Kirish
Hozirgi paytda mamlakatimizning ishlab chiqarishga zamonaviy texno-
logiyalar kirib kelmoqda. Ayniqsa qurilish industriyasi juda tez sur'atlar bilan
rivojlanmoqda. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sifati
yaxshilanib, ularning xillari ko‘paymoqda va yangi texnologik usullar joriy
etilmoqda. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarning yuqori saviyali bilimga ega
bo‘lishini talab qiladi.
LOK-BO‘YOQ MATERIALLAR — metallarni zanglashdan, yog‘ochni
chirishdan saqlash va buyumlarni pardozlash uchun ularning sirtiga surkaladigan
suyuq yoki pastasimon materiallar. Ularning tarkibini
parda hosil qiluvchi
moddalar
(alkid, fenol-formaldegid, epoksid, poliefir smolalar, perxlorvinil
smolalar, poliakrilatlar,
sellyuloza
nitratlari va b.) tashkil qiladi.
Butun dunyoda lok-bo‘yoq materiallar turlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish
hajmini oshirish, sifatini yaxshilash sohasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, namlik va haroratning o‘zgarishi ta'siriga bardoshli, bino va
inshootlarning fasadlarini bezashda ishlatiladigan bo‘yoq tarkiblarini yaratish
asosiy muammolardan hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 20.02.2019 yil PQ-4198 son
“
Dostları ilə paylaş: