25
Demak, ovoz mashqlarida eng avvalo mana shu qonuniyatni nazarda
tutish kerak.
Tembr hosil qilishda hiqildiqdosh chiqayotgan tovushning yo'nalish
darajasi katta ahamiyatga ega. Agar tovush faqat burundan chiqsa xunuk,
yoqimsiz, to'ng'illagan tembr hosil bo'ladi. Tovush faqat qattik tanglaydosh
chiqsa, rangsiz «oq tovush», ya'ni shangu tovush hosil bo'ladi.
Tovush yumshoq tanglaydan chiqib, qattiq tanglayga tegib o'tsa,
jarangdor, yoqimli tovush hosil bo'ladi.
Tovushning
so'ngi
xossasi
esa
uning
balandligiga,
ovoz
boylamlarining kengayishi va tortilishi darajasiga hamda ularning qancha
ko'p tarang qilib tortilsa, ovoz shuncha baland jarangdor; u qancha bo'g'
bo'lsa, ovoz shuncha past va do'rillash bo'ladi.
Demak, tovushning asosiy xossalari, uning kuchi va tembri hamda
baland-pastligi ovoz boylamlarining o'zigagina bog'liq bo'lib qolmasdan,
eng avval oliy asabtizimi signallariga, qolaversa tovush aparatiga
taalluqlidir.
Tovush apparati esa, ta'kidlanganidek, oliy asab faoliyatining
umumiy qonuniyatiga asosan harakat qiladi.
Bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozikdir.
Ayniqsa, bog'chada, maktabda tarbiyachi va o'qituvchilar bolalarning
bo'lar-bo'lmasga baqirishlariga hamda bironta badiiy asardan olingan
kuchlari boricha baqirib-chaqirib so'kishlariga yo'l qo'ymasliklari kerak.
Agar biror badiiy parcha noto'g'ri diapozon va baladnlikda baqirib,
kuchanib o'pilsa, u holda ovoz muskullarining o'ziga xos bo'lmagan
holatda ishlashga sabab bo'ladi.
Ovozni normal holatga keltirish bir – ikki mashq qilish bilan emas,
balki ovoz mashqlarini muntazam o'tkazish bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham ovoz mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish
jarayoni deb qarash kerak.
Ovoz mashqlari ham butun bir murakkab tizimini tashkil etadi. ularni
to'liq bilib olish uchun ovozni yo'lga qo'yish deb ataluvchi maxsus predmet
bilan bog'liq adabiyotlarga murojaat etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: