O‘zbek milliy gilamchilik maktablari va ustalari



Yüklə 74,5 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#97248
gilamchilik


O‘zbek milliy gilamchilik maktablari va ustalari.
O`bekistonda gilam to’qish maktablarining har birini o’ziga xos jihatlari mavjuddir. Andijon gilamlari o`zining chidamliligi, pishiqligi, aniq qizil-ko`k koloriti bilan farq qiladi. Farg`ona, Qoraqalpoq gilamlari asosan ikki xil, ya’ni qizil va to`q ko`k rangda to`qiladi. O`zbek gilamlarining chetiga ko`pincha ruta urtasiga turunj yoki doyra naqshi ishlanadi.

Samarqand gilamdo`zlik maktabiga Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi gilam to`quvchilar kiradi. Buxoro gilamlari o`zining rang-barangligi, kattaligi, uzun patliligi va chiroyli naqshlari bilan ajralib turadi. Sa­marqand gilamlari qisqa patli, markazida turunj chetiga alohida-alohida naqshlar ishlanadi. Qalqon deb nomlangan turunj naqshi juda ko`p ishlanadi. Gilamlar hoshiyador estetik jihatdan chiroyli ishlangan bo`ladi.


Nurota gilamlari esa o`zining uzun patliligi, o`rtacha kattalikda, siyrakroq to`qilishi bilan ajralib turadi. Dastgohda qo`lda to`qilgan gilamlar o`zining chidamliligi, nafisligi, tabiyligi va sifati jihatidan ajralib turadi. Bu gilamlar yuz yillab xizmat qilishi mumkin. Qo`lda gilam to’qish juda qiyin, masalan, yaxshi mutaxassis 1 m 2 patli gilam to’qish uchun 20—25 kun sarf qiladi. Shuning uchun ham qo’lda to`qilgan gilamlar qimmat turadi.


XX asr boshlarida Qo`qon, Samarqand, Andijon, Buxoro Markaziy Osiyoning gilam to`qib sotish markazi hisoblangan. O’sha yillari gilam to`qiydigan mashinalar ixtiro etila boshlandi. Xiva, Andijon, Qarshi, Urgut shaharlarida gilam to`qiydigan korxonalar ochildi. Mashinada to`qilgan gilamlar o`ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Ularda ko`pincha gilamlar sun’iy tolalardan to`qiladi. Gilamlarning arqog`i ko`pincha zig`ir yoki paxta tolasidan tayyorlanadi. O’tgan asrning 30-yillarida murakkab patli gilamlar mashinalarda to`qiladigan bo`ldi. Pat bog`laydigan maxsus dastgohli korxonalarda gilamlar ishlab chiqarila boshlandi. Andijonda «Mehnat guli» arteli qoshida gilam to’qish kursi ochildi. Artelga Farg`ona vodiysidagi Oyim qishlog`idan katta usta Mexriniso Teshaboyeva taklif etildi. Mashhur usta qo`lida juda ko`p yosh mutaxassislar yetishib chiqdi. Gilamchilik - gilam toʻqish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasining bir turi hisoblanadi. Qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanadigan koʻchmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. Oʻsimlik (paxta, zigʻir, jut) tolasi, jun (qoʻy, echki, tuya juni) dan tayyorlangan. Gilam toʻqish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Shuning uchun gilam ranglari oʻzgarmaydi va oʻzining sifatini yoʻqotmaydi. Hozirda sunʼiy tolalardan ham toʻqilmoqda.


Gilamning paydo boʻlgan vaqtini aniq aytish qiyin, chunki jun chidamsiz boʻlib, qadimiy gilamlar saqlanmagan. Eng qadimiy gilam milloddan avvalgi 6-5-asrlarga oid boʻlib, Togʻli Oltoydan topilgan, abadiy muzloqda boʻlgani uchun yaxshi saqlangan. Olimlarning taxminiga koʻra, u Axomaniylar davri forslari yoki Markaziy Osiyo qabilalari orasida tayyorlangan (hajmi 1,8x2 m, naqsh mujassamoti: handasiy shakllar nilufar gullar bilan bezatilgan, keng hoshiyalarida otliq chavandozlar, xoldor bugʻular, grifonlar tasviri bor).


Qadimiy va ilk oʻrta asrlar gilamga oid maʼlumotlar yozma manbalarda saqlangan. Saljuqiylar davrida gilamlar ("koʻnya", topilgan joy nomidan) koʻplab tayyorlangan va Misr, Hindiston, Xitoyga chiqarilgan. Oʻrta asrlarda Gilam uch yoʻnalishda - koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvador qabilalarda, oʻtroq (qishloq yoki shahar) aholi orasida, saroy ustaxonalarida rivojlangan. Tadqiqotchilar Eron, Zakavkazye, Markaziy Osiyo gilamlarini alohida koʻrsatib oʻtganlar.


16-asrdagi saroy (eron) gilamlari yaxshi saqlangan. Bu gilamlar ("Turunj", "Shoh Abbos", "Bogʻ", "Ov" va b.) amaliy sanʼatning nodir namunalaridir. Ular miniatyura ustalari - musavvirlarning chizgilari asosida toʻqilgan. Gilamlar Turkiyada, Boburiylar davrida Hindistonda ("Moʻgʻul", "Agra" va boshqa), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi.


18-19-asrlarda gilamlar Zakavkazye va Markaziy Osiyoda saroylarda emas, balki xalq orasida keng tarqaldi. Asosiy markazlari Kazax, Ganja, Shirvon, Boku, Naxichevan boʻlgan Zakavkazye gilamlari rang-barang mujassamoti, ijro usuli va badiiy jihati bilan, Markaziy Osiyo gilamlari ("Salor", "Sariq", "Taka yovmut", "Bashir" va boshqalar) qizil rangining teranligi, handasiy gullari va oʻta pishiqligi bilan ajralib turadi.


Gʻarbiy Yevropa gilamchiligida 16-asrdan fransuz, nemis gilamchiligi alohida oʻrin tutgan. 17-18-asrlardan patli gilamlar (1624 yilda Parijda) ishlab chiqarila boshlangan, keyinroq Angliya va Ispaniyada ham patli gilamlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 19-asrdan gilamlar fabrikalarda ishlab chiqarila boshlagach, uning sifati keskin pasayib ketdi. 20-asr oʻrtalaridan badiiy hunarmandlikda gilamni qayta tiklashga urinishlar samarali boʻldi. Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya patli gilamlari bilan bir qatorda patsiz gilamlar ham tayyorlana boshladi.


Gilam Markaziy Osiyo, xususan Oʻzbekistan hududida juda qadimdan rivojlangan (Xorazmdagi arxeologik qazishlar paytida millodan avvalgi 1-ming yillikka mansub gilam namunasi topilgan). Gilam bilan asosan ayollar shugʻullangan, naqsh (gul)lar (islimiy, girih, hayvon shakllari, turli narsalar tasviri, urugʻ tamgʻasi va boshqalar)ni esa xotirada saqlashgan. Bezaklarida yoʻlbars va tuya izlari, olma guli, uzum zangi, tuya boʻyni, qalqon, oʻsimliklar ifodalangan, ayniqsa xayvon shoxi tasviri keng tarqalgan. Mujassamotining berkligi, markaziy maydonning naqshli hoshiya bilan oʻralganligi (yoʻl-yoʻl naqshlar bundan mustasno) Markaziy Osiyo gilamlari uchun o’ziga xos boʻlgan, naqshining aniqligi, goʻzal boʻlishi va ranglarining uygʻunligi ularning badiiy qimmatini oshirgan. Asosiy rang qizil rang va uning 2-3 turi boʻlib, koʻk, qora, oq, sariq ranglar ikkinchi darajali boʻlgan. Ranglarning mohirona ishlatilishi bilan ifodali tasvir hosil qilingan. Bir naqsh qismlarini turli koʻrinishlarda boʻyalishi bilan rang-baranglikka va jozibadorlikka erishilgan.


Andijon, Samarqand gilamlari, qoraqalpoqlar toʻqigan oʻtov jihozlari badiiy jihatdan mohirona ishlangan. Andijon gilamlarining pati qisqa, qalin va mayin boʻlgan. Samarqandning rangdor uzun patli julxirs ("ayiq teri") gilami oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.


20-asrga kelib gilam oʻziga xos tarzda taraqqiy etdi, gilam markazlarida gilam toʻqish rivojlandi, artellar tuzilib, ularga xalq ustalari jalb qilindi (masalan, Andijon viloyati Oyim qishlogʻidagi gilam toʻqish arteli), ularda bir xil naqshli, yuqori sifatli gilamlar, shuningdek, mayda roʻzgʻor buyumlari toʻqildi. 30-yillarning 2-yarmidan mavzuli va tasvirli gilam namunalarini yaratishga urinishlar boʻldi. Gilam markazlarida Kavkaz gilamlari, anʼanaviy turkman gilamlari xilidagi birmuncha soddalashtirilgan gilamlar ishlab chiqarildi, faqat Samarqand gilami (julxirs) oʻzining anʼanaviy uslubini, rangdorligini saqlab qoldi.


40-50-yillarda gilam markazlari (Samarqand va Kitobda 1946 yil; Xiva, Andijon va Termizda 1947 yil; Shahrisabzda 1949 yil; Xoʻjaylida 1954 yilda) tashkil etildi, mahalliy ustalar shogirdlar tayyorladi, qadimiy anʼanaviy naqshlar tiklandi. Rassom va hunarmand ustalar hamkorligi natijasida muvaffaqiyatlarga erishildi. Amaliy va mahobatli sanʼat anʼanalaridan unumli foydalanilib, dastlabki yangi nusxa Xorazm gilami va unga xos boʻlgan feruza rang zamin yaratildi.


60-yillarning oxirida mayda artellar birlashtirilib yangi gilam korxonalari tashkil etildi, mohir ustalar shu korxonalarda mehnat qila boshladi. Olmaliq, Samarqand, Xiva, Forish, Shofirkon va boshqa joylardagi fabrikalarda anʼanaviy naqsh mujassamoti va badiiy jihatdan ijodiy boyitilgan nafis gilamlar tayyorlandi.


Hozirda gilam Fargʻona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻistonda rivojlangan. Shuningdek, Samarqand, Urgut, Qoʻqon va Xorazm ham gilam markazlaridir. Anʼanaviy gilamchilik hunarmandlik turi (uyda toʻqiladigan sifatida) rivojlanmoqda. Samarqand va Buxoroning ipak gilamlari ham keng tarqalmoqda. Anʼanaviy gilam rivojiga "Usto" birlashmasi va "Hunarmand" assotsiatsiyasi munosib hissa qoʻshmoqda. Xorazmda gilamdo‘zlik to‘qimachilikning ko‘p yillardan mavjud bo‘lgan eng asosiy sohalaridan biri hisoblanadi.


XX – asrning boshlarida Samarqand viloyati xududlarida 50 ga yaqin о‘zbek qabilalari yashashgan. Bir qabila axolisi birlashib, ikkinchi qabila esa tarqoq xayot kechirishgan, ular bir-birlari bilan doimo kо‘rishib turishgan.

Grebenkinning ma’lumotlariga qaraganda, XIX – asrning oxirida gilam tо‘qish san’ati quyidagi о‘zbek qabilalari: naymon, ming, qutchi, bag‘rin, xitoy, qipchoq, mitan, turk.


О‘zbek qabilalariga yana qoraqalpoqlar ham kirgan. Ular paxmoq gilamlar (pat gilam) va boshqa gilam buyumlari tо‘qilgan. О‘zbek gilam mahsulotlarini tо‘liq ta’riflamay turib, A.D.Gerbenkin mitan gilam tо‘quvchilarining ishlarini quyidagilarini ajratadi: gilamlar, olacha, gilam, kigiz, namat, xurjunlar va boshqalar.


U Samarqand atrofi va eskiXо‘jant chegaralarida yashagan yarim kо‘chmanchi о‘zbek qabilalari turk va yuz axolisining gilam tо‘quvchilari xaqida ma’lumot bergan. A.A.Semyonov A.D.Gerbenkinning ma’lumotlarini tasadiqlagan va kengaytirgan.


Samarqand viloyatining turk gilam ustalari eng oddiy texnika bilan rangli palaslar namatlar va juda og‘ir ish talab qiladigan gadjari palaslarini tо‘qishgan, deb yozadi. M.F.Gavrilov. u boshqa ishida parchayuz о‘zbek qabilasi xaqida tо‘liq ma’lumot bergoan, u ma’lumot juda qiziqarli о‘zilgan. Lekin Gerbenkin о‘zining ma’lumotlarida yuz gilam tо‘quvchilari xaqida eslatgan. Bir necha mualliflarning ma’lumotlariga kо‘ra о‘zbek gilam tо‘quvchi guruxlaridan eng qadimgi qabila vakillari aloxida qiziqish uyg‘otgan. (Turk va tuyoqli) shuningdek, о‘rta osiy xududlarida yangi joylashgan boshqa tuman aholilari: mitan Yevropaning janubiy sharqish chо‘llarini о‘zlarining qadimiy vatanlari xisoblaganlari, bag‘rim Farg‘ona vodiysining sharqiy tumanlaridan chiqgan; qutchi Qoshg‘aradan kо‘chib kelgan. Turli nasabdagi qabilalarp gilam tо‘qish bilan shug‘ullanganlar.


Barcha tadqiqotchilar takidlashicha turli qabila guruxlarining о‘zaro nikoxi о‘ziga xos madaniyat va udumni anglatgan. О‘zaro nikoxlarda bir qabila boshqa qabilaga о‘ziga xos tarizda tо‘qilgan. Turli gilam ishlarini taqdim etishgan. Bu gilamlarda qabilalarning о‘ziga xos naqshlari ishlatiladi, bu esa oilaning bir biriga vafodor bо‘lishini birdirib, keyinchalik xо‘jalik zaruriyati uchun ishlatiladi.


Asta sekin kirib kelayotgan dexqonchilik va ziroatchilik ishlari gilamchilikning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Statistik va arxiv ma’lumotlariga qaraganda, XIX – asrning oxiri va XIX – asrning 70-yillarida Samarqand tumanining о‘zbek gilam tо‘quvchi qabilalari bor yо‘g‘i 25 %ni tashkil qilardi. Yil davomida bir necha qishloqning gilam ishlari 10 chog‘lik gilam va palaslarni tashkil etardi: bozorda esa bu gilam ishlarining aksariyatini kо‘rish mumkin edi.


Gilam ishlab chiqarishning qisqarish protsesi XX – asrning boshlarigacha davom etdi.


Tekshirilayotgan ovullarda pat – gilam maxsulotlarining faqatgina qadimgi namunalari mavjud edi. Ekspeditsiya azolari bu pat-gilamlarning tо‘qilishini va unda qо‘llanilgan naqshlarning namunalarni biladigan gilam tо‘quvchi uchratishmadi. Shuningdek bu pat gilamlarda qо‘llaniladigan asbob uskunalar xam saqlanib qolmagan. Ancha og‘ir texnika bilan ishlanadigan palaslar ishlab chiqarmay qо‘ygandi, ammo bu palos texnikasi kо‘pgina ayollarga xali tanish edi. Kо‘pchilik ayollar palos maxsulotlari naqshlarining faqatgina texnik namlanishini bilishardi. Bular “Yettita ipli”, “Tо‘rtta ipli” maxsus nomlari esa deyarli unitilib ketgandi. Biroq xamma gilam palos ishlari yerlik axolining ishlari edi. Ularni katta avlod ayollari tо‘qishgan. 20 yillarda faqatgina oddiy yо‘l-yо‘l palos va kojimalar tayyorlangan. Ovullarda ayollar gilam ishlarini sotish uchun emas, balki о‘zlarining xо‘jalikda ishlatish uchun tо‘qishgan. Lekin Zomin va Jizzax aholisining gilam tо‘quvchilari sotish uchun xam gilam palos mahsulotlarini tayyorlashgan. (Zomin, Ravot, Kо‘rpasat, Qayli, Yoyishla)


Gilam ishlarining turlari.

Samarqand tumanining о‘zbek guruxlari turli gilam ishlari patli va patsiz (palos) gilamlar tо‘qishgan.


Patli paxmoq maxsulotlar texnik ma’lumotiga va badiiy qiyofasiga qarab ikki guruxga bо‘linadi: uzun patli va kalta patli gilamlar.


Uzun patli gilamlar- tо‘shaladigan gilamlar bо‘lib, ular katta о‘lchamda bо‘lgan: julxirs, julvarak.


Kalta patli gilamlar esa yetarlicha xilma – xil bо‘lgan. Ularga tо‘shaladigan mayda gilamlar , paloslar va boshqa mayda xо‘jalik buyumlari kirgan.


Kalta patli gilam ishlarining bajarilish texnikasi о‘zbek axolisi о‘rtasida patli gilamga qaraganda keng tarqalgan.


Tо‘shaluvchi gilamlar xar doim katta о‘lchamda tо‘qilgan, uzunligi 2,0 – 2,5 m, eniga 1,2 – 1,4 m. Ularni asosan xо‘jalik extiyoji uchun tо‘qishgan. Avvaliga bu gilam ishlariga faqatgina shaxar axolisi etibor bergan, keyinchalik о‘rta osiyoning boshqa viloyatlari va qо‘shni mamlakatlardan xam Samarqand gilam bozoriga qiziqish kuchaygan.


Maxsus gilamlar tayyorlangan – ibodat qilinadigan, eshiklar ichki tarafiga ilinadigan, eshik tepasiga ilinadigan. Kata xonalarning etagigacha tо‘shaladigan, о‘rindiqlar uchun, xovli yoki bog‘ uchun ishlangan materiallar paloslar, sholchalar va koxmalar va turli texnikalar bilan bajarilgan.


О‘zbek qabilalari orasida mayda gilam maxsulotlari sezilarli darajada turli ishlab chiqarilgan. Jixozlar va asbob uskunalarni biriktirilib turish uchun yurt qabilasi turli xil gilamli tasmalar, gilam payondozlar – kurt, baskurt va boshqa maxsulotlar tо‘qilgan. (rasm - 20). Ularni nafaqat qishloq axolisi balki shaxarliklar, asosan ruslar turli yumshoq mebellarning jixozlari, yostiqchalari, boshqa tur meballarga ishlatish uchun xam sotib olishgan. XX – asrning boshlariga kelib ularni ishlab chiqarish keskin kamaydi. Gilam payandozlarining qadimiy andozalari xozirgacha saqlanib qolmagan, ular yuqori badiiy sifati bilan ajralib turgan, axoli esa ulardan о‘lchami katta bо‘lmagan tо‘shaladigan gilamlar va narsalar uchun qoplar, sumkalar tayyorlashgan. Afsuski bu qiziqarli gilam ishlari juda sust о‘rganilgan.


Axolining turmushi uchun ishlatiladigan katta buyum qoplari – napramach xam kirgan. (rasm - 21). Napramachni tayyorlash uchun, xuddi boshqa sumka va qoplarda ishlatilgandek, faqatgina yuza tomonlarigagina gilam maxsulotlari ishlatilgan, ikkinchi tarafiga oddiy, bezaksiz, jun materiallardan qо‘yilgan. Napramachning yuza tomoni - bu


Bо‘yiga 0,9 – 1,2 m, eniga 0,35 – 0,40 m.


Bu esa 20 – 30 yillarda О‘zbekiston muzeylarida napramaklarining katta koleksiyasining yig‘ishga yordam berdi. Qadimiy mayda ishlar ichidan aloxida ajralib turadigan boy bezatilgan, otlar uchun gilam yopinchiqlar oddiy palos texnikasi orqali bajarilgan.


Qadimiy xurjunlarning katta qismi palos texnikasi orqali bajarilgan. (rasm 22). Paxmoqlar esa yordamchi vositalar sifatida naqshlarni tikish uchun ishlatilgan. XX – asrning boshlarida xurjunlar uchun paxmoqlar tо‘liq ishlatila boshladi.


Tо‘rva va xurjunlar xо‘jalik kamchiliklari uchun ishlab chiqarilgan, judayam kam xollarda bozorga chiqgan. Respublika muzeylarida ular juda oddiy napramachilar kо‘rinishida taqdim etilgan.


Pat – gilamli buyumlar


Gazlamalar va texnika 19 asrning о‘rtalarigacha gilam tо‘quvchilarning foydalanuvchi iplari asosan tuya va qо‘y junlaridan tayyorlanadi, XX – asrga kelib echki junidan xam iplar olingan. 19- asrning ikkinchi yarmidan boshlab gilam maxsulotlari uchun paxtadan tayyorlangan iplar ishlatila boshlandi. Lekin qog‘oz iplardan foydalanish о‘zbek pat gilam ishlarida 19-asr boshi va XX – asrlarda kam uchragan. Qog‘oz iplarda tayyorlangan maxsulotlar 30 -35 % tashkil qilardi.


Qadimiy gilam ishlari о‘simlik bо‘yoqlari bilan bо‘yalgan ishlardan ishlangan. (kо‘k rangdan tashqari xama ranglar). Tо‘quvchilar iplarni kо‘krangdan tashqari xama iplarni о‘zlari bо‘yaganlar. Faqatgina kо‘k rangni maxsus bо‘yoqchilarga berishgan. Animen bilan bо‘yash juda qadimiy xisoblangan, ipni birinchi bо‘yagandayoq, bо‘yoqni о‘chmasligi va mustaxkamligi saqlangan. 19- asrning 2 yarmi va XX – asrning boshlarida ishlangan gilam ishlarida bо‘yoqlarning pala-partish ishlanganligi 19-asrda ishlangan gilam bо‘yoqlaridan katta farq qilgan.


Tо‘qimachilik texnikasi va pat gilam xarakteriga kо‘ra aloxida palosni qо‘shib tikish kalta о‘lchamli (g‘altakli) tо‘qish, stanogida va selnotkalniy qalin о‘ramli tо‘qish stanoklariga bо‘lingan. Birinchisi uchun patligi Bilan ajralib tursa (15 mm gacha), ikkinchisi kalta patlini tashkil qilgan (7 mm gacha), turk pat gilamlariga yaqin о‘rta sifatli bо‘lgan, mayda ishlarni turklardan farqli ravishda kalta patli kalta о‘ramli tо‘qish stanoklariga bajarishgan. Uzun о‘ramli stanoklar xam uchratilgan va umumiy qoidalardan chiqarib tashlangan.


Bu yerda juljers mashxur bо‘lgan va kalta о‘ramli stanoklar ishlab chiqarilgan. Kalta о‘ramli stanoklarga talab katta bо‘lgan. Adabiyotlar bu gilamlar tо‘g‘risida juda qisqa ma’lumot berilgan. A.A.Semyonov va S.M.Dudin bu gilamlar tо‘g‘risida eslab о‘tgan, lekin ularning na nomini na ishlanishini va texnik sifati xaqida aytilmagan. Dudin qimmatli bir eslatma yozgan, bunda juljerslarning 1910 – 1914 yillarda Buxoro va Samarqand bozorlarida sotilgani aytilgan. M.F.Gavrilov esa о‘zining “Milyabod о‘zbek ayollarining tо‘quvchilik san’ati” ishida juljerslar xaqida tо‘liqroq ma’lumot berilgan. Lekin “Pati zulvarak” deb nomlangan о‘lchami katta bо‘lmagan, pas sifatli pat gilamchalarni faqatgina о‘zlari uchun ishlab chiqarishgan” deb takidlangan. V.G.Moshkovning juljerslariga maxsus maqomi xam yoritilgan. Samarqand viloyatining turli tumanlarida juljersning bir xil yoki xar xil terminlari tarqalib ketgan. Ularni ishlashga ruxsat etilgan, bu tipdagi gilamlar ishlab chiqarish qachonlardir yetarlicha kо‘p bо‘lgan, ammo ular maxalliy bozordan tashqariga chiqmagan. Juljers о‘zida nimani ifoda qilgan?


Bu selnot –iy emas, bir necha yо‘lakchalardan tashkil topgan, uzinasiga va kengligiga ikki tomonlama 0,5 metrli xar bir ikki doirasi 0,2 mertdan tashkil topgan patli gilam. Yо‘lakchaning kengligi gilamning naqshi bilan juda aniq birlashgan. Zich va uzun tо‘qilgan patlar tufayli choklar kо‘rinmay turgan. M.F.gavrilovning ma’lumotlariga kо‘ra Milobod juljernlari uzinasiga 4 yо‘l-yо‘lchadan , kengligi esa xar birida 0,3 metr tо‘qilgan. Muzeydagi gilamlarda 2 yoki 3 chiziqlilar uchraydi. Juljerslar о‘choq yoki sandallarda katta bо‘lmagan xajmlarda, uzunligi 2-2,5 m, kengligi 1-1,4 metrlar atrofida bо‘lgan. О‘z SSSR san’at muzeyida juljers keng, uzun yо‘lakcha kо‘rinishida bо‘lgan. Ular qimmatbaxo mexmonlar uchun yaratilgan. Shuning uchun bu kabi gilamlar tuzilishi tarzida uy sharoitida tayyorlangan va bozorda sotish uchun xam ishlab chiqarilgan.


Juljers kabi kо‘rinishda bо‘lgan о‘zbek gilamlari texnikasi qо‘shni mamlakatlardagi gilamlar texnikasidan farq qiladi. Juljersning patlari ikki tugundan olinadi, ipning tepa qismi uning asosi xisoblanadi, uning pasti esa mato ichiga kirgiziladi, utka esa yagona tayanchi xisoblanadi. Lekin bunday yо‘nalishda gilam tо‘qish о‘rta osiyo mamlakatlarida kam uchraydi. Juljersning matosi yumshoq bо‘lib, 1 dm2 ga 240-250 tugun tо‘g‘ri keladi. Patning balandligi “ayiq terisi” nomiga kо‘ra 15-20mm gacha yetadi. Bu kо‘rsatkich oxiri kо‘rsatgich bо‘lib, qolgan gilamlarda patning uzunligi maksimal olganda 10-11 mmdan oshmaydi, minimal olganda 3-4 mmdan oshmaydi. Pat gilam iplari undan keyin pichoq bilan qirqilib qaychi bilan qirqilmaydi. Nima uchun juljersni tepa qismi qiyshiq va uzun – yuluq bо‘ladi? Bu texnik kо‘rsatkichlar kalta patli maxsulotlar uchun qо‘llaniladi. Ularning 2 tugundan emas, yarim tekislangan tugundan bog‘lanadi. Har bir tugun tepa va past qatorda juft iplarga bо‘linadi.


Kashtapatli tо‘shaladigan gilamlarnipng naqshlari.


Gilam yо‘lakchalardan tayyorlanadigan kashtapatli gilamlar juljersning kompozitsiyasi va naqshlaridan xam farq qilgan. Lekin masterlar bir muncha takomillashgan texnikadan foydalanishadi. (ingichka jun ipning kata qalinligi patni tekis ma okuratna chiqishi uchun qaychilardjan foydalanishgan) va unga bog‘liq ravishda eng yaxshi badiiy natijalarni olish. Kashtapatli gilamlarda naqshlar bir muncha ingichka va detallarga boy. Naqshlar atrofidagi chiziqlar tо‘q rangda bо‘lgan, kishiga ularni aniq va jonli qilib turgan. Materiallar yuqori malakasi bilan aloxida jilosi gilam palos naqshlarni kashta о‘ralish stakanlarida mо‘ljallashni moxirona ola bilganlar. Gilam aloxida yо‘lakchalarda tikilgan va silniy bо‘lgani uchun chok о‘rnatib bо‘lmaydi. Bazida bunday gilam yetarlicha kenglikdagi ikkita palosni tashkil etardi.


Kashtapatli telnotkanni gilamlarni tayyorlash bu yerda yaqindagina tayyor bо‘lgan bu esa axolining xususiy ishchilarini bunday selnotakni gilamlar aniq yо‘qligini tasdiqlaydi. Bularni kо‘p qismlar bu kaltaratli gilamlarni kо‘p qichmi jigar rangda. Buning sababi maxalliy ishlarni yetarli darajada yorqin bо‘lmaganligi va rang gilamlarning ishlatilishini chegaralaganligi (qora, oq, kо‘k, qizil va sariq ranglar).


Masterlar qadimiy urf odatlarga (traditsiyalarga) tegishli patgilamlar ishlarida telnotakni kalta patli gilamida naqsh paydo qilib markaziy maydonini birmuncha ifodalash bezashga xarakat qilishgan: patgilamlar xar doim juda kalta va kashtarin bо‘lgan (0,20-0,25 mdan ning emas) kaltapatli gilamlarning markaziy metodikasi bezash xech qanday naqsh va rangni aniq sistemaga qiyish bog‘lagan emas. Bir xil gilamlarda naqsh о‘lchamlarining maydoni rang bilan bog‘lash bо‘lsa ikkinchi turida ranglar turlari teng va naqshlar aloxida ajratib turadi.


Gilamlarning markaziy maydonini kompozitsiyasi bir necha tipda bо‘ladi. Turli, yо‘l-yо‘l va rapport (tabel 3). Markaziy maydonning о‘ziga xos kompozitsiyasi tо‘rtta keng naqshli tasmalar, bir biridan farq qilib turadigan kalta tо‘q rangli ikkita chiziqlar.


Selnotnakniy gilamlar о‘zida turli xil urf odatlarga bog‘liq naqshlarni kо‘rsatadi. Masterlar kalta paloslarni tikishda maxalliy gilam naqshlardan tez-tez nusxa olib turishgan shuningdek markaziy maydon uchun mayda paxmoq ishlarning naqshlarini kо‘chirib turishgan. Ozgina qayta ishlab ba’zan о‘zgartirmay ishlatib turishgan.


О‘zbek selno-nix gilamlari ichida kalta kashtalarni naymalar etish markaziy maydonli о‘lchamlik katta bо‘lmagan gilamchalarning qiziqarli andozalari va yorqin naqshli medalyonlar uchrab turgan (tablitsa 3,2) patli ishlarni xamma asosiy ranglari toza va teran taqdim etilgan lekin yetarlicha tо‘q rangda – tо‘q qizil 2 ta rangda, tо‘q kо‘k, yashil va jigarrang. Bu tо‘q gamma sariq va oq raglarni janlantiradi.


Medalyonning ranglari 2 xil: birinchisida naqsh tо‘q rangda joylashsa- boshqasida esa yorqin. Yorqin oddiy naqsh, garmonli ranglar va shersning ajoyib sifati, maxsulotga noyob barglash yorqinligini beradi, bu esa kamtarin gilamchani chinakam sanat darajasiga olib keladi.


Kashtaning naqshlari oddiy: zig-zak chiziq “Shoxga” oid, kichkina rombli qator, uchburchak yoki tо‘rtburchak (kvadrat), bir-biriga bog‘liq va bir-biridan uncha katta bо‘lmagan masofada joylashadi.


Mayda kalta patli buyumlardagi naqshlar




Qadimiy mayda buyumlarning naqsh bezaklari spetsipik chizmalardan farq qilgan. Kо‘pgina badiiy prinsiplari о‘ziga xos kо‘rinishdagi aniqligini yо‘qotgan. Xuddi shunday qadimiy yurt yо‘lakchalari nusxalarining markaziy maydonlari bir xil tipdagi kashtalarning 2 taraflama kashta qatorlari Bilan chegaralangan (ris.20); keyingi buyumlarda bu prinsip bir muncha о‘zgartirilgan: yо‘lakchalarning aloxida qismi kaymasiz yoki turli naqshlar bilan tikilgan.
Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin