O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi


Korreksion ta’sir ikki yo’nalishda amalga oshiriladi



Yüklə 70,23 Kb.
səhifə2/2
tarix07.11.2022
ölçüsü70,23 Kb.
#67849
1   2
Korreksion ta’sir ikki yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi – shaxsni rivojlantirishga aloqador barcha savollarga tegishli o’quv materialining alohida o’ziga xos berilishi: bilimlarni egallash, ko’nikma va xulq-atvorning shakllanishi, o’quvchilarning mehnatga tayyorlanishi va uni amalga oshirilishi. Bunda korreksion ta’sir ta’lim-tarbiyaning o’zida amalga oshiriladi va intellektual va nutqiy yetishmovchilikni bartaraf etish, ijtimoiy nuqsonlarning namoyon bo’lishini kamaytirish, predmet-amaliy va bilish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlarini tekislashga yo’naltiriladi. Korreksiya va rivojlanish mos keladi - o’quvchilarning psixojismoniy o’ziga xosliklarining pasayishi ularning psixik rivojlanishini tezlashtiradi, shaxs xususiyatlarini shakllantiradi.
Ikkinchi yo’nalish maxsus faoliyatni o’z ichiga oladi: logopedik mashg’ulotlar, psixo-terapevtik ta’sir, sog’lomlashtirish tadbirlari va davolash.
Yordamchi maktab korreksion ta’limining asosiy ko’rsatkichi – bu o’quvchilarning mustaqilligi va intellektual faolligining o’sishi, maqsad sari intilishining va mehnat layoqatining ta’lim va faoliyatlarida ortishidir.
Oligofrenopedagogikaning asosiy adabiyot manbalarini tashkil qilish yordamchi maktabga qo’yiladigan korreksion vazifalarni ko’rsatadi. Ular o’quvchilarning mehnatga tayyorgarligi va mehnat layoqatini oshirishga; o’quv
va mehnat faoliyati motivlarini kuchaytirishga; yordamchi ta’limning metodik va tashkiliy shakllarini yaxshilashga, o’quvchilarning bilim imkoniyatlariga mos ravishda ularning ta’lim va tarbiyasiga optimal shartlarini belgilash uchun defektolog va shifokorlar urunishlarini koordinnatsiyalashga yo’naltirilgan.
L.S. Vigotskiy organik nuqson bolaning ijtimoiy nonormal xulqiga aylanishi va bu xulq-atvor uning atrof-muhit va ijtimoiy vositalar bilan o’zaro aloqasida namoyon bo’lishini ta’kidlab, bolaning nuqsoniga ijtimoiy tus beradi va tarixda ilk marotaba yordamchi maktab oldiga ijtimoiy kompensatsiya vazifasini qo’yadi15.
Kompensatsiyani organik va psixik ravishda amalga oshirish mumkin. Psixologiyaga ,,kompensatsiya’’ atamasini ilk bor 1906 –yil G.Anton kiritgan. O’zining ,,miya kasalligida funksiyalarning almashtirilishi’’ maqolasida ,,psixik o’zini-o’zi to’g’irlash’’ teoriyasini ilgari suradi.
U buzilgan funksiyalarning o’z-o’zidan tiklanishi bilan, boshqa funksiya faoliyatini kuchaytirish hisobiga almashtirilishini farqlab berdi. Shu tarzda psixika sohasidagi o’z-o’zini to’g’irlash tushunchasiga keldi.
I.P.Pavlov kompensatsiyaning muhim belgisini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, asab tizimining plastikligi uning yuqori darajada o’z-o’zini to’g’irlab, qayta tiklovchi va mukammallashtiruvchi qiladi. Hech narsa shundayligicha qolmaydi deb hisoblaydi. Har doim hamma narsaga erishsa, vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartirish mumkin. Faqat kerakli sharoitlarni topa olinsa bo’lgani. I.P.Pavlov asarlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ayrim g’arb mualliflari ta’kidlaganlaridek, ko’rsatmali avtomatik usullar natijasida emas, balki tizimli qayta tiklash ta’limi yordamida kompensatsiya natija berishi mumkin.
Anomal bolalarning nuqsonini kompensatsiyalash masalasida o’ziga xos rivojlanish jarayonini tushunish talab etiladi. Uning yordamida yangi dinamik tizimlarni shakllantirish buzilgan yoki rivojlanmay qolgan funksiyalarni qayta tiklash, ijtimoiy tajribani o’zlashtirish va usullarini shakllantirish, bolalar shaxsiyatini rivojlantirish mumkin.
Normadan orqada qolishning o’ziga xos xususiyatlari faqatgina nuqson harakteriga emas, balki nuqson yuzaga kelgan yoshga ham bog’liqdir. Masalan, aynan bir xil nuqson bolada ham, katta odamda ham yuzaga kelsa, uning oqibatlari turlicha bo’ladi. Erta yoshdagi nuqson murakkabroq tuzilishga va buzilgan faoliyatlar sturukturasiga ega bo’ladi. Korreksiya va kompensatsiya shunga bog’liq.
Anomal bolalar psixik rivojlanishning o’ziga xos yo’lini bosib o’tadi. Maxsus tashkil etilgan ta’lim – tarbiyani egallash bilan funksional tizimlar, ijtimoiy
tajribaga ega bo’lishning usul va vositalari shakllanadi. Bolalar organizmi yuqori darajadagi plastiklikka va qayishuvchanlikka ega, o’z funksiyalarni rivojlantirish imkoniga ega. Bu imkoniyatlarni baholab, faqatgina funksional tizimlarni shakllantirishni emas, balki L.S.Vigotskiy aytganidek, yaqin rivojlanish zonasini inobatga olish kerak. Agar ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, markaziy asab tizimining shakllanayotgan funksiyalari kompensator qayta qurishda muhim ro’l o’ynashi va psixik rivojlanish tempini tezlashtiradi, bilish jarayonlarini sifatli holatga olib borish mumkin. Boshqa tarafdan olganda, ular ikkilamchi nuqsonlarning yo’liga to’g’anoq bo’ladi.
Kompensatsiya asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich rivojlanadi. Unga dinamika xosdir. Unga o’zgarishlar kiritishning muhim faktori – tashkiliy ta’limdir. Bolaning ta’lim jarayonida rivojlanishi va oliy bilish faoliyatlarining (sensor komponentlar orqali qabul qilinadigan) shakllanishi orqa planga o’tadi va tahliliy kuzatuv, umumlashgan idrok, tafakkur, nutq kengroq qo’llaniladi.
Gap aqli zaif bolalarning kompensatsiyasi haqida ketar ekan, ularda oliy psixik jarayonlar qiyin rivojlanishini unutmaslik kerak. Bu rivojlanishning normada kechishiga halaqit beradi.
Bu holatda ijobiy o’zgarishlar haqida gapirish mumkin, lekin bu ma’lum doirada amalga oshadi. Bu chegaralar absolyut emas, ta’lim jarayoni va rivojlanish shart-sharoitlariga bog’liq.
Korreksiya qilishda maxsus tashkil qilingan ta’lim va tarbiya berish yo’li bilan sezilarli muuvoffaqqiyatlarga erishish mumkin. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, nuqson buzilishini hosil qiluvchi aqli zaiflikning borligi ontogenezda miya boshqaruvida bo’ladi, sog’lom miya tuzilmalariga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. Shuningdek, nuqson tuzilmasiga yangi hosil bo’luvchi funksiyalar ta’sir ko’rsatadi. Bu amaliyot shuni bildiradiki, bolaning bilish jarayonlariga tayanish bilan pedagogik korreksiyani amalga oshirish mumkin ekan.
Uning eng muhim xususiyatlari:

  • Tarbiya qiluvchi funksiyasi. Korreksiya jarayonida tarbiya 2 yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi, rivojlanishdagi shaxsiy orqada qolishni bartaraf etish texnikasiga oiddir. Bunda ko’p marta takrorlanuvchi amaliy mashqlardan foydalanadi. Ikkinchi yo’nalish shaxs shakllanishida yangi sifatlarni vujudga keltirishga qaratilgan.

Bu sifatlar quyidagilar: hayoliy operatsiyalarni rivojlantirish, tafakkur shakllarini rivojlantirish, analiz-sintez, abstroksiya, umumlashtirish, klassifikatsiya, tushunish, muhokama qilish va boshqalar.

  • Tizimlilik. Bu alohida tadbirlarning ta’siri davomliligi va o’zaro

aloqadorligida namoyon bo’ladi. Bunda maqsad alohida nuqsonning o’ziga emas, balki shaxsga to’liqligicha ta’sir ko’rsatishdir. Boladagi rivojlanishning birorta nuqsoni boshqa nuqsonlar bilan bog’liq emasligini tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun boshqalari bilan aloqasi bo’lmagan hech bir korreksion vosita kutilgan natijani bermaydi. Bolaga korreksion ta’sir ko’rsatishning uzoq muddatga mo’ljallangan va butun boshli shaxsiyatga ta’sir ko’rsatadigan tizimi rejimga qat’iy amal qilish (oilada va maktabda) kabi pedagogik va tibbiy ta’sirlar birligini o’z ichiga oladi.

  • Korreksion ishni ochiq tizimga aylantirish. Bu bolani maktabga va maktabdan tashqarida keng ijtimoiy munosabatlarga tortish, maktabdan tashqaridagi tengdoshlari va o’zidan kattalar bilan mulaqotga kirishish, bolaning oiladagi o’rnini kengaytirish va ijtimoiy muhitdagi zaruriy xulq-atvor formalarini o’zlashtirishni bildiradi.

Yüklə 70,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin