1. Fe‘lli birikmalar
—bunda bosh so‗z (hokim so‗z) sof fe‘l, ravishdosh, sifatdosh,
-moq qo‗shimchali harakat nomi bilan ifodalanadi:
kitobni o‗qidi, vazifani bajarib,
mehnatda sinalgan, sekin so‗zlamoq..
2. Otli birikma
—bunda hokim so‗z ot, sifat, son, olmosh, ravish, -sh, -ish, -v, -uv, -
maslik qo‗shimchali harakat nomi, taqlid so‗z, madol so‗z, undov so‗z bilan
ifodalanadi:
do‗stimning ukasi, voqeadan xabardor, qizlarning uchtasi, Saidaning o‗zi,
cho‗ntagida ko‗p, tez yugurish, chiroyli yozuv, polizda g‗uj-g‗uj, ahvoliga voy, uyda
yo`q...
So‗z birikmalari tuzilishiga ko‗ra ikkiga bo‗linadi:
1. Sodda so‗z birikma
—bunda tobe so‗z ham, hokim so‗z ham birginagina mustaqil
so‗zdan tuziladi:
yoqimli shamol, uch o‗rdak, uzun qiz, ruchka bilan yozdim...
2. Murakkab so‗z birikmasi
—bunda sodda so‗z birikmasi tarkibidagi tobe so‗z
yoki hokim so‗z bir yoki bir necha so‗z bilan kengayadi:
yoqimli shamol
(sodda so‗z b.)-
kuzgi yoqimli shamol
(murakkab. so‗z b.),
uch o‗rdak
(sodda.so‗z b.)
osmondagi uch
o‗rdak
(murakkab so‗z b.),
maktabimiz o‗quvchilari
(sodda so‗z b.) –
maktabimizning
a‘lochi o‗quvchilari
(m.s.b.)
So‗z birikmalarida tobe so‗zning qanday sintaktik vazifada kelishiga ko‗ra 3 guruhga
bo‗linadi:
1. Aniqlovchili so‗z birikmasi
—bunda tobe so‗z qanday? qanaqa? qaysi? qaerdagi?
necha? nechanchi? kimning? nimaning? nimaning? savollariga javob bo‗ladi va
aniqlovchili so‗z birikmalarining hammasi otli birikma bo‗ladi:
qizil gul, suvdagi baliqlar,
ikkinchi kitob, Anvarning ukasi, shu qiz, O‗zbekistonning poytaxti...
Aniqlovchili birikmalar, asosan, otli birikmalardir.
Dostları ilə paylaş: |