O’simliklarning vegetativ ko’payishi


O'simliklarning izolirlangan hujayra va to'qimalari kulturasi



Yüklə 17,66 Kb.
səhifə4/5
tarix12.12.2022
ölçüsü17,66 Kb.
#74030
1   2   3   4   5
O’simliklarning vegetativ ko’payishi-fayllar.org

O'simliklarning izolirlangan hujayra va to'qimalari kulturasi
Hozirgi zamon bujlogiyasi moddalar almashinuviga chuqur kirib bormoqda. Shuni aytib fitish lozimki, somatik hujayralarning fiziologiyasi, biokimyosi va genetikasini o'rganishda hujayra va to'qimalarning izolirlangan hujayralari juda qulaydir.
Hujayra va to'qimalar izolirlangan kulturalari uslubining asosiy mohiyati shundaki, izolirlangan protoplastlardan tortib to murtakkacha qattiq nazorat ostida ustiriladi.
Organlar, to'qimalar, o'simlik hujayralarining yoki protoplastlarning suspenziyasi oziqa muhitlarida ko'proq o'zida mineral oziqaning mikro va makroelementlari, qandlar (saxaroza yoki glyukoza), vitaminlar, aminokislotalar yoki kazein gidrolizati, fitogormonlar (sitokininlar, auksinlar, gibberellinlar va biologik faol moddalar) tutgan suyuq yoki quyuq agar-agarda o'stiriladi.
Birinchi bor hujayra va to'qimalardan o'simlik olish mumkinligi G.Gaberland tomonidan 1902 yilda aytilgan. Ammo ushbu uslubni to'laligicha ishlab chiqqan olimlar amerikalik (AQSh) F. Uayt va frantsiyalik R.Gotredir (1932-1934).
Keyingi yillarda izolirlangan hujayralar va to'qimalar bilan ishlashga katta etibor berilmoqda. Bu ishlar o'z ichiga izolirlangan murtak va organlarni agarli muhitda,saqlash, izolirlangan protoplastlarni suyuq muhitda va hujayra liniyalarini Uta past haroratda muzlatib saqlash va boshqalarni oladi. Ushbu yo'nalishlardan har biri nazariy muammoni yechadi va ular amaliyotda qo'llaniladi (XIII.8-rasm.).
Masalan, jenshin o'simligi izolirlangan to'qimalarini ko'paytirib sanoat asosida dorivor moddalar olish yo'lga qo'yilgan.
Hozirgi vaqtda meristemalardan regeneratsiya usulida o'simlik olish o'simliklarning yuzdan ortiq turi uchun ishlab chiqilgan va ularning ko'pchiligi o'simliklarning genofondini saqlash va xushmanzara turlarini sog'lomlashtirish uchun qo'llanilmoqda. Masalan, kartoshka o'simligini viruslardan tozalashva mana shu usuldan keng qo'llanilmoqda Shuningdek yuksak o'simliklarning geofondi bankini yaratish uchun ularning o'sish nuqtalari, embrioidlarining meristematik to'qimalari uta sovuq (-196°C) holatda saqlanadi. Buning uchun izolirlangan to'qimalarni muzdan tushirish dasturi ishlab chiqilgan, yani hujayralarni zararlanishdan saqlaydigan maxsus kriprotektorlarni (glitsin, qandlar, etilenglikol va ularning hosilalari, polivinilpirrolidin va dimetilsulfoksid) qo'llagan holda harorat ~l°C G'daqiqa tezlikda pasaytirib boriladi. Ushbu krioprotektorlar avvaldan izolirlanuvchi hujayra va to'qimalarni muzlatishdan oldin qushiladi. Shuni aytib utish lozimki, o'simliklar genofondi bankini tashkil qilish yer yuzining hozirgi zamon zamon o'simliklar dunyosini saqlab qolishning asosiy usullaridan biridir. Hozirgi vaqtda bizning Respublikamizda ham izolirlangan hujayra va to'qimalar kulturalaridan foydalanib selektsiya materiallarini yaratishga katta etibor berilmoqda. Shunday izlanishlarning markazi mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutidir.
Hujayra seleksiyasi asosan kasalliklarga va sho'rlanishga, og'lr metallarga va noqulay haroratlarga chidamli o'simlik navlarini yaratishga qaratilgandir. Shuningdek hujayra selektsiyasi mutatsiyalar miqdorini oshiruvchi va o'simliklarning hujayra mutant liniyalarini yaratish maqsadida protoplast va gaploid hujayralar miqyosida mutagenlardan foydalanish uslubini ham o'z ichiga oladi. Somatik hujayralarning izolirlangan protoplastlarni qushish orqali hujayralarning va to'qimalarning yangi formalarini olish orqali o'simliklarning yangi formalarini olish, oddiy gibridlarni gibridlash tufayli olib bo'lmaydigan tajribalarni ham amalga oshirishga imkon beradi. Keyingi yillarda, ushbu ususlda sabzi, tamaki, kartoshka va boshqa o'simliklarpning gibridlari yaratilgandir. Shuningdek keyingi yillarda amaliyotda Tomatdoshlar oilasi vakillari kartoshka (Solanium tuberosum L.) bilan pomidori (Solanium esculentum L.) hamda Karamdoshlar oilasining vakillarining Arabidopsis thaliana va Brassica campestris (dala karami) turlararo gibridlar olingandir.
Somatik gibridlash va transgenoz, yani hujayra (protoplastga) makromolekulalar orqali begona ma’lumotlarni kiritish, xususan bakteriyalarning genlarini kiritish o'simliklarning yangi formalarini yaratishda qoplanilishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda avvaldan kasalliklardan tozalab olingan poya meristemalaridan klonlash orqali o'simliklarni ko'paytirish uslubi keng qo'llanilmoqda. Ushbu uslub bilan manzarali gullar (lola, chinnigul, georgina va boshq.), danak-mevali (malina, gilos, olma va boshq.) texnik ekinlar (xmel, lavlagi) va boshqalarning yangi navlarini yaratish iqtisodiy jihatidan foydalidir. Ammo bu uslub kartoshkaning yangi navlarini yaratishda ayniqsa qul keladi. Chunki kartoshka texnik ekinlar orasida eng ko'p viruslar bilan zararlanadigan o'simlikdir.
Kartoshka tuganaklarini issiqlik bilan ishlash yani o'sayotgan tuganaklarni 37-38°C atrofida qizdirish ham ajratib olinayotgan virussiz meristemali zonani 60-100 mkm.dan 150-250 mkm.gacha oshirishga olib keladi. Bu esa meristemalardan olinayotgan o'simliklar regeneratsiyasini 60-100%yetkazishga yani 10 marotaba oshirishga yordam beradi.
Umuman olganda to'qimalar kulturalari tufayli sog'lomlashtirish kartoshka hosildorligini 1,2-2 marotaba oshirish imkonini berishi mumkin.

O'simliklarning jinsiy ko'payishi ularning yoshiga qarab yoki yarovizatsiya va fotoperiod ko'rsatkichiga qarab gullash induktsiyasidan boshlanadi. O'simliklarning jinsiy ko'payishi bo'yicha yani fotoperiod yani kun va tun uzunligining gullashga ta’siri bo'yicha o'simliklarni, befarq, uzun kunli, qisqa kunli yoki uzun-qisqa kunli va boshqalarga bo'lish mumkin. Fotoperiodik ta’sirlar barglar tomonidan qabul qilinadi va fitoxrom ishtirokida amalga oshiriladi. Ehtimol barglarda gullash gormoni bo'Igan va tarkibiga gibberellin hamda antezin kiruvchi florigen sintezlanishi mumkin.

Uzun kunli o'simliklarda antezinning miqdori yetarli ammo ularga uzun kunda sintezlanuvchi gibberellin gormoni yetishmaydi. Qisqa kunli o'simliklarda esa gibberellinning miqdori yuqori bo'lib, qisqa kunli fotoperiodda sintezlanuvchi antezin yetishmaydi. Barglarda sintezlangan florigen o'simlikning vegetativ apeks qismlariga o'tib floral apekslarning (evokatsiya) hosil bo'lishini tezlashtiradi. Ikki uyli o'simliklarda jinsning differentsiallanishi genotip tufayli gormonlar miqdorining nisbati tufayli yuzaga chiqadi. Jinsiy ko'payishning keyingi bosqichlari gulning rivojlanishini, changlanish, urug'lanish, urug' va mevalarning shakllanishini

o 'z ichiga oladi.

O'simliklarda vegetativ ko'payish usuli juda keng tarqalgandir. Ayrim hollar da vegetativ ko'payish uchun zarur bo'Igan gormonlarning sintezlanishi uchun ham zarur bo'Igan muqobil fotoperiodik rejim talab qilinishi mumkin.


Yüklə 17,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin