O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə2/5
tarix17.12.2022
ölçüsü38,06 Kb.
#75781
1   2   3   4   5
Foydalanilgan adabiyotlar shakillantrish

Ilmiy dunyoqaash
O`zbekiston o`z mustaqilligininng qo`lga kiritgan hozirgi sharoitda qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o`rganishga, o`zligimizni anglab yetishga ahd qilgan va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlar qo`l kelishi muqarrardir. Dunyoqarash. Dunyoqarash faqat insongagina xos hususiyat bo`lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudot uchun bu hol yotdir, ularda ham dunyoqarash bo`ladi, deb o`ylash bema`nilik bo`lur edi. Avvalo ta`kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida turlichato`larok, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo`lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros bo`lgan ma`naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o`zlashtirish darajalari muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda kishilarning ongi, dunyoqarashida yangicha fikrlash, yashashni tarbiyalanmasa, mustaqillikning g’oyasi, mazmuni va mohiyatini tushuntirilmasa, ko`zda tutilgan natijaga erishib bo`lmaydi. Shuning uchun hozirgi eng muhim dolzarb masala xalqning ongidagi eskicha dunyoqarashni o`zgartirish iqtisod, siyosat, madaniyat jabhalarida yangicha fikrlashni o`rgatish, mustaqillikni mustahkamlash sharoitida o`z haq-huquqlarini anglash va noxush holatlarni hayotga kirib qolmasligiga, unga qarshi kurashishga tayyor turadigan ilmiy dunyoqarashli shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Oddiy kuzatish uy hayvonlariga, hatto vahshiy hayvonlarga ham xos bo`lib, ular ham ovqat topib yeyishni, o`yini, egasini tanishni, xavf-xatardan qo`rqishni biladilar. Bu hol shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday holat jonli kuzatish bo`lib, odamlarga hayvonlarga ham bir xil ta`sir qiladi. Tafakkur, fikrlash esa insonga xos bo`lib-bu ikkinchi signal tizimidir. Aql har bir insonga xos tug’ma hususiyat bo`lib, miya sog’ bo`lsa, aql ham yaxshi ishlaydi, aksincha miya kasallangan bo`lsa, aql past, zaif bo`lib, aqli rivojlanmagan odamning yoshi katta bo`lsa ham aqli yoshidan orqada qolib ketishi, tevarak-atrofni, dunyoni bilish, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni o`zinikiga aylantirib o`zlashtira olishga qiynaladi. Chunki ilm va bilim bir xil narsa emas. Ilm mavjud bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan bilib olinadigan, o`ziniki qilib olinadigan narsadir. Aql, did va ilm nazariyaga; farosat, tamiz, bilim amaliyotga, tajribaga talluqlidir. Shuni anglamoq zarurki tafakkur va til haqidagi muammo bilish bilan chambarchas bog’liq bo`lib tasavvur, tushuncha, aql, idrok,tafakkur jami bir bo`lib, ong degan pedagogik tushunchani beradi. Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog’liq bo`lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir. Dunyoni bilish, idrok qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi. Sezgi kishini o`rab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining ongimizda aks etishidir. Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo`lib, ular ham voqea - hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish orqali amalga oshadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida rivojlanadi. O`tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan ta`minlab turadi. Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o`ziga xos bo`lib, mavjud tarixiy davrda u yoki bu ta`limotni nima uchun hukmron bo`lganligini bilish uchun oldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini va uning o`sha ta`limot qanday qilib shu holatga kelib qolganligini o`rganmoq zarur. Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmoq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o`tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur osmondan emas, balki ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga keladi. Yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishga, ota-onaga mehribon bo`lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insonparvar bo’lib shakllanishida mas’uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni yoshlik chog’idan sabr-toqatli, bardoshli,quntli, qanoatli bo`lishga o`rgatmoqlari shartdir. Kishining dunyoqarashini, fe`l-atvorini mavjud muhit belgilar ekan, demak yaxshi odamni kutish uchun shu muhitni yaxshi odam shakllanadigan yaxshi muhitga aylantirish kerak. Ilmiy dunyoqarash xususida gap borganda avvalo, o`quvchilar, yoshlar, unga zid, qarama-qarshi turgan diniy, fantastik, mifologik, ateistik va boshqa g’ayri ilmiy dunyoqarashlar borligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligini tushunmoqlari, bu haqda to`g’ri fikr yuritishni o`rganmoqlari kerak. Dunyoqarash dunyoni bilish orqaligina shakllanadigan juda murakkab dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tomonlari haqidagi turli fanlar bergan ishlar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to`g’risida ilmiy dunyoqarash bo`lmaydi. Dunyoqarash kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy tasavvurlarning yig’indisidan iboratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimoiy g’ururning, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo`shilgach, insonning yoki g’ururning tevarak atrofidagi ijtimoiy va tabiiy borliqqa bevosita amaliy yo`l tutish maqsadiga xizmat qiladi. Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in`ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog’liq bo`ladi. Dunyoqarashning har bir turi o`ziga xos hususiyatga egadir. Mifologiya qadimgi jamiyatda keng avj olgan xalq og’zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan voqelikning fantastik in`ikosidir. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini jonlantirib xudolar, afsonaviy qahramonlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga ko’chirish, ularni hissiy obrazlar, alohida vujudlar shaklida tasvirlashga asoslanadi. Mifologik tarzda fikrlovchi kishi har qanday o`zgarishlar va jasoratlar ko`rsatishi, o`zi uchun keng shakl maydoniga ega bo`lishi mumkin va g’ayri tabiiy kuch haqida tasavvur borligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo`ladi. Diniy dunyoqarashning o`ziga xos hususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o`zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudoning qudratiga ko`nikib hamma narsada va har yerda ilohiy kuchlarning ta`siri, mo`jizaviy kuch bor deb tushuntiradi. Din va diniy dunyoqarashga yaqin o`tmishimizda bir tomonlama yondoshilib, uning axloqiy munosabatlarni takomillashtirishdagi rolini to`g’ri tushunilmay kelindi. Dinga qarshi kurashish paytida u bilan bog’liq bo`lgan rasm-rusumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nozik va muhim tomonlarimizni va boshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkor qilib yuborildi. Endi bu sohadagi xatoliklar tuzatilmoqda. Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqiqatligi anglanmokda. Falsafiy dunyoqarashning o`ziga xos hususiyati, u dunyoni qanday bo`lsa, shundayligicha, hech bir yot narsani aralashtirmay, uydirmalashtirmay, mubolag’asiz tushuntiriladi. U kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqida bir butun yaxlit ma`lumot berib, mifologiyadan farqli ravishda insonni qurshab olgan moddiy olamni hech kim tomonidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqqiyoti sabablari va mohiyatini, o`ziga xos hususiyatlarini va qonuniyatlarini to`g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Dunyoqarash pedagogik jarayon sifatida Bilimni egallash murakkab ziddiyatli jarayon bo`lib, u insondan eng avvalo fiziologik jihatdan barkamollikni, ya`ni 5 asosiy sezgi organlarini bus-butun bo`lishini, hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni, qunt bilan mehnat qilishni talab qiladi. Dunyoning va butun borliqning ko`rki insondir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mavjudotlardan afzaldir. Insonning tafakkuri, aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni boshqaradi. Hayvonlar tabiatga u qanday bo`lsa, shundayligicha moslashib yashayveradilar. Inson esa tabiatni o`ziga moslashtiradi, o`zgartiradi. Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o`zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaramay, bilimlar to’la bo`lmagan bilimlardan to’la bilimlarga qarab borishligini unutmaslik zarur. Masalan, qayta qurish munosabati bilan dunyo o`zgardi, oldingi tushunchalar ham o`zgardi. Yangi tarkib topayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham o`zgarmas emas. Shu bois ilmiy dunyoqarash bu hodisa va voqealarning hammasiga kishilar oddiy tomoshabin bo`lib turaverishi kerak emasligini, bu o`zgarishlarning faol ishtirokchilari bo`lishlik, tahlil yo`li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi. Madomiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo`l: tajriba va mantiq (aql) yo`li bilan bo`lar ekan. Demak, kishi hayot to`g’risidagi, o`tmishdagi mutafakkirlarning dono fikrlariga va o`zi to`plagan shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmog’i kerak. Kishilarning ongi ularning borligini emas, aksincha moddiy hayot sharoitlari, ya`ni borligi ularning ongini belgilashligi, Shundan dalolat beradi.Shu bois ilmiy dunyoqarash hammaga ham nasib qilaveradigan oddiy hodisa bo`lmay, kishining nazariy va amaliy bilim darajasiga bog’liqdir. Biroq, aqliy jihatdan sog’lom odam agar kam bilsa ham ko`p o`qishi, o`rganishi natijasida o`z bilimini oshirishi, bilimlilarga etib olishi va ma`lum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantira olishi mumkin. Aql va bilim tajriba orqali qo`lga kiradi. Demak, bilimli odam aqlli, mulohazali ham bo`ladi. Biroq, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda gen (zot) ning ham juda ahamiyati katta. Oldingi yevropalashtirilgan ta`lim va tarbiya uslubimizda qilingan xatolardan eng buyugi, bizningcha, zotga e`tibor bermaslik bo`lib, biz ta`lim oluvchining qobiliyatiga, uning zotiga e`tibor berib o`tirmay, agar yetarli bilimni bersak kutilgan shaxs shakllanaveradi, deb o`ylashimiz kerak edi. Tabiat, jamiyat va tafakkur sohasidagi fanning barcha jabhalarida insoniyat tomonidan ming yillar davomida yaratilgan va to`plangan bilimlardan hech bo`lmaganda boshlang’ich ma`lumotlarga ega bo`lmay turib, chinakam ilmiy dunyoqarash to`g’risida gap bo`lishi mumkin emas. Kishi dunyoni qay darajadagi bilim asosida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada bo`ladi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og’zaki ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta: Masalan: "Hadis"larda, "Kalila va Dimna", "Qobusnoma", "Ming bir kecha" va boshqalarda hissiy va mantiqiy bilishga tegishli matallar, ertaklar, hikoyalar, baytlar ko`p bo`lib, yoshlarni ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim o`rin tutadi. Dunyoqarash insonda ma`lum mas`uliyat hissi bo`lishini ham talab qiladi. Masalan, qo`zini yeb qo`ygani uchun bo`rini qora kursiga o`tkazib, sud qilib o`tirilmaydi, to`g’ridan to`g’ri otib tashlanaveradi, chunki uning ongi yo`qligi tufayli mas’uliyati ham yo`q, u qilishi mumkin bo`lgan ishni qilgan. N’yurinberg jarayonida jahon jamoatchiligi gitlerchi fashistlarni sud qilganlarida tamomila haqli edi. Chunki, ular mas`uliyatni o`ylamay insoniyat boshiga katta kulfat soldilar. Bozor iqtisodiga o`tish mamlakat ertami-kechmi bosib o`tishi shart bo`lgan yo`l ekanligini, unga 10-15 yildan tortib, xatto 100 yillar davomida o`tilganligini, hozirgi rivojlangan kapitalistik mamlakatlar Angliya, Fransiya, Germaniya va hatto AQSH dan ham xalq uchun zarur bo`lgan keng iste`mol mollari belgilangan narxda, qat`iy ravishda davlat do`konlarida sotilishligini bilish bu bilan chayqovchilik qilganlar qattiq jazolanishi ham dunyoqarash darajasini ko`rsatuvchi omillardandir. Kelajagi buyuk davlatni barpo qiluvchi mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, din, qiroat, oldi-sotdi bilangina shug’ullanavermasdan eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm-fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma`rifatga birinchi darajali e`tibor berish tufayligina ko`tarilish mumkinligini tushunish ham dunyoqarashni shakllantirishga kiradi. O`zbekiston Prezidenti I. Karimovning bozor iqtisodiga o`tishda O`zbekistonning o`z taraqiyot yo`li borligi haqidagi 5 tamoyilini bilish ilmiy dunyoqarashni muhim elementidir.Bular: 1) iqtisodning siyosatdan ustun bo`lishligi; 2) Iqtisodni boshqarishda davlat asosiy isloxotchi bo`lishi; 3) qonunga hammaning itoat qilishligi; 4) kuchli ijtimoiy siyosat yurgizib, aholini kam ta`minlangan qismini ijtimoiy muhofaza qilish; 5) Bozor iqtisodiga o`tishda shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymay bosqichma-bosqich o`tish kabilardir. Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda kishi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning ko`rinib turgan ifodasiga, shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga, mazmuniga qarab baho berish kerak. Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki, uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo`lmay, balki ko`pchilik, ijtimoiy fikr tomonidan bajariladigan ijtimoiytarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko`p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir

  • Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g‘oyani shakllantirish o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.

  • O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.

  • Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.

  • Aqliy tarbiya vositalari.

  • Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida.

  • O‘quvchilarning ekologik tarbiyasi.

Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi.


  • Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi.

  • Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi.

  • Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi.

  • SHaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo’lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.

Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi.


  • Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi.

  • Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

  • Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida dunyoqarash shakllanadi.

  • Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo’lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo’lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’ra va baholay olishga imkon beradi.

Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.


  • Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.

  • Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:

  • Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.

  • Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.

  • Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.

  • Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish.

  • Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.

Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin:


  • Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin:

  • Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.

  • Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni.

  • Fikrlash ko’nikmasiga egalik.

  • Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.

  • Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o’ziga xos o’rin tutadi.

  • Ilmiy qarash (yunoncha «idea»- g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, ixtirochilik ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi.

Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.


  • Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.

  • E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo’lib qoladi.

O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.


  • O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.

  • SHarq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o’rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.

  • Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.

Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o’sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi».


  • Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o’sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi».

  • Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi».

YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to’g’risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo’lib, uning yordamida hatto osmon sari yo’l ochiladi:


  • YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to’g’risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo’lib, uning yordamida hatto osmon sari yo’l ochiladi:

  • Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,

  • Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi.

  • Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-o’n asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo’ldi.

  • Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yo’naltirish yetakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo’lgan ilm puxta va mustahkam bo’ladi.

Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. SHuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kelishi, bu yo’lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini ta’kidlaydi.


  • Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. SHuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kelishi, bu yo’lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini ta’kidlaydi.

  • Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur».

  • O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o’quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o’yinlari yanada samarali sanaladi.

Mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o’quvchilarni kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo’llash ularning dunyoqarashlarini yanada boyib borishida poydevor bo’lib xizmat qiladi. O’smir hamda o’spirinlarni ma’lum nazariya yoki ta’limotlarning g’oyalariga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish, metodologik mohiyatini ochib berish, shaxsiy fikrlarini bayon etishda asosli dalillarga tayangan holda ish ko’rishga undash ham o’zining ijobiy natijalarini beradi.


  • Mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o’quvchilarni kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo’llash ularning dunyoqarashlarini yanada boyib borishida poydevor bo’lib xizmat qiladi. O’smir hamda o’spirinlarni ma’lum nazariya yoki ta’limotlarning g’oyalariga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish, metodologik mohiyatini ochib berish, shaxsiy fikrlarini bayon etishda asosli dalillarga tayangan holda ish ko’rishga undash ham o’zining ijobiy natijalarini beradi.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko’rish ko’zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma’lum ijtimoiy voqea-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko’ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini kuzatish, ularning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi.

Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o’quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o’quvchilar tomonidan chuqur o’zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O’qituvchilar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g’amxo’rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo’llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o’qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirib borar ekanlar, o’quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko’rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak.


  • Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o’quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o’quvchilar tomonidan chuqur o’zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O’qituvchilar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g’amxo’rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo’llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o’qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirib borar ekanlar, o’quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko’rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak.

Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o’rin tutgan mafkuraviy g’oyalar va ularning mohiyatidan to’laqonli xabardor bo’lish o’ziga xos ahamiyatga ega. SHu bois ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy istiqlol g’oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma’lumotlar berib borish, ularga nisbatan o’quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo’l hisoblanadi.


  • Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o’rin tutgan mafkuraviy g’oyalar va ularning mohiyatidan to’laqonli xabardor bo’lish o’ziga xos ahamiyatga ega. SHu bois ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy istiqlol g’oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma’lumotlar berib borish, ularga nisbatan o’quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo’l hisoblanadi.

  • Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko’nikma, malakalarni shakllantirish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.

  • Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo’jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.

  • Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o’rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.

Yüklə 38,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin