104
umumlashtirib, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, amaliy tajriba yordamida maxsus
shakllantirishdir. Ana shunda davlat xizmatchilari tafakkuridagi yangilanish ular
orqali xalqqa, demakki, har bir o‘zbekistonlikka etib boradi. Jamiyat tafakkuri tezroq
yangilanadi, millat bir jonu bir tan bo‘lib, islohotlarni tezlashtiradi.
Davlat xizmatchilari tafakkurini yangilash ikki tomonlama jarayondir. U bir
tomondan, yangi, zamonaviy davlat xizmatchilariga xos fazilatlarni maxsus, ilmiy
asosda shakllantira borishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, hamon ba’zan o‘z
ta’sirini ko‘rsatayotgan, sobiq sho‘ro kadrlar siyosatida “sinalgan” korporativ-
byurokratik psixologiyani siqib chiqarish talab qilinadi. Bu ikki jarayonni parallel
olib borish zarur. Aks holda, yangi, sog‘lom tafakkur eski, “sinalgan” tafakkurga
“urilib”, chekinishi mumkin. Masalan, davlat manfaatini o‘z manfaatidek ko‘rish –
davlat xizmatchisi faoliyatining yetakchi tamoyili ekanligi e’tirof etilsa-yu,
boshqaruvda uchrab turgan korrupsiya, poraxo‘rlik, ma’muriy buyruqbozlik,
mahalliychilikka qarshi kurashilmasa, ana shunday holat ro‘y berishi mumkin.
Ma’lumki, shahsiy manfaatlar, nafs ustuvorligiga qurilgan birlaShuv, uyushish kuchli
bo‘ladi. Chunki shahsiy manfaat ustuvorligi davlat organlariga suqilib kirib olgan
xudbin, yulg‘ich, ustamon, laganbardor, iqtidorsiz shahslarni birlashtiradi. Sobiq
sho‘ro tizimida bu birlikning tamoyili - shahsiy sadoqat, “men sizga, siz menga,
davlatni esa qo‘ya turing” tarzida namoyon bo‘lib keldi. Shahs – davlatdan, davlat –
shahsdan, shahs – o‘z mehnati mevalaridan uzoqlashdi, begonalashdi. Shu sababli
murosasiz tanqid ostiga olingan shahsiy, guruhiy, mahalliy, qon-qarindoshchilik
manfaatlarini davlat manfaatidan ustun qo‘yish kabi sobiq sho‘ro tizimida qolgan
zararli meros ba’zi hollarda hamon o‘zini eslatib turibdi.
Shahsiy manfaatdorlik tamoyili asosiga qurilgan bu hodisalar o‘ta yashovchan.
Masalan, eski sho‘ro davridagi “qo‘shib yozish” xodisasini olaylik. Qo‘shib yozish
uni yozuvchilarga nafaqat jinoiy daromad, balki mukofot, soxta obro‘ ham keltirar
edi. Boshqaruv organlari nazoratining sustligi ma’muriy byurokratiya, rasmiyatchilik,
odamlarning
tashvish-muammolariga
befarqlik,
poraxo‘rlikning
“gullab-
yashnashi”ga sharoit yaratar edi. Bundan na davlat, na millat yutar, balki shahsiy
manfaatdorlik asosida uyushgan guruhlar tantana qilar edi.
Demokratik boshqaruv tamoyillari rahbar shaxslardan ma’naviyatli bo‘lishni
taqozo etadi. Bu masala Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida yetarli
darajada yoritib berilgan. Shunday qilib, Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
rahbar shahs ma’naviyati konsepsiyasi quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
Dostları ilə paylaş: