O'zbek tili grammatik kategoriyalari



Yüklə 38,54 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#131445
17. O\'zbek tili grammatik kategoriyalari


O'zbek tili grammatik kategoriyalari

Umumiy tilshunoslik nuktai nazaridan tillarda turli grammatik


ma‘nolar uchraydi. Lekin bu grammatik ma‘nolar va ularning ifoda uslublari uchun umumiy, bir-xil emas. Har bir tilda o’ziga xos gramma­tik ma‘nolar va ularni ifodalash usullari mavjud. Ular ayrim-ayrimxolda emas, balki ma‘no turlarinining yaqinligiga kura gurux- guruxxolda uchraydi. Bunday guruxlarda ular son jixatdan kamida ikki va undan ortiq bo’lishi mumkin. Ana shunday birikmalar tilshunoslikka oid adabiyotda grammatik kategoriya-umumlashgan grammatik ma‘no bo’lib, u tilning qaysi morfologik turiga kirishni kursatadi va uz ifodasini so’zlarning o’zgarishida yoki gapda so’zning boglanishida topadi. Umumiy grammatik ma‘noni tashkil etuvchi xususiy ma‘nolar bir-biriga zid bo’ladi, inkor qiladi va shu bilan b irga bir-birini doimo takozo qiladi. Grammatik kategoriyalar ifodalash usuliga kura 4 turga bulinadi: a) Bu kategoriya tillarda uchraydigan boshqa grammatik kategoriyalardan farq qiladi. Rod (jins) kategoriyasi tildagi so’zlarni uchta, ya‘ni jenskiy 'rod, mujskoy rod, neytral yoki sredney rodga ajratiladi. Mazkur grammatik kategoriyaning boshqa grammatik kategoriyadan farki shuki, u xozirgi zamon inson tafakkuri mantiqiga hech to’gri kelmaydi, chunki grammatik rod tabiiy biologik jins ikkita, grammatik rod esa uchta (kupchilik tillarda): grammatikadagi (Begaraf) sredney rodga tabiatda mos keladigan jins yo’k.. Undan tashqari, tabiatda jins tirik organizmlarga xos narsa, ammo rod kategoriyasi o’z ichiga jonsiz predmet va xodisalarni xam oladi. Grammatik rod kate­goriyasi ko’pchilik xind, ovrupa tillariga, jumladan: nemis, frankuz, ingliz tillariga xosdir.
b) Grammatik son kategoriyasi narsa va predmetlarning sonini, birlik yoki ko’pligini ko’rsatadi. Bu grammatik kategoriya ko’pchilik gillarda ikki xususiy ma‘no: birlik va ko’plikdan tashkil topgan. Ba‘zi tillarda birlik va ko’plikdan tashkari juftlikni anglatuvchi ikkilik soni xam uchraydi.
Son kategoriyasi fakat otga xos bo’lmay, sifat, olmosh va fe‘llarda xam ifodalanishi mumkin, lekin uning grammatik ifoda usublari so’z turkumlari va tillarda bir xil emas.
O’zbek, rus, ingliz, nemis, frantsuz tillarida mazkur kategoriya bir biriga zid bo’lgan ikki xususiy son - birligi va ko’pligidan tash­kil topadi. O’zbek tilida bu kategoriya ot, olmosh va fe‘llarda; rus ti­lida ot, sifat, olmosh, fe‘l va tartib sonlarda; ingliz tilida asosan ot va olmoshlarda o’z aksini topadi.
Birlik soni predmet va xrdisalarning yakkaligini anglatsa, kuplik ularni birdan ortikligini, sonni noaniqligini ifodalaydi: kitob-kitoblar.
v) Kelishik kategoriyasi. Otning boshqa so’z turkumiga munosabati kelishik kategoriyasi orqali ifodalanadi. Bu kategoriya borliqdagi nar­sa, sifat va xrdisalar o’rtasidagi aloka munosabatlarini belgilaydi.Kelishik kategoriyasini ifodalovchi grammatik vositalar ot va otlashgan so’zlarning sintaktik vazifasini kursatadi. Shuning uchun ko’pchilik tilsho’noslar bu kategoriyani morfologik - sintaktik kate­goriya deb yuritishadi. Kelishik ma‘nolari grammatik affiksal morfemalar orqali ifodalanadi, masalan-: -a, -u, -om, -e (rus-tilida mujskoy rod, birlikdagi kelishik kushimchalari), -ning, -ga, -u, -om, -e (o’zbek tili kelishik qo’shimchalari).
Tillarda kelishiklar ishga tushishi uchun kamida ikki so’z munosabatiga kirishishi mumkin. Bir-biri bilan boglangan ikki mustaqil so’z bor joyda sintaksis kuchga kiradi'-. Bu kelishikni sintaktik kate­goriya deyishga yana bir dalildir: kuyoshning nuri, kulda tukiman. Ke­lishik kategoriyasi bir necha xususiy ma‘nodan va bu ma‘nolarni ifodalovchi vositalardan tashkil topadi. Kelishikning soni boshqa til­larda bir xil emas. Xozirgi zamon ingliz tilida un beshta, venger tilida esa yigirmadan ortik kelishiklar bor. Kelishik yuk tillarda gapdagi so’zlar o’rtasidagi munosabat boshqa grammatik vositalar yordamida a mal ga oshiriladi.
Kelishiklar soni tillarda turlicha bo’lishi, kelishik kategoriyasiga kiruvchi xususiy ma‘no va shakllarining mazmuni va vazifasi xar xil ekanligidan dalolat beradi.
g) grammatik zamon kategoriyasi tillarda eng ko’p tarqalgan fe‘l kategoriyalardan biridir.
Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin