O'rta Osiyolik hadisshunos olimlar



Yüklə 82 Kb.
səhifə1/3
tarix03.06.2023
ölçüsü82 Kb.
#124522
  1   2   3
O\'rta Osiyolik hadisshunos olimlar


O'rta Osiyolik hadisshunos olimlar


Reja:
1. Markaziy Osiyolik muhaddis- olimlar.
2. Hadislarning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati.
3. Imom Al Buxoriy
4. Termiziy

Islom dini ta’minotida «Qur’on» dan keyin hadislar asosiy manbadir. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab hadis ilmi bilan shug’ullana boshlangan.


Hadislar dastlab yozib borilmagan VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun «oltin davr» hisoblanadi.
Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to’plam (as-sahih as-sitta) ni yaratgan vatandoshlarimiz bo’lib hadis ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar.
Bular: 1. Imom Ismoil al-Buxoriy 810-870.
2. Imom al-Hajjoj 819-874.
3. Imom at-Termiziy 824-892.
4. Imom Sulaymon Sijjistoniy 817-880.
5. Imom an Nasoniy 830-915.
6. Imom ibn Yazid ibn Mojja 824-886.
1. Imom Buxoriy «As-Sahih»
2. Imom al Hajjoj «As-Sahih»
3. Imom Mojja «Sunnan»
4. Imom Sijjistoniy «Sunnan»
5. At-Termiziy «Aj-jami al-kabir»
6. An-Nasoniy «Sunnan» kabi kitoblar yozilgan.
Hadis uch yo’nalishda yaratilgan.
1. «Musnad»-bunda turli mavzudagi hadislar bir joyga to’plangan va alifbo tartibida joylashtirilgan.
2. «Sahih» (ishonchli) hadislar. Bunga Buxoriy asos solgan.
3. «Sunnan» yo’nalishi. Bunda to’g’ri va «zaif» hadislar ham kiritilgan.
Imom Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo’minin» «Imom al-muhaddisiy» kabi nomga sazovor bo’lgan.
Buxoriy 810 yil 13 mayda Buxoroda tug’ilgan. Yoshligidan otasidan etim qolgan. 10 yoshida arab tilini va kitoblarni yod ola boshlagan. U hadis ilmini qiziqish bilan o’rgana boshlaydi.
Buxoriy 825 yilda onasi va akasi bilan Hajga boradi. Safar chog’ida Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo’ladi va mashhur olimlardan hadis o’qigan hamda faqih ilmini o’rgangan.
Olimlarning fikricha, Imom Buxoriy boy meros qoldirgan. Uning «Ishonchli to’plam», «Katta tarix», «Kichik tarix», «Imom ortida turib o’qish», «Nomozda ikki qo’lni ko’tarish» kabi asarlari mavjud.
4 tomlik «Sahih al-Buxoriy» asarida payg’ambarimiz hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta «Sahih» (ishonchli)hadislari kiritilgan bo’lib, shundan 4000 tasi takrorlanmaydigan hadisdir.
Olim islom olami odob-axloqi va tarbiyasiga bag’ishlab «Al-adab al-mufrat» («Adab durdonalari») nomli hadis to’plami yaratgan 1322 ta hadisni tashkil qiladi.
Mashhur muqaddas at-Termiziy 824 yilda Termiz yaqinidagi Bud (hozirgi Sherobod tumanida) qishlog’ida tug’ilgan.
U 850 yilda safarga chiqadi, Makka va Madinada bo’ladi. Iroq va Xurosonda hadis ilmi, fiqx, ilmi al-qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi.
At-Termiziy 10 dan ortiq kitoblar yaratgan. Bular: «Ishonchli to’plam», «Payg’ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi illatlar va oqimlar haqida» kabi asarlari mashhurdir.
Asarlarda insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, kattalarga ota-ona va qarindoshlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta ahamiyatga ega.
Islom aqidasiga ko’ra har bir musulmon iymonli bo’lishi kerak. Iymon daraxtga qiyoslanadi, uning 60 dan ortiq shoxlari bor. «Qo’li va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan musulmondir» deyiladi. Uchta xislatni o’zida mujassamlashtirgan kishi iymoni butun kishidir.
1. Insofli va adolatli bo’lmoq,
2. Barchaga salom bermoq,
3. Kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq,
To’rt illat kimda bo’lsa, munofiq sanalgan bo’lar:
1. Omonatga xiyonat qilmoq,
2. So’zlasa yomon so’zlagan,
3. Urushib qolsa kek saqlaganlar.
Islomda 2 xil ilm haqida fikr yuritiladi:
1. Huquqiy (fiqx), diniy yo’l-yo’riqlar ilmi,
2. Dunyoviy ilmlar.
«Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir»,-deb ta’kidlangan.
Hadislar mazmunan har bir kishining ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va insonni ma’naviy kamolotga yo’llaydi.
1-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga nechuk vahiy kela boshlagani hamda Olloh taoloning “Biz senga Nuh va undan keyingi payg’ambarlarga nechuk vahiy yuborgan ersak,shunday vahiy yubordik” degan qavli hususida.

Yahyo inb Sa’id rivoyat qiladilar: ”Umar ibn al-Xattob minbarda turganlarida: ” Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman”, -dedilar: ”Darhaqiqat, barcha amallar niyatga yarasha bo’lg’usidir. Kimki hijratdan niyati dunyo topmoq ersa, dunyoga erishg’usi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga nikohlang’usidir. Demak ne niyatda hijrat qilganlig’i etiborga oling’usidir”


Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar,u kishi ersa, Oisha onamizdan eshitgan erkanlar: ”Horis ibn Hoshim (r.a) Rasulullohi alayhi va sallamdan: ”Yo Rasululloh, sizga vahiy nechuk kelg’usidir”, - deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam “Menga vahiy, ba’zan qo’ng’iroq ovozi yanlig’ kelg’usidir. Kuchli vahiy kelganda shunday bo’lg’ay. Shunda men butun borliqni unutg’um va vahiy so’zlarini uqib olg’umdir. Ba’zan esa, menga inson qiyofasidagi farishta vahiy keltirg’ay, men uning aytganlarini yodlab olg’ayman”,-deb javob qildilar”


Oisha (r.a) :”Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan erdim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab ketgan erdi”, - deb aytdilar.


Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan bunday deb naql qiladilar: ”Dastlabki vahiy Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong shafаg’i yanglig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh yolg’izlikni xushlaydigan bo’lib qoldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar erdilar. Shu boisdan ham o’zlari birlan yegulik olib chiqib ketar erdilar. Yeguliklari tugagach, Xadichaning huzurlariga kelib, yana taom olib, yana toqqa qaytar erdilar.


Haqiqatga yetishgunlariga qadar shunday qilaverdilar. Bir kuni odatdagidek Hiro’dagi g’orda ibodat birlan mashg’ul bo’lib o’ltirganlarida xuzurlariga bir farishta kelib: ”Iqra’(o’qi)!”, - deb aytdi. ”O’qiy olmasman, dedim, - deydilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam, -shu payt ul zot meni bo’g’a boshladi, hatto men hirillab qoldim. Keyin meni qo’yib yubordi-da, yana: ”O’qi!” -dedi. Men ”O’qiy olmasman”, - deb erdim, ul meni ikkinchi bor bo’g’ishga tutindi, so’ng yana qo’yib yubordi-da: ”O’qi!” - dedi. Men ersam: ”O’qiy olmasman”, - deb javob qildim. Ul uchinchi marta bo’g’a boshladi, men tag’in hirillab qoldim. Keyin, qo’yib yubordi-da: ”Seni yaratgan Rabbingning, insonni alaq(lahta qon)dan yaratgan Parvardigoringning ismi ila o’qi, o’qi! Rabbing eng sahovatlidir!” - dedi”. Shundan so’ng Rasululloh sallolohu alayhi va sallam qo’rquvdan a’zoyi-badanlari titrab-qaqshab Xadicha binti Huvaylidning huzuriga keldilar-da: ”Meni o’rab(yashirib) qo’yinglar, meni o’rab qo’yinglar!” - dedilar. Ular Janob Rasulullohni qo’rquvlari tarqalgunga qadar o’rab qo’yishdi. So’ng, Xadishaga bo’lgan voqeani aytib berdilar-da: ”Men o’zimdan xavotir oldim (ya’ni,”Menga biron narsa bo’lib qolmasaydi” - deb qo’rqdim)”, - dedilar. Xadicha (r.a.) bunday dedilar: ”Yo’q, mutlaqo unday emas. Xudo haqqi, Olloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmag’ay, siz qarindosh-urug’chilik munosabatlarini yo’lga qo’yg’aysiz, og’irni yengil qilg’aysiz, yo’qsillarni to’ydirg’aysiz, mehmon kutg’aysiz va haqiqiy ezguliklarning ro’yobga chiqishiga sa’yu imdod aylag’aysiz”.


So’ng, Xadicha onamiz Janob Rasululloh o’zlarining amakivachchalari bo’lmish Varaqa ibn Navfal inb Asad ibn Abdulluzo huzuriga olib bordilar. Ul kishi johiliya davrida nasroniy dinini qabul qilgan erdilar. Ibroniycha xat-savodlari bo’lib, Injildan Olloh taolo istagancha ibroniycha matnlarni ko’chirib yozar erdilar. O’zlari keksa va ko’zlari ojiz erdi. Xadicha (r.a) Varaqaga:”Ey amakimning o’g’li, birodaringizning gaplariga quloq osingiz!” - dedilar. Varaqa: ”Ey birodarimning o’g’li, nimalarni ko’rdingiz, aytingiz!” - dedi. Janob Rasululloh nimaiki ko’rgan bo’lsalar, birma-bir ayon ayladilar. Varaqa Janob Rasulullohga qarata: ”Bu, Olloh taolo Muso alayhissalomga yuborgan o’sha Hazrat Jabroilning o’zginasidir. Koshki erdi, men yosh bo’lsamu, (islom) diniga da’vat qilmoqda ishirok etsam, sizni qavmingiz o’z orasidan quvib chiqargan vaqtda men hayot bo’lsam!” - deb aytdi.


Rasululloh sallolohu alayhi va sallam hayrotomuz: ”Mening qavmim o’z orasidan haydag’aymi?” - dedilar. Varaqa: ”Ha, shunday. Bu vaqtga qadar biror kimsa menga siz kabi habar keltirmagan erdi, garchi keltirgan ersada, men uni qaytarib yuborgan erdim. Sizga Olloh taolo muyassar etg’usi kunlar menga ham nasib etsa, sizga amaliy madad berg’umdir!” - dedi. Lekin Varaqa ko’p o’tmay dor ul-baqoga rihlat etdi. Janob Rasulullohga bir muncha vaqt vahiy kelmay qo’ydi.


« So'nggi tahrir: 07 Iyun 2009, 01:16:51 muallifi AbdulAziz »Ibn Shihob (r.a) rivoyat qiladilarki, Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy Rasulullohga vahiy kelgan vaqt haqida bunday degan erkanlar: ”Men (ya’ni, Janob Rasululloh) yo’lda ketayotgan erdim, nogahon osmondin kelayotgan bir ovoz qulog’imga chalindi. Nigohimni yuqoriga qaratgan erdim, Hiro’ g’orida huzurimga kelgan o’shal farishta osmon ila yer oralig’inda kursi uzra o’ltiribdir. Men undan qo’rqib (uyga) qaytib keldim-da: ”Meni (bir narsa birlan) o’rab qo’yingiz, o’rab qo’yingiz!” - dedim. Shu asnoda Olloh taolo oyat nozil qildi (“Ey burkanib olgan banda, o’rningdan turg’il, ogah bo’lg’il.. ”dan “… azob” degan so’zigacha)”.

Ushbu hadisni Abdulloh ibn Yusuf va Abu Solih ham rivoyat qilishgan. Hilol ibn Raddod uni Zuhriydan eshitib davom ettirgan. Yunus va Ma’mar ersa, uning kamchiliklarini to’ldirgandir.


Sa’id ibn Jubayr aytdilarki,Ibn Abbos Olloh taoloning”(Jabroil) Qur’on o’iganida sen takrorlashga oshiqma!” degan oyati haqida bunday deb rivoyat qilgan erkan: ”Nabiysallolohu alayhi va sallam nozil bo’lgan oyatning mazmunini tezda tushunib olishga harakat qilardilar. Shu sababdan lablarini qimirlatar erdilar”. Ibn Abbos yana bunday dedilar: ”Men lablarimni, Janob Rasululloh qanday qimirlatgan bo’lsalar, shunday qimirlatib ko’rsatyapman”, - dedi. Olloh taolo: ”(Jabroil) Qur’on o’qiganda sen shoshib takror qilma! Qur’onni qalbingga va xotirangga jo qilmoq, istagan vaqtingda uni o’qishga seni qodir etmoq bizning bo’ynimizdadir” va “Agar biz uni (Jabroil qiroat orqali) o’qisak, sen unga quloq sol!” degan oyat nozil qildi. Shundan so’ng, Janob Rasululloh agar Jabroil vahiy keltirsa, avval unga quloq solib, ketganidan keyin ersa, u o’qigandek takrorlab o’qir erdilar”.


Ibn Abbos bunday deb rivoyat qiladilar: ” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam barcha insonlar ichida eng sahovatli zot erdilar. Ramazonda Hazrat Jabroil birlan uchrashganlarida sahovatlari yanada ortar edi. Hazrat Jabroil Janob Rasululloh birlan har kecha uchrashib, Qur’onni muzokara qilar erdilar. Hazrat Rasululloh xayrli ishda kuchli shamoldan ham tez erdilar ”.



Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin