Ovqatlanishning adekvatligini tekshirish baholash


Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari



Yüklə 369,02 Kb.
səhifə9/16
tarix03.12.2023
ölçüsü369,02 Kb.
#172181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
1-20 gigiyena

Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari.
Yuqorida ko`rsatilgan bolalik va o`smirlik davrlarining har biri o`ziga xos anatomikfiziologik
va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarga ega.
Chaqaloqlik davri. Bola tug`ilishi bilanoq, uning kindigi kesilib, ona organizmidan
ajratiladi. Shu vaqtdan u ona tanasidan alohida, mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik
bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi.Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo`lib, u tashqi
muhitga moslasha boshlaydi.Ma`lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi,
buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a`zolari, nerv sistemasi va
boshqalar u tug`ilgunigacha ishlab turadi, ba`zi a`zolari esa (nafas, ovqat hazm qilish,
kichik qon aylanish doirasi) tug`ilgandan keyin ishlay boshlaydi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez
chalinadi.Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan
xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lguncha chilla davri deb ataladi.Bu
davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil
kasalliklardan muhofaza etiladi.Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o`rni bitgunicha
(8-12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo`lish zarur.Kindik
yarasiga brilliant yashili surtib turiladi.
Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash
kerak.Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab
yuvib turishi va og`iz-burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm qilish a`zolari juda nozik bo`lganligi sababli uni ovqatlantirish
qoidalariga alohida e`tibor berish kerak. U onasini emib o`sa boshlaydi. Ona suti
bo`lmasa yoki yetishmasa, sun`iy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir
kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak.
Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa, u normal
rivojlanadi, bezovta bo`lmaydi, bir kecha-kunduzda 22 soat uxlaydi, ya`ni faqat
ovqatlanish vaqtida uyg`onadi. Chaqaloq parvarishi va uning kasalliklari haqida oldingi
mavzuda batafsil ma`lumot berilgan.

Yüklə 369,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin