52
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
boryapmiz. Tushunyapsanmi, Atlantidaga?!
Biz yo‘qolyapmiz, haqiqiy inson sifatida
yo‘qolyapmiz, yuragimiz uxlayapti. Mana, hozir
tashqariga chiq. Birorta insonni to‘xtatib, “Men
sizni yaxshi ko‘raman” degin. Seni devona
ataydilar. Vaholanki, sen shunchaki unga ko‘ngil
ochding, uni tanimasang ham, insonligi uchun,
mana shu zaminda yashab kimlar uchundir
foyda keltirayotgani, ehtimol, shifokor bo‘lib
davolayotgani uchun, ehtimol, quruvchi bo‘lib
kimgadir boshpana qurayotgani uchun yaxshi
ko‘rishingni aytasan, xolos. U bo‘lsa, senga
devona kimsaga qaraganday qaraydi, tilanchi
deb o‘ylab uch-to‘rt so‘m chiqazar hamyonidan.
Ammo sen o‘ylagan narsani o‘ylamaydi...
Atrofga qara, xiyonat, yolg‘on, ig‘vo, hasad... Men
qo‘rqyapman, Rozi, men o‘zimni, ko‘nglimni
asrolmasam-chi?! Men ham Atlantidaga aylanib
qolsam-chi?! Ichim changlanyapti. Ulardan
qochishimiz kerak, uzoqlarga...
– Ichingizni odamlar emas, o‘z-o‘zingiz
changlantiryapsiz. Siz qo‘rqmang! Axir, sizga
katta yurak berilgan! Odamlarni yomon
ko‘rmang, ulardan charchamang. Ulardan
qochish emas, aksincha, ularning ana shu
uyquga ketayotgan yuraklarini uyg‘otish
sizning vazifangiz emasmi? Sizga so‘z berilgan,
dadasi! Bu naqadar ulkan baxt va mas’uliyat
ekanini mendan yaxshiroq anglaysiz-ku.
Ko‘ngillar yo‘qolmayapti, ular yo‘qotilyapti.
Birgina samimiy tabassum, bitta yaxshi
so‘z, bitta dalda bilan ularni topish mumkin!
Ko‘ngilsiz deb siz ulardan qochsangiz, men
ulardan qochsam, ular o‘z-o‘zini-da, insonlik
nomini-da yo‘qotish darajasiga borib qolmaydi
deb kim aytadi?!
Roziya Ziyodning to‘zg‘igan sochlarini
tekisladi.
– Dadasi, siz yozishingiz kerak!
Shu tun Ziyod uxlamadi, uxlolmadi! Necha
oylardan buyon ko‘ksini kuydirayotgan she’r
shu tun tug‘ildi...
Dostları ilə paylaş: