O’quvchilarga mehnat tarbiyasini singdirish oydinoy Ziyovuddin qizi Mamarasulova



Yüklə 422,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.04.2023
ölçüsü422,37 Kb.
#95267
1   2   3   4
o-quvchilarga-mehnat-tarbiyasini-singdirish

www.scientificprogress.uz
 
Page 282
-o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, 
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga 
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini 
shakllantirish; 
-o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab 
turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan 
qiziqishini oshirish; 
-o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaxassissliklar bilan 
tanishtirish. 
O’quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo’lib, ular quyidagilardir: 1. 
Maishiy mehnat; 
2. O’quv mehnati; 
3. O’quv ishlab chiqarish mehnati; 
4. Texnik mehnat; 
5. Ijtimoiy-unumli mehnat; 
6. Ijtimoiy-foydali mehnat va boshqalar. 
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo’llaniladi. Bola muayyan 
yoshga to’lgach, kattalarga yordamlashadi, o’z imkoniyatlarini anglab yetadi va o’quv 
(ta’lim) mehnatiga muntazam tayyorlanadi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogic shart-sharoitlari: 
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi; 
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib 
olib borilishi; 
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi; 
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi; 
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga 
qo’shib olib boorish. 
Mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e’tibor berish, mehnat o’quvchining 
yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi, ularning mehnat faoliyatlari 
ijodiy harakatda bo’lishi, o’z vaqtida kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat 
ahillari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Mehnat tarbiyasining 
bosh g’oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil 
qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. 
Buyuk ajdodlarimiz mehnat tarbiyasi to’g’risida to’xtalib, qimmatli fikrlarni 
bildirib o’tishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy: “Oltin topmaginu o’rgan-gin hunar, 
hunarning oldida xasdir oltin-zar”, - degan fikr bildirsalar, ulug’ mutafakkir Alisher 
Navoiy: “Umrni zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bil”, - deydilar. 
Fransuz adibi Anatol Frank: “Eng yaxshi axloqiy va estetik dori – mehnat”, - degan 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 422,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin