Ovqat hazm qilish a`zolarining rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 42,41 Kb.
səhifə10/11
tarix25.12.2023
ölçüsü42,41 Kb.
#194743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Yonbosh ichak qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida va kichik chanoqning orqasida joylashgan. Bu ichak shilliq qavatining rel‘efi Kerkring burmachalaridan tashkil topgan, ular ichakning pastki qismida bo‘ylama burmalarga o‘tadi. Yonbosh ichakning tugallanish qismi ko‘richakka o‘tib, ikkita burmaileosekal to‘sqich lablarini hosil qiladi. Bariy sulfat aralashmasi ichilganda ichak halqalari zich kontrastlanmaydi. Kontrast modda o‘tayotganda ichak kengayib, uning konturlari yoysimon bo‘ladi, kontrast modda o‘tib bo‘lgandan keyin esa ichak bo‘shashadi va shilliq qavatga kontrast modda yopishib, u burmachalar rel‘efining aksini beradi. Yonbosh ichak halqalaridan kontrast modda sekin o‘tgani uchun ko‘pgina halqalari zich to‘lib, konturlari tekis va aniq bo‘ladi. Bu ichakning ko‘richakka o‘tib ketadigan oxirgi qismi aniq differensiallanadi. Ingichka ichakda peristaltik (aylanma muskullar vazifasi) va mayatniksimon (bo‘ylama muskullar vazifasi) harakatlar hosil bo‘ladi. Peristaltik harakatlar ichakdan ovqat o‘tishini ta`minlaydi. Yonbosh ichakdagi moddalar yo‘g‘on ichakka ritmik holatda o‘tadi, bu Baugin qopqog‘i ochilib va yopilib turishi natijasida sodir bo‘ladi, u esa ingichka ichak va ko‘richakning impulslari yordamida boshqariladi. Normada kontrast modda och ichakdan 2-3 soatda, yonbosh ichakdan esa 6-7 soatda chiqarib yuboriladi. Yo‘g‘on ichak. Uzunligi 100-160 sm, kengligi 5-3 sm bo‘lib, to‘g‘ri ichak tomon ingichkalashib boradi. Yo‘g‘on ichak ingichka ichak halqalarining chekkasida joylashib, uni chambarsimon o‘rab turadi, shu sababdan chambar ichak deb nomlanadi. Yo‘g‘on ichak devori 3 qavatdan: seroz, muskul (aylana va bo‘ylama) va shilliq qavatlardan tashkil topgan. Bo‘ylama muskul qavat o‘ziga xos tuzilgan, 1 sm gacha bo‘lgan tolalari lentasimon bo‘lib yig‘ilgan, ular uzunligi ichak uzunligidan kalta bo‘lib, bu ularning xaltasimon yig‘ilishiga va qavariq-gaustrlar hosil qilishiga yordam beradi. Qavariklar orasida ichakning ichki tomonida uning 3 qavatidan iborat yarimoysimon burmalar hosil bo‘ladi.

  • Yonbosh ichak qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida va kichik chanoqning orqasida joylashgan. Bu ichak shilliq qavatining rel‘efi Kerkring burmachalaridan tashkil topgan, ular ichakning pastki qismida bo‘ylama burmalarga o‘tadi. Yonbosh ichakning tugallanish qismi ko‘richakka o‘tib, ikkita burmaileosekal to‘sqich lablarini hosil qiladi. Bariy sulfat aralashmasi ichilganda ichak halqalari zich kontrastlanmaydi. Kontrast modda o‘tayotganda ichak kengayib, uning konturlari yoysimon bo‘ladi, kontrast modda o‘tib bo‘lgandan keyin esa ichak bo‘shashadi va shilliq qavatga kontrast modda yopishib, u burmachalar rel‘efining aksini beradi. Yonbosh ichak halqalaridan kontrast modda sekin o‘tgani uchun ko‘pgina halqalari zich to‘lib, konturlari tekis va aniq bo‘ladi. Bu ichakning ko‘richakka o‘tib ketadigan oxirgi qismi aniq differensiallanadi. Ingichka ichakda peristaltik (aylanma muskullar vazifasi) va mayatniksimon (bo‘ylama muskullar vazifasi) harakatlar hosil bo‘ladi. Peristaltik harakatlar ichakdan ovqat o‘tishini ta`minlaydi. Yonbosh ichakdagi moddalar yo‘g‘on ichakka ritmik holatda o‘tadi, bu Baugin qopqog‘i ochilib va yopilib turishi natijasida sodir bo‘ladi, u esa ingichka ichak va ko‘richakning impulslari yordamida boshqariladi. Normada kontrast modda och ichakdan 2-3 soatda, yonbosh ichakdan esa 6-7 soatda chiqarib yuboriladi. Yo‘g‘on ichak. Uzunligi 100-160 sm, kengligi 5-3 sm bo‘lib, to‘g‘ri ichak tomon ingichkalashib boradi. Yo‘g‘on ichak ingichka ichak halqalarining chekkasida joylashib, uni chambarsimon o‘rab turadi, shu sababdan chambar ichak deb nomlanadi. Yo‘g‘on ichak devori 3 qavatdan: seroz, muskul (aylana va bo‘ylama) va shilliq qavatlardan tashkil topgan. Bo‘ylama muskul qavat o‘ziga xos tuzilgan, 1 sm gacha bo‘lgan tolalari lentasimon bo‘lib yig‘ilgan, ular uzunligi ichak uzunligidan kalta bo‘lib, bu ularning xaltasimon yig‘ilishiga va qavariq-gaustrlar hosil qilishiga yordam beradi. Qavariklar orasida ichakning ichki tomonida uning 3 qavatidan iborat yarimoysimon burmalar hosil bo‘ladi.

Yüklə 42,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin