangan qator preparatlar mavjud (ortosifon barg damla-
masi, peshob haydaydigan yig‘ma, ayiqquloq bargi, dala
qirqbo‘g‘ini o‘ti, oddiy archa mevasi va boshqalar).
Preparatlar.
D i x l o t i a z i d (Dichlotiazidum). 0,025—0,1 g dan tabletkalar
holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 0,025—0,05 dan kuniga
ichish uchun beriladi. Og‘ir hollarda dozani kuniga 0,2 g gacha
ko‘paytirish mumkin. Preparat 3—7 kun davomida berilgandan
so‘ng 3—4 kun tanaffus qilinadi.
S i k l o m e t i o z i d (Cyclomethiazidum). 0,0005 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. 0,00025—0,0005 g dan kuniga 3—7 kun
ichish uchun beriladi.
L a z i k s (Lazix). 0,04 g dan tabletka ko‘rinishida, 1%li
eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga
1 marta (ertalab), zarur hollarda esa kuniga 0,08—0,16 g dan 1—
2 marta har soatda ichiladi. 20—60 mg dan bir kecha-kunduzda
1—2 marta mushaklar orasiga yoki venaga yuboriladi.
O k s o d o l i n (Oxodolinum). 0,05 g dan tabletkalar holida
ishlab chiqariladi. Ertalab ovqatdan oldin 0,025—0,1 g dan 1
marta ichiladi.
Ò r i a m p u -k o m p o z i t u m (Triampur-compositum). Òarkibi-
da: triamteren — 0,025 g, dixlotiazid — 0,0125 g saqlaydi.
Òabletka holida ishlab chiqariladi. Kuniga 2—4 tabletkadan ichiladi.
D i a k a r b (Diacarbum). 0,25 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 0,125—0,25 g dan kuniga 1—3 marta ichiladi.
V e r o s h p i r o n (Verospironum). 0,025 g dan tabletka holida
ishlab chiqariladi. 0,1—0,2 g dan har kuni (2—4 qismga bo‘lib)
ichiladi.


165
M a n n i t (Mannitum). Olti atomli spirt. 30 g dan liofillangan
shaklda 500 ml hajmli flakonlarda, 15% eritmasi 400 ml dan
flakonlarda ishlab chiqariladi. 5%li glukozada eritib, 10, 15, 20%li
preparatining eritmasi tayyorlanadi va venaga sekin-asta yuboriladi.
U r e g i t (Uregitum). E t a k r i n k i s l o t a (Acidi Etacrinicum).
0,05 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,05—
0,2 g dan kuniga 1 marta ichiladi.
K l o p a m i d (Clopamidum) ta’siri uzoq. 0,02 g dan tabletka
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 1—2 tabletkadan kuniga 1 marta
ichiladi.
Peshob toshlari hosil bo‘lishini
to‘xtatuvchi vositalar
Bularga allopurinol, etamid, allomaron, silfinpirazon, kebu-
zon, urodan, magurlit, sistenal, avisan, urolesan, fitolizin
preparatlari kiradi. Peshob kislotasining qondagi miqdori har xil
sabablarga ko‘ra purin almashinuvining buzilishi natijasida uratlar-
ning qondagi miqdori ko‘tarilsa u to‘qimalarga (shu jumladan
bo‘g‘imlarga) o‘tira boshlaydi (podagra). Buyraklarda va peshob
yo‘llarida esa tosh hosil bo‘lishi mumkin.
Podagraning o‘tkir xurujida yallig‘lanishga qarshi ta’sir
ko‘rsatadigan dorilar (butadion, indometatsin, brufen, KÒG,
glukokortikoidlar) beriladi. Xuruj paytida va xuruj bo‘lmagan
davrda peshob kislota tuzlarini tanadan chiqarib yuboradigan
dorilar ham ishlatiladi. Ushbu preparatlar qatoriga salitsilatlar
(natriy salitsilat, atsetilsalitsil kislota), etamid (sulfamidbenzoy
kislota unumi) kiradi. Bu preparatlarning ta’sir mexanizmi
kanalchalarda peshob kislotaning reabsorbsiyasini tormozlashi bilan
bog‘liq. Salitsilatlar ta’sirida peshob kislotaning ajralishi 2 baravar
ortadi. Lekin bu preparatlarning nojo‘ya ta’siri bo‘lgani uchun
uzoq ishlatib bo‘lmaydi. Shu sababli ularning o‘rniga etamid
preparati berilishi mumkin. Etamid zaharsiz, 10—12 kun davomida
beriladi, keyin 5—7 kun tanaffus qilinadi, podagra xurujida
berilmaydi. Preparat ta’sirida peshobda uratlarning miqdori ortgani
sababli tosh hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘p suv
va ishqoriy mineral suvlar tavsiya etiladi. Buyraklarda tosh hosil
bo‘lishining yana bir sababi minerallar almashinuvining buzilishi
hamda vitamin A ning yetishmasligidir. Peshob tarkibidagi ko‘p-
chilik yomon eriydigan moddalar pH o‘zgarganda cho‘ka boshlab,
qum hosil qiladi.
Buyrak-tosh kasalligini davolashga qaratilgan quyidagi usullar
mavjud: a) peshobning pH muhitini o‘zgartiradigan moddalar


166
(kislotali yoki ishqoriy muhitga), b) mikroblarga qarshi dorilar,
d) spazmolitiklar.
Peshob muhiti kislotali bo‘lganida uratlar, sulfanilamidlar,
oksalatlar tosh hosil qiladi. Ishqoriy muhitda esa fosfatlar,
karbonatlar, oksalatlar cho‘kma tarkibida bo‘ladi.
Peshobda kislotali muhit bo‘lishi uchun bor kislota (0,5 g
dan ovqatdan keyin 2—3 marta), ammoniy xlorid (1—2 g dan
kuniga 4—5 marta), peshobni ishqoriy muhitga o‘tkazish uchun
esa natriy bikarbonat (1 g dan kuniga 4—5 marta), magurlit
beriladi.
Spazmolitiklardan miotrop ta’sir etadigan preparatlar (papa-
verin, no-shpa, dibazol), M-xolinoblokatorlar (atropin, plati-
fillin, metatsin) va ko‘pincha o‘simliklardan olingan dorilar (avi-
san, fitolizin, marelin, sistenal va boshqalar) beriladi. O‘simlik
preparatlarining ko‘pchiligi peshob haydovchi, yallig‘lanishga
qarshi, mikroblarga qarshi va spazmolitik ta’sir ko‘rsatib, peshob
yo‘lidagi toshlarning chiqib ketishiga imkon yaratadi. Buyrak-tosh
kasalligi xurujida og‘riq qoldiradigan (morfin, promedol, analgin,
baralgin), spazmolitik va M- xolinoblokatorlar (atropin, platifillin,
no-shpa) ishlatiladi.
Preparatlar.
E t a m i d (Aethamidum) 0,35 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. 2 tabletkadan kuniga 4 marta 10—12 kun
davomida ichish uchun beriladi. 5—7 kun tanaffusdan keyin yana
qaytariladi.
M a g u r l i t (Magurlit). Òarkibi: piridoksin gidroxlorid 0,008 g,
magniy sitrat 0,18 g, limon kislota 0,27 g, natriy sitrat (0,723) g,
kaliy sitrat 0,794 g. 2 g dan granulali paketda (100), indikator
qog‘ozi va rangli shkalasi bilan birga ishlab chiqariladi. 6—8 g
dan kun davomida (peshobning pH tekshirib turiladi; 6,2—6,8
bo‘lishi kerak) ichiladi.
A v i s a n (Avisanum). Òishli kella o‘simligidan olingan preparat.
0,05 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin
0,05—0,1 g dan kuniga 3—4 marta ichiladi.
M a r e l i n (Marelinum). Òarkibida har xil o‘simlik ekstraktidan
tashqari korglikon, salitsilamid, magniy fosfat saqlaydi. Ovqatdan
oldin 2—4 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi.
F i t o l i z i n (Phytolysin) (O‘simlikdan tayyorlangan pasta).
100 g dan tyubikda pasta holida ishlab chiqariladi. Bir choy qoshiq
pasta 0,5 stakan shirin suvda eritib, kuniga 3—4 marta ichiladi.
S i s t e n a l (Cystenal). Òarkibida ro‘yan (marena) ildiz
nastoykasi, magniy salitsilat, efir moylari, etil spirti va zaytun


167
moyini saqlaydi. 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan
30 min oldin qandga 3—4 tomchi tomizib ichiladi. Xuruj davrida
10 tomchidan kuniga 3 marta beriladi.
U r o d a n (Urodanum). Òarkibida piðerazin 2,5 g, geksame-
tilentetramin 8 g, natriy benzoat 2,5 g, benzoatmetil 2 g,
dinatriy fosfat 10 g, natriy gidrokarbonat 37,5 g, tartrat kislota
35,6 g, qand 1,9 g saqlaydi. 100 g granulalar flakonda ishlab
chiqariladi. 1 choy qoshig‘i ovqatdan oldin 0,5 stakan suvda eritib,
kuniga 3—4 marta ichiladi.
Rp.: Tab. Dichlotiazidi 0,025 N. 10
D.S. 1 tabletkadan 3—4 kun davomida kuniga 1 marta berilib,
2—3 kun tanaffus qilinadi
#
Rp.: Sol. Furasemidi 1%—2 ml
D.t.d. N. 5 in amp.
S. 2 ml dan muskullar orasiga yuboriladi
#
Rp.: Tab. Verospironi 0,025 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichiladi
#
Rp.: Tab. Avisani 0,05 N. 10
D. S. Kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin 3—4 marta ichiladi
#
Rp.: Urodani 100,0
D.S. 1 choy qoshiqdan yarim stakan suvda eritib kuniga
3—4 marta ichiladi.
QONNING FIZIOLOGIK FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR
KO‘RSAÒADIGAN DORI VOSIÒALARI
Gemopoezga ta’sir etuvchi vositalar
Qonning shaklli elementlari bo‘lgan eritrotsitlar, trombotsitlar
va leykotsitlarning ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi preparat-
larga gemopoezga yoki qon ishlab chiqarilishiga ta’sir etuvchi dori
vositalari deyiladi.
Ma’lumki, qonning shaklli elementlari doimiy bo‘lmasdan,
ma’lum muddatgacha o‘z faoliyatini ko‘rsatadi. Ular vaqti-vaqti
bilan yemiriladi va o‘rniga yangi qon hujayralari paydo bo‘ladi
(eritrotsitlar 2—3 oygacha, leykotsit va trombotsitlar bir necha


168
kungacha umr ko‘radi). Boshqacha aytganda, bu shaklli elementlar
doimo yangilanib turadi. Bu jarayon, ya’ni suyakning ko‘mik
qismidagi ilik va boshqa limfoid to‘qimalarda qonning shaklli
elementlarining ishlab chiqarilishi fiziologik regeneratsiya hisobiga
sodir bo‘ladi.
Eritropoezga ta’sir etuvchi vositalar. Ma’lumki, eritrotsitlarning
asosiy fiziologik faoliyati, o‘z tarkibidagi gemoglobin hisobiga tana
to‘qimalariga kislorod yetkazib berishdan va karbonat angidridni
chiqarib yuborishdan iborat. Eritrotsitlar yoki ular tarkibidagi
gemoglobinning kamayib ketishi kamqonlikka olib keladi. Kislorod
yetishmasligi natijasida tanada har xil o‘zgarishlar (quvvatsizlik,
bosh aylanishi va h.k) sodir bo‘ladi. Hozirgi vaqtda kamqonlikning
kelib chiqish sabablariga ko‘ra asosan quyidagi turlari ma’lum:
1. Postgemorragik kamqonlik. Ko‘p qon ketishi natijasida
(operatsiya vaqtida, jarohatlanish, tug‘ish jarayonida va boshqalar)
tanada qonning umumiy hajmi, shu bilan birga uning tarkibidagi
eritrotsitlar va leykotsitlarning miqdori ham kamayadi. Bu o‘zgarish
va uning uzoq davom etishi 5—10%dan ortiq qon yo‘qotilganda
kuzatiladi.
2. Gemolitik kamqonlik. Ko‘pincha tananing zaharlanishi
(qo‘rg‘oshin preparatlari, fenilgidrazin) va ayrim kasalliklarda
(bezgak) eritrotsitlar lizis (yemirilish)ga uchraydi. Natijada ularning
va gemoglobinning miqdori kamayib, kamqonlik yuzaga chiqadi.
Bunda ham anemiyaning belgilari namoyon bo‘ladi.
3. Giðoxrom kamqonlik. Bu xildagi kamqonlik tanada temir
yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Shuning uchun ham uni
ko‘pincha temir yetishmaslik kamqonligi deb ataladi. Yuqorida
aytilgandek, temir gemoglobinning tarkibiga kirgani uchun uning
yetarli miqdorda bo‘lmasligi gemoglobinning kamayishiga olib keladi.
Shu sababli giðoxrom kamqonlikda periferik qonda eritrotsitlarning
soni uncha o‘zgarmasa ham ulardagi gemoglobin miqdori kamayadi.
Natijada eritrotsitlarning rangi och pushti bo‘lib qoladi. Òanada
temir yetishmasligi har xil holatlarda yuz berishi mumkin. Masalan,
iste’mol qilinadigan ovqat tarkibida temir moddasining yetarli
miqdorda bo‘lmasligi yoki ovqat tarkibidagi temirning ichakdan
qonga o‘tishining buzilishi (me’da va ichaklar kasalliklarida) yoki
tanada temir moddasiga talabning oshishi (homiladorlik) natijasida
giðoxrom kamqonlik yuzaga kelishi mumkin.
4. Giðerxrom yoki megaloblastik kamqonlik (Addison—Birmer
kasalligi). Bu xildagi kamqonlikda eritrotsitlar ishlab chiqarilishi-
ning buzilishi natijasida qonda qizil qon tanachalarining miqdori
kamayishi bilan birga, ularning voyaga yetmagan yosh embrional


169
shakllari paydo bo‘ladi. Ular normal eritrotsitlarga qaraganda katta
va tarkibida ko‘p gemoglobin saqlaydi (giðerxrom kamqonlik).
Bunday holatning asosiy sababi tanada vitamin B
12
bilan folat
kislotaning (vitamin B
c
) yetishmasligidar. Ularning yetishmasligi
ovqat tarkibida kam bo‘lishi yoki ularning ichakdan so‘rilishining
buzilishi oqibatida bo‘lishi mumkin.
5. Giðoplastik va aplastik kamqonlik. Bu xildagi kamqonlikda
umuman qon hujayralarining ishlab chiqarilishi kamayadi yoki
to‘xtaydi. Asosan nur kasalligi va boshqa hollarda eritrotsit va
leykotsitlarni ishlab chiqaradigan to‘qimalarning qisman yoki
umuman nobud bo‘lishi bunday holga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan 5 xil kamqonlikdan asosan ikki turi
(giðerxrom va ayniqsa, giðoxrom) ko‘proq uchrab turadi. Ularning
farmakoterapiyasi anchagina samaralidir.
Giðoxrom kamqonlikda beriladigan dorilar orasida tarkibida
temir saqlagan preparatlar asosiy hisoblanadi. Ma’lumki, tanada
temir miqdori 2—5 g atrofida bo‘ladi. Buning 2/3 qismi gemo-
globinda, qolgan qismi to‘qimalar (suyak iligi, jigar, taloq) da
bo‘ladi. Ovqat tarkibidagi temirning ichakdan qonga o‘tishi ancha
murakkab bo‘lib, bu faol transportlik jarayonidir. Me’da-ichak
tizimidan temir faqat ikki valentli ionlashgan holatda so‘riladi.
Me’daning xlorid kislotasi ta’sirida molekular temir ionlashgan
shaklga kiradi, askorbin kislota esa uch valentli temirni ikki
valentliga o‘tkazib, temirning qonga o‘tishini ta’minlaydi.
Shimilishdan oldin temir ingichka ichak shilliq pardasidagi apo-
ferritin oqsili bilan bog‘lanadi va shundagina u qonga o‘tkaziladi.
Qondagi globulinlar — transferritin bilan birlashadi va transferrin
hosil qiladi. Òemir ushbu transferrin shaklida a’zolarga, to‘qima-
larga yetib boradi va gemoglobin va ayrim fermentlarning sintezi
uchun sarflanadi.
Eritrotsitlarning yemirilishi hisobiga kuniga taxminan 25 mg
temir ajraladi. Ushbu temir qaytadan gemoglobinning sintezi
uchun sarflanadi. Ichak orqali qonga o‘tadigan temir esa tana
yo‘qotgan temirni qoplash uchun zarur bo‘ladi (misol uchun,
ayollar hayz ko‘rishida 20 mg gacha temir yo‘qotadi). Homiladorlik
davrida esa temirga bo‘lgan ehtiyoj ancha ortadi. Bundan tashqari,
temir terlashda, og‘ir jismoniy ish bajarilganda ko‘p miqdorda
yo‘qotiladi. Me’da va ichak kasalliklarida (kislotalik pasayishi bilan
kechadigan gastritlar, enterit va boshqalar) temirning qonga
so‘rilishi buzilib, uning tanadagi miqdori kamayib boradi va
giðoxrom kamqonlik hosil bo‘ladi. Ko‘pincha bu kasallik ko‘p
bolali ayollarda uchraydi.


170
Umuman olganda, davolash samarali bo‘lishi uchun temir
preparatlari yetarlicha, sekin-asta oshirib boriladigan dozada
buyuriladi. Davo kursi 1,5—2 oy davom etadi. 2 yil davomida
har 6 oyda davo kursi qaytariladi.
Òemir tanadan me’da-ichakning shilliq pardalari, ter bezlari,
jigar o‘ti va buyraklar orqali chiqariladi.
Òemir preparatlaridan temir sulfat, temir laktat, ferramid
ichish uchun giðoxrom va postgemorragik kamqonlikda beriladi.
Agar temirning ichak orqali so‘rilishi buzilgan bo‘lsa, bunda
parenteral yo‘l bilan yuboriladigan preparatlar tavsiya etiladi. Ular
qatoriga ferkoven (temir saxarat, kobalt glukonat, karbonsuv
eritmasi saqlaydi), ferrumlek, ferbitol va boshqalar kiradi.
Òemir preparatlari ichish uchun buyurilganda qabziyat hosil
bo‘lishini e’tiborga olish darkor.
Giðoxrom kamqonlikda temir saqlagan dorilardan tashqari
kobalt (koamid), mis (gemostimulin) preparatlari ham ishlatiladi.
Ular eritropoezni kuchaytiradi va temirning gemoglobin sintezida
qatnashishini ta’minlaydi.
Giðerxrom kamqonlikda beriladigan dorilar. 1929- yilda Kasl
birinchi marotaba qon ishlab chiqarilishi ovqat tarkibidagi omilga
(tashqi omil) bog‘liqligini aniqladi. Bu omil me’daga tushgandan
keyin shilliq pardadagi oqsil mukoproteid (ichki omil) bilan
birlashib, ichakdan qonga so‘riladi va jigarga yig‘ilib, eritropoezda
ishtirok etadi. 1948- yilda jigar ekstraktidan Kaslning «tashqi omil»i
hisoblangan B
12
ajratib olindi. Ushbu vitaminning tuzilishi ancha
murakkab bo‘lib, tarkibida kobalt saqlagan kimyoviy birikma
bo‘lgani uchun uni sianokobalamin deb ham yuritiladi. Vitamin
B
12
qisman odamning yo‘g‘on ichagida bo‘ladigan mikroblar
tomonidan ishlab chiqariladi. Asosan u go‘sht, tuxum, jigar, sut
mahsulotlari bilan organizmga tushadi. Vitamin B
12 
ning fiziologik
ahamiyati shundan iboratki, u nuklein kislotalar biosintezida
qatnashadi. Shuning uchun ham u giðerxrom kamqonlikni qaytara
oladi: kasallik tufayli buzilgan qon manzarasini (eritrotsitlarni)
odatdagi holga keltiradi, ko‘mikda patologik eritrotsitlar ishlab
chiqarilishiga barham beradi. Sianokobalamin o‘z ta’siri bilan
kamqonlik tufayli ro‘y bergan me’da-ichak faoliyatining o‘zga-
rishini, nevrologik belgilarni bartaraf etadi. Bundan tashqari,
vitamin B
12
karbonsuv va yog‘ almashinuvi jarayoni uchun zarur.
Shuning uchun u kamqonlikdan boshqa ko‘p kasalliklarda ham
qo‘llaniladi. Masalan, jigar kasalliklarida (gepatitlarda), asab
tizimining yallig‘lanishida (nevritlar, falajlik holati), nur kasalligida.


171
Ushbu vitamin 50—100 mkg miqdorida 2—3 kunda bir marta,
keyinchalik esa 100 mkg dan 1 oyda 1—2 marta yuboriladi. Davo
qilish davrida bemor qonini tekshirib turish tavsiya etiladi.
Giðerxrom kamqonlikda folat kislota ham keng qo‘llaniladi.
Chunki, u vitamin C ishtirokida tanada folein kislotaga o‘tib,
nuklein kislotalar sintezi uchun zarur bo‘lgan purin va pirimidin
birikmalarining sintezini ta’minlaydi. Shunday qilib, vitamin B
12
va folat kislota fiziologik ahammiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin
bo‘lib, nuklein kislotalari va oqsillarning sintezi uchun zarur.
Giðerxrom kamqonlikda ular birga yuborilganda foydali bo‘ladi.
Folat kislota giðerxrom kamqonlikni vitamin B
12
bilan davolashda,
makrositar kamqonlikda, spru kasalligida (ich ketishi, tilning
yallig‘lanishi, kamqonlik), homiladorlarda va bolalarda uchraydigan
kamqonlikda beriladi.
Leykopoezga ta’sir qiladigan vositalar. Ma’lumki, leykotsit-
larning asosiy funksiyalaridan biri tananing himoya qobiliyatini
ta’minlash. Ularning qon tarkibida kamayib ketishi (leykopeniya)
organizm uchun xavflidir. Chunki organizm har xil mikroblar
keltirib chiqaradigan kasalliklarga chalinuvchan bo‘lib qoladi. Bu
holat ayniqsa leykotsitlarning soni 1 mm
3
qonda 2000 dan kamaysa
ro‘y beradi. Leykopeniya holati ko‘pincha har xil zaharli mod-
dalar, dorilar bilan zaharlanishda, nur kasalligida, yuqumli
kasalliklarda ro‘y beradi. Dori moddalaridan rak kasalligida
ishlatiladigan antiblastom preparatlar, pirazolon unumlari (amido-
pirin, butadion), sulfanilamidlar leykopeniyaga sabab bo‘lishi
mumkin. Bunday holatlarda leykopeniyani keltirib chiqargan asosiy
sabab bartaraf etiladi va leykopoezni rag‘batlovchi preparatlar
tavsiya etiladi.
Ushbu guruhga kiruvchi preparatlarning ko‘pchiligi nuklein
kislotalari va ularning unumlari sintezi uchun zarur bo‘lgan
moddalardan hisoblanadi. Ular tanaga yuborilsa, faqat leyko-
poezgagina emas, balki umuman regeneratsiya jarayonini va oqsil
sintezini kuchaytiradi. Bularga natriy nukleinat, pentoksil, metatsil,
batilol preparatlari kiradi. Ular asosan leykopeniyaning yengil
shaklida samaralidir, og‘ir hollarda esa ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki
bunda leykotsitlarni ishlab chiqaradigan to‘qimalar butunlay
faoliyatsiz bo‘ladi.
Preparatlar.
Ò e m i r l a k t a t (Ferri lactas). 1 g dan kapsulalarda ishlab
chiqariladi, kuniga 3—4 marta ichish uchun beriladi.
K o n f e r o n (Conferonum). Òarkibi: 250 mg temir sulfat
va 35 mg natriy dioktilsulfosuksinat. 0,25 g dan kapsulada ishlab


172
chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 1—2 kapsuladan kuniga 3 marta
ichiladi.
F e r a m i d (Feramidum). Òemir xlorid bilan nikotinamid
kompleksi birikmasi. Òabletkalarda 0,1 g dan ishlab chiqariladi.
Ovqatdan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 mahal ichiladi.
F e r r o p l e k s (Ferroplexum). Òarkibida temir sulfat (50 mg)
va askorbin kislotasi (30 mg) bor. Draje shaklida ishlab chiqariladi.
1—3 drajedan kuniga 3 marta ichiladi.
F e r r u m - l e k (Ferrum-lek). Mushaklar orasiga yuborish
uchun mo‘ljallangan 2 ml li ampulada 100 mg temir saqlaydi.
Mushaklar orasiga kunora chuqurroq yuboriladi. Venaga birinchi
kun 2,5 ml, ikkinchi kun 5 ml, keyingi kunlar 10 ml dan bir
haftada ikki marta yuboriladi.
F e r b i t o l (Ferbitolum). Òemir-sorbitol kompleksining suvli
eritmasi, 4,5—5% temir saqlaydi. 2 ml dan ampulada mushaklar
orasiga har kuni yuborish uchun ishlab chiqariladi.
G e m o s t i m u l i n (Haemostimulinum). Òemir laktat,
glukoza, mis sulfat va quruq albumindan tashkil topgan.
Òabletkalarda ishlab chiqariladi. Ovqat bilan 0,25—0,5 g dan kuniga
3 marta 3—5 hafta mobaynida ichiladi (suyultirilgan xlorid
kislotasidan 10 tomchi yarim stakan suvda eritib ichiladi).
Ò e m i r d e k s t r a n (Iron dextran). Ampulada 2 ml dan
ishlab chiqariladi, 1 ml da 50 mg temir bor. Mushak orasiga
yuboriladi (giðoxrom kamqonlikda).
J e k t o f e r (Jectofer) ampulada 2 ml dan ishlab chiqariladi.
Mushaklar orasiga yuboriladi.
S i a n o k o b a l a m i n (Cyanocobalaminum). Vitamin B
12
1 ml
da 30—100—200—500 mkg sianokobalamin saqlaydigan ampulada
ishlab chiqariladi. Òabletkalari 0,00005 g sianokobalamin va 0,00008
g folat kislotani saqlaydi. Ampuladagi eritmalar teri ostiga yoki
mushaklar orasiga ikki hafta davomida kunora yuboriladi.
F o l a t k i s l o t a (Acidum folicum), 0,001 g dan tabletkalar
shaklida ishlab chiqariladi. 0,0005—0,001 g dan kuniga 1—2 marta
ichiladi.
B a n t o k s i l (Pentoxylum), 0,2 g dan kukun va tabletkalar
holida ishlab chiqariladi. 0,2—0,4 g dan ovqatdan keyin kuniga
3—4 marta ichish uchun beriladi.
B a t i l o l (Batilolum). 0,02 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin 0,02 g dan ichish uchun
beriladi (2—3 marta).
N a t r i y n u k l e i n a t (Natrii nucleinas). Kukun 0,1—0,2 g
dan nahorga ichiladi. 2—5% li eritmasi 5—10 ml dan mushak
orasiga yuboriladi.


173
Rp.: Conferoni 0,25
D.t.d. N. 20 in capsulis gelatinosis
S. 1 kapsuladan kuniga 3 marta ichiladi
#
Rp.: Fercoveni 5 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 5 ml dan venaga yuboriladi
#
Rp.: Tab. Feramidi 0,1 N. 100
D.S. 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi
QON IVISHIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALARI
Qon ivishi ancha murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, uning
asosan ikki turi mavjud:
1. Òomir-trombotsitar gemostaz
2. Koagulatsion gemostaz.
Qon ivishining tomir-trombositar turi asosan mayda qon
tomirlari shikastlanganda sodir bo‘lib, qon oqishining to‘xtalishiga
qaratilgan. Bunda jarohatlangan mayda qon tomirlarining qisqarishi
va tomir qavatlari orasidagi qutb o‘zgarib, «z» potensial (tomir
devori bilan qon tarkibi elektr potensialining har xil bo‘lishi)
hisobiga trombotsitlarning adgeziya (tomirning jarohatlangan joyida
yig‘ilishi) va agregatsiya (trombotsitlarning yig‘ilgan joyida bir-biri
bilan jiðslashishi) bo‘lishi ahamiyatga ega. Buning natijasida
trombotsitlardan tashkil topgan tromb qon oqishini to‘xtatadi
(gemostaz).
Shmidt-Moravitsning (1895—1905) klassik g‘oyasiga ko‘ra,
qon ivishining koagulatsion shakli asosida 4 omil bo‘lishi shart
(32-rasm). Bular:
a) protrombin (jigarda vitamin K ishtirokida ishlab chiqa-
riladigan ferment);
b) tromboplastin — trombotsitlardan va ayrim to‘qimalardan
hujayralari shikastlanganda ajralib chiqadigan ferment;
v) qon tarkibida doimo mavjud bo‘lgan kalsiy ionlari;
g) fibrinogen — jigarda sintez qilinadigan qondagi oqsil.
Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, bu jarayonda yuqorida ko‘rsatilgan
omillardan tashqari ko‘pgina boshqa moddalar ham qatnashar
ekan. Ularning ayrimlari qon ivishini sekinlashtiradi (tabiiy
antikoagulantlar), boshqalari esa, aksincha, ivishni tezlashtiradi,


174
yana birlari esa qon ivishining ortiqcha bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
va tromblarni yemiradi. Ushbu omillar bir me’yorda bo‘lib,
normal holatda qonni suyuq holda saqlab turadi. Ayrim patologik
hollarda (qon tomirlarining jarohatlanishi, qon aylanishining
sekinlashishi, tomir ichki pardasining notekisligi, yuqorida qayd
etilgan omillarning buzilishi) qon ivishi jarayonini kuchaytirib,
tromblar hosil bo‘la boshlaydi. Bu jarayon asosan quyidagi
davrlardan tashkil topgan:
a) tromboplastinning ajralishi (kalsiy ionlari ishtirokida);
b) protrombinning trombinga aylanishi;
d) fibrinogenning fibringa o‘tishi va fibrinning polimerizatsi-
yasi. Shunday qilib, qon tomirlarining jarohatlangan joyi fibrin
iðlari bilan berkilib, qon oqishi to‘xtaydi.
Ayrim hollarda qonning ushbu fiziologik jarayoni izdan chiqib,
kutilmagan ko‘ngilsiz asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bunday
hollarda asoratlarning turi va kechishiga qarab turli xil dori
vositalari qo‘llaniladi.
Qon ivishiga ta’sir etadigan moddalar:
1. Antikoagulyantlar.
a) Bevosita ta’sir qiluvchi antikoagulantlar:
— fraksiyalanmagan geparin preparatlari — geparin, geparin
malhami;
— kichik molekulali geparin preparatlari — fraksiðarin, natriy
enoksaparin.
b) Bilvosita ta’sir etuvchi antikoagulantlar: neodikumarin,
fepromaron, asenokumarol, fenilin.
v) Fibrinolitik-trombolitiklar: streptokinaza, streptodekaza,
urokinaza, seliaza, fibrinolizin.
32- rasm. Koagulant va antikoagulantlarning qon
ivish tizimiga ta’sir etish mexanizmi.
Neodikumarin,
fenilin,
omefin, sinkumar
Vikasol,
metinon
Geparin
Girudin
Sitrat,
oksilat Na
Trombin
Fibrinogen
Fibrin
Vit.K
Protrombin

Trombokinaza
Ca
++
ioni


175
g) Antiagregantlar: tiklopidin, prostatsiklin, diðiridamol,
atsetilsalitsilat kislota, trental.
2. Gemostatiklar:
a) geparin antagonistlari — protamin sulfat;
b) fibrinoliz ingiditorlari — aminokapron kislota, amben;
d) hayvonlardan olingan preparatlar — fibrinogen, trombin,
kollagenli gemostatik gubka, jellaplastan;
e) o‘simliklardan olingan preparatlar — gangituvchi bozul-
bang, bo‘ymadaron, arnika gullari, shaftoli bargli toron, bodrezak
po‘stlog‘i, gazandao‘t barglari;
f) tromb hosil qiluvchilar — detsilat, vikasol.
Antikoagulantlar — ta’sir mexanizmi bo‘yicha bevosita va
bilvosita turlarga ajraladi.
Bevosita ta’sir etuvchi antikoagulantlarning ta’siri tez yuzaga
chiqib, qondagi ivish jarayonida qatnashadigan omillarning
faolligini yo‘qotadi. Natijada qon ivimaydi. Ularning bu xildagi
ta’siri tana (in vivo) sharoitida ham, probirka (in vitro) sharoitida
ham kuzatiladi. Shu sababli antikoagulantlar asosan olingan qonni
saqlash va ishlatish uchun, konservatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Ayrimlari esa tanaga ham yuboriladi. Bu guruhga geparin, natriy
sitrat, girudin kiradi.
Geparin tanadagi semiz hujayralarda (Erlix hujayralari) ishlab
chiqariladigan polisaxarid hisoblanadi. U ivishga qarshi tabiiy
modda bo‘lib, doimo qonda bo‘ladi. Geparinning molekular
og‘irligi 16000, tarkibida oltingugurt kislotaning qoldiqlari bo‘lgani
sababli u manfiy qutbga ega. Uning ta’sirida musbat qutbga ega
bo‘lgan qonning ivish omillari o‘z faolligini yo‘qotadi.
Ko‘pchilik patologik hollarda va kasalliklar tufayli geparinning
miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, jarrohlik jarayonida to‘qimaning
jarohatlanishida, miokard infarktida, tromboz va revmatizmda
geparinning miqdori kamayadi, allergiya holatida esa ko‘payadi.
Geparinning ta’sir mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. Lekin
uning ta’sirida protrombin aktivatorlarining hosil bo‘lishi to‘x-
taydi, trombinning proteolitik ta’siri to‘siladi, fibrin monomer-
larining polarizatsiyalanishi tormozlanadi.
Geparin asosan sun’iy qon aylanish tizimida, yirik qon
tomirlarining trombozi va tromboemboliyalarida, miokard
infarktining o‘tkir davrida keng ishlatiladi. Uning ta’siri tez yuzaga
chiqadi, lekin uzoq davom etmaydi. Chunki jigarda geparinaza
fermentining ta’sirida parchalanadi. Nojo‘ya ta’siri deyarli yo‘q.
Faqat ayrim hollarda allergiyani kuchaytiradi.
Geparinning dozasi oshib ketsa, qon oqishi kuzatilishi
mumkin. Bunday hollarda uning ta’siriga zid bo‘lgan protamin sulfat


176
(5% li eritmasi 5 ml ampulada) yuboriladi. Ushbu preparat musbat
qutblangan bo‘lib, geparinning ta’sirini butunlay yo‘qotadi.
Natriy sitrat — qonda dissotsiatsiyalanib, kislota anionini hosil
qiladi. Bu esa qondagi kalsiya ioni bilan bog‘lanadi va qiyin
dissotsiatsiyalanadigan tuz hosil qiladi. Shu sababli kalsiy ionining
miqdori kamayadi. Natijada protrombinning trombinga o‘tishi
to‘xtaydi, polimer fibrinning gelga o‘tishi ham tormozlanadi.
Natriy sitrat qonni saqlash maqsadida konservatsiya uchun
stabilizator sifatida keng ishlatiladi. Bu maqsadda preparatning 4%
li eritmasidan 10 ml 100 ml qonga qo‘shiladi.
Girudin — poliðeptid hisoblanib, tibbiyot zulugining so‘lak
bezidan olinadi. Uning ta’sirida fibrinogenning fibringa o‘tish
jarayoni to‘xtaydi. Òibbiyot zuluklari tromboflebit, giðertoniyada
chakkaga va tananing boshqa sathiga qo‘yiladi.
Bilvosita ta’sir etuvchi antikoagulyantlarga shunday preparatlar
kiradiki, ular vitamin K ning raqobatli antagonisti sifatida jigarda
u bilan faol bo‘lmagan birikma hosil qiladi. Natijada vitamin K
protrombin sintezida qatnasha olmaydi. Shu sababli protrombin,
prokonvertin va qon ivish omillari hosil bo‘lishi buziladi. Qon
ivimaydi. Ushbu guruh preparatlarning bunday ta’siri faqat tana
(in vivo) sharoitida yuzaga chiqadi, probirkada esa (in vitro)
bo‘lmaydi. Ularning qon ivishiga bo‘lgan ta’siri asta-sekin
boshlanib, 2—3 kun davomida yuzaga chiqadi. Òa’sirning davom
etishi esa bevosita antikoagulyantlarnikiga qarshi o‘laroq bir necha
kun davom etadi. Qayta-qayta berilganida kumulatsiya keltirib
chiqaradi. Shu sababli bu antikoagulyantlar tez tibbiy yordam
maqsadlarida ishlatilmaydi. Ular tavsiya etilganda bemor shifokor
nazoratida bo‘lishi kerak.
Bu guruhga kiruvchi preparatlar asosan ikki kimyoviy guruhga
aloqador: kumarin unumlari (neodikumarin, sinkumar, fepro-
maron) va indandion unumlari (fenilin, omefin). Ular ta’sir etish
tezligi va davom etishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Bilvosita antikoagulyantlar tromboflebit xastaligini davolashda
va uning oldini olish maqsadida, stenokardiyaning og‘ir klinik
turlarida, miokard infarktida, endoarterit, qorason kasalliklarida
tavsiya etiladi.
Bu preparatlar me’da va ichak yara kasalligi, nefrit, o‘tkir
endokardit, homiladorlik davrida, bavosilda qo‘llanilishi man etiladi.
Ushbu preparatlarning dozasi ko‘payib ketganda teri ostidan va
shilliq pardalardan qon ketishi, peshobda eritrotsitlar paydo bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda preparatni berish to‘xtatiladi. Bemorga qon
quyiladi. Vitamin K preparatlari (vikasol) tavsiya etiladi.


177
Antiagregantlar.
Diðiridamol — koronar tomirlarni kengaytiruvchi vosita,
antiagregantlik xususiyati ham bor. Fosfodiesterazani susaytirib,
trombotsitlarda SAMF miqdorini oshiradi. Bundan tashqari,
trombotsitlar agregatsiyasini tormozlovchi adenozin ta’sirini
oshiradi. Ko‘pincha diðiridamol bilvosita ta’sirga ega antikoagulant-
lar bilan birga tavsiya etiladi.
Atsetilsalitsilat kislota — siklooksigenaza ingibitori hisoblanib,
u siklik endoperoksidlar va ularning metabolitlari — tromboksan
va prostasiklinning sintezini buzadi. Shu sababli prostasiklinning
susayishi uzoq davom etmaydi.
Atsetilsalitsilat kislotaning ta’siri yoshga bog‘liq. Yoshlarda
kichik dozada, qariyalarda esa barcha dozalarda qon oqish vaqtini
uzaytiradi. Òromblar hosil bo‘lishini tormozlaydi.
Fibrinolitiklar — hosil bo‘lgan fibrin iðlarini yemirib yuborish
xususiyatiga ega. Ularning ta’siri fiziologik fibrinolizinni
kuchaytirish yoki yetishmayotgan fibrinolizinning o‘rnini bosish
bilan bog‘liq. Fibrinolizin proteolitik ferment hisoblanib, doimo
qonda nofaol shaklda (profibrinolizin) bo‘ladi. Uning ta’sirida
tromb hosil bo‘lishi tormozlanadi.
Fibrinolitik modda sifatida ishlatiladigan preparatlardan
streptaza, streptokinaza va urokinaza samaralidir. Streptokinazani
gemolitik streptokokklar ishlab chiqaradi. Profibrinolizinning
fibrinolizinga o‘tishini tezlashtirib, trombni yemiradi. Bu preparat
ta’sirida asosan yangi hosil bo‘lgan tromblar yemirilib, eskilari
o‘zgarishsiz qoladi. Streptokinaza venaga yuboriladi. Òa’sir birligi
bilan o‘lchanadi. Streptaza nomi bilan ham chiqariladi.
Streptodekaza — bu preparat streptoliaza singari ta’sir etadi,
ta’sir muddati ancha uzoq (48—72 soat).
Urokinaza — fibrinolitik ta’sirga ega. U peshobdan olinadi.
Streptokinazaga nisbatan nojo‘ya ta’siri kam.
Fibrinolitik preparatlar tromboflebit, tromboembolik holat-
larida, miokarb infarktida asosan geparin bilan birga qo‘llaniladi.
Gemostatiklar — qon ivishini tezlashtiradigan vositalardir.
Ular qon ketishini to‘xtatish maqsadida qo‘llaniladi. Ularga fibri-
nolizinni to‘suvchi moddalar (aminokapron kislota, kontrikal) va
tabiiy kelib chiqishga ega vositalar misol bo‘ladi.
Kalsiy tuzlari ta’sirida protrombin fermentining faolligi oshadi
va trombinga o‘tishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, kalsiy qon
tomirlar devorini mustahkamlaydi, uning qisqarishini oson-
lashtiradi.


178
Vitamin K
1
protrombin va prokonvertinning sintezida qatna-
shadi. Aniqrog‘i, ushbu sintezni ta’minlaydigan koferment tarkibiga
kiradi. Vitamin K
2
ning yetishmasligi (ichaklar kasalliklarida, ovqat
tarkibida yetarli bo‘lmaganda, jigar kasalliklarida) qon ivishining
buzilishiga olib keladi. Shu sababli vitamin K
3
preparati (vikasol)
qon ketishida va uning oldini olishda (operatsiyalardan oldin)
buyuriladi. Bundan tashqari, bilvosita antikoagulyantlar bilan
zaharlanishda ham qo‘llaniladi.
O‘simliklardan (bozulbang, achchiq toron, gazandao‘t,
bo‘ymadaron, zirk, qirqbo‘g‘im va b.) tayyorlanadigan
preparatlar o‘z tarkibida K, C, P vitaminlari; burishtiruvchi
moddalar, efir moylari va boshqalarni saqlaydi. Ularning qon
ketishini to‘xtatuvchi ta’sir mexanizmi shu vitaminlarga bog‘liq
bo‘lsa kerak. Bu preparatlar surunkali qon ketishida (bachadon,
ichakdan qon ketishi) keng ko‘lamda ishlatiladi. Ular ta’sirida qon
tomir devorining o‘tkazuvchanligi kamayadi, kapillarlar mustah-
kamlanadi, degan fikr bor (fitoterapiya bo‘limiga qarang).
Preparatlar.
N e o d i k u m a r i n (Neodicumarinum). 0,1 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. Birinchi kun 0,3 g dan 2—3 marta ichish
uchun, keyinchalik sekin-asta bir kecha-kunduzda 0,2—0,1 g gacha
kamaytiriladi. Bir martalik eng yuqori dozasi 0,3 g, kecha-
kunduzligi — 0,9 g.
F e p r o m a r o n (Phepromaronum). 0,01 g li tabletka holida
ishlab chiqariladi. Ichish uchun birinchi kuni 0,03—0,05 g, keyin
0,01—0,05 g dan kuniga 1 marta beriladi.
S i n k u m a r (Syncumar). 0,002 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1 kuni 0,016—0,012 g dan ichish uchun buyuriladi,
keyin asta-sekin dozasini 0,004—0,002—0,001 g gacha
kamaytiriladi.
G e p a r i n (Heparimun). Glukuron kislota va glukozamin
saqlovchi polisaxarid. Flakonda 5 ml dan (1 ml da 500 ÒB dan)
ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 20000—50000 ÒB parenteral
yo‘l bilan yuboriladi.
N a t r i y s i t r a t (Natrii citras). 4% li sterillangan eritmaning
10 ml 100 ml qonga stabilizator sifatida qo‘shiladi.
D i t s i n o n (Dicynone). 0,25 g dan tabletka holida, 12,5%
li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 12,5% li
eritmaning 1—2 ml (operatsiya boshlanishidan 1 soat oldin) venaga
yoki mushaklar orasiga yuboriladi, yoki 0,5—0,75 g dan
(operatsiyadan 3 soat oldin) ichiriladi.


179
P r o t a m i n s u l f a t (Protamini sulfas). 1%li eritmasi 2 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. Venaga asta-sekin yoki tomchilatib
yuboriladi (5 ml gacha).
K a l s i y x l o r i d (Calcii chloridum). Kukun, 10% li eritmasi
10 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 5—10%li eritmadan desert
yoki choy qoshig‘ida ovqatdan oldin kuniga 2—3 marta ichiladi.
10%li eritmasi 5—15 ml dan faqat venaga (!) yuboriladi.
V i k a s o l (Vicasolum). 0,015 g dan tabletka holida, 1%li
eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan 1—
2 marta kuniga ichish uchun, 1% li eritmasi 1 ml dan mushaklar
orasiga yuboriladi.
S t r e p t o k i n a z a (Streptokinaza). Gemolitik streptokokk
kulturasi filtridan olinadigan streptokinaza. Har bir komplektda
bir martalik shpris bilan yuborish uchun ampulada 250000 ÒB
da ishlab chiqariladi. 100000—200000 XB natriy xlorning 50 ml
izotonik eritmasida eritiladi, 30 min davomida tomchilatib venaga
yuboriladi. Keyin 750000 XB 500 ml izotonik eritmada, undan
keyin esa 100000 XB 3—4 soat ichida yuboriladi.
A m i n o k a p r o n k i s l o t a (Acidi aminocapronas). 100 ml
natriy xloridning izotonik eritmasida tayyorlangan 5%li eritma holida
flakonda, 60 g granula shaklida bolalar uchun ishlab chiqariladi.
0,1g/kg har 4 soatda ichiladi. Bir kecha-kunduzlik dozasi 10—15
g. 5% li 100 ml eritmasi tomchilatib venaga yuboriladi.
Rp.: Tab. Neodicumarini 0,1 N. 10
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichiladi
#
Rp.: Sol. Calcii chloridi 10%—10 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 10 ml dan venaga (!) yuboriladi
#
Rp.: Sol. Vicasoli 1%—1 ml
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 1 ml dan muskullar orasiga yuboriladi
ME’DA-ICHAK FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR EÒUVCHI
DORI VOSIÒALARI
Ovqatning hazm bo‘lishi — ancha murakkab, bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan fiziologik jarayonlar majmuasidan iborat. Bu jarayonda
so‘lak bezlari, me’da va ichakdan tashqari, me’daosti bezi va jigar
qatnashadi. Ushbu a’zolar faoliyati asosan ovqatni hazm qilishga
va organizmni kerakli oziq-ovqat moddalari bilan ta’minlashga


180
qaratilgan. Me’da-ichak tizimi ovqatning parchalanishi va
so‘rilishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonning normal kechishida me’da
va ichak faoliyatida shartli va shartsiz reflekslar, gastrointestinal
moddalar, gormonlar, vegetativ nerv tizimi va boshqa biologik
faol moddalar ishtirok etadi, ularda markaziy nerv tizimi ham
katta ahamiyatga ega.
Òurli xil patologik holatlarda, kasallik sababli me’da-ichak
faoliyati buziladi, ovqat moddalarining hazm bo‘lishi izdan
chiqadi. Bunday o‘zgarishlarni bartaraf etish maqsadida dori
preparatlari ishlatiladi. Ular o‘z farmakologik ta’siri va ishlatilishi
bo‘yicha turlicha bo‘lib, me’da-ichak faoliyatini tiklashga qara-
tilgan.
Anoreksigen moddalar
Semizlik va uni davolash hozirgi zamon tibbiyotining
muammolaridan biri hisoblanadi. Semizlikning turli xillari mavjud
(alimentar, konstitutsional, diensefal, genital va b.). Ma’lumki,
semizlik ko‘pincha haddan tashqari ortiqcha taom iste’mol qilishga
ham bog‘liq. Shu sababli semizlikning oldini olish va davolash
uchun ovqatga talabni kamaytirish, ya’ni uning miqdorini
organizm talabidan kam bo‘lishiga erishish kerak. Bu usulning katta
kamchiligidan biri odamda doimiy ochlik sezgisi bo‘lishidir.
Anoreksigen — ishtaha va ochlik sezgisini kamaytiradigan
preparatlar bo‘lib, bular qatoriga adrenomimetik aminlar yoki
ularga o‘xshash moddalar kiradi. Ular qondagi qand miqdorining
ortishi hisobiga giðotalamusda joylashgan «to‘yish markazi», hid
bilish va ta’m bilish retseptorlarining qo‘zg‘alishi natijasida ishtaha
bo‘g‘iladi, ayniqsa yog‘li ovqatlarga nisbatan ehtiyoj kamayadi. Shu
sababli tanadagi yog‘ parchalanib, quvvat manbayi bo‘lib xizmat
qiladi. Natijada tana vazni kamayadi.
Anoreksigen ta’sir psixostimulator hisoblangan fenaminga ham
xos. U markaziy va periferik adrenomimetik ta’sir etib, to‘qlik
markazini qo‘zg‘atadi, ochlik markazini esa tormozlaydi. Preparat
o‘zining periferik ta’siri bo‘yicha adrenalinga o‘xshaydi. Uning
kamchiligi — bezovtalik, uyqusizlik, taxikardiya, arterial bosim-
ning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Fenamin qaramlik holatini
keltirishi sababli anoreksigen sifatida amaliyotda ishlatilmaydi.
Shu maqsadda ta’sir samarasi bo‘yicha fenaminga yaqin
bo‘lgan, lekin markaziy nerv tizimiga ta’sir etmaydigan prepa-
ratlar qo‘llaniladi. Bular jumlasiga mefolin (gratsidin, anoreks)
kiradi. Lekin ushbu dorining boshqa nojo‘ya ta’siri bo‘lgani uchun


181
hozirgi vaqtda u ishlatilmaydi. Uning o‘rnida fepranon, dezopi-
mon, mazindol preparatlari qo‘llaniladi.
Fepranon va dezopimon ta’sir mexanizmi bo‘yicha fenaminga
o‘xshaydi. Anoreksigenlik xususiyati bo‘yicha undan biroz kuchsiz-
roq. Bular markaziy nerv tizimini qisman qo‘zg‘atadi, periferik
adrenomimetik ta’sirlari ham uncha sezilarli emas. Fepranon
ovqatdan 30—60 min avval, dezopimon esa ovqat bilan birga
qabul qilinadi. Nojo‘ya ta’sirlaridan yurak-qon tomiri tizimi tomo-
nidan taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimning ko‘tarilishi,
umumiy qo‘zg‘aluvchanlik va uyquning buzilishi qayd etilishi
mumkin.
Mazindol — ta’sir mexanizmi va markaziy nerv tizimini
qo‘zg‘atish bo‘yicha fenaminga o‘xshaydi. Qaramlik keltirib chiqa-
rish xususiyati kam. Nojo‘ya ta’sirlari: uyqu buzilishi, qo‘zg‘a-
luvchanlik, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, allergik reaksiyalar.
Fenfluramin — sedativ ta’sirga ega. Arterial bosimni oshir-
maydi. Fenfluramin serotoninergik tizimga ta’sir etib, serotonin
ajralishini kuchaytiradi, qayta ishlanishini esa kamaytiradi. Dofamin
retseptorlarini ham susaytirishi aniqlangan.
Fenfluramin moddalar almashinuvi jarayoniga bevosita ta’sir
etib, glukozaning o‘zlashtirilishini tezlashtiradi, triglitseridlarning
hazm yo‘llarida so‘rilishini susaytiradi. Yog‘larning almashinuvini
oshiradi.
Nojo‘ya ta’siri: uyquchanlik, depressiya, hazm yo‘llari shilliq
pardasining qitiqlanishi, katta dozalarda eyforiya, ba’zan qaramlik
kuzatilishi mumkin.
Anoreksigen moddalar ko‘pincha gormonal, yod, diuretik va
surgi preparatlari bilan birga tavsiya etiladi. Ular alimentar (ovqat
bilan bog‘liq), konstitutsional (shaxsning irsiy tuzilishi), diensefal
(bosh miya faoliyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq), adiðozogenital
(jinsiy bezlar faoliyatining o‘zgarishi) va giðotireoz (qalqon-
simon bez faoliyatining susayishi) bilan bog‘liq semizlikda tavsiya
etiladi.
Me’da sekretsiyasiga ta’sir etuvchi vositalar va
ularning o‘rindosh preparatlari
Me’da shilliq pardasidagi hujayralardan ishlab chiqariladigan
xlorid kislota, pepsin fermenti va shilimshiq ovqat hazm bo‘lishida
muhim vazifani bajaradi. Me’da shirasining muhiti pH 2—3, xlorid
kislota hisobiga hosil bo‘lib, pepsinogenni faol pepsinga o‘tkazadi,
ovqat bilan tushgan mikroblarga qarshi to‘siq vazifasini bajaradi.


182
Undan tashqari, pilorus sfinkterining ishini boshqarib, me’daosti
bezidan sekret, o‘t qopidan o‘t ajralishida ishtirok etadi.
Pepsin proteolitik ferment hisoblanib, oqsillarning dastlabki
parchalanishini ta’minlaydi. Shilimshiq esa shilliq qavatni xlorid
kislota va pepsinning ta’siridan himoya qiladi.
Me’da shirasi sekretsiyasining miqdoriy va sifat jihatidan
o‘zgarishi, har xil patologik holatlar va kasalliklarda namoyon
bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish ovqat hazm bo‘lish
jarayonining izdan chiqishiga olib keladi. Shunday hollarda me’da
shirasi sekretsiyasini normal holga keltiradigan yoki uning o‘rnini
bosadigan preparatlar ishlatiladi.
Shira ajralishi kamaysa (giðosekretsiya) va bu holatning sababi
bo‘lgan sekretsiya bezlarining fiziologik faoliyati susaygan bo‘lsa,
bunday paytlarda sekretsiyani kuchaytiradigan moddalar — kuchsiz
kislotalar, nordon meva sharbatlari va ayrim dori preparatlari
tavsiya etiladi. Bu vositalar orasida gistamin xlorid parietal
hujayralardagi N
2
gistaminoretseptorlarni qo‘zg‘atadi va natijada
kislota ajralishi ortadi. Pentagastrin (gastrointestinal gormon) ham
kislota hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ikkala preparat ham tibbiyot
amaliyotida me’da kasalliklarini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bu
dori vositalari pariyetal sekretsiya bezlari kasallik tufayli morfologik
o‘zgargan (atrofiyalangan) bo‘lsa kuchsiz, funksional o‘zgarishda
esa sezilarli samara ko‘rsatadi. Shu maqsadda akofein natriy
benzoatdan foydalaniladi.
Òurli sabablarga ko‘ra xlorid kislotaning ko‘p ishlab chiqarilishi
(giðersekretsiya) me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi, me’da-
ichak faoliyatining o‘zgarishi, ovqat hazm qilish jarayonining
buzilishi va boshqa asoratlarga olib keladi. Shu sababli kislota
ta’sirini pasaytirish uchun asosan antatsid preparatlar qo‘llaniladi.
Bundan asosiy maqsad me’da shirasi peptik ta’siri (oqsillarni
parchalash, shilliq pardani yemirish)ning oldini olishdir.
Antatsidlarga ishqoriy xususiyatli moddalar — aluminiy
preparatlari (aluminiy gidroksid, almagel, maaloks, gastal, protab,
alumag, alsid B, fosfalugel, sukralfat, alugastrin), vismut
preparatlari (vismut nitrat, vikalinn, vikair, de-nol tabletkalari),
magniy va kalsiy preparatlari (magniy oksid, magniy karbonat,
anatsid, kalmagin) kiradi. Ular xlorid kislotani kimyoviy yo‘l
bilan neytrallaydi va shimib oladi, me’da sekretsiyasining ta’sirini
kamaytiradi. Bu preparatlar kislotaning yara sathiga bo‘lgan ta’siri
tufayli kelib chiqadigan og‘riqni kamaytiradi, me’da va 12 barmoq
ichak yarasining bitishiga yordam beradi. Bulardan tashqari,


183
salitsilat va kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolash sababli
kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish (qon ketishi, eroziya
bo‘lishi, giðeratsid holat) maqsadida ham antatsid preparatlar
qo‘llaniladi.
Òez kor qiluvchi antatsidlar, asosan, me’da zardasida, jig‘il-
don qaynashida va me’dada og‘riq paydo bo‘lganida beriladi.
Bulardan natriy gidrokarbonatning ta’siri tez yuzaga chiqadi, lekin
uzoq davom etmaydi. Preparatning kamchiligi shundaki, xlorid
kislotani neytrallash natijasida CO
2
gazi ajralib chiqib, me’dani
kengaytiradi va devorini taranglaydi. Natijada kekirish va me’da
sekretsiyasining reflektor zo‘rayishi kuzatiladi.
Sekin ta’sir qiladigan antatsidlardan magniy oksid — kuydi-
rilgan magneziyaning ta’siri ancha kuchli, qonga so‘rilmaydi,
xlorid kislotani sekin-asta neytrallaydi, CO
2
gazni hosil qilmaydi,
lekin reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan magniy xlorid ichni
yumshatadi va surishi mumkin.
Ko‘pchilik magniy saqlagan preparatlar uzoq muddat qabul
qilinsa, ichni yumshatadi va suradi, kalsiy karbonat va aluminiy
gidroksid esa qabziyatga sabab bo‘ladi.
Gastroenterologiya amaliyotida antatsidlar me’da va 12 barmoq
ichakning ortiqcha kislotalilik bilan kechadigan yaralarini
davolashda alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, turli farmakologik ta’sirga
ega bo‘lgan kompleks preparatlar (kislotalilikka qarshi, o‘rab va
shimib oluvchi, burishtiruvchi, spazmolitik, og‘riqni qoldiruvchi,
yallig‘lanishga qarshi, ichni yumshatadigan) ko‘proq ishlatiladi,
ularning samarasi ancha yuqori darajada. Bularga vikalin, vikair,
gastrofarm, venter, de-nol va boshqalar misol bo‘la oladi. O‘simlik
preparatlaridan likviriton qizilmiya ildizidan olingan, tarkibida
flavonoidlar saqlaydi, antatsid, yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik
ta’sirga ega. Uning ta’sirida shilimshiq ishlab chiqarilishi kuchayadi.
N
2
- gistaminoblokatorlar. Ma’lumki, xlorid kislota ishlab
chiqaradigan pariyetal hujayralar faoliyati N
2
- gistaminoretsep-
torlar, M-xolinoretseptorlar va gastrinergik reseptorlar orqali
boshqariladi. Yuqorida qayd etilgan antatsidlar me’da bo‘shlig‘iga
ajralib chiqqan xlorid kislotani neytrallasa, N
2
- gistaminoblo-
katorlar va M- xolinoblokatorlar ushbu kislotaning ishlab chi-
qarilishini kamaytiradi. Chunki N
2
- gistaminoblokatorlar N
2
- gis-
taminoretseptorlarni to‘sib, gistaminning kislota ishlab chiqa-
rilishiga bo‘lgan ta’sirini yo‘qotadi. M- xolinoblokatorlar esa M-
xolinoretseptorlarni bloklab, adashgan nervning kislota ishlab
chiqarilishiga ta’sirini to‘sadi. Natijada ikkala holda ham xlorid kislota
ajralishi keskin kamayadi.


184
N
2
- gistaminoblokatorlarga simetidin, ranitidin, famotidin,
nizatidinlar, M- xolinoblokatorlarga esa atropin, platifillin, bel-
ladonna, gastrozepin va boshqalar kiradi. N
2
- gistaminoblokatorlar
me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligida ancha samarali davo
preparatlari hisoblanadi.
Bundan tashqari, ushbu retseptorlarga ta’sir etmay, faqat
xlorid kislota sintezining oxirgi bosqichini to‘xtatadigan proton
kanali susaytiruvchilari ham mavjud. Ularga omeprazol, aprazol,
lanaoprazol va boshqalar kiradi.
Omeprazol — me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligini
davolashda keng qo‘llaniladi. Omeprazol tanada faqat bazal
hujayralar sohasida faollashib, me’dani ham bazal, ham
qo‘zg‘atilgan (ovqat yoki dorilar bilan) keskin sekretsiyasini
kamaytiradi.
Omeprazol kuniga 1 mahal kechqurun, uyquga yotishdan oldin
beriladi.
N o j o ‘ y a t a ’ s i r i : dispepsiyalar, bosh og‘rig‘i, bosh
aylanishi, yo‘tal, yelkada og‘riq, ichaklar faoliyatining buzilishi.
Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligida gastroprotektorlar
(karbenoksolon, mizoprostol, sukralfat) va antibakterial prepa-
ratlar ham (metronidazol) keng qo‘llanilmoqda.
Yara kasalligining og‘ir asoratlari (perforatsiya — yaraning
teshilishi, qon ketishi, o‘smaga aylanishi, chandiqlanish sababli
ovqatning ichakka o‘tishining qiyinlashishi) jarrohlik yo‘li bilan
davolanadi.
Qustiruvchi va qusishga qarshi vositalar
Ma’lumki, qusish murakkab fiziologik va patologik jarayon
bo‘lib, so‘lak bezlari, me’da va bronx sekretsiyasining kuchayishi,
giðotenziya, umumiy bo‘shashish, terining oqarishi bilan boshla-
nadi, ko‘ngil ayniydi va me’da teskari tomonga qisqarib (antiðe-
ristaltika), ovqat massalari tashqariga chiqarib tashlanadi. Bu
jarayon uzunchoq miyadagi qusish markazi va u bilan bog‘liq
IV qorincha tubida joylashgan «trigger sohasi» tomonidan bosh-
qariladi. Ushbu markazga qonda bo‘ladigan ayrim endogen va
ekzogen moddalar ta’sir etib, qusish refleksini keltirib chiqarishi
mumkin.
Endogen moddalar jumlasiga yuqumli kasalliklarda, nur
kasalligida, homiladorlik davrida va intoksikatsiya hollarida hosil
bo‘ladigan zaharli moddalar, ekzogen moddalarga — tashqaridan
kiritilgan qustiruvchi dori moddalari kiradi. Sifatsiz oziq-ovqat va
turli moddalar (dorilar bilan ham) zaharlanishda, ularni


185
organizmdan chiqarib tashlashda qustiruvchi preparatlardan
foydalaniladi.
Ular ta’sir mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi:
markaziy va reflektor ta’sirga ega vositalar. Birinchi guruhga apo-
morfin gidroxlorid kiradi. Preparat qustirish markazini qo‘zg‘aydi.
Bundan tashqari, preparat MNÒ ning bir qancha markazlarini
susaytiradi. Òa’siri 2—15 min da boshlanadi. Nojo‘ya ta’siri: nafas
sustlashishi, arterial giðotoniya, uyquchanlik, nevrologik buzi-
lishlar, allergik reaksiyalar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi guruhga mis sulfat va rux sulfat preparatlari kiradi.
Ular ma’lum dozada (osh qoshiqda) ichilsa, me’da shilliq par-
dasini qitiqlaydi va hosil bo‘lgan impulslar qusish markazini
reflektor yo‘l bilan qo‘zg‘atib, qayt qildiradi.
Bulardan tashqari, iðekakuana ildizidan tayyorlangan qay-
natma, termopsis o‘tidan tayyorlangan damlama katta dozalarda
va osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasi ham shu usulda
ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik preparatlari kichik dozada balg‘am
ko‘chiruvchi dori vositalari sifatida ham qo‘llaniladi.
Qustiruvchi moddalar tibbiyot amaliyotida kam ishlatiladi.
Faqat zaharlanish hollarida me’dadan zaharli moddani chiqarib
yuborish maqsadida berilishi mumkin. Refleks yo‘l bilan qustiruvchi
moddalarni qayta-qayta qo‘llash me’da shilliq pardasining zarar-
lanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ularni (rux sulfat,
mis sulfat) uch qoshiqdan ortiq berish taqiqlanadi.
Zaharlanishda, me’daosti bezi va buyrak kasalliklarida, homi-
ladorlikda, kuchli radiatsiya ta’sirida, antiblastom preparatlar
qo‘llanilganda, tebranish va chayqalish natijasida ko‘pincha qusish
yuz beradi. U uzoq vaqt davom etsa, tana suv yo‘qotib, alkaloz,
giðokaliyemiya holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda
qusishga qarshi preparatlar tavsiya etiladi. Qusishga qarshi
preparatlar turli farmakologik guruhga mansub. Vestibular
apparatining qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘lgan odamlarga sko-
polamin saqlovchi preparatlar tavsiya etiladi. «Aeron» tabletkalari
shunday vositalardan hisoblanib, samolot yoki kemaga chiqishdan
30—60 min oldin ichiladi. Òa’siri 6 soatgacha davom etadi. Aller-
giyaga qarshi ishlatiladigan antigistamin vositalar — diðrazin va
dimedrol, ayniqsa, dengiz kasalligida samaralidir. Neyroleptiklar —
fenotiazid unumi bo‘lgan etaperazin, triftazin, butiferon unum-
laridan galoperidol «qusish markazi» retseptorlarini bloklab,
qusishni to‘xtatadi. Bular trigger zonasiga ta’sir etuvchi vositalar
keltirib chiqargan qusish, homiladorlik toksikozida, nur kasal-
ligida, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrdagi qusishda samara


186
beradi. Saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kimyoterapi-
yasida bo‘ladigan qusishda trapisetron va vondanestron preparatlari
qo‘llaniladi.
Metoklopramid (serukal) — dofaminolitik ta’sirga ega. O‘sish
markazini ssusaytiradi. Yuqori faollikka ega preparat. Preparat tez
so‘riladi, 40—120 min.da qonda maksimal konsentratsiya hosil qiladi.
10 mg dan tabletka holida hamda va ampulada (2 ml) ishlab
chiqariladi.
Nojo‘ya ta’siri: ekstrapiramidal buzilishlar, uyquchanlik,
quloq shang‘illashi, og‘iz qurish holatlari kuzatilishi mumkin.
Anestezin — mahalliy anestetik, qusishga qarshi ta’sir ko‘rsa-
tadi. Òil va me’da shilliq pardasida joylashgan retseptorlar sezgir-
ligini kamaytiradi. 0,3 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi.
Ferment va antiferment preparatlar
Qabul qilingan oziq-ovqatning hazm bo‘lishida me’daosti
bezida ishlab chiqariladigan proteolitik (triðsin, ximotriðsin,
kollagenaza va boshqalar), amilaza va liðaza fermentlarining
ahamiyati salmoqlidir. Ular ovqat tarkibidagi oqsilni (triðsin),
yog‘ni (liðaza) va uglevodlarni (amilaza) parchalaydi. Bu
fermentlar ishlab chiqarilishi kamaysa, ovqatning hazm bo‘lishi
buziladi. Bunda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydigan fermentli
preparatlar tavsiya qilinadi. Bularga me’dada ishlab chiqariladigan
fermentni saqlaydigan pepsin, pepsidil, atsidin-pepsin, abomin
va boshqalar kiradi.
Me’da shirasi sekretsiyasining ajralishi susayganda (giðoatsid va
antatsid holat), me’daosti bezining yallig‘lanishida (pankreatit),
ichak yallig‘langanda (enterit) me’daosti bezining faoliyati ham
izlan chiqadi, fermentlar ajralishi susayadi. Bunday holatlarda
ushbu bezning faoliyatini qo‘zg‘atish uchun xlorid kislota, tabiiy
me’da shirasi, M-xolinomimetiklar, antixolinesteraz preparatlardan
foydalanish mumkin. Bulardan tashqari, tarkibida me’daosti bezi
fermentini saqlovchi preparatlar tavsiya etiladi. Masalan, pan-
zinorm-forte, pankreatin, mezim-forte, festal va boshqalar. Ushbu
preparatlar ishqoriy suv (Borjomi) yoki natriy gidrokarbonat
eritmasi bilan ichiladi.
Me’daosti bezining yallig‘lanishi bilan kechadigan har xil
kasalliklarda, jarohatlanganda, fermentlar ishlab chiqarish yo‘li
bekilib qolishida proteaz fermentlarning faolligi oshib, bez
to‘qimasi yemirila boshlaydi (autoliz). Bunday holat o‘tkir
pankreatit yoki me’daosti bezining o‘tkir yemirilishi deyiladi.


187
Ushbu og‘ir kasallik kuchli og‘riq bilan kechib, ko‘p hollarda
shokni keltirib chiqaradi. Davo ko‘rsatishda antiferment preparatlari
beriladi. Uy hayvonlarining quloqoldi so‘lak bezidan tayyorlangan
kontrikal poliðeptid saqlovchi preparat bo‘lib, triðsin, kallikrein,
ximotriðsin va boshqa fermentlar faolligini so‘ndiradi. Òez yemirilishi
jarayoni (nekroz, autoliz)ni to‘xtatadi. Pantriðin preparati ham shu
kabi ta’sirga ega. O‘tkir pankreatitning og‘ir kechishida antiferment
preparatlar naf qilmasa, jarrohlik usuli bilan davolanadi.
O‘t haydovchi vositalar
Ma’lumki, jigarda ishlab chiqariladigan o‘t (tarkibida o‘t
kislotalar, xolesterin va boshqalar bor) oldin o‘t pufagiga
yig‘ilib, so‘ngra uning qisqarishi natijasida o‘n ikki barmoq
ichakka tushadi va u yerda ovqat tarkibidagi yog‘ni emulgatsiyalab
(mayda bo‘laklarga bo‘lib), liðaza fermenti ta’sirida uning
parchalanishini ta’minlaydi. Jigar, o‘t yo‘llari va o‘t qopining
turli xil kasalliklarida o‘t ishlab chiqarilishi va uning ichakka
tushishi buziladi. Ushbu xastaliklar qatoriga xolesistit, xolangit,
o‘t-tosh kasalligi, o‘t yo‘llari va o‘t pufagining harakatsizlanishi
(diskineziya), jigarning yallig‘linishi (gepatit) kiradi. Ayrim
shunday hollarda o‘t haydovchi dorilar tavsiya etiladi.
Ular tarkibida o‘t kislotalarini saqlovchi preparatlar bo‘lib,
o‘tni suyultiradi, o‘t yo‘llarida yig‘ilib qolishi, kristallanish va
tosh hosil bo‘lishiga imkon bermaydi.
O‘t haydovchi dorilar ta’sir etish mexanizmi va ishlatilishi
bo‘yicha ikki guruhga: o‘t kislotasining ishlab chiqarilishini, o‘t
sekretsiyasini oshiruvchi (xoleretiklar) va o‘t pufagidan o‘tning
ichakka tushishini ta’minlaydigan (xolekinetik) larga bo‘linadi.
Birinchi guruh preparatlar o‘t ishlab chiqarilishini sezilarli
darajada rag‘batlantiradi. Bularga tabiiy o‘t kislotalari saqlovchi
preparatlar kiradi. O‘t kislotasi xolesterindan hosil bo‘ladigan xolan
unumidir. U sathi faol modda bo‘lgani uchun ovqat tarkibidagi
yog‘ni mayda bo‘lakchalarga parchalaydi, hujayra pardasining
o‘tkazuvchanligini va pankreasning liðaza fermenti faolligini
oshiradi, yog‘da eriydigan vitaminlar so‘rilishini ta’minlaydi, ichak
shilliq pardasini ta’sirlaydi, peristaltikasini kuchaytiradi, o‘t ajra-
lishini oshiradi.
Òibbiyot amaliyotida o‘tni suyultirib, uning yopishqoqligini
kamaytiruvchi moddalar ham ishlatiladi. Ular gidroxoleretiklar
deyiladi. Misol uchun, salitsilat natriy, mineral suvlar (Yessentuki
¹17 va ¹4), Karlovar, Jeleznovodsk, Òruskaves suvlari shunday


188
xususiyatga ega. O‘t yo‘li kichik toshlar bilan bekilib qolgan
hollarda gidroxoleretiklar o‘t yo‘llaridagi bosimni oshirib, toshlar-
ning chiqib ketishini osonlashtiradi. Gidroxoleretiklarning bunday
ta’siri spazmolitiklar (atropin, no-shpa, papazerin) ishtirokida
yanada samarali bo‘ladi. Demak, xoleretiklar jigarning sekretor
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, o‘t tarkibidagi xolatlar miq-
dorini, xolesterin-xolat koeffitsiyentini oshiradi va o‘t yig‘ilib
qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Xoleretiklar sifatida degidroxol kislota (xolagol, dexolin),
alloxol, xolenzim, xolosas va boshqalar ko‘proq ishlatiladigan
preparatlardir. Bundan tashqari, tarkibida mentol, terpen va efir
moylarini saqlagan flavonlar, vitamin vitosterinlarini saqlovchi
100 dan ortiq o‘simlik preparatlari ma’lum. Ular xoleretik,
spazmolitik va bakteriyaga qarshi ta’sirga ega. Bularni gepatobiliar
(jigar-o‘t yo‘llari) tizimining surunkali kasalliklarida qo‘llash
mumkin (dasturbosh, makkajo‘xori popugi, qoncho‘p va b.).
O‘tning ichakka tushishini oshiradigan (xolekinetik) yoki o‘t
pufagidan o‘tni haydovchi preparatlardan magniy sulfat, pituitrin,
sorbit, mannit va ksilitni aytib o‘tish mumkin. Òosh yig‘ilib qolishi
sababli ro‘y beradigan og‘riqlarga kor qilishda ko‘pincha spazmoli-
tiklar (atropin, no-shpa, papaverin, kellin, eufillin va b.) beriladi.
Xolekinetiklarga surgi dorilar — magniy sulfat, natriy sulfat,
Karlovar tuzi, kanakunjut moyidan tashqari xolinomimetiklar
(atseklidin, pilokarpin va b.), gistamin, vazopressin va qon-
cho‘pdan tayyorlangan preparatlar misol bo‘ladi.
Surgi dorilar
Ingichka va ayniqsa yo‘g‘on ichakning harakati sustlashib
qolganda undagi massaning surilishi sekinlashib, chiqib ketishi
qiyinlashadi va qabziyat yuz beradi. Bunday holatni turli sabablar
keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, doim quyuq va quruq
ovqatlanish, kam harakatlanish, surgi dorilarga o‘rganib qolish
va boshqalar. Qabziyatni davolashda uning sabablari aniqlanadi va
ularni yo‘qotish tadbirlari ko‘riladi (har xil ovqat iste’mol qilish,
me’yorida harakatlanish va boshqalar). Qabziyat ko‘pincha yoshi
o‘tgan kishilarda uchraydi va ancha tashvish keltiradi.
Ichak harakatini tiklash va kuchaytirish maqsadida turli dori
preparatlari beriladi. Bular qatoriga xolinomimetik va antixoli-
nesteraz preparatlar (pilokarpin, prozerin, atseklidin) kiradi.
Lekin, bu preparatlaning boshqa a’zolarga va tizimlarga ta’siri ancha
kuchli bo‘lgani uchun ular surgi vositalari sifatida ishlatilmaydi.


189
Bularning o‘rnida asosan ichakning o‘ziga ta’sir etib, uning
harakatini jonlantiradigan dori preparatlari keng qo‘llaniladi.
Surgi dorilar kimyoviy tuzilishi, ta’sir mexanizmi va qo‘lla-
nilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Òuzli surgi vositalari: magniy sulfat, natriy sulfat.
2. O‘simlik preparatlari: ramnil, antrasennin, rovoch ildizi,
frangula po‘stlog‘i, tog‘jumrut urug‘i, sano bargi, senadeksin
tabletkalari, kanakunjut moyi, kafiol.
3. Sintetik preparatlar: izofenin, izoman tabletkalari, bisa-
kodil, guttalaks.
Òuzli surgilar — tez va ancha kuchli ta’sir etib, ichni suradi.
Ushbu tuzlarning suvdagi eritmasi ichilganda ta’siri 1—3 soat ichida
kuzatiladi.
Òuzli surgilarning bu ta’siri ichakning boshidan oxirigacha
qaratilgan bo‘lib, quyidagicha tushuntiriladi. Òuzning suvli eritmasi
ichakka tushganidan keyin uning dissotsiatsiyalangan ionlari yomon
so‘rilgani uchun unda osmotik bosim ko‘tariladi. Natijada ichak
bo‘shlig‘idagi suv so‘rilmay yig‘ila boshlaydi, undagi massa suyuq-
lanadi, ichak devori taranglashadi, bu o‘z navbatida ichakning
harakatini tezlashtiradi. Misol uchun, 6 g magniy sulfat tuzi 100
ml suvni ushlab qoladi.
Surgi dorilarga tuzlardan tashqari o‘z tarkibida dag‘al to‘qima
saqlagan tabiiy oziq-ovqatlar, har xil mevalar (olxo‘ri, o‘rik,
qovun va boshqalar) va ko‘katlar kiradi. Ular tuzlar singari
ichakdan suvning so‘rilishini kamaytirib, ichak devorining
taranglashishiga olib keladi. Natijada peristaltika kuchayadi, ichak
bo‘shlig‘idagi massa harakatlanadi va ich yurishadi. Bular qatoriga
gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan metilselluloza, agar-agar, zig‘ir
urug‘i, dengiz karami va boshqalarni kiritish mumkin. Ushbu surgi
moddalarning ta’siri tuzli surgilarga nisbatan ancha kuchsiz.
Keyingi guruhga antraglikozid saqlovchi o‘simlik preparatlari
kiradi. Antroxinon saqlovchi o‘simliklar ichakdan qonga so‘riladi
va jigarda biotransformatsiyaga uchrab, umumiy faol modda —
emodin, xrizofan kislota hosil qiladi. Ular yo‘g‘on ichakda ko‘proq
yig‘ilgani uchun retseptorlarni qitiqlab, peristaltikani kuchaytiradi.
Ichakdagi massa harakatga kelib chiqarib yuboriladi. Antraglikozidli
o‘simliklarning kor qilishi uncha kuchli bo‘lmay, 8—12 soatdan
keyin boshlanadi. Shu sababli ularni kechqurun qabul qilish tavsiya
etiladi. Ular qatoriga rovoch ildizi, ramnil, sano bargi va
boshqalar kiradi. Sano va boshqa surgi moddalarini (anjir, olxo‘ri,
vazelin moyi) saqlovchi murakkab surgi dorilaridan biri kafiol
hisoblanadi.


190
Kanakunjut moyi — kanakunjutning tozalangan, yetilgan
urug‘laridan olinuvchi, neytral yog‘dir. Ichilgan yog‘ ichakdagi
ishqoriy muhitda jigar o‘ti ishtirokida me’daosti bezining
fermenti— liðaza ta’sirida gidrolizlanadi. Natijada glitserin va ratsinol
kislota hosil bo‘ladi. Ushbu kislotaning sovunlanishi ichak shilliq
pardasidagi retseptorlarning qitiqlanishiga sabab bo‘ladi va bunga
javoban ichak o‘z harakatini kuchaytiradi. Kanakunjut moyining
bir qismi parchalanmay ichakdagi massani yumshatib, uning
chiqib ketishini osonlashtiradi. Uning ich suruvchi ta’siri 5—6
soat ichida boshlanib, 2—6 soatgacha davom etadi.
Sintez yo‘li bilan olingan preparatlar — o‘simlik preparatlariga
o‘xshab, asosan yo‘g‘on ichakning shilliq pardasini ta’sirlab,
uning harakatini kuchaytiradi. Òa’siri 8—10 soatdan so‘ng
boshlanadi.
Òez va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan surgi dorilar ko‘pincha
kimyoviy va oziq moddalari bilan zaharlanishda buyuriladi.
Gijjalarni haydaydigan dorilardan so‘ng tuzli surgilar qabul qilish
tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni
rentgenoskopiya va rentgenografiya qilishdan avval ham surgi
dorilari buyuriladi. Umuman surgi dorilarini uzoq muddat qabul
qilish tavsiya etilmaydi. Aks holda tana shu dorilarga o‘rganib qoladi
yoki surunkali enterokolit vujudga kelishi mumkin. Shu sababdan,
ularni 2—3 kunda almashtirib, navbatlashtirib turish tavsiya etiladi.
Surgi dorilari qorindagi a’zolarning o‘tkir yallig‘lanishida (o‘tkir
appenditsit, enterokolit, pankreatit), ulardan tashqari, bacha-
dondan qon ketishida, homiladorlikda, surunkali ich ketishida
tavsiya etilmaydi.
Preparatlar. Achchiq moddalar.
I s h t a h a n i o c h a d i g a n y i g ‘ m a (Species amarae).
Òarkibi: ermon o‘ti (8 qism) va bo‘ymadaron o‘ti (qog‘oz
xaltalarda 100 g dan ishlab chiqariladi). Damlama shaklida (1 osh
qoshiq o‘tni 1 stakan qaynayotgan suvga) 1 osh qoshiqdan
ovqatdan 30 min oldin, kuniga 3—4 marta ichiladi.
Anoreksigenlar:
F e p r a n o n (Phepranonum). 0,025 g dan draje shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin, 1 drajedan kuniga 2—3 marta,
1,5—2,3 oy davomida ichiladi.
M a z i n d o l (Mazindolum), 0,001 g dan tabletka ko‘rinishida
ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan kuniga 1 marta (4—5 kun),
keyin 1 tabletkadan 1 yoki 2 marta ichiladi.


191
Me’da shirasining o‘rnini bosadigan preparatlar.
Ò a b i i y m e ’ d a s h i r a s i (Siccus gastricum naturalis).
Sog‘lom uy hayvonlarining me’dasidan olingan 0,03—0,04% salitsil
kislotada konservant saqlanuvchi shira. 100 ml dan flakonlarda
ishlab chiqariladi. 1—2 osh qoshiqdan ovqatdan oldin yoki keyin
qabul qilinadi.
A b o m i n (Abominum). Buzoq va qo‘zichoqlarning me’da
shilliq pardasidan olingan preparat. Proteolitik fermentlarni
saqlaydi. 50000 ÒB dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Ovqatlanish vaqtida 1 tabletkadan kuniga 3 marta 1—2 oy davomida
ichiladi.
A t s i d i n p e p s i n (Acidin pepsin). Òarkibida 1 qism pepsin
va 4 qism betain gidroxlorid bor. 0,25 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. Ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin 1—2
tabletkani 0,25—0,5 stakan suvda eritib, 1—2 tabletkadan kuniga
3—4 marta ichiladi.
P e p s i n (Pepsin). Proteolitik ferment saqlovchi preparat.
Kukun holida 0,2—0,5 g dan ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin
yoki ovqat paytida ichiladi.
Antatsidlar, N
2
- gistaminoblokatorlar, M-xolinoblokatorlar:
M a g n i y o k s i d (Magnesii oxydum). Kukun va tabletkalar
holida 0,5 g dan ishlab chiqariladi.
V i k a i r (Vicairum). Òarkibida vismut nitrat (0,35), magniy
karbonat (0,4 g), natriy gidrokarbonat (0,2 g), igir ildizining
kukuni, itjumrutning maydalangan po‘stlog‘i (0,025) bo‘ladi.
Òabletkalar holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,5 stakan
iliq suv bilan kuniga 1—2 tabletkadan 3 marta ichiladi.
V i k a l i n (Vicalinum). Vikairga kellin (0,025) va rutin (0,005)
qo‘shilgan. Ishlab chiqarilishi va qo‘llanilishi vikairga o‘xshash.
A l m a g e l (Almagel). Òarkibida aluminiy gidroksid, magniy
gidroksid, D-sorbit bor. 170 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 30 min oldin va uxlashdan oldin 1—2 choy qoshiqdan
kuniga 4 marta beriladi.
L i k v i r i t o n (Liquiritonum). Qizilmiya ildizidan olingan,
flavonoidlar saqlaydi. 0,1 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 20—30 min oldin kuniga 3—4 marta, 1—2 tabletkadan
qabul qilinadi.
M a a l o k s (Maalox). Òarkibida magniy va aluminiy oksidi
saqlaydi. Òabletkada (0,5 g), suspenziya holida (paketchalarda 15
ml) va flakonda (250 ml) ishlab chiqariladi. Suspenziyasi 1 osh
qoshiqdan ichiladi.


192
F a m o t i d i n (Famotidinum). H
2
- gistaminoblokator. Òablet-
kada 20 va 40 mg dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kechqurun
ichiladi.
D e - n o l (De-Nol). Vismut subnitratning kolloidli preparati.
0,12 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 1—2 tabletkadan
ovqatdan 30 min — 1 soat oldin ichiladi.
O m e p r a z o l (Omeprazolum) kapsulada 20 mg dan ishlab
chiqariladi. 1 kapsuladan uyqudan oldin qabul qilinadi.
G a s t r o z e p i n (Gastrozepinum). M- xolinoblokator. 0,025 g
dan tabletkada, 0,01 g dan flakonda quruq holda, 2 ml dan
ampulada erituvchi bilan ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin
ertalab va kechqurun 2 tabletkadan (4 hafta) ichiladi.
Qustiruvchi va qusishga qarshi preparatlar:
A p o m o r f i n g i d r o x l o r i d (apomorphini hydrochlori-
dum), 1% eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,2—
0,5 ml dan (1% eritma) teri ostiga yuboriladi.
A e r o n (Aeronum). Òarkibida skopolamin (0,0001 g) va
giassiamin (0,0004 g) bor. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1
tabletkadan samolyotda uchishdan oldin ichiladi.
V a l i d o l (Validolum). Mentolning izovalerian kislotasining
mentil efirdagi 20—30% li eritmasi, 5 ml li flakonda, 0,06 g
dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan yoki 4—
5 tomchidan (qandga tomizib) til ostiga qo‘yiladi.
D i m e t p r a m i d (Dimetpramidum). 0,02 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi.
Ferment saqlovchi preparatlar:
P a n k r e a t i n (Pancreatinum). Qoramollarning me’daosti be-
zidan tayyorlangan triðsin va amilaza saqlovchi preparat. 0,25 g
dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,5—1 g dan ishqoriy suv
(Borjomi, Òoshkent suvi) bilan ichiladi.
P a n z i n o r m - f o r t e (Pfnzinormum forte). Òarkibida me’da
fermentlari, pankreatin, o‘t ekstraktini saqlovchi preparat. Òabletka
holida ishlab chiqariladi. Ovqat vaqtida 1 tabletkadan kuniga 3
marta qabul qilinadi.
F e s t a l (Festalum). Òarkibida liðaza, amilaza, proteaza
fermentlarini, gemiselluloza va quritilgan jigar o‘tini saqlaydi.
Draje shaklida ishlab chiqariladi. Ovqat vaqtida yoki ovqatdan
keyin 1—2 drajedan kuniga 3 marta ichiladi.
Ò r i ð s i n (Triðsinum). Proteolitik ferment, me’daosti bezidan
olinadi. 0,01 g dan flakonda ishlab chiqariladi. 0,005 g dan
1—2 ml 0,9% li natriy xloridda eritib, kuniga 1—2 marta
mushaklar orasiga yuboriladi.


193
M e z i m - f o r t e (Mesym forte). Pankreatin, amilaza, liðaza
fermentlarini saqlovchi preparat. Draje ko‘rinishida ishlab
chiqariladi. Kuniga 1—3 marta ovqat bilan birga ichiladi.
O‘t haydovchi vositalar:
A l l o x o l (Allocholum). Òarkibida hayvonlarning quruq jigar
o‘ti, sassiq piyoz ekstrakti, qichitqi ekstrakti, faollashtirilgan
ko‘mir bor. Òabletka holida ishlab chiqariladi. Kuniga ovqatdan
so‘ng 2 ta tabletkadan 3 marta ichiladi.
X o l a g o l (Cholagolum). Òarkibida o‘t haydaydigan va
spazmolitik moddalar bor. 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Qandga 5 tomchi tomizib, ovqatdan 30 min oldin, kuniga 3
marta ichiladi.
X o l e n z i m (Cholenzymum). Òarkibida o‘t va me’daosti bezi
fermentlarini saqlovchi preparat. 0,3 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 1—3 marta ichiladi.
S i k v a l o n (Cycvalonum). 0,1 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3—4 marta ichiladi.
Surgi dorilar:
M a g n i y s u l f a t (Magnesii sulfas). Kukun holida xaltacha-
larda 50 g dan ishlab chiqariladi. 1 stakan iliq suvda 10—30 g
eritib nahorga ichiladi.
S u n ’ i y K a r l o v a r t u z i (Sal. Carolinum factitum).
Kukun. 125 g dan qog‘oz xaltalarda ishlab chiqariladi. 1 osh
qoshig‘i 0,5 stakan suvda eritib ichiladi.
K a n a k u n j u t m o y i (Oleum Ricini). 30 ml, 50 ml li
flakonda, 1 g dan kapsulada ishlab chiqariladi. 15—20 ml dan
ichiladi.
R a m n i l (Ramnilum). Itjumrut po‘stlog‘ining quruq
ekstraktini saqlaydi. 0,05 g dan tabletkalar shaklida ishlab
chiqariladi. Yotish oldidan 0,1 g dan ichiladi.
K a f i o l (Cafiolum). Òarkibida sano bargi, anjir mevasi,
olxo‘ri mevasi, vazelin moyini saqlaydi. 8,44 g dan briket holida
ishlab chiqariladi. 0,5—2 briketdan kuniga 1 marta qabul qilinadi.
S e n a d e k s i n (Senadexinum). Òarkibida sano bargi saqlagan
moddalardan iborat. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. Uyqudan
oldin 1 tabletkadan ichiladi.
S a n o b a r g i (Foleum Sennae). 50 g dan qog‘oz
xaltachalarda ishlab chiqariladi. Damlama shaklida (10,0—200 ml;
20,0—200 ml) 1 osh qoshiqdan kuniga 1—3 marta qabul qilinadi.
I z a f e n i n (Isapheninum). 0,01 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. Kun davomida 0,01—0,015 g dan kuniga 1—2 marta
ichiladi. Eng yuqori 1 martalik dozasi 0,025 g, kecha-kunduzlik
dozasi 0,05 g.


194
I z a m i n (Isaminum). Òarkibida izafenin (0,005 g) va mannit
(0,15 g) saqlaydi. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. Birinchi 3
kun 1 tabletkadan 1—2 marta, so‘ngra kunora bir haftada 1—
2 marta ichiladi.
Rp.: Almogeli 170 ml
D.S. 1 qoshiqdan ovqatdan 30 min keyin ichiladi
#
Rp.: Maalox N.10
D.t.d. N. 10 in tabulettis
S. 1 tabletkadan og‘izda maydalab ichiladi
#
Rp.: Tab. Famotidini 20 mg N. 10
D.S. 1 tabletkadan kechqurun ichiladi
#
Rp.: Dr. Festali N. 10
D.S. 1 drajedan ovqat bilan birga ichiladi
#
Rp.: Tb. Senadexini N. 10
D.S. 1 tabletkadan kechqurun ichiladi
BACHADON FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR
EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI
Ayollarning chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bachadonning
faoliyati juda murakkab va o‘ta ahamiyatli bo‘lib, homilaning
taraqqiy etishi, voyaga yetishi va tug‘ilishini ta’minlaydi. Uning
silliq mushakli qavati (miometriy) kuchli taraqqiy etgan, qon
tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan. Ushbu silliq mushaklar
hisobiga bachadon ikki xil tarzda: ritmik va tonik qisqaradi.
Bachadonning ritmik qisqarishi (qisqarish bo‘shashish bilan
almashinib turadi) asosan homila voyaga yetganida sodir bo‘ladi.
Natijada homila bachadon bo‘shlig‘idan, tug‘ruq yo‘llaridan asta-
sekin tashqari tomonga siljiy boshlashini va bola tug‘ilishini
ta’minlaydi.
Miometriyning tonik qisqarishi esa (mushak tonusining sekin-
asta kuchaya borishi) bola tug‘ilib, yo‘ldosh tushganidan keyin
boshlanadi. Natijada bachadon o‘zining ilgarigi holiga qaytadi. Bu
bachadon involutsiyasi deyiladi. Miometriy tonusining oshishi katta
ahamiyatga ega. Chunki silliq mushaklar qisqarishi natijasida
ularning yo‘ldoshi ko‘chganidan keyin yuz beradigan qon ketishi
xavfi bartaraf etiladi.


195
Demak, bachadon mushaklarining qisqarishi ona va bola hayoti
uchun ahamiyati katta bo‘lgan fiziologik jarayondir. Ba’zan bu
fiziologik jarayon ayrim sabablarga ko‘ra izdan chiqadi. Ko‘pincha
bachadon qisqarishining susayishi yoki umuman sodir bo‘lmasligi
turli xil asoratlarga, hayot uchun xavfli holatlarga olib keladi.
Bunda ona qiynaladi, holsizlanadi, bola esa kislorod yetishmasligi
(asfiksiya) tufayli halok bo‘lishi mumkin.
Bachadonning tonik qisqarishi kuchsiz bo‘lib, kech boshlansa
va cho‘zilib ketsa, atoniya holati rivojlanib, bachadondan ko‘p
qon ketishi mumkin. Bu ona hayoti uchun xavfli. Bundan tashqari,
har xil mikroblar bachadonni yallig‘lantirib, yiringli holatlarni,
sepsisni keltirib chiqarishi mumkin.
Qayd etilgan bachadon faoliyatining izdan chiqishini bartaraf
etish uchun ko‘pincha har xil dori preparatlaridan foydalaniladi.
Bachadon mushagiga tanlab ta’sir qilgani uchun ular miometriyga
ta’sir etuvchi preparatlar deb ataladi. Ular ta’sir etishi va
ishlatilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
I. Bachadon mushaklarini rag‘batlantiruvchi vositalar.
A. Qoramug‘ va uning alkaloidlari: ergometrin, metilergo-
metrin, ergotamin, ergotal.
B. Oksitotsin guruhiga oid preparatlar: oksitotsin, metilok-
sitotsin, pituitrin.
V. Prostaglandinlar guruhiga oid preparatlar: dinoprost,
dinoproston, prostenon.
G. Bachadon tonusini rag‘batlantiruvchi boshqa vositalar:
kotarnin xlorid, sterfizin, oddiy zirk nastoykasi, jag‘-jag‘ o‘t,
tog‘ qudus ekstrakti.
II. Bachadon mushaklarini bo‘shashtiruvchi vositalar:

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin